TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
채널 목록으로 돌아가기
IT news | Tg Bots avatar

TGINSIGHT CHAT

IT news | Tg Bots

@phpdevelopersuz

Business and startups

👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !

구독자149현재 채널 구독자 수
추적 게시물1,004인덱싱된 게시물 수
최근 도달2,314최근 게시물 조회수 합계
최근 게시물

최근 게시물

6페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물

게시됨 5월 11일

Sun'iy intellekt yangiliklariga boy Google I/O – bilishingiz kerak bo'lgan barchasi! Kecha, 10-may kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da an'anaviy Google I/O tadbirining 2023-yilgi bo'lib o'tdi. Ikki soat davom etgan tadbir Google'ning sun'iy intellekt bilan bog'liq bir dunyo yangiliklari bilan boshlandi. Ularning asosiylari bilan quyida tanishishingiz mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 11.05.2023

199 views

게시됨 5월 11일

Buklamafonlar bozorida yangi "o'yinchi": Google o'zining ilk buklamafonini rasman taqdim qilindi! Pixel 7a smartfoni va Pixel Tablet planshetini taqdim qilgandan so'ng, Google o'zining I/O 2023 konferensiyasini anchadan beri mish-mish qilib kelinayotgan Pixel Fold bilan yakunladi. Kompaniya uzunquloq xabarlarga nuqta qo'ydi va o'zining ilk buklamafonini rasman taqdim qildi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 11.05.2023

192 views

게시됨 5월 11일

Pixel Tablet bilan Google yana planshetlar biznesiga qaytdi! Google planshetlar bilan biroz omadsiz tarixga ega. Ushbu bozorda kompaniyaning yagona muvaffaqiyati 2012-yili chiqarilgan Nexus 7 plansheti bo'lgan. Keyingi yillarda esa kompaniya sensor ekranli portativ kompyuterlar bilan ko'plab idealarni sinab ko'rgan, Android yoki ChromeOS bilan yangi planshetlarni ishga tushirgan, ammo ko'p o'tmay ulardan voz kechgan. Ularning hech qaysi biri Nexus 7 kabi mashhur bo'la olmagan va 2019-yilga kelib, kompaniya planshetlar bozorida chiqayotgani ma'lum bo'lgan edi. Biroq, bo'lib o'tgan Google I/O 2023 konferensiyasi barchasini o'zgartirdi – Google o'zining Pixel Tablet nomli yangi planshetini taqdim qildi va katta ekranli qurilmalar bozoriga qaytdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 11.05.2023

177 views

게시됨 5월 11일

Google o'zining uzoq kutilgan Pixel 7a smartfonini taqdim qildi! O'zining Google I/O 2023 taqdimotida Google anchadan beri mish-mish qilib kelinayotgan Pixel 7a o'rta sinf smartfonini rasman namoyish qildi. O'tgan yilgi Pixel 6a davomchisi bu yil yaxshigina yangi xususiyatlarni o'zlashtirgan va ular bilan batafsil quyida tanishishingiz mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 11.05.2023

190 views

게시됨 5월 10일

Galaxy S23 Ultra raqobatchisi? Realme o'zining Oyni suratga oladigan 200 MP kamerali smartfonini rasman taqdim qildi Realme kompaniyasi bugun o'z vatanida yangi Realme 10 davomchilarini rasman taqdim qildi. Bu Realme 11 seriyasi bo'lib, ushbu qatorga Realme 11, Realme 11 Pro va Realme 11 Pro modellari kiradi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 10.05.2023

197 views

게시됨 5월 10일

Samsung o'zining Galaxy smartfonlari uchun Android 14 sinovlarini boshladi Bugun, 10-may kuni Google o'zining Android operatsion tizimining 14-avlodini taqdim qilishga tayyorlanayotgan bir vaqtda Samsung uning o'z Galaxy smartfonlari uchun maxsus versiyasini ichki sinovdan o'tkazishni boshlagani haqidagi xabarlar paydo bo'ldi – Janubiy Koreya kompaniyasi Android 14 ga asoslangan One UI 6 yangilanishini test qilishni boshlagan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 10.05.2023

181 views

게시됨 5월 10일

iPhone 16 seriyasi bilan iPhone X dan beri qo‘llanib kelinayotgan an’ana o‘zgaradi 2017 yilda taqdim qilingan iPhone X modeli Apple smartfonlari dizaynida katta o‘zgarishni boshlab bergan edi: Home tugmasi va ekran yuqori ramkasining ko‘p qismi olib tashlandi, shu bilan birga ekran sezilarli darajada uzunasiga cho‘zildi. Shundan so‘ng kompaniya o‘z flagmanlarida 16 ga 9 tomonlar nisbatili ekrandan foydalanishni to‘xtatib, 19.5:9 o‘lchamga o‘tdi. Apple ushbu o‘lchamdan haligacha foydalanadi yoxud hozirgi iPhone 14 seriyasidagi modellarga ham shu tomonlar nisbati qo‘llanilgan va bu bir necha oydan keyin taqdim qilinishi kutilayotgan iPhone 15 seriyasi uchun ham saqlab qolishini kutilmoqda. Biroq, iPhone 16 seriyasi bilan bu an’ana o‘z yakuniga yetishi mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 10.05.2023

180 views

게시됨 5월 9일

#FAKE Ёлғон хабарларга ишониб ўз малумотларингизни фирибгарларга бериб қўйманг❗️ Шу каби ёлғон хавола орқалик кирганингизда сиздан телеграм дан келган код сўралади. Сиз кодни киритишингиз билан сизнинг телеграм профилингиз фирибгарларга ўтади ва контакт, гурухларга сизнинг номингизданёлғон хабарлар тарқатишади. Огох бўлинг. Тасдиқланмаган хабарга ега хар хил бонус, конкурс ғолиби еканлигингиз ва хоказо шу каби алдовларга алданиб қолманг❌ ♻️IT news | Tg Botskanalini kuzatib boring

183 views

Hashtags

게시됨 5월 8일

Galaxy A34 va Galaxy A54 smartfonlari O'zbekiston bozoriga yetib keldi Samsung kompaniyasi bir necha oy avval o'zining Galaxy A qatoridagi eng ommabop smartonlari – Galaxy A34 va Galaxy A54 modellarini taqdim qilgan edi. Endilikda smartfonlar O'zbekiston bozoriga ham yetib keldi va ularning narxlari quyidagicha: 📣IT news| ©Terabayt.uz 08.05.2023

196 views

게시됨 5월 5일

Google'ning ilk buklamafoni – Pixel Fold rasmiy tizeri chiqarildi (video) Bir necha oylik emas, bir necha yillik mish-mishlardan so'ng, vanihoyat, Google rostdan ham buklanadigan smartfon chiqarishi rasman tasdiqlandi – kompaniya o'zining ilk buklamafoni tizerini chiqardi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 05.05.2023

231 views

게시됨 5월 4일

Endi Gmail'ga ham ko'k rangli verifikatsiya belgisi qo'shilmoqda Bir necha yil oldin Google o'zining Gmail elektron pochta xizmatida verifikatsiya qilingan brend logotipi qo'llab-quvvatlanishini ishga tushirgan edi. BIMI (Brand Indicators for Message Identification) bilan birga ishlaydigan bu xususiyat kompaniyalarga o'zlarining logotiplaridan profil surati sifatida foydalanish imkonini beradi. Endilikda esa Gmail BIMI'ni o'zlashtirgan kompaniyalarga ko'k verifkatsiya belgisini ham beradi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 04.05.2023

216 views

게시됨 5월 4일

Yangi avlod Nothing smartfoni – phone (2) ning ilk tizeri chiqdi Smartfonlar maydoni juda raqobatbardosh, lekin shunga qaramay Nothing kompaniyasi o'zining estetik va qiziqarli reklama kampaniyalari va ajoyib mahsulotlari bilan bir necha yil ichida mashhur bo'lishga va bozorda o'z o'rnini topishga muvaffaq bo'ldi. Sobiq OnePlus asoschilaridan biri, Karl Pery boshchiligida yangi kompaniya endilikda o'zining ikkinchi avlod smartfonini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Phone (2) smartfonining ilk tizeri chiqdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 04.05.2023

172 views
12•••45678•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
이전6페이지 / 84페이지다음