TGINSIGHT CHAT
IT news | Tg Bots
@phpdevelopersuz
Business and startups👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !
최근 게시물
8페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물
게시됨 4월 26일
Samsung Galaxy A24 rasmiy narxi ma'lum bo'ldi! O'tgan hafta Samsung o'zining Galaxy A katalogida smartfonlarini yana bitta ko'paytirdi – kompaniyaning Vetnamdagi veb-saytida Galaxy A24 smartfonining rasmiy sahifasi paydo bo'ldi. Unga ko'ra qurilma quyidagicha texnik xususiyatlarga ega: 📣IT news| ©Terabayt.uz 26.04.2023
게시됨 4월 26일
Apple kompaniyasi yangi quloqchinlar dizaynini yaratishda Nothing'dan ilhomlangan Apple egalik qiladigan Beats kompaniyasi o'zining yangi avlod Studio simsiz quloqchinini taqdim qilish arafasida, edi, biroq Amazon saytida ro'yxatdan o'tgan so'ng mahsulot taqdim qilinishiga hojat qolmadi – Beats Studio Buds simsiz quloqchinlari haqidagi barcha ma'lumotlar oshkor bo'ldi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 26.04.2023
게시됨 4월 26일
Wasted: Yaponiya xususiy kompaniyasining kosmik kemasi Oyga qo'na olmadi Kecha Yaponiyaning iSpace xususiy kompaniyasi o'zining Hakuto-R nomli kosmik kemasini Oyga qo'ndirishni rejalashtirgan edi. Agar missiya muvaffaqiyatli yakunlanganida bu tarixda xususiy kompaniya tomonidan amalga oshirilgan ilk Oyga qo'nish bo'lgan bo'lar edi, biroq, afsuski, unday bo'lmadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 26.04.2023
게시됨 4월 26일
Realme 11 seriyasining taqdimot sanasi rasman e'lon qilindi Realme o'zining bu yilgi flagman smartfonlarini may oyida taqdim qilishini allaqachon ma'lum qilgan edi. Endi esa bunga yanada aniqlik kiritildi – Realme 11 smartfonlari rasman qachon taqdim qilinishini ma'lum bo'ldi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 26.04.2023
게시됨 4월 26일
Microsoft'ning Edge brauzeri siz har bir tashrif buyurgan saytni uchinchi tomonga jo'natyapti Microsoft Edge brauzerida "ijodkorga obuna bo'lish" degan funksiya bor bo'lib, u sizga YouTube va umuman, butun internet bo'ylab sevimli kontent yaratuvchilaringizga obuna bo'lish imkonini beradi. Biroq ushbu funksiya to'g'ri ishlamayotganga o'xshaydi – Edge siz tashrif buyurgan barcha saytlar havolasini o'zining Bing API veb-saytiga yuborayotgani xabar qilinmoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 26.04.2023
게시됨 4월 25일
Qaysi kompaniya smartfonlari "ikkinchi qo'l" uchun ham eng ko'p sotiladi? Yangi smartfonlar bilan birga bozorda ishlatilgan smartfonlar uchun ham talab ancha yuqori. Shu sabab ham Apple, Samsung va boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilari o'zlarining eski modeldagi smartfonlarini olib, ularni ta'mirlab, yangidek holatga keltirib, yana qayta sotish biznesini yo'lga qo'yishgan. Ana shunday "ikkinchi qo'l" uchun sotiladigan smartfonlar bozorida Apple yetakchilik qilmoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 25.04.2023
게시됨 4월 25일
Opera o'zining yangi brauzerini mutlaqo yangi dizayn va sun'iy intellekt funksiyalari bilan taqdim qildi Opera kompaniyasi o'zining xuddi shu nom ostidagi taniqli brauzerining yangicha dizayn va funksiyalarga ega bo'lgan variantini taqdim qildi. Opera One nomli ushbu yangi brauzer modulli dizaynda suyuqli animatsiyalarga ega va u keyinchalik Windows, macOS va Linux operatsion tizimlarida hozirgi Opera o'rnini egallaydi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 25.04.2023
게시됨 4월 25일
Ilk xususiy moliyalashtirilgan kosmik kema Oyga qo'nish arafasida So'nggi paytlarda Yer sharining yagona sun'iy yo'ldoshi bo'lmish Oyda turli missiyalarni amalga oshirish niyatida bo'lgan mamlakat va tashkilotlar soni sezilarli darajada ko'paydi. Hozirda o'zining Artemis loyihasi bilan band bo'lgan NASA'dan tashqari Xitoyning Chang'e hamda Hindistonning Chandrayaan missiyalarini bunga misol qilib keltirish mumkin. Bu loyihalar ko'pchiligining umumiy jihati shundaki, ularning barchasi deyarli to'liq hukumat tomonidan qo'llab-quvvatlanadi, ya'ni xususiy investitsiyalar kam yoki umuman yo'q. SpaceX'ning 2023-yilga rejalashtirilgan dearMoon missiyasi bundan mustasno albatta, lekin milliarder Ilon Mask rahbarligidagi kompaniya Oy missiyasi ustida ishlayotgan yagona xususiy kompaniya emas. 📣IT news| ©Terabayt.uz 25.04.2023
게시됨 4월 25일
Xiaomi dizayn bo'limi rahbari: "Xiaomi 14 Pro dizayni yakunlangan" Original Xiaomi 13 smartfonlari o'tgan yilning dekabr oyida chiqarilgan edi. Yaqinda esa Xiaomi kompaniyasi o'zining ushbu flagmanlari seriyasini Ultra model bilan yakunladi. Endigi navbat Xiaomi 14 qatoriga va u haqdagi ilk ma'lumotlar allaqachon Internetda tarqalib ulgurdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 25.04.2023
게시됨 4월 23일
Vivo o'zining X Fold 2 va X Flip buklamafonlarini rasman taqdim qildi Buklanadigan smartfonlar bozoridagi eng so'nggi "o'yinchilar" – Vivo kompaniyasidan X Fold 2 va X Flip buklamafonlari rasman Xitoyda taqdim qilindi. Bu yerda X Fold 2 kitob shaklidagi buklanadigan model bo'lib, u o'z avlodining ikkinchisi bo'lsa, X Flip kompaniyaning vertikal tarzda buklanadigan ilk smartfoni hisoblanadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 23.04.2023
✅Telegram 9.6 versiyaga yangilandi Ulashiladigan chat jidlari, maxsus fon rasmlari va boshqalar 📂 Ulashiladigan chat jildlari. • Doʻstlar va hamkasblarga oʻnlab chatlarni oʻz ichiga olgan jildlarni ulashing. • Taklif havolasiga ega istalgan kishi bitta bosish bilan barcha chatlarga qoʻshilishi mumkin. • Turli odamlarga jilddagi turli chatlarga kirish imkonini berish uchun bir nechta taklif havolasini yaratishingiz mumkin. 👥Maxsus fon rasmlari. • Istalgan yakkama-yakka chat uchun maxsus fon rasmi oʻrnating. • Suhbatdoshingiz siz bilan bir xil fon rasmini oʻrnatishi yoki oʻzinikini tanlashi mumkin. 🦾Yaxshiroq botlar. • Veb-ilovalarni endi istalgan chatda ishga tushirish mumkin. Guruhlarda veb-ilovalar hamkorlikda ishlash va oʻyinlar funksiyalarini dastaklaydi. • Istalgan dasturchi bot va veb-ilovalarni bepul yaratishi mumkin. 📲Fragmentda bot havolalari va Telegram Premium • Botlar endi kolleksiyalanadigan foydalanuvchi nomlari, jumladan, -botqoʻshimchalarisiz havolalardan foydalanishi mumkin. • Shuningdek, Fragment orqali Telegram Premiumni oʻzingiz uchun sotib olishingiz yoki boshqalarga hadya qilishingiz mumkin. 🎇Biriktirmalar uchun tezkor varaqlash • Biriktirmalar menyusi endi xuddi Umumiy media kabi katta tezlikda varaqlanadi. Vaqt boʻylab sayohat qilish uchun sana blokini pastga torting. 💬Mavzularda xabarni oʻqish vaqti • Mavzular (topiklar) yoqilgan100 tadan kamroq aʼzoli guruhlarda endi boshqa guruhlar aʼzolari xabarlaringizni qachon oʻqiganini koʻrishingiz mumkin. ☑️Yaxshilangan interfeyslar • Onlayn boʻlganda yuborish kamroq bosishni talab qiladi – siz suhbatdoshingizning oxirgi faollik vaqtini koʻra oladigan chatlarda Yuborish tugmasini bosing. • Agar avval ruxsatlarni sozlash va bir nechta xabarni qadashni xohlasangiz, darhol aʼzolarni qoʻshmasdan guruhlar yaratishingiz mumkin. • Oxirgi iPhone modellarida profillar va axborot sahifalarini varaqlaganingizda profil rasmlari dinamik orolga ravon surilib kiruvchi yangi animatsiya qoʻshildi. Bu yangilanish haqida batafsil: 👉🏻 VIDEO (TEZ ORADA) | 👉🏻 MAQOLA 📲PlayStore | 📲AppStore |📂APK #telegram#tgram 😀@TGraphUz | YouTube
게시됨 4월 20일
GeForce RTX 4080 bilan jihozlangan ROG Strix G18 2023 seriyasidagi noutbuklarning bilan asosiy xususiyatlari nimada? Yangi 18 dyuymli display va kuchli GeForce RTX 40 grafikasi bilan ROG Strix G18 noutbuki 2023-yilda "o'yin o'ynash va kontent yaratishda eng yaxshi noutbuk" nomi uchun kurashishga tayyor. Xo'sh, o'zi bu ROG Strix modellarining asosiy xususiyatlari qanday? Quyida GeForce RTX 4080 grafik kartasi bilan jihozlangan ROG Strix G18 2023 G814 noutbuki bilan tanishamiz. 📣IT news| ©Terabayt.uz 20.04.2023