TGINSIGHT CHAT
IT news | Tg Bots
@phpdevelopersuz
Business and startups👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !
최근 게시물
7페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물
게시됨 5월 3일
Razer kompaniyasi Italiya brendi bilan hamkorlikda o'zining ilk moda ko'zoynoklarini taqdim qildi Geyming aksessuarlari bilan tanilgan Razer kompaniyasi Italiyaning Retrosuperfuture brendi bilan hamkorlikda o'zining yangi "Razersuperfuture" nomli ko'zoynoklarini taqdim qildi. Aytish kerakki, bu Razer'ning ilk ko'zoynaklari emas. Bir necha yil avval kompaniya o'zining Anzu Smart Glasses aqlli ko'zoynaklarini chiqargan edi. Biroq, Razersuperfuture u kabi "aqlli" emas yoxud siz unda hech qanday texnik xususiyatlarni topa olmaysiz. 📣IT news| ©Terabayt.uz 03.05.2023
게시됨 5월 2일
Sony o'zining Gran Turismo poyga o'yini film adaptatsiyasining ilk treylerini chiqardi Konsol, kompyuter yoki telefonda bo'ladimi, poyga o'yinlari barchaga yoqadi. Ular charchog'ingizni chiqarish bilan birga o'ziga xos adrenalin beradi, lekin hech eshitganmisiz – ana shunday poyga o'yinlari ortidan haqiqiy poygachi bo'lib ketganlar haqida? Ehtimol, Sony tomonidan shu yozda chiqarilishi kutilayotgan Gran Turismo o'yini adaptatsiyasida bunga guvoh bo'lasiz. 📣IT news| ©Terabayt.uz 02.05.2023
게시됨 5월 2일
Galaxy Z Flip 5 va Galaxy Z Fold 5 yuqori sifatli renderlarda! Buklanadigan smartfonlar bozori bu yil bir qancha yangi "o'yinchilar" bilan birga, yangilangan buklamafonlar bilan ham kengaymoqda va bu Samsung Galaxy Z seriyasi ham o'z ichiga oladi. Janubiy Koreya kompaniyasi o'zining bu yilgi Galaxy Z Fold
게시됨 5월 2일
Safari brauzeri Edge'ni ortda qoldirib, dunyodagi eng ko'p foydalaniladigan ikkinchi kompyuter brauzerga aylandi Microsoft kompaniyasining Edge brauzeri o'tgan yili Apple'ning Safari'sini ortda qoldirib, dunyodagi eng ko'p foydalaniladigan ikkinchi kompyuter brauzeriga aylangan edi. Biroq, u faxrli o'rinda uzoq qolmadi – Safari o'z o'rnini qaytarib oldi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 02.05.2023
게시됨 5월 2일
Apple o'zining iPhone, iPad va Mac qurilmalari uchun yangi turdagi yangilanishni chiqardi O'tgan yilning WWDC konferensiyasida Apple o'zining iPhone, iPad va Mac qurilmalari uchun Rapid Security Response (Tezkor xavfsizlik javobi) yangilanishini taqdim qilgan edi. Yangi turdagi ushbu tizim yangilanishi foydalanuvchilar uchun jiddiy xavf tug'diradigan xavfsizlik zaifliklarini tezda tuzatishga qaratilgan bo'lib, u doimgi yangilanishlarga qaraganda tezroq o'rnatiladi va hatto, bu turdagi ayrim yangilanishlarni smartfonni o'chirib yoqmasdan ham o'rnatish mumkin bo'ladi. Kecha, O'zbekiston vaqti bilan tungi 10:00 lar atrofida Apple o'zining ana shunday tezkor xavfsizlik javobi yangilanishining ilk versiyasini chiqardi (The Verge orqali). 📣IT news| ©Terabayt.uz 02.05.2023
게시됨 5월 1일
Redmi Note 12R Pro rasman taqdim qilindi! Xiaomi o'zining Redmi Note 12 seriyasida shu qadar ko'p smartfonlar chiqardiki, sanoqda adashib ketasan kishi – Redmi Note 12R Pro ushbu oilaning eng so'nggi a'zolaridan bo'ldi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 01.05.2023
게시됨 4월 30일
Bir davrning intihosi: Alawar o'zining kompyuter uchun o'yinlar do'konini yopmoqda Oddiy, lekin shu bilan birga, qiziqarli va sarguzashtlarga boy kompyuter o'yinlari bilan tanilgan Alawar kompaniyasi o'zining rasmiy veb-saytida juda qiyin qarorni qabul qilganligini e'lon qildi – u o'zining o'yinlar do'konini yopmoqda. Ma'lum bo'lishicha, alawar.com saytining o'yinlar bo'limi, ya'ni kompyuter uchun yashirin obyektlar, vaqt menejmenti va boshqotirma kabi janrlardagi o'yinlar sotiladigan do'koni joriy yilning 1-iyun sanasidan boshlab o'z faoliyatini to'xtatadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 30.04.2023
게시됨 4월 29일
Motorola bu yil bir emas naqd ikkita buklamafon tayyorlamoqda Chig'anoqli buklanadigan smartfonlar yoxud Flip buklamafonlar bozori bu yil avjiga chiqadigan ko'rinadi – Motorola tez orada o'zining bir emas, naqd ikkita Razr buklamafonlarini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 29.04.2023
게시됨 4월 29일
Microsoft'dan Windows 10 uchun ortiq yangi funksiyalar kutmang Ilk marotaba 2015-yilda taqdim qilinganida Windows 10 aslida Microsoft operatsion tizimining eng oxirgi avlodi bo'lishi aytilgan edi. Biroq, bir necha yil avval barchasi o'zgardi yoxud kompaniya 2021-yilda Windows 11 versiyasini chiqardi va tabiiyki, Windows 10 uchun ishlar asta-sekin to'xtay boshlandi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 29.04.2023
게시됨 4월 27일
Redmi Note 12 seriyasi hali tugamadi. Qatorga Redmi Note 12R Pro nomli yangi model qo'shiladi! Xiaomi'ning Redmi brendni o'zining Note 12 seriyasiga yana bir yangi modelni qo'shilishini e'lon qildi. Bu Redmi Note 12R Pro nomli smartfon bo'lib, u shu hafta oxirida taqdim qilinadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 27.04.2023
게시됨 4월 27일
Tez kunda global bozorga taqdim qilinishi kutilayotgan Poco F5 seriyasi haqida barchasi! Xiaomi'ning Poco brendi kelayotgan may oyi boshida o'zining Poco F5 smartfonlarini global bozorga chiqarishga tayyorlanmoqda. Biroq, Internetda tarqalgan ma'lumotlar bilan smartfonlarning taqdim qilinishiga hojat qolmadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 27.04.2023
게시됨 4월 27일
"Tchau Telegram" – Durov messenjeri Brazilyada bloklandi Telegram messenjeri Brazilyada, yana, bloklandi. Davlat Oliy sudi Telegram'ni neonatsistlar guruhlari va ularning a'zolari haqidagi barcha ma'lumotlarni taqdim etmaganligi sababli foydalanishdan chekladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 27.04.2023