TGINSIGHT CHAT
Teacher Azam
@TeacherAzam
EducatioTEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11
Scripta recentia
Pag. 34 de 85 · 1,011 scripta
Editum Sep 11
AQShda avgust oyida mehnat bozori to‘xtab qoldi 🇺🇸 Amerika ish bozorida oxirgi 4 yillikdagi eng sust holat bo‘libdi. Butun mamlakat bo‘ylab bor-yo‘g‘i 22,000 ta ish o‘rni yaratilgan. Ishsizlik darajasi pandemiyadan beri avgust oyining o'zida eng yuqori ko‘rsatkich 4,3% ga ko‘tarilgan. 📊 Iyun oyida hatto 13,000 ish o‘rni yo‘qolgan. Bu pandemiya tugaganidan beri ilk salbiy natija ekan. Mehnat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra ishlab chiqarish, moliya, qurilish va professional xizmatlar kabi tarmoqlarda ishchi yollash deyarli to‘xtagan. 🤦 Federal hukumat ham ish o‘rinlarini qisqartirmoqda. Bu endi ish izlovchilar o‘rtasida raqobatni kuchaytiradi, ular yanada o‘z ko‘nikmalarini ustida ishlashi kerak. AQShda shunaqa gaplar ekan. ✍️Bunga sabab nima bo‘lishi mumkin? @teacherazam
Editum Sep 11
🎁 1=2 aksiyasi Dars qilmasdan ingliz tili o'rganish osonroq Ingliz tili o'rganish o'rniga shunchaki foydali ma'lumotlatni ingliz tili istemol qiling. 🟡Vaqtni boshqarish 🟡Samaradorlik 🟡Investitsiya 🟡Passiv daromad 🟡Eslab qolish Ana shunda, bir o'q bilan ikki quyonni urasiz: 🟢1. Shaxs sifatida rivojlanasiz 🟢2. Ingliz tilingiz ham kuchaytirib boradi. Hozirgina YouTube yuzini ko'rgan videomizda... 📈 Foydali ko’nikmalarni o’rganish orqali ingliz tilingizni ham kuchaytirishga yordam beradigan eng zo’r 5 ta YouTube video turlari va kanallari haqida bilib olishingiz mumkin. Ko'ring, balki sizda ro'yxat boshqacharoq bo'lar. Videoni ko'rish: 👇 📹Ingliz tili o’rganish uchun top 5 kanallar. #YouTube 🥳Yoqimli tomosha! Siz bu ro'yxatga yana qaysi kanallarni qo'shgan bo'lardingiz? 📱@englifyschool
Hashtags
Editum Sep 10
Yengilroq mavzu istaganmidingiz? 🎙 Ushbu epizodda memekultura, internetdagi yangi trendlar va O‘zbek ijtimoiy tarmoqlaridagi kontent transformatsiyasi haqida yengil suhbat qurdik. Suhbat davomida CS:GO va internet memelarining evolyutsiyasi, meme personajlarining ommalashuvi, o‘zbek auditoriyasining kreativlik darajasi, va san’at darajasidagi izohlar haqida gaplashdik 👉 Fikrlaringizni izohlarda kutamiz, kanalga obuna bo‘lishni unutmang! Podkastni ko‘rish: https://youtu.be/O6M0P-wgdd8 @teacherazam
Editum Sep 10
🔥 Bugun biz yana fentezi olamlarning eng qonli va eng shafqatsizlaridan biriga sayohat qilamiz. Uning nomini aytishning o‘zi kifoya: “God of War”! Amazon Prime shu olam asosida serial tayyorlayotgani — bu o‘yin shunchaki o‘yin emas, balki jahonshumul madaniyat fenomeniga aylanganidan darak. Xo‘sh kettikmi?.... 👉🏻https://youtu.be/bzgTk3BW_vw
Editum Sep 9
Prezident tadbirkorlar bilan yigʻilish oʻtkazibdi 💲 Unga koʻra 2028-yilgacha Meta $600 mlrd, kichkinagina Apple kompaniyasi ham $600 mlrd, OpenAI $100 mlrdan koʻp, Google $250 mlrd, Microsoft esa $75-80 mlrd atrofida investitsiya qilar ekan. 🇺🇸 Faqat bular Amerikada @teacherazam
Editum Sep 9
🔥Do‘stlar! Tasavvur qiling — siz xalqaro zalda, BMT bayrog‘i ostida nutq so‘zlayapsiz. Atrofingizda esa butun dunyodan kelgan yoshlardan iborat delegatlar. Sizning g‘oyangiz global muammolarga yechim bo‘lishi mumkin! 🌍 Bu orzu endi sizga yaqinroq: ✨ Revolution Model United Nations (RV MUN) Toshkentda! Bu konferensiyada siz: ✅ O‘z fikringizni erkin bayon qilishni va debatlarda qatnashishni o‘rganasiz ✅ Insoniyat oldidagi dolzarb masalalarni muhokama qilasiz ✅ Yangi do‘stlar va kelajakda asqotadigan professional tanishlar orttirasiz 🤝 🗓 Sana: 21-sentabr 📍 Joy: Millat Umidi maktabi 💰 To‘lov: 100 000 so‘m 👑 Qo‘mitalar va mavzular: 🔗 General Assembly (GA): Iqlim inqirozi sharoitida kelajak avlodlar huquqlarini himoya qilish 🔥 UN Women: Mehnat migratsiyasida ayollarning huquqlarini himoya qilish 📌 World Health Organization (WHO): Virtual reallik va Metaverse’ning erta bolalik rivojlanishiga ta’siri 🙂 UNICEF: Mojaro hududlarida bolalarni tarbiyalash — psixologik tiklanish va hamjamiyatni davolash 📣 International Labour Organization (ILO): Ish joyida ruhiy salomatlik — burnoutni mehnat huquqi masalasi sifatida tan olish 🔖 Human Rights Council (HRC): Roma jamoalariga nisbatan diskriminatsiya va ijtimoiy chetlatish, ta’lim, bandlik va uy-joyga teng imkoniyat ✨ Historical Crisis (HCS): 1973 yilgi neft inqirozi va uning global barqarorlikka ta’siri ✏️ ECOSOC: Geosiyosiy va iqlim inqirozidan kelib chiqadigan iqtisodiy uzilishlarga qarshi global ta’minot zanjirlarini mustahkamlash 📎 UNODC (Double Delegation): Raqamli davrda inson savdosi — ijtimoiy tarmoqlar orqali yollashga qarshi kurash 💎 Security Council (Double Delegation): Kosmik qurollar — global tinchlik uchun yangi tahdidlar 🔴Joyingizni hoziroq band qiling va tarixiy konferensiyaning bir qismi bo‘ling! 📌 Ro‘yxatdan o‘tish: Single delegation registration — yakka tartibda (bitta delegat) ro‘yxatdan o‘tish Double delegation registration — ikki kishilik delegatsiya sifatida ro‘yxatdan o‘tish ⚠️ Aloqada qoling: 📱Telegram 📱 Instagram 💬Contact 🌍 Biz bilan birga kelajakni yarating! MUNs in Central Asia Telegram | Instagram”
Editum Sep 8
Amerikaliklarning 58 foizi hukumatdan ularning ko‘p muammolarini hal qilishi kerakligini kutishadi. Ularning fikricha davlat ishlamayapti ekan. Bu oxirgi 30 yil davomidagi eng yuqori ko‘rsatkich. 📊 Buni grafikdan ham ko‘rsangiz bo‘ladi. Oxirgi 2 yilda hukumatning roli haqidagi demokratlarning qarashlari deyarli o‘zgarmagan bo‘lsa-da, Oq uy Trumpning qo‘liga o‘tganidan keyin “Hukumat haddan tashqari ko‘p ish qilmoqda” deydigan respublikachilarning ham soni ancha kamaygan. Shukr qilib yashasa bo‘lmasmikan shu Amerikaliklar ✍️ Bundan tashqari bu maqolada abortni ayrim sabablar bilan qonunuylashtirish tarafdori ko‘payib borayotgani, Amerika demokratiyasi xavf ostida deb hisoblovchilar soni ortgani haqida ham ma’lumotlar bor. @teacherazam
Editum Sep 6
🔠 Guardian Falastinda halok bo‘lgan jurnalistlar haqida post chiqaribdi. Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi ham “Isroil voqealarni hujjatlashtiradigan va guvohlik beradiganlarni jim qilish orqali urushni ham jim qilmoqda” deb yozib chiqqan. Haqiqatan oxirgi 22 oy G‘azodagi urush jurnalistlar uchun eng halokatli mojaroga aylandi. 🔠 CPJning ma’lumotlariga ko‘ra 2023-yil oktyabr oyidan beri 189 nafar jurnalist va OAV xodimlari halok bo‘libdi. BMT esa bu ko‘rsatkichni 247 ta deb baholagan. 🇵🇸 Falastinga Isroilning o‘zi xalqaro jurnalistlarning kirishiga to‘sqinlik qilmoqda. G‘azoning o‘z media hamjamiyati allaqachon yo‘q qilingan. Rasmlarda esa Isroil qurbonlarining ismlari va rasmlari ko‘rsatilgan. @teacherazam
Editum Sep 6
“Clickning 20 mlnta foydalanuvchisi bor va bu juda katta baza degani, bu juda katta data. 20 ta userni bazasi Halyk bankni O’zbekiston bozoriga kirishi uchun katta qadami deb qarasak bo’ladi” Qo’shtirnoq podkastida startapchilar uchun ajoyib son chiqibdi, ko’ringlar🔥 ▶️https://youtu.be/rkDVtBTtp_4
Editum Sep 5
Nega maktabda shuncha o’qisak ham ingliz tilini o’rganolmadik? ⚠️ Buning sababini tushunib, oldini olmasangiz - qo’shimcha kursga borib ham shunday xatoni takrorlashingiz mumkin. Hozirgina YouTube yuzini ko'rgan videomiz aynan shu narsaning sabablari va yechimlari haqida. Videoni ko'rish: 👇 📹Nega maktabda ingliz tili o’rganolmagansiz? Yechim qanday? #YouTube 🥳Yoqimli tomosha! Ingliz tilini faqat maktabda o'rganib IELTS'dan yuqori ball olgan nechta tanishingiz bor? 📱@englifyschool
Hashtags
Editum Sep 5
Бу ерда Teacher Aʼzamʼнинг рекламаси😁 @Zafarello
Editum Sep 4
Gretsiyada 721 ta maktab yopilyapti, sabab demografik inqiroz 🧑🎓 O‘zi Gretsiyadagi amaldagi qonunchilikka ko‘ra maktabda 15 nafardan kam o‘quvchi qolsa, maktabni yopishar ekan. Umumiy 13,478 ta maktab bor, shundan 721 tasi bu yil yopilgan. Yildan-yilga Gretsiyada yopilayotgan maktblar soni oshib boryati ekan. 🚶 Maktablarning yopilishi orqasidan ayrim hududlarda bolalar 80 km masofaga o‘qish uchun qatnashyapti. Bizd esa vaziyat boshqacha, maktablar ochilishi ko‘payib boryapti. @teacherazam