TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT CHAT

Teacher Azam

@TeacherAzam

Educatio

TEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼‍💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11

Subscriptores4.0万Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita1,011Scripta numerata
Attingentia recens166,200Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 10 de 85 · 1,011 scripta

Editum Mar 3

Sahnada virtual jang! 🔥 3-mart kuni Komol Qohhorov va Islom Abdujabborov o'rtasida murosasiz futbol o'yini bo'lib o'tadi. Ishtirokchilar o'yin davomida boshlovchi tomonidan berilgan chalg'ituvchi shartlarni ham bajarishlari kerak. Va'da qilinganidek - bu loyihani va nihoyat Sahnaga olib chiqamiz. Sizning qo'llab-quvvatlashingiz bilan bunday shoular davomiy bo'ladi. Tashrif buyurib bu jo'shqin hissiyotlarni biz bilan baham ko'ring. Shoshiling, joylar soni chegaralangan. Chiptalar: shu yerda. @kunduziy

13,100 views

Editum Mar 2

Rosa kuldim😁 Tarjimasi👇 Agar Eron urushda g‘alaba qilsa — memlar Agar Rossiya va Xitoy parvo qilmasa — memlar Agar Rossiya va Xitoy urushga aralashsa — memlar Agar AQSh urushda g‘alaba qilsa — memlar Agar 3-Jahon urushi bekor qilinsa — memlar Agar 3-Jahon urushi boshlangan bo‘lsa — memlar Xitoy tili boshlovchilar uchun O‘lat (Bubon vabosi)dan qanday omon qolish Fors tili boshlovchilar uchun Rus tili boshlovchilar uchun Yadro qishidan omon qolish — shaxsiy qo‘llanma AQSh fuqaroligi bo‘yicha qo‘llanma 2020 Xitoy tilida qanday qilib rahm-shafqat so‘rash Fors tilida qanday qilib rahm-shafqat so‘rash Rus tilida qanday qilib rahm-shafqat so‘rash AQSh madhiyasi (The Star-Spangled Banner) so‘zlari Gruppaga tashlab qo’yarsizlar) Kanalga ulanish @teacherazam

15,200 views

Editum Mar 2

🌳 Insonlar ming yillardan beri o‘rmonlarni kesib va yoqib keladi. Muzlik davri tugagan paytda (juda qadimda) Yer yuzidagi yashash mumkin bo‘lgan hududlarning taxminan 57% qismi o‘rmon bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan bu o‘rmonlar kamaygan. O‘rmonlar maydoni taxminan 6 milliard gektardan 4 milliard gektarga tushib ketgan. Bu degani: odamzod o‘sha paytdagi o‘rmonlarning uchdan bir qismini yo‘q qilgan. Yo‘qolgan o‘rmonlar maydoni AQSh hududidan ham 2 baravar katta bo‘lgan. 🐄 Odamlar ko‘paydi, ularga ovqat kerak bo‘ldi. Shuning uchun o‘rmonlarni kesib, ekin ekiladigan dalalar, chorva boqiladigan yaylovlar uchun joy ochiladi. Ya’ni o‘rmonlarni yo‘q qilishning eng katta sababi qishloq xo‘jaligi (dehqonchilik va chorvachilik). Shahar qurish yoki kon qazish ham bor, lekin ular qishloq xo‘jaligiga qaraganda kichikroq sabab. Keyingi asosiy sabab esa yog‘och kerak bo‘lib qoldi. Uy, kema kabi narsalar qurishga, qog‘oz tayyorlashga, eng muhimi esa yoqilg‘i sifatida ishlatiladi. 🪵 Hali ham dunyoda kesiladigan yog‘ochning taxminan yarmi energiya uchun ketadi (asosan kambag‘al oilalarda ovqat pishirish va uyni isitish uchun), chunki boshqa arzon alternativ yoqilg‘i yo‘q. COP26 (Glazgo)da dunyo o‘rmonlarining taxminan 85 foizi joylashgan davlatlar 2030-yilgacha o‘rmonlarni kesishni to‘xtatamiz deb va’da bergan. Mo‘tadil iqlimdagi o‘rmonlar (temperate forests) oldin juda ko‘p kesilgan, lekin 1990-yillardan beri ular ko‘payib boryapti. Ya’ni ayrim joylarda o‘rmonlar qaytib kelmoqda. Tropik o‘rmonlar bo‘yicha ham bir oz ijobiy o‘zgarishlar bor. Tropiklarda o‘rmon kesish tezligi 1980-yillarda eng yuqori bo‘lgan, keyin esa 3 baravar kamaygan. Lekin baribir daraxtlarni kesish ko‘p. Manba Deforrestation’ni kamaytirish uchun nimalar qilish mumkin yana? @teacherazam

12,900 views

Editum Mar 1

Fevral oyida qanday kontentlar chiqardim? 1. Claude Cowork AI agenti haqida 2. AQShda oxirgi 25 yil ichidagi narx o‘zgarishi 3. Epstein kim? 4. Muvaffaqiyatga erishish kimga bog‘liq?⭐ 5. 13-15 yoshdagi bolalar zo‘ravonlikka uchrashi 6. Urush keltirib chiqaradigan sabablar 7. Har yili mamlakatlarda qancha robot o‘rnatilyapti? 8. Iqtisod qachon tezroq o‘sishni boshlaydi? 9. Bir soatlik mehnatga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot nima degani? 10. Odamlar ko‘proq hukumatga ishonadimi yoki OAVga 11. AI ish o‘rinlarini qanchalik yaxshi bajaryapti? 12. Davlatlar R&D ga qancha sarflashadi? 13. Qishki Olimpiada uchun qancha suv kerak? 14. AQShda oxirgi 6 yil ichida narsalarning narxi qanday oshdi? 15. Davlatlardagi zavodlar qanchalik robotlashgan? 16. Plastik chiqindi ulushi kamaygani haqida 17. Hayotda o‘yin o‘ynashdan maqsad nima?⭐️ 18. AQShdagi nafaqaxo‘rlar va ishchilar soni 19. Dunyo odamlari ko‘proq nimalardan qo‘rqadi? 20. Aktivlarning narxlari 60 yil davomida qanday o‘zgardi? 21. Qashshoqlik nechi foizga kamaydi? 22. AQSh olgan qarzini nima qiladi? 23. 15 yoshli o‘quvchilar o‘rtasida kreativ fikrlash mamlakatlar kesimida qanday? 24. Hakerlar qanday qilib tizimlarga kirib boradi? 25. Tug‘ilish darajasi qaysi qit’alarda ko‘p? 26. Yevropada yoshlar nechi yoshdan uyini tark etadi? 27. Osiyoda turizm qay darajada o‘sishi kutilyapti? 28. Zafar Hoshimov bilan podkast

15,500 views

Editum Feb 28

🎙 NQE qisqa muddatli tanaffusdan keyin qaytdi. Bu sonimiz Korzinka.uz asoschisi Zafar Hoshimov bilan bo‘ldi. Unda Zafar akaning biznesga qanday kirib kelishidan tortib, hozir Korzinkada qanday lavozimda ishlashigacha gaplashdik. 📖 Bundan tashqari Zafar Hoshimovning: — odamlar bilan ishlashda ularga qanday munosabatda bo‘lish kerakligini; — muvaffaqiyatli biznes qurish uchun kerak bo‘ladigan 1 ta ko‘nikma; — lider bo‘lishni istagan odam o‘rganishi kerak bo‘lgan 1 ta yo‘nalish haqida ham bilib olasiz. Podkastni ko‘ring va xulosalaringizni izohda yozib keting. 👉 Ko‘rish: https://youtu.be/ZoyToi2MqtY?si=kqtykW60N9jbeRMI @teacherazam

12,900 views

Editum Feb 28

Ingliz tilini uyda tezroq o'rganish mumkin ❓ Biror narsani uyda o'rganmoqchi bo'lganlarda birinchi muammo - o'rganishni boshlab birozdan keyin tashlab qo'yish. Sizda ham balki bu holat bo'lgandir. Chunki 80-90% foiz insonlarda shunday bo’ladi. ✅ Buni to'g'irlash imkoni bor. Bu haqida hozirgina chiqqan YouTube videomizni batafsil tushuntirib berganmiz. Videoni ko'rish: 👇 📹Istalgan tilni uyda o’rganish yo’li #YouTube Shanba kuni ham foydali narsa o'rganishni niyat qilgan bo'lsangiz, ko'rib yuboradigan joyi. Yoqimli tomosha! 📱@englifyschool

13,500 views

Hashtags

Editum Feb 27

🌏 WTTC prognozlariga ko‘ra, Osiyoda 2023-yildan 2033-yilgacha sayohat va turizm o‘sish yetakchilik qiladi. Shimoli-Sharqiy Osiyoda 8,9 foiz, Janubiy, Janubi-Sharqiy va Markaziy Osiyoda 6 foizdan ko‘proq o‘sish kutilmoqda. Yaqin Sharq va Afrika 4,7 foizdan 5,1 foizgacha o‘sish bilan keyingi eng yirik o‘sish mintaqalari bo‘lib, Yevropa va Amerikani changda qoldiradi. Keyingi 10 yil ichida Yevropa Ittifoqi atigi 2,6 foizga, Shimoliy Amerika esa atigi 3,1 foizga o‘sadi. 🔼 Turizmning o‘sishi mamlakatlarning iqtisodini yaxshilaydigan eng yaxshi omillardan biri. Misol uchun Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonga 11,7 million nafar xorijiy turist kelgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan sezilarli o‘sishni tashkil etgan. 🇺🇿 Idora baholashiga ko‘ra, turistik maqsadlarda mamlakatga kirib kelgan xorijiy fuqarolar soni 3,7 million kishiga yoki yillik hisobda 46,8 foizga oshgan. Hali o‘zimiz ham O‘zbekistonning qancha joyini kashf qilmaganmiz. Biz bilmagan juda chiroyli joylari ko‘p. 💬Izohda bahor oyida O‘zbekistonning qaysi hududlariga borish mumkinligini tavsiya qila olasizmi? @teacherazam

13,900 views

Editum Feb 26

🇪🇺 Yevropada mustaqil hayot boshlashni istagan yoshlar, yashayotgan mamlakatiga qarab, turli to‘siqlarga duch keladi. “Yevrostat”ning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, yoshlar ota-ona uyini o‘rtacha 26 yoshda tark etadi, biroq bu yosh mamlakatlar kesimida sezilarli darajada farqlanadi. 🇸🇪 Skandinaviya mamlakatlaridagi yoshlar ota-ona uyini eng erta tark etadi. Finlandiya, Daniya va Shvetsiyada yoshlarning uydan ko‘chib ketishining o‘rtacha yoshi taxminan 21 yoshni tashkil etadi. Janubiy va Sharqiy Yevropada esa ahvol butunlay boshqacha. Yoshlarning uydan ketish yoshi eng yuqori bo‘lgan mamlakat Xorvatiya bo‘lib, bu yerda o‘rtacha ko‘rsatkich 31 yoshni tashkil qiladi. Italiya, Slovakiya va Gretsiyada ham ko‘plab yoshlar 30 yoshgacha ota-onasi bilan yashaydi. An’anaviy va madaniy omillardan tashqari, asosan, iqtisodiy sharoitlar, jumladan, yoshlar o‘rtasidagi yuqori ishsizlik hamda yirik shaharlardagi ijara va uy-joy imkoniyatlarining cheklangani va qimmatligi ularning mustaqil hayotga ertaroq qadam qo‘yishini kechiktiradi 🇩🇪 O‘rtacha 23,9 yosh ko‘rsatkichi bilan Germaniya Yevropa Ittifoqidagi o‘rtacha darajadan ancha pastda joylashgan. Shunga qaramay, bu yerda ham ota-onasining uyini kechroq tark etish tendensiyasi kuzatilmoqda. Mikroro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda 25 yoshli yigit-qizlarning qariyb 28 foizi ota-onasi bilan yashagan va bu ko‘rsatkich so‘nggi paytlarda biroz oshgan. 2010-yildan 2025-yilning birinchi choragigacha Yevropa Ittifoqida ijara narxlari o‘rtacha 27,8 foizga oshgan. “Yevrostat”ga ko‘ra oilaviy holat, mehnat bozoridagi vaziyat, madaniy odatlar va umumiy yashash xarajatlari kabi boshqa omillar ham odamlar alohida yashashi uchun muhim rol o‘ynaydi. 👱‍♀️ Yevropa bo‘ylab ayollarning erkaklarga qaraganda o‘z uylariga ko‘chib o‘tishga ertaroq qaror qilishi isbotlangan. O‘rtacha hisobda, yosh yevropalik ayollar ota-ona uyini yosh yevropalik erkaklardan ikki yil oldin tark etadi. Alohida yashaydigan yaqinlaringizga jo‘natib qo‘ying Manba @teacherazam

13,900 views

Editum Feb 25

2026-yilga kelib dunyodagi chaqaloqlarning 85 foizi faqat ikki qit’ada — Osiyo va Afrikada dunyoga keladi. 🇺🇳 Ushbu xaritada Birlashgan Millatlar Tashkilotining aholi soni bo‘yicha prognozlariga asosan, dunyo bo‘yicha tug‘ilish ko‘rsatkichlarining qit’alar kesimida qanday taqsimlangani ko‘rsatilgan. 🌏 2026-yilda Osiyoda taxminan 64,9 million chaqaloq tug‘ilishi kutilmoqda, bu jahondagi jami tug‘ilishlarning qariyb 49 foizini tashkil etadi. Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi mamlakatlarda tug‘ilish darajasi pasayayotganiga qaramay, Osiyo aholisining soni juda ko‘pligi uni global demografiyaning markazida saqlab turibdi. Xususan, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo har yili tug‘ilishlar sonining yuqori bo‘lishiga katta hissa qo‘shishda davom etmoqda. Natijada, 2026-yilda tug‘ilgan har ikki kishidan biri aynan Osiyoning qaysidir hududida dunyoga keladi. 🌍 2026-yilda Afrikada 47,6 million tug‘ilish qayd etilishi prognoz qilinmoqda, bu jahondagi umumiy ko‘rsatkichning 35,9 foiziga tengdir. Bu qit’adagi tug‘ilish darajasining yuqoriligi va aholi tarkibining yosh ekanini aks ettiradi. Ko‘pgina Afrika mamlakatlari demografik o‘tishning hali dastlabki bosqichida va hozircha tug‘ilish darajasining pasayish ehtimoli deyarli yo‘q. Aholi o‘sishi oshgani sari Afrikaning tug‘ilishdagi ulushi doimiy ortib bormoqda va asr oxiriga borib yanada oshishi kutilmoqda. 🌎 Lotin Amerikasi va Karib havzasida 9,3 million (jami ko‘rsatkichning 7 foizi) chaqaloq tug‘ilishi kutilayotgan bo‘lsa, Yevropa hissasiga bu ko‘rsatkichning atigi 4,6 foizi to‘g‘ri keladi. Shimoliy Amerikaning ulushi 3 foizni tashkil etadi va bu migratsiya hisobiga aholi soni o‘sayotganiga qaramay, tug‘ilish darajasi pastligini ko‘rsatadi. 🇦🇺 Tug‘ilishning 0,5 foizi Okeaniya hissasiga to‘g‘ri keladi, doimiy aholiga ega bo‘lmagan Antarktidada esa umuman tug‘ilish qayd etilmaydi. Do‘stlaringizga jo‘natib qo‘ying Manba @teacherazam

12,500 views

Editum Feb 24

💻 Kiberhujumchilar bir joyga kirib olgach (masalan, bitta parolni topib), odatda shu bilan to‘xtab qolmaydi. Ular tizim ichida boshqa joylarga o‘tib ketadi: bir kompyuterdan boshqasiga, bir akkauntdan boshqasiga, tarmoqdan ilovaga. Buni “pivot” yoki “lateral movement” deyishadi. Maqsad: zararini kattalashtirish va nazoratni kuchaytirish. ⌨️ Bu infografika kiberhodisalarda hujumlar qayerlarda ko‘p uchrashini ko‘rsatadi. Ma’lumotlar Unit 42 Global Incident Response Report’dan olingan. Unit 42 kuzatgan hodisalarda: • 87% holatda hujum kamida 2 ta joyga; • 67% holatda esa 3 ta yoki undan ko‘p joyga zarar yetkazadi. 💻 Hakerlar eng ko‘p qayerlarga hujum qiladi — Akkauntlar 89% — Kompyuter yoki telefonlar 61% — Tarmoqlar orqali 50% — Odam omili sabab 45% — Email 27% — Ilovalar 26% — Cloud xizmatlari 20% — Xavfsizlik jamoasi ishlatadigan tizimlar 10% — Ma’lumotlar bazasi 1% 🇺🇿 Bizning mamlakatda odamlar odatda “odam omili” sabab aldanib qoladi. Bular phishingga aldangan, zararli fayl ochgan, parolni bergan va hokazo. Ko‘pincha aynan odam xatosi keyingi bosqichga yo‘l ochib beradi. Kiberxujumlarga aldanib qolmaslik uchun ma’lumotlarni tekshirish, notanish odamlar yuborgan havolalarga bosmaslik, 2 bosqichli tekshiruvlarni akkauntingizda yoqib qo‘yish kerak bo‘ladi. Yaqinlaringizga jo‘natib qo‘ying Manba @teacherazam

13,800 views

Editum Feb 23

🧠 Kreativ fikrlash qayerda eng kuchli? PISA 2022 ilk bor 15 yoshli o‘quvchilarning “creative thinking” (g‘oya yaratish, baholash va yaxshilash) ko‘nikmasini o‘lchadi. Natija kreativlik tug‘ma qobiliyat emasligini ko‘rsatdi. U siyosat, o‘quv dasturi va sinfdagi muhitning mahsuli. 🏆 Top natija ko‘rsatgan davlatlar: 1) Singapur 2) Koreya 3) Kanada 4) Avstaliya 5) Yangi Zellandiya Xo‘sh, nega aynan shu davlatlar yuqorida? 1) Kreativ fikrlashni darsdan tashqari emas, darsning ichiga qo‘yishadi ya’ni yodla va takrorla emas, o‘yla, top, sinab ko‘r yondashuvi. 2) O‘quv dasturidagi fanlar haddan tashqari ko‘p emas. Kreativ fikr uchun bola o‘ylaydi, sinab ko‘radi, xato qiladi va qayta yaxshilaydi. Agar darsdan maqsad tez-tez mavzu tugatish bo‘lsa, bularning hech biri bo‘lmaydi. 3) O‘qitishdagi samarali usullar: guruh bilan ishlash, brainstorming, debat, o‘yinlar, mustaqil izlanish uchun vaqt, chizish, she’r, hikoya yozish kabi ijodiy elementlarni ishlatiladi. 4) Kreativlik uchun xavfsiz muhit kerak. Bola xato qilsam ham bo‘ladi, fikrim kulgi bo‘lmaydi, o‘qituvchi eshitadi, deb o‘ylashi kerak. 📌 Eng muhimi kreativ fikrlash “ilhom kelganda” bo‘ladigan narsa emas. U uchun 4 narsa kerak: 1) o‘quv dasturida joy; 2) baholash mezoni; 3) o‘qituvchiga aniq metodika; 4) o‘quvchiga real muammo va loyiha. Maktabda to‘g‘ri javobni topish bilan birga yangi javob yaratishni ham o‘rgatyapmizmi? Agar ikkinchisi bo‘lmasa, kelajakda raqobat qilish qiyinlashadi. Manba @teacherazam

16,000 views

Editum Feb 23

Qiziq narsa o‘qib qoldim: "Hozirgi zamonda farzand katta qilish har qachongidan osonroq, ammo zamonaviy hayotdagi boshqa har qanday ishlardan qiyinroq." Menimcha, juda to‘g‘ri iqtisodiy argument. Farzand ko‘rish va katta qilishni xarajatlari hozirgidek kichik bo‘lmagan insoniyat tarixida, lekin hozirgi dunyodagi boshqa narsalarga solishtirsa - qiyinlashgandek ko‘rinadi.

13,000 views
12•••5•••89101112•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485