TGINSIGHT CHAT
Teacher Azam
@TeacherAzam
EducatioTEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11
Scripta recentia
Pag. 20 de 85 · 1,011 scripta
Editum Dec 8
🇺🇸 2023-yilda qariyb 20 ming amerikalik qotillik qurboni bo‘lgan. Jadvalda erkak va ayollar orasidagi qotillik ko‘rsatkichlari aks ettirilgan. Erkaklar ayollarga nisbatan 2,7 barobar ko‘proq qotillik natijasida halok bo‘lgan. Ko‘rinib turibdiki, erkaklarga nisbatan qotilliklarning aksariyati do‘stlar, qo‘shnilar, tanishlar yoki notanish shaxslar tomonidan sodir etilgan. Ayollar uchun esa buning aksi: yigiti, turmush o‘rtog‘i tomonidan ko‘p suiqasd qiligan. Xavf-xatarlar turlicha bo‘lgani sababli, eng samarali choralar ham farqlanishi mumkin. 👩🦰 Ayollar uchun yigiti yoki turmush o‘rtog‘i tomonidan sodir etiladigan zo‘ravonlikni kamaytirish asosiy ustuvor vazifa hisoblanadi. 🧔♂️ Erkaklar uchun profilaktika esa ko‘pincha jinoiy guruhlar va tanishlar yoki notanishlar o‘rtasidagi zo‘ravonlik bilan bog‘liq holda olib boriladi. @teacherazam
Editum Dec 8
😎 Bugun — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, ya’ni erkinlik, adolat va huquq ustuvorligini belgilab bergan eng muhim sanalarimizdan biri. Konstitutsiya — bu shunchaki qonunlar to‘plami emas. Bu: - bizning erkin yashash huquqimiz, - ta’lim olish imkoniyatimiz, - o‘z fikrimizni erkin ayta olishimiz, 🇺🇿 Men o‘qituvchi sifatida bir narsaga ishonaman: jamiyat taraqqiyoti — yaxshi ta’lim olgan, ongli, mustaqil fikrlay oladigan, fuqarolik pozitsiyasiga ega yoshlar qo‘lida. Shu kunda sizlarning har biringizga bilimga chanqoqlik, orzu va maqsadlaringizda sobitlik, Vatanimizni yanada obod qilish yo‘lida kuch-quvvat tilayman. 🇺🇿 Bayram barchamizga muborak bo‘lsin! @teacherazam
Editum Dec 7
🇯🇵 Yaponiya o‘yin studiyasi sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan rasmlarni portfoliosiga yig‘ib ishga topshiruvchi talabgorlar soni ko‘payganini sezib qoldi va ishga qabul qilish jarayonini o‘zgartirdi. Endi studiya nomzodlardan suhbat davomida rasm chizishni so‘raydi, shunda jamoa ularning haqiqiy qobiliyatini ko‘rishi va portfoliosida ko‘rsatilgan ish aslida ularning ishi ekanligini bilib olishi mumkin. 🥋 Kompaniyadagi bosh grafik dizaynerning aytishicha, ko‘plab nomzodlar dastlab professional ko‘rinadi, ammo ba’zan ariza beruvchidan joyida biror narsa chizish so‘ralganda, qo‘lidan hech narsa qilish kelmaydi. Uning tushuntirishicha, maqsad odamlarga bosim o‘tkazish emas, balki studiya ichidagi ijodkorlikni himoya qilishdir. Uning so‘zlariga ko‘ra, insonlar xarakterlar va vizual g‘oyalarni noldan yaratadiva jamoa buni ishonchli tarzda qila oladigan odamlar bilan ishlashni xohlaydi. Bu haqda sizning fikringiz qanday? @teacherazam
Editum Dec 6
📱 ChatGPT chiqqaniga 3 yil bo‘ldi. 2022-yil 30-noyabrda chiqqan ChatGPT besh kun ichida bir million foydalanuvchi yig‘di. 📱 Taqqoslash uchun, iPhone bir million foydalanuvchi yig‘ish uchun 18 oy vaqt sarflagan edi. Dunyoda sun’iy intellektni o‘zlashtirish mehnatga layoqatli aholining besh foizidan o‘n besh foizigacha o‘sdi. Endi har yettinchi katta yoshli odam muntazam ravishda AI vositalaridan foydalanadi. 📱 Microsoft hisobotida sun’iy intellekt foydalanuvchilari ulushi bo‘yicha eng yaxshi yigirma to‘rtta mamlakat ro‘yxati keltirilgan. Birinchi o‘rinda BAA - 59,5 foiz, Norvegiya - 45,3 foiz, Irlandiya - 41,7 foiz va Fransiya - 40,9 foiz. 🇨🇳 2025-yil yanvarida Xitoyning DeepSeek kompaniyasi birdaniga AI olamiga kirib keldi va shov-shuv bo‘ldi. Qisqa muddat davomida eng Amerikada eng ko‘p yuklab olingan ilovalar orasida 1-o‘ringa chiqib oldi. Biroq, asosiy tizimni o‘zgartira olmadi. Baribir moliyaviy mablag‘lar, iqtidorli kadrlar va infratuzilmani nazorat qilgan kompaniyalar hukmronligini saqlab qoldi. Manba @teacherazam
Editum Dec 5
🙊 V-Dem tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu indeks: - muhokama qilish erkinligi; - akademik va madaniy fikr bildirish erkinligi; - OAV senzurasi; OAV o‘z-o‘zini senzura qilishi; - OAV tarafkashligi; - jurnalistlarni ta’qib qilish; - bosma va efir OAVda tanqidiy va turli nuqtai nazarlarning mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni birlashtiradi. 🙊 V-Dem 1900-yildan beri yana ko‘plab mamlakatlarni qamrab oladi, bu mintaqaviy o‘rtacha ko‘rsatkichlarga ta’sir qiladi. Qisqa qilib aytganda bu indeks so‘z erkinligini o‘lchaydi. 🇺🇿 Bu xaritada O‘zbekistondagi so‘z erkinligi ko‘rsatkichi 1912-yildan beri o‘lchab kelinadi. Unga ko‘ra O‘zbekistonda so‘z erkinligi ko‘rsatkichi yillar kesimida quyidagicha bo‘lgan: Sovet Ittifoqi davrida: - 1912-yilda = 0,12 - 1922-yilda = 0,03 - 1932-yilda = 0,01 Mustaqillika yaqin yillar: - 1987-yilda = 0,28 - 1988-yilda = 0,29 - 1989-yilda = 0,36 Mustaqillikdan keyingi eng baland ko‘rsatkich yillari: - 2019-yilda = 0,21 - 2020-yilda = 0,22 - 2024-yilda = 0,23 Manba @teacherazam
Editum Dec 4
🇨🇳 Xitoyda tug‘ilish darajasi dunyodagi eng past ko‘rsatkichlardan biriga tushib, 2024-yilda har bir ayolga atigi 1,01 tug‘ruq to‘g‘ri kelyapti. Bu esa barqaror aholini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan 2,1 o‘rnini bosish darajasidan ancha past. Hatto 2016-yilda “bir farzand” qoidasi tugab, 2021-yilda “uch farzand” siyosati joriy etilguncha ham pasayish to‘xtamadi. 🐉 Uzoq vaqtdan beri oila qurish uchun qulay deb hisoblangan baxtli Ajdar yilida tug‘ilishlar qisqa muddatga ko‘paydi, ammo bu ta’sir ham oxirgi yillarda yordam bermayapti: 2024-yilgi Ajdar yili tug‘ilish darajasini atigi 0,1 ga oshirgan. Janubiy Koreya 0,73 bilan dunyodagi eng past ko‘rsatkich bo‘lib qolmoqda. Hindiston 1,96 ko‘rsatkich bilan yuqori bo‘lsa-da, u ham pasayish tendensiyasiga ega. Manba @teacherazam
Editum Dec 3
🔝 Bu videolar internetda millionlab ko‘rishlar soniga ega bo‘lyapti. Odamlar Nano Banana Pro yordamidda mashhur film va multfilmlardagi sahnalarning rasmini yaratdi va ularni video yaratadigan AI’da jonlantirishgan. 📺 Animatsiya rasmlarga haqiqiy kamerada olingandek taassurot qo‘shadi. Qarang qanday jonli, haqiqiysidan farqlab bo‘lmaydi. Men boshida bilmabman ham @teacherazam
Editum Dec 2
Noyabr oyida qanday postlar chiqardim? 1. Bu safar mikrofon oldida bitta o‘zim 2. Davlatlar aholisi yiliga qancha kitob o‘qiydi 3. Odamlar qancha umrini sog‘lom o‘tkazadi? 4. Top-10 entertainment platformalari 5. G‘azoda necha kg vayrona bormi? 6. Xitoydagi XPeng kompaniyasi roboti 7. Kambag‘al davlatlar aholisi qancha naqd pul ishlatadi? 8. Odamlar faollashyapti, lkin qayerga ketyapti? 9. Kompaniyalar xodimlarini qayta ishga olyapti 10. Odamlar foydalanyotgan zaif parollar 11. Qiymati oshgan va tushgan brendlar 12. Amerikaliklar nimadan qo‘rqadi? 13. Oltin va fond bozori 25 yilda qancha o‘sdi 14. Dunyodagi tug‘ilish darajasi pasaymoqda 15. AQShdagi uysizlar qaysi shtatlarda ko‘p 16. Amerikada 2025-yil yarmigacha eng ko‘p sotilgan top-20 ta mashina 17. O‘zbekistonda tibbiy tekshiruv madaniyati nega sust? 18. Quyosh energiyasiga bo‘lgan talab 19. Dunyoda qaysi go‘shat mahsulotlari ko‘p yeyiladi? 20. Universitetlar qancha tadbirkorni yetishtirib chiqargan 21. Markaziy banklarda qancha oltin bor? 22. Dunyoda yashirin iqtisodiyotda qancha pul bor? 23. Fuqarolarning fikriga oxirgi 10 yilda hayot sifati qanday o‘zgardi? 24. O‘zbekiston hayot sifati bo‘yicha nechinchi o‘rinda? 25. O‘zbekistonda havo sifati qanday? 26. Davlatlarda qilinadigan ilmiy ishlar soni 27. AQShda eng ko‘p ishlatiladigan ilovalar @teacherazam
Editum Dec 2
🗓 5-dekabrga hech narsa reja qilmay turing Soat 18:00 da Sahna stendap klubida O‘zimiz loyihasining yangi formatida qatnashyapmiz 😌 U yerda men, Kunduziy, Ixa va Farruh Sharipov kinoga oflayn reaksiya qilamiz. Keling va bizni jonli kuzating Chipta olish uchun: @ozimiz_admin
Editum Dec 1
O‘zbekistonning eng kuchli PUBG Mobile jamoasi 🖥 ARCRED ertaga Jahon chempionatida ishtirok etadi. Bugun esa ular bilan bo‘lgan podkastni ko‘ring. Podkastda PUBG Mobile o‘yini O‘zbekistonda ommalashish sabablari, ota-onalarning munosabati, o‘yinni yaxshi o‘ynash texnikalari, professional kibersportchi bo‘lish kabi mavzularda gaplashdik. 💻 Shuningdek, professional PUBG o‘yinida pozitsiyalar, taktikalar, o‘yin ichidagi rollar, mashg‘ulot jarayonlari, murabbiy bilan ishlash, jamoaga odam tanlash mezonlari va yutish uchun eng kerakli ko‘nikmalar haqida ham kerakli holatlar ochib berildi. Podkastni ko‘rish: https://youtu.be/Ksr1BiWYOd0 @teacherazam
Editum Dec 1
Editum Dec 1
Shunchaki yangi video emas. Bu yangi format! Bu videoda "travel vlog" elementlari ham, food review, ozgina komediya va hatto falsafiy muhokamalar ham bor. Hullas bir soniyaga ham zerikmaysiz. https://youtu.be/nwMPvfzh5TY @kunduziy