TGINSIGHT CHAT
Teacher Azam
@TeacherAzam
EducatioTEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11
Scripta recentia
Pag. 40 de 85 · 1,011 scripta
Editum Jul 30
Nima uchun odamlar treydingga pul toʻlaydi? 📉 Treyding oddiy qilib, perajkaxona misolida tushuntirib berilgan. — Stiv Jobs nima uchun Appleʼdan boʻshatilganini; — Kompaniya egasi boʻlmasangiz ham, uning boshqaruvida qachon ishtirok etishingiz mumkinligini; — nega haqiqiy treyderlar yangiliklarni doim kuzatib borishini ; — yashil va qizil shamga oʻxshash belgilar nimaligini bilib olasiz. Videoni koʻring va treyding qanday ishlashi mumkinligini bilib oling. 👉 Koʻrish: https://youtu.be/V_LwBPo6k-c?si=e9wvL1nnkyy9VnG_ Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Jul 29
BMT falastinliklarga davlat qurishga yordam berishini aytgan Bayonotdagi nutqida falastinliklar uchun davlat qurish jarayoni markazida inson huquqlari va qonun ustuvorligi turishini aytgan. Fransiya, Buyuk Britaniya, Kanada davlatlari Falastinni davlat sifatida tan olishda qat’iy fikr bildirgan. Hozirga qadar 147 ta davlat Falastin davlatini tan olgan. AQSh esa unday emas. Hatto 2024-yilda Falastin BMTga qoʻshilishiga qarshi veto ham qoʻygan. Germaniya esa hali ham Falastinni tan olish niyati yoʻq Fransiya prezidenti Makron sentyabrdagi yigʻilishda rasman Falastinni davlat sifatida tan olishini aytgan. Esingizda boʻlsa, bundan 4-5 yil oldin Makronning ustida oyoq kiyim izini tushirib hamma boykot qilgan edi. Qarang, nimalar boʻlib ketyapti? Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Jul 29
Hindistonda rasmiy ravishda taqiqlangan kastalar hali ham aholi orasida o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan ekan. Masalan, oila qurish kabi muhim jarayonlarda ikki yoshning qaysi kastadan ekani inobatga olinadi. Ammo shunga qaramay, qaysidir kastaga mansublik insonning ijtimoiy darajasini belgilab bermaydi. 🎧 Podkastni ko‘rish uchun link: https://youtu.be/sFZfKw51sGs
Editum Jul 28
Faqat ayollar uchun dating ilova chiqibdi. Tea ilovasi faqat ayollar uchun ishlab chiqarilgan boʻlib, Instagram va TikTokʼda katta shov-shuvlarga sabab boʻlayapti. Eng koʻp yuklab olinayotgan ilovalar qatoriga ham chiqishga ulgurgan. U yerda foydalanuvchilar oʻzlari uchrashgan erkaklar haqida sharh qoldirishi mumkin ekan. Ilovaning asosiy gʻoyasi esa ayollar bir-birini ogohlantirish, xavfsizlik, qo‘llab-quvvatlash va haqiqatni yashirmaslik emish. “Bu bola kech keldi”, “Telefonidan koʻzini uzmadi”, “Koʻp gapirar ekan”, “Juda xushmuomala” kabi. Tanqid qilinayotganiga sabab esa Tea ilovasi rasmiy ravishda erkaklarga nisbatan adolatsizlik qilishga zamin yaratadi va ayollar qaysidir muayyan odamni gʻiybat qilishi mumkin boʻlayapti. Tasavvur qiling shunday ilova faqat erkaklar uchun chiqdi va ular ayollarni baholayapti. Qanday kuchlar erkaklarga qarshi chiqqan boʻlar edi-ya? Eng qizigʻi shu. 😅 CNN ham mana shu turdagi ilovalar haqiqatan qonuniymi, fikr bildirish nomi ostida kimningdir obroʻyiga putur yetkazishmi degan savollarga javob bergan. Sizning fikringiz qanday? Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Jul 28
"Bitta bolaga yetti mahalla ota-ona deganda hamma ega chiqib olmasin. Bolani o'zini ota-onasi bor"- o'qituvchi Sheraliyeva Arofat To'liq video: https://youtu.be/6oCC_7HqYr4?si=-PRG4dN-cbmnyRxj
Editum Jul 26
Zoomerʼlarning qarashi BBC Rossiya zoomerʼlar haqida bitta zo‘r trendni yoritib berganini koʻrib qoldim. Keyin qarasam, TikTokʼda “Gen Z stare” degan trend ommalashibdi. YouTubeʼda ham aynan shu trend boʻyicha munosabat bildirib chiqilgan videolar koʻp koʻrilgan ekan. Oldiga borsangiz umuman so‘rashmasdan ko‘zingizga faqat qarab turadigan yoshlar asosan zoomer’lar. Ular hech qanday reaksiya ham qilmaydi, shunchaki qarab turishini aytgan BBC. Bizda “faqat yoshlar salom bermaydi”, degan narsa bo‘lsa, Yevropada mana shu narsalarga endi zoomerʼlarga kelganda e’tibor berishyaptimikan yoki? Zoomerʼlar shundaymi yoki yosh vaqti odam shunday bo‘lishini hali men oʻzim uchun bilib olmadim. Oldiga kelsangiz, qarab turaveradi. Kassada tursa ham, ofitsiant boʻlsa ham. Sizga ham qarab turishganmi yoki siz qarab turasizmi? 😅 Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Jul 26
Kiber Uz kanalida "Outlast" o'yini haqida yangi video chiqibdi! Agar siz haqiqiy qo'rquvni his qilishni xohlasangiz, adrenalinni yaxshi ko'rsangiz va tungi uyquyingiz buzilishiga tayyor bo'lsangiz – bu video aynan siz uchun! Video quyidagi havola orqali o’tib ko’rishingiz mumkin: Videoni ko'rish.
Editum Jul 25
SDG qoidalari Sustainable Development Goals yaʼni Barqaror Rivojlanish Maqsadlari degani. BMT tomonidan 2015-2030-yillar davomida qashshoqlikka barham berish, sayyorani himoya qilish, odamlar tinchlikda yashashini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan 17 ta global maqsadlar to‘plamidir. Bu 17 ta maqsad: 01. Hamma joyda qashshoqlikka barham berish 02. Ochlikni tugatish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ovqatlanishni yaxshilash va barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish 03. Barcha yoshdagilar uchun sog‘lom hayotni ta’minlash va farovonlikka ko‘maklashish 04. Barchaga teng va sifatli ta’limni ta’minlash hamda umr bo‘yi o‘qish imkoniyatlarini rivojlantirish 05. Gender tengligiga erishish va xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish 06. Barcha uchun suv va kanalizatsiya mavjudligi va ularning barqaror boshqaruvini ta’minlash 07. Barcha uchun arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy energiyadan foydalanish imkoniyatini ta’minlash 08. Barqaror, keng qamrovli va doimiy iqtisodiy o‘sishni, to‘liq va samarali bandlikni hamda barcha uchun munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash 09. Mustahkam infratuzilma barpo etish, inklyuziv va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash 10. Mamlakatlar ichida va ular o‘rtasidagi tengsizlikni qisqartirish 11. Shaharlar va aholi punktlarini inklyuziv, xavfsiz, chidamli va barqaror qilish 12. Barqaror iste’mol va ishlab chiqarish modellarini ta’minlash 13. Iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rish 14. Barqaror rivojlanish maqsadida okeanlar, dengizlar va suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish 15. Quruqlik ekotizimlarini muhofaza qilish, tiklash va ulardan foydalanishni rag‘batlantirish, o‘rmonlarni doimiy ravishda boshqarish, cho‘llanishga qarshi kurashish, yer tanazzulini to‘xtatish va uni qayta tiklash hamda biologik xilma-xillikning yo‘qolishini oldini olish 16. Barqaror rivojlanish yo‘lida tinchliksevar va inklyuziv jamiyatlarni shakllantirish, barcha uchun adolatli sudni ta’minlash hamda barcha darajalarda samarali, mas’uliyatli va inklyuziv muassasalarni barpo etish 17. Barqaror rivojlanish yo‘lidagi global hamkorlikni jonlantirish va uni amalga oshirish vositalarini mustahkamlash Bu maqsadlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bir sohadagi yutuqlar boshqa sohalardagi natijalarga ta’sir ko‘rsatadi. Ular ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik barqarorlik o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga qaratilgan. 👉 Podkastni koʻring: https://youtu.be/Gc4fQj-ZWPE?si=Ks2UcVLKOklO7rkG Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Jul 24
99% ingliz tili o'rganuvchilar bunday qilolmaydi! 🔍 Ingliz tili o'rganuvchilari orasida bu tilni boshqalarga qaraganda tezroq o'rganadigan va oxirigacha boradiganlarini analiz qildik. Kuzatuvlarimizga ko'ra, asosiy 4 ta jihat ularni boshqalardan ajratib turadi. Biz bu jihatlarni tushuntirish uchun video tayyorladik. 🚀 Bu video sizni TOP 1% o'rganuvchilar qatoriga qo'shadi va o'rganish tezligi hamda samaradorligini oshirib yuboradi. Videoni ko'rish: 👇 📹99% o’rganuvchilaridan o’zib ketish siri. #YouTube 🥳 Xullas, YouTube kanalimizda qaynoq video. Yoqimli tomosha! 📱@englifyschool
Hashtags
Editum Jul 24
Bu yerda shuni koʻrish mumkinki Amerikaning gegemoniyasi tugab, Xitoy nafaqat katta xavfga balki faktga ham aylanyapti. Avtomobil sohasidagi narx urushida ham Xitoy yutib chiqayapti. Hozir bilayapmizki BYDʼning katta maqsadi jahondagi mashina bozorini egallash. Oramizda yoshi katta oʻquvchilarimiz boʻlsa ham eslaysiz, oldin ogʻzimizdan tushmaydigan jahon brendlari asosan Yevropaning, Yaponiyaning mashinalari edi. (Mercedes, BMW, Toyota, Lexus) Hozir boʻlsa umuman boshqa brendlar haqida gapiramiz va bularning aksariyati Xitoy mashinalari. (BYD, Li, Chery, Zeekr) Koʻz oldimizda zamon oʻzgaryapti-ya? Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Jul 24
Isroilliklar, o‘zi umuman Yahudiylar nega bunchalik vatanparvar, millatparvar? Nega dunyoni qudratli insonlari, Isroilda yashamasa ham, millati yahudiy bo‘lsa bunchalik millatini qo‘llab quvvatlashadi? Qo‘shtirnoqda oxirgi oylardagi eng yaxshi suhbatlardan. ▶️https://youtu.be/QMudfWICJ5o
Editum Jul 23
Netflix 2025‑yil 27‑iyunda “Kalmar o‘yini” 3‑mavsumini e’lon qildi . Birinchi uch kun ichida foydalanish bo‘yicha rekord – 60 million tomoshabin, 368 million soatdan ortiq tomosha davom etdi . Bu serial allaqachon K‑dramalar tarixidagi eng yirik premyeralardan biri! 👉 Tomoshabinlar uchun chuqur tahlil! Susambil Youtube kanalida “Kalmar O‘yini 3‑mavsum tahlili” videosi hozir! Havola: https://youtu.be/EESomWzbgw4