TGINSIGHT CHAT
Teacher Azam
@TeacherAzam
EducatioTEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11
Scripta recentia
Pag. 2 de 85 · 1,011 scripta
Editum May 12
📺 Hammaga xayrli kech 😄 Internet bu hafta ham tinch o‘tirmadi. Kimdir bulut o‘g‘irladi, kimdir soliqqa tushdi, yana kimdir chiqmagan filmni tanqid qildi. Biz esa odatdagidek hammasini yig‘ib, maydalab, ustidan ozgina improvizatsiya sepib chiqdik 😄 Haftalik Dayjestning 6-sonida: - Yulduz Usmonova atrofidagi shov-shuv va bunga aralashgan yahudiylar - Mbappening internetni ikkiga bo‘lgan “o‘yini” - Butun bir bog'chani bitta moshinaga sig'dirgan haydovchilar va yo‘llardagi telbaliklar - Eron va yo‘qolgan bulutlar hikoyasi - Soliq bilan yuzlashgan blogerlar - Chiqishga ulgurmay hate yegan “Odisseya” - Real Sanjik bo‘yicha bahsli hukm Qisqasi, bu son — “5 daqiqa ko‘raman” deb kirib, videoning oxirigacha qolib ketadigan format 😄 Ko‘rib chiqing va eng “nima gap o‘zi?” degan mavzuni kommentda qoldiring 👀 Videoni ko‘rish: https://youtu.be/Pq2csbgLkdg @teacherazam
Editum May 12
Hamma tayyormi?
Editum May 12
🇺🇸 AQSH mehnat bozori asta-sekin erkaklardan uzoqlashmoqda WSJ yozishicha, oxirgi yillardagi yangi ish o‘rinlarining deyarli barchasi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy yordam sohalarida yaratilgan. Bu esa an’anaviy ravishda ayollar ko‘proq ishlaydigan yo‘nalishlar hisoblanadi. Aksincha, qurilish, ishlab chiqarish va boshqa erkaklar ustun bo‘lgan sohalarda ish o‘rinlari kamaymoqda yoki o‘sish juda sust. Pandemiyadan keyin ayniqsa ayollar ish bozoriga faolroq qaytgan, erkaklar bandligi esa deyarli o‘smay qolgan. Yana bir muhim omil — ta’lim. AQSHda ayollar bakalavr diplomini erkaklarga qaraganda ancha ko‘proq olayapti. Oliy ma’lumotli insonlarda esa ish topish imkoniyati ancha yuqori. Shuningdek, aholining qarib borayotgani sabab, kelajakda hamshiralik, qarovchi, medical assistant kabi ishlar yanada muhim bo‘lishi kutilmoqda. Ammo bu kasblarga erkaklar tarixan kam kirgan. Hozir AQSHda erkaklarning ish bilan bandlik darajasi 1990-yillardagidan sezilarli past. Ayollarda ham pasayish bor, lekin u ancha yumshoq kechgan. @teacherazam
Editum May 11
Kimdir yo‘lda, kimdir ishda, kimdir oilasi bilan, kimdir esa yolg'iz “rolton” yeb, yana kimdir shunchaki dam olayotgan payt…🍜👀 Ularni birlashtirayotgan “Haftalik tahlil”ning 6-soni ertaga soat ⏰20:00 da. @teacherazam
Editum May 11
Teacher Azam pinned a photo
Editum May 11
Kim men bilan ishlamoqchi? 📺 YouTube loyihamizga shijoatli, jo‘shqin yoshlarni izlayapmiz. Agar siz: — global va ijtimoiy mavzularga befarq bo‘lmasangiz; — fact-checking va yangiliklar bilan ishlashni yaxshi ko‘rsangiz; — ingliz yoki rus tilini bilsangiz; — filmlar, pop culture va media olamiga qiziqsangiz, unda bu imkoniyat aynan siz uchun. Biz bilan: — media, yangiliklar va kino olamini muhokama qilasiz — global mavzularni tahlil qilasiz — trend va yangiliklar bilan ishlaysiz va eng asosiysi — fikrlaydigan kreativ jamoaning bir qismiga aylanasiz. Agar sizga qiziq bo‘lsa, quyidagi Google formani to‘ldiring. 👉 Nomzodingizni topshiring: https://teacherazam.short.gy/HfzvLP Teacher A’zam bilan ishlashni istaydigan tanishlaringizga jo‘natib qo‘ying @teacherazam
Editum May 9
Editum May 8
Real Sanjik ishi bo'yicha munosabatim: 1. Ha, bizga ochiq va omma oldida muhokama bo'ladigan sud ishlari muhim. Negaki, bu fuqarolarning turli xonanda va yulduzlarni muhokamasidan, davlatimizning ijtimoiy hayotiga qiziqayotganini ko'rsatadi. 2. Men xohlardimki bunday ochiqlik (ism familiya aytilishi, yuzi ko'rsatilishi) nafaqat millioner va blogger odamlarga nisbatan, balki har bir jiddiy ishda gumonlanayotgan fuqaroga nisbatan bo'lishini. 3. Har bir deganimda, HAR BIR. Bu bechora bolasi isitmalab yotgani uchun, katta tezlikda qarama-qarshi yurishga majbur bo'lgan haydovchiga ham tegishli. Har bir deganimda, bu halol ishlab, damasda kun ko'rayotgan, jahli chiqganida kimdurni pichoqlab qo'ygan aka bo'lsa ham degani. Har bir deganimda, bu hokimning o'zi katta korrupsion ishda qo'lga olingan bo'lsa ham degani. 4. Adolatli sud xohlaymizku to'g'rimi? Ammo, adolatli sudni sizga qarshi ishlashiga ham tayyormisiz? kanalga obuna bo'lish: @teacherazam
Editum May 8
“Real Sanjik”ka 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi Sud tadbirkor Sanjar Karimovga BHMning 410 baravari miqdorida jarima ham tayinladi. U Jinoyat kodeksining bir nechta moddasi bilan sudlangandi. Batafsil — https://daryo.uz/-1WT-4ADg 👉 Obuna bo'ling — @daryo
Editum May 7
X (sobiq twitter) ga qaytdim, mabodoga😎
Editum May 5
Bugungi “Hafta Tahlili” ostidagi izohlar, oxirida esa bu izohlarni o’qiyatgan mening yuzim😊 Sizlarchi? Bizni qanday va qachon tomosha qilasizlar?
Editum May 5
Hamma shu yerdami? 📺 Yangiliklar dayjestimizning 5-soni chiqdi. Bu hafta ham bir-biridan qiziq xabarlarni muhokama va tahlil qildik. Misol uchun: — Xodimlaridan jonli to‘siq sifatida foydalagan avtosalon rahbari — Bankdan pul yechish uchun singlisini qabrdan qazib olgan aka — Farzandining qilmishi uchun PS5’ni sindirtirgan ona — Jarima maydonidagi BMW’ni haydab yurgan bola — Nobelda nomzodi bo‘lishi mumkin bo‘lgan Tramp — Bolam saraton deb soxta xayriya tashkil qilgan ona — 2039-yilgacha kuchli armiya yig‘moqchi bo‘lgan Germaniya Bugungi sonni ko‘ring va fikrlaringizni izohda yozib keting. 👉 Ko‘rish: https://youtu.be/MyStCs9YceY @teacherazam