TGINSIGHT CHAT
Teacher Azam
@TeacherAzam
EducatioTEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11
Scripta recentia
Pag. 5 de 85 · 1,011 scripta
Editum Apr 19
🇺🇸 Amerikaning davlat qarzi 39 trillion dollarga yetibdi! Bu butun dunyodagi eng boy 20 ta odamning boyligini qo‘shganda ham, undan ikki baravar ko‘p degani. Xo‘sh, bu dunyoning eng katta iqtisodiyotiga ega davlati shuncha pulni kimdan qarzga olgan? 💸 Grafikda qarz ikkiga bo‘lingan. Tashqi qarzlar va ichki qarzlar. Qarzning juda katta qismi, ya’ni 31,4 trillion dollari (yoki jami qarzning 81 foizi) hukumatdan tashqaridagi investorlar va chet davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Qolgan 7,6 trillion dollar esa hukumat ichidagi qarz deb ataladi. Ya’ni, bu xuddi odam o‘zining o‘ng cho‘ntagidan pul olib, chap cho‘ntagiga solib qo‘yganiga o‘xshaydi — AQSh o‘zining turli fondlaridan (masalan, Ijtimoiy himoya va pensiya jamg‘armalaridan) qarz olib ishlatgan. 💰 Grafikdagi investitsiya va pensiya fondlari 6,6 trillion dollar miqdorda AQShga eng katta qarz berganlar hisoblanadi. Undan keyin AQSh o‘zining Markaziy bankidan 4,4 trillion dollar qarz. Bu Yaponiya, Buyuk Britaniya va Xitoy kabi eng katta xorijiy qarz beruvchi davlatlarning umumiy ulushidan ham ko‘p. 👨🦳 Jismoniy shaxslar orasida esa milliarder Uorren Baffet o‘z kompaniyasi orqali 339 milliard dollarlik davlat qog‘ozlarini sotib olib, hukumatga eng ko‘p qarz bergan inson bo‘lib turibdi. Bu ulkan qarzning oddiy amerikaliklarga qanday ta'siri bor? 📊 AQShning qarzi har uch oyda qariyb 1 trillion dollarga o‘smoqda. Qarz qanchalik ko‘paysa, davlat byudjetining shuncha katta qismi faqatgina shu qarzning foizlarini to‘lashga ketib qoladi. Natijada yo‘llar qurish, ta’lim, mudofaa yoki ijtimoiy yordamlarga ajratilishi kerak bo‘lgan pullar qarz yopishga ketadi. 📊 Bundan tashqari, katta qarz tufayli mamlakatda kreditlarning foizi ko‘tarilib ketadi. Natijada oddiy odamlar uchun uy yoki mashina olish qimmatlashadi, oylik maoshlarning o‘sishi qiyinlashadi va yangi ish o‘rinlari ochilishi sekinlashadi. Qisqa qilib aytganda, davlat qarzining ko‘payishi oxir-oqibat oddiy xalqning yashash darajasiga salbiy ta’siri ko‘payadi. Manba Do‘stlaringizga jo‘natasizmi yoki yo‘qmi o‘zingiz bilasiz ) @teacherazam
Editum Apr 18
🇫🇷 Fransiya o‘zining elektr energiyasini asosan (qariyb 65 foizini) atom elektr stansiyalaridan (AES) oladi. Ya’ni, ular yorug‘lik va issiqlikni ko‘mir yoki gaz yoqib emas, atom energiyasidan ishlab chiqaradi. Grafikga qarasak, bu ko‘rsatkich boshqa mamlakatlarga nisbatan qanchalik katta ekanini ko‘rishimiz mumkin. 🌍 Butun dunyo bo‘yicha elektrning o‘rtacha atigi 9 foizi, Yevropada esa 20 foizi AESlardan olinadi. Fransiya esa bu borada mutlaq yetakchi bo‘lib, o‘z ehtiyojining uchdan ikki qismini atom energiyasi hisobidan qoplaydi. Xaritadagi to‘q ko‘k rang Fransiyaning bu boradagi ustunligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. ⚡️ Buning eng zo‘r tomoni shundaki, atom elektr stansiyalari havoga deyarli zaharli gaz (karbonat angidrid) chiqarmaydi. Shuning uchun ham Fransiyaning havosi qolgan davlatlarga qaraganda ancha toza. 🟰 Solishtirish uchun oddiy misol keltiraman: butun dunyoda 1 kilovatt-soat (kVt/soat) elektr ishlab chiqarish uchun havoga o‘rtacha 472 gramm zaharli gaz chiqariladi. Fransiyada esa, xuddi shu 1 kVt/soat elektr uchun havoga bor-yo‘g‘i 42 gramm zaharli gaz tarqaladi! Bu deyarli 11 baravar kam degani. AESlar yordamida Fransiya bir necha o‘n yillardan beri qo‘shnilariga qaraganda havoni ancha kam ifloslantirib, yashil energiya borasida dunyoga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Manba Do‘stlaringizga ulashib qo‘ying @teacherazam
Editum Apr 17
🇨🇳 Xitoyda bolalar o‘limi darajasi 1950-yildagi 20 foizdan bugungi kunda 1 foizdan ham past darajaga tushdi. Bu tibbiyot va turmush tarzi borasida erishilgan eng katta yutuqlardan biri hisoblanadi. Grafikda besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi ko‘rsatkichlari solishtirilgan. Dunyo bo‘yicha bu ko‘rsatkich bir tekisda sekin-asta pasayib borgan bo‘lsa, Xitoyning grafigida yanada tez pasaygan. 🔼 Grafikka e’tibor bersangiz, 1950-yillarning oxiriga kelib Xitoyda bolalar o‘limi birdan ko‘tarilgan va 1960-yilda o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga — 33,15 foizga yetgan. Bu degani, o‘sha paytda tug‘ilgan har uch boladan biri besh yoshga to‘lmasdan vafot etgan. Xo‘sh nega bunday bo‘lgan? Bunga sabab kasallik emas, balki Xitoy hukumatining "Katta sakrash" (Great Leap Forward) deb nomlangan o‘ta xato milliy siyosati edi. O‘sha paytdagi rahbar Mao Szedun mamlakatni qisqa vaqt ichida oddiy qishloq xo‘jaligi davlatidan qudratli sanoat imperiyasiga aylantirmoqchi bo‘ladi. 🌽 Sanoatni zudlik bilan ko‘tarish maqsadida millionlab dehqonlar majburiy tarzda o‘z dalalarini tashlab, hovlilarida qo‘lbola pechlar qurib, temir eritishga jalb qilinadi. Natijada dalalarda ekinlarni yig‘ishtirib oladigan odam qolmaydi, butun boshli hosil o‘ladi. Buning ustiga, hukumat bor oziq-ovqat zaxiralarini ham davlat omborlariga tortib olib, noto‘g‘ri taqsimlaydi. Oqibatda butun mamlakat bo‘ylab misli ko‘rilmagan ommaviy ocharchilik va dahshatli iqtisodiy inqiroz boshlanadi. Ochlik va azob-uqubatlar davrida esa eng ko‘p jabr ko‘rganlar har doimgidek eng zaif qatlam — yosh bolalar bo‘ldi. 🤤 Grafigimizdagi o‘sha fojeali o‘sishning asl sababi mana shu sun’iy ochlik edi. Bu fojia shu qadar halokatli ediki, hatto umumiy dunyo statistikasida ham o‘zining sezilarli izini qoldirgan. Xitoyda bu yillari o‘n millionlab odamlar ochlikdan qirilib ketadi. Yaxshiyamki, hukumat bu siyosatning qanchalik aqlsizlik ekanini tushunib yetib, undan voz kechgach, vaziyat o‘nglana boshladi. Grafikda ko‘rinib turganidek, 1962-yildan boshlab bolalar o‘limi darajasi yana kamaygan. ‼️ Bu tarixiy dars bizga shuni ko‘rsatadiki, davlat miqyosida o‘ylamasdan qilingan shoshqaloq iqtisodiy qarorlarning to‘lovi har doim oddiy insonlar, ayniqsa, begunoh bolalar hayoti bilan o‘lchanadi. Manba Yaqinlaringizga jo‘natib qo‘ying @teacherazam
Editum Apr 17
Editum Apr 16
20:00 da chiqaramiz deb aytgan edik. Mana chiqdi. 🗞 Bu bizning 2-sonimiz va har bir yangilik o‘tgan safargidek tahlil orqali berilgan. Yana kulasiz, o‘ylanasiz, voqealar rivojiga qiziqasiz va ozgina jahlingiz ham chiqishi mumkin. Bu sonimizdan ayrim ma’lumotlar: — Tramp o‘zini Xudo deb e’lon qildi. Bu nimadan dalolat beradi? 22:15 — Isroildan ko‘p davlatlar yuz o‘girishni boshladi? Aynan qaysilari? 33:02 — Oskar olishi kerak bo‘lgan o‘zbek yigitcha? Nega aynan u? 29:25 — Ozodlikda yurgan jinoyatchi sudyalar? Nima qilishimiz kerak? 26:22 — $600 mln zarar keltirgan Chamel. U nega bunday qildi? 17:55 — Bu hafta kimlar uzr so‘radi? 00:32 Xullas butun internet olamida 1 hafta ichida bo‘lgan yangiliklarni 35 daqiqa ichida bilib oling. 👉Videoni tomosha qiling Tez yaqinlaringizga jo‘natib tashlang @teacherazam
Editum Apr 15
Ertaga 16-aprel, soat 20:00 da “Hafta dayjesti”ning yangi soni chiqadi. 🗣 Bu safar ham ichak uzdi hazillardan tortib tragedik voqealarning tafsilotlarigacha aytib beramiz. O‘tkazib yubormang Hozir esa videoni vaqtida chiqarishga tayyorlanyapmiz. 💬 O‘zi 1-sonimiz haqida fikrlaringiz qanday, izohda yozib keting. @teacherazam
Editum Apr 14
Afrikaning barcha mintaqalarida ochlik o‘n yil oldingiga nisbatan ancha keng tarqalgan muammoga aylandi. 🌍 Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma'lumotlariga asoslangan ushbu grafik 2014 va 2024-yillar oralig‘ida to‘yib ovqatlanmaydigan aholi ulushi qanday o‘sganini ko‘rsatadi. To‘yib ovqatlanmaslik — bu insonning kundalik iste’mol qiladigan oziq-ovqati normal, faol va sog‘lom hayot kechirish uchun yetarli energiya bermasligini anglatadi. 🌎 Ochlik eng o‘tkir tus olgan Markaziy Afrikada ko‘rsatkich 2014-yildagi 22 foizdan 2024-yilda 30 foizga keskin ko‘tarilgan. Bu mintaqadagi qariyb har uch kishidan biri doimiy ravishda to‘yib ovqatlanmaydi deganidir. Sharqiy Afrikada ham ahvol og‘ir: ochlik darajasi 23 foizdan 26 foizgacha oshgan (taxminan har to‘rt kishidan biri). Umumiy qit'a miqyosida olib qarasak, o‘rtacha ko‘rsatkich 16 foizdan 20 foizga yetgan, ya'ni butun Afrika bo‘ylab o‘rtacha har besh kishining biri ochlik iskanjasida yashamoqda. 🤤 Boshqa hududlarda ham xuddi shunday salbiy o‘sishni kuzatishimiz mumkin. Xususan, G‘arbiy Afrikada to‘yib ovqatlanmaydiganlar 12 foizdan 17 foizga, Janubiy Afrikada 8 foizdan 11 foizga oshgan. ❓ Nima uchun bunday bo‘ldi degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bunga bir nechta jiddiy omillar sabab bo‘ldi. Birinchidan, qit'aning turli qismlarida to‘xtamayotgan qurolli mojarolar va urushlar xalqning tinch mehnat qilishiga to‘sqinlik qildi. Ikkinchidan, iqlim o‘zgarishi oqibatida kelib chiqqan keskin ob-havo sharoitlari — kuchli qurg‘oqchilik yoki halokatli toshqinlar qishloq xo‘jaligi hosilini nobud qildi. Uchinchidan, COVID-19 pandemiyasi keltirib chiqargan iqtisodiy inqirozlar va ta'minot zanjirining uzilishi oziq-ovqat narxlarini oshirib yubordi. Shu barcha omillar birlashib, qit'a xalqining oziq-ovqat xavfsizligiga juda katta zarba berdi va millionlab insonlarni yana ochlik botqog‘iga tortdi. Do‘stlaringizga ulashib qo‘ying @teacherazam
Editum Apr 13
Iqtisodiyot va taraqqiyotda "texnologik sakrash" (leapfrogging) degan juda qiziq tushuncha bor. Bu shuni anglatadiki, rivojlanayotgan davlatlar qandaydir eskirib borayotgan texnologiyani uzoq vaqt o‘zlashtirib o‘tirmasdan, birdaniga eng zamonaviy vositalarga o‘tib ketishi mumkin. Bunga eng yorqin misol — oddiy uy telefonlari (simli telefonlar) va mobil aloqa vositalari o‘rtasidagi farqdir. 🇺🇸 Keling, taqdim etilgan grafik misolida AQSh va Buyuk Britaniya kabi azaldan rivojlangan davlatlarni ko‘ramiz. Ularning grafigida simli telefonlardan foydalanish (ko‘k chiziq) 1960-yillardan boshlab to 2000-yillargacha muntazam o‘sib borganini ko‘rishimiz mumkin. Bu davlatlar o‘nlab yillar davomida uy telefonlaridan faol foydalanishgan. Ammo 2000-yillarning boshiga kelib mobil telefonlar (qizil chiziq) keskin ommalashgach, odamlar uy telefonlaridan voz kecha boshladi va ko‘k chiziq pastga qarab ketdi. 🇳🇬 Endi grafikning pastki qismiga — Gana va Nigeriya kabi Afrika davlatlariga e'tibor qarating. Ulardagi holat mutlaqo boshqacha. Bu mamlakatlarda uy telefonlari (ko‘k chiziq) chizig‘i deyarli nolga yaqin joyda, qimirlamasdan yotibdi. Ya'ni, ular aholini yoppasiga simli telefon bilan ta'minlash bosqichini shunchaki tashlab o‘tib ketishgan. Buning o‘rniga, 2000-yillarga kelib ularda mobil telefonlardan foydalanish (qizil chiziq) juda tez o‘sib ketganini ko‘rib turibsiz. Xo‘sh, nima uchun bunday bo‘ldi? Nega qashshoqroq va rivojlanayotgan davlatlar uy telefonlarini chetlab o‘tdi? Buning asosiy sababi — katta xarajatlar va infratuzilmadir. Butun mamlakat bo‘ylab yer tagidan yoki ustunlar orqali minglab kilometr mis kabel tortib chiqish va aloqa stansiyalari qurish o‘ta qimmat va yillar talab qiladigan jarayon edi. Iqtisodiyoti endi tiklanayotgan davlatlarning bunga qurbi yetmasdi. 📱 Mobil aloqa esa bunga ajoyib yechim bo‘ldi. Har bir uyga sim tortib borgandan ko‘ra, bitta baland minora (vishka) o‘rnatib, butun boshli tuman yoki qishloqni simsiz aloqa bilan ta'minlash ancha arzon va tez bitadigan ish edi. Qolaversa, Xitoy kabi davlatlar tufayli mobil telefonlarning o‘zi ham tezda arzonlashib, oddiy xalq bop matohga aylandi. Natijada xalq eski va qimmat texnologiyaga o‘ralashib qolmasdan, birdaniga arzonlashgan cho‘ntak telefonlariga o‘tib oldi. (Aytgancha, O‘zbekistondagi holat ham xuddi shunday kechganini o‘z hayotimizdan yaxshi bilamiz). Manba Do‘stlaringizga ham ulashing @teacherazam
Editum Apr 12
Nega Gen-Z qimor o‘yinlariga tez berilib ketyapti? Bu haqida Psychology Today nashri katta maqola e’lon qilibdi. Misol uchun yoshlar March Madness degan basketbol o‘yini uchun $4 mlrd pulni qimorga tikib yuborgan. Men sizga nima uchun bu jarayonni to‘xtatish qiyinligini qisqa qilib tushuntirib beraman. 1️⃣ Hamma narsa telefonda va o‘ta oson Oldin qimor o‘ynash uchun qayergadir borish kerak edi, hozir esa telefon orqali yotgan joyingizda kunu tun pul tikish mumkin. Ayniqsa, har daqiqada tikiladigan mikrostavkalar odamni miyasini zaharlab, xuddi giyohvand moddadek o‘ziga bog‘lab qo‘yadi. 2️⃣ Yoshlarning miyasi tez aldanadi Ilm-fan isbotlaganki, yigitlarda miyaning “xavfni sezish va o‘zini to‘xtata olish” qismi 25-30 yoshgacha to‘liq rivojlanmaydi. Ular tavakkal qilsam yutaman degan oson pul topish xayoliga tez aldanadi. Eng yomoni, yutqazgan pulini darhol qaytarib olaman deb, qarz ustiga qarz olib, jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishadi. 3️⃣ Do‘stlar ta’siri va tinimsiz reklamalar Ijtimoiy tarmoqlarda “stavkadan falon pul yutdim” degan yolg‘on reklamalar to‘lib ketgan. Qolaversa, agar yigit kishining do‘stlari stavka qilsa, uning ham bu botqoqqa tushish ehtimoli 80 foizga oshib ketadi. Yoshlar buni xavfli qimor emas, shunchaki “do‘stlar bilan o‘ynaladigan sport qiziqishi‘ deb o‘ylashadi. Stavka o‘yinlari — bu shunchaki sport emas. Bu ulkan kompaniyalar tomonidan yoshlarning psixologiyasidan, g‘o‘rligidan va “tez boyish” orzusidan foydalanib, ularning pullari, sog‘lig‘i va kelajagini barbod qiladigan tuzoq. ❗️ Yoshlar, bunday keraksiz, foydasiz narsalarga aldanmang. Qolganlarga ham foydali bo‘lishi uchun postni ulashing @teacherazam
Editum Apr 11
😁😆😁 Xo‘sh, xo‘sh, xo‘sh... Kutib oling. 🤩 Bizda yangi format. Endi O‘zbekiston va butun dunyoda bo‘layotgan yangiliklarni biz “1 haftada nimalar bo‘ldi” ruknimizda berib bormoqchimiz. U yerda boshlovchi har doimgidek o‘zimcha o‘zim. 🔍 Bu formatning qolgan yangiliklardan farqi shunda-ki, unda sodir bo‘lgan hamma narsani gapirib chiqdik. — Trumpning qilayotgan g‘ayritabiiy qarorlari — Krinj qo‘shiqqa aylangan o‘zbek xalq cho‘lg‘u asboblari — Taylandda armiyaga jo‘natilayotgan lobar yigitlar — Soliqqa tortilayotgan shou-biznes vakillari — Nuqul yonib ketaveradigan bozorlar Xullas, siyosat mavzusidan tortib o‘zbek Instagramida bo‘lyotgan krinjgacha. Faqat saviyali, tanqidli va yumorga boy munosabat. 👉 Marhamat, videoni ko‘ring: https://youtu.be/S1C8-xS8e0Q Do‘stlaringizga ulashib qo‘ying @teacherazam
Editum Apr 9
Nega AI sabab yangi telefon va noutbuklar qimmatlashmoqda? 📱 So‘nggi paytlarda qaysi yangi telefon yoki noutbukning taqdimotiga qaramang, barchasi: “Bizda sun’iy intellekt bor! Bu telefoningizni super-aqlli qiladi, yangisini oling!”, - demoqda. Lekin bu bilan ular o‘zlarining oyog‘iga o‘zlari bolta urib qo‘yganini bilarmidingiz? Tushuntirib beraman. 💻 Har qanday telefon yoki kompyuter ishlashi uchun unga xotira kerak. Boshqa tomondan, ChatGPT, Google Gemini kabi neyrotarmoqlarni ishlashi uchun stadiondek keladigan serverlar qurishi kerak. Bu serverlar ishlashi uchun ham aynan o‘sha telefon va kompyuterlarga ishlatiladigan xotira kartalaridan vagon-vagon kerak bo‘ladi. 💻 Microsoft, Google va OpenAI kabi gigantlar hozir xotira ishlab chiqaruvchi zavodlarga borib: “Sizdagi chiplarning hammasini biz eng qimmat narxda sotib olamiz," demoqda. Zavodlar Apple yoki Xiaomiga arzonroqqa sotgandan ko‘ra, serverlar uchun qimmatga sotish foydaliroq deb biladi. Oqibatda, oddiy telefon va noutbuklar uchun xotira chiplari yetishmovchiligi (defitsit) yuzaga keldi. 🔼 Yetishmovchilik bor joyda esa narx oshadi. Telefon va kompyuter ishlab chiqaruvchilar o‘zlariga kerakli qismlarni endi qimmatroqqa sotib olishga majbur bo‘lmoqda. Bu xarajatni esa ular o‘z yonidan to‘lamaydi, aksincha, tayyor mahsulot narxiga qo‘shib yuboradi. 🖥 HP va hatto arzon mini-kompyuterlar ishlab chiqaradigan Raspberry Pi ham narxlarni ko‘tarishini e’lon qilib bo‘ldi. Bu degani, tez orada o‘zimizdagi texnika do‘konlarida ham yangi avlod qurilmalarining narxi sezilarli oshishi kutilmoqda. Telefon va kompyuter ishlab chiqaradiganlar “Bizning qurilmada AI bor” deb maqtanib, mijozlarni jalb qildi. 🧠 Keyin xuddi shu AI texnologiyasining dunyo bo‘ylab rivojlanishi AI qurilmalar ishlab chiqarishini qimmatlashtirib yubordi. Oddiy xaridor esa narxi 100-200 dollar qimmatlagan qurilmani ko‘rib: “Menga o‘sha sun’iy intellektingiz kerak emas, eski telefonimni yana bir-ikki yil ishlataveraman”, - degan qarorga keladi. Manba Voqealar rivojini kuzatamiz Oramizda kim ichida AI funksiyasi bor telefon olgan? @teacherazam
Editum Apr 8
Nega kambag‘al davlatlar aholisi ko‘p, boy davlatlar aholisi esa kam ishlaydi? Dunyo bo‘yicha odamlarning qancha vaqt ishlashini tahlil qilsak, juda qiziq va adolatsizdek tuyuladigan vaziyatga duch kelamiz: eng boy davlatlarning fuqarolari hammadan kam ishlaydi, eng qashshoq mamlakatlar aholisi esa tinim bilmaydi. Buning sababi nima? Keling, raqamlar ortidagi asl iqtisodiy qonuniyatlarni tahlil qilamiz. 1️⃣ Jismoniy va aqliy mehnat Statistikaga ko‘ra, Butan (haftasiga 54,6 soat), Lesoto, Iordaniya va Pokiston kabi Osiyo va Afrika davlatlari aholisi dunyodagi eng ko‘p ishlaydigan xalqlar hisoblanadi. 🇺🇿 O‘zbekistondagi norasmiy sektor, qurilish yoki qishloq xo‘jaligida ishlaydigan yurtdoshlarimizning ish grafiklarini eslasak, bizda ham haftasiga 50-60 soatlik mehnat odatiy hol ekanini ko‘ramiz. Chunki bu davlatlar iqtisodiyoti qo‘l mehnatiga asoslangan. Masalan, g‘o‘za yoki bug‘doy yetishtirish, g‘isht quyish yoki tikuvchilik fabrikasida ishlash avtomatlashtirilmagan. Traktor yoki robot yo‘q joyda, uning o‘rnini qoplash uchun inson o‘zining jismoniy soatlarini qurbon qilishiga to‘g‘ri keladi. Qolaversa, maoshlar past bo‘lgani uchun, odamlar tirikchilik o‘tkazish maqsadida ikki smenada yoki dam olish kunlarisiz ishlashga majbur. 2️⃣ Qanday qilib haftasiga 26 soat ishlab, boy yashash mumkin? Yevropa davlatlarida, xususan Niderlandiya va Norvegiyada o‘rtacha ish haftasi bor-yo‘g‘i 26 soatni tashkil etadi. Bu kuniga 5 soatdan ishlash degani! Bu yerda mehnatsevarlik emas, mehnat unumdorligi va texnologiya hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 🇳🇱 Niderlandiyalik fermer eng so‘nggi texnologiyalar va sun’iy intellekt o‘rnatilgan bitta traktor yordamida 1 soat ichida bajaradigan ishni, rivojlanayotgan davlatdagi 100 ta ketmon ko‘targan dehqon 1 haftada bajarishi mumkin. Mashinalar og‘ir ishni qilib bergani uchun, yevropaliklarda ish vaqti qisqa. Bundan tashqari, u yerda “Half-time” (yarim stavka) ishlash madaniyati kuchli rivojlangan. Talabalar va onalar haftasiga 15-20 soat ishlab ham o‘zini eplay oladi. Bu esa o‘rtacha statistikani pasaytiradi. 3️⃣ Suriya va Yaman nima uchun kam ishlaydi? Norvegiya va Niderlandiyada odamlar o‘z xohishi bilan shaxsiy hayotiga vaqt ajratish uchun kam ishlasa, Suriya (27 soat) va Yaman (22 soat) kabi davlatlarda odamlar davomiy urushlar, vayron bo‘lgan iqtisodiyot va zavodlarning yo‘q qilingani sababli kam ishlaydi. 🇸🇾 Ularda ommaviy ishsizlik va yashirin inqiroz hukm surmoqda. Ulardagi qisqa ish soatlari farovonlik emas, balki ish o‘rinlarining shunchaki yo‘qligini bildiradi. Haftasiga 25 va 50 soat ishlaydigan yaqinlaringizga jo‘natib qo‘ying @teacherazam