TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT CHAT

Teacher Azam

@TeacherAzam

Educatio

TEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼‍💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11

Subscriptores4.0万Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita1,011Scripta numerata
Attingentia recens164,300Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 35 de 85 · 1,011 scripta

Editum Sep 4

📺 Hamma joyda tarqab ketgan “Imtixon“ seriali bor ediku men qatnashgan, o‘shani Reaktor loyihasida tahlil qildik. Serialdan qancha gonarar olganim, qanday qilib serialda qatnashganim, nega aynan Sobir ismini tanlangani haqida bilib olasiz. 💸 Bundan tashqari Reaktorchilarning yopiq kanali endi oylik obuna rejimiga o‘tibdi. Endi bitta obuna bilan hamma sonni ko‘ra olasiz. Ko‘rish: https://youtu.be/6xrdCRAnX5Y?si=NBt_lyTXP475QKMx @teacherazam

12,800 views

Editum Sep 3

Grafikda 20 yoshdan 64 yoshgacha erkak va ayollarning yillik ish haqqi koʻrsatilgan. Ular eng kamida oʻrta maktab diplomiga ega. Ushbu soʻrovnoma St. Louis Federal Reserve Bank tomonidan tayyorlangan bo‘lib, IPUMS‑USA (Minnesota Universiteti) ma’lumotlariga asoslangan. Eng koʻp daromad qiluvchilar toifa uylangan erkaklar boʻlib chiqdi. Turmush qurgan ayollar va uylanmagan erkaklar deyarli bir xil daromad topishi koʻrsatilgan. Eng kam daromadni esa turmushga chiqmagan ayollar topishi aniqlangan. Mana bu yerda yana ham toʻliqroq tanishishingiz mumkin. Line graph asosida Task 1 yozib yuborsangiz ham boʻladi 😅 @teacherazam

13,300 views

Editum Sep 3

"Ko'chada ko'rgan odamni bolangiz jinni bo'lsa kerak degan gaplari, onaning ruhiy holatiga yomon ta'sir qiladi"- Farangiz Sharakhmetova. To'liq video: https://youtu.be/sqNgzwoaP1Y

12,700 views

Editum Sep 2

Teacher Azam pinned «Avgust oyida qanday postlar chiqardim? 01. Muvaffaqiyatli muvaffaqiyat muvaffaqiyat emas! 02. Wikipediadagi sir 03. Instagramʼda AI yaratyotgan realistik videolar 04. Telefonlardan vos kechayotgan Britaniya maktablari 05. Jurnalistni mot qilgan Bill Burr…»

views

Editum Sep 2

Avgust oyida qanday postlar chiqardim? 01. Muvaffaqiyatli muvaffaqiyat muvaffaqiyat emas! 02. Wikipediadagi sir 03. Instagramʼda AI yaratyotgan realistik videolar 04. Telefonlardan vos kechayotgan Britaniya maktablari 05. Jurnalistni mot qilgan Bill Burr 06. TikTokʼda eng koʻp like yigʻgan edit videolar 07. FOMO nima? 08. SAT haqida 09. Negativga toʻlib ketgan ChatGPT-5 10. Hozirgi yoshlar uchun eng muhim koʻnikma 11. Nega gʻoyalar puldan ham muhimroq? 12. Ishlamasangiz, oʻzingiz istab pul toʻlaysiz 13. Tug‘ilgan kuningiz qanchalik tez-tez takrorlanadi? 14. AI bilan muhabbat: Yangilanishdan keyin hislar yoʻqoldi 15. Robotlar olimpiadasi 16. Golfchi pashsha sabab 1,45 million dollar yutib olibdi 17. Davron Turdiyev bilan podkast eʼloni 18. Abraham Linkolnning 19-asrdagi portreti soxta ekan 19. Olimpiada boshlandi 20. Skibidi, delulu, broligarchy, tradwife 21. Falastinlik bolalar Buyuk Britaniyaga joʻnatilar ekan 22. Marketologlar uchun sirli tavsiya 23. Paypoqda uxlash foydali yoxud men bir narsani bilmasam, qilmayman 24. Intizomni ortiqcha baholayapmiz 25. Bill Gates AI olib qo‘ymaydigan kasbni aytd 26. Bitta ishni qilaverish odamni zeriktiradi 27. Trump oʻlsa, nima boʻladi? @teacherazam

16,700 views

Editum Sep 2

Susambilning yangi videosini tomosha qildingizmi? Susambil ijodkorlari bizni "backstage" ya’ni kadr orti lavhalari bilan xursand qilishdi. 🎬🔥Ushbu yangi uslub menga juda yoqdi. An’anaviy tahlil qilishdan tashqari, Susambil bizga, ko‘rsatuvni suratga olish ishlaridagi qiziq holatlarni ko‘rsatib berdi. Yangi sonni albatta tomosha qiling 🖤🎥 Havola: https://youtu.be/WjD_UHY67uU

13,400 views

Editum Sep 1

Koʻpchilik kutgan podkast chiqdi 🎙 Bu podkastni idish-tovoq yuvib koʻrmang. Bitta ruchka va bitta daftar olib koʻriladigan epizod boʻlgan. Hamid Sodiq bilan chuqur siyosiy-falsafiy suhbat bo‘ldi. Dastlab, NQEʼga kelish qarori ortidagi motivlar haqida to‘xtaldik va oila, do‘stlik, davlat kabi ijtimoiy tuzilmalar qanday shakllanadi va ularning jamiyatdagi o‘rni nimada ekanligi gaplashdik 🧐 Suhbat davomida liberalizm va uning inqirozi, avtoritar hamda totalitar boshqaruv shakllari, diktatorlar va elitalar roli, shuningdek, avtokratik rejimlarning xavfi haqida tahliliy munozaralar boʻldi. Shuningdek, millat tushunchasi, populist liderlarning tahdidi, ortodoksal ilmiy elitadan chiqib ketish zaruriyati, va Tor korridor kabi asarlar asosida ijtimoiy mexanizmlar, tafakkur shakllari va siyosat bilan bog‘liq miya faoliyati ham yoritildi. “Hamma aqlli bo‘lgan jamiyat” qanchalik samarali bo‘lishi mumkinligi, va risk qilmasdan yashashning ma’no yo‘qotishi haqidagi fikrlar bilan suhbat tugadi. 👉 Podkastni koʻrish: https://youtu.be/AzgFeNzNJiI @teacherazam

26,500 views

Editum Sep 1

Xalqim, Mustaqilligimizning 34 yilligi muborak bo‘lsin! 🥳 🇺🇿 Ammo unutmaylik: mustaqillik — yakun emas, boshlanishdir. Bu — birinchi qadamimizni qo‘ygan yo‘l. Endi oldimizda muhim vazifalar turibdi: – xalqimiz farovonligini taʼminlash, – adolatli va erkin jamiyat barpo etish, – davlat va jamiyatni bir butun, kuchli tizimga aylantirish. Haqiqiy erkinlik bu — fikr, so‘z va imkoniyat erkinligidir. Bu erkinliklarga birma-bir erishib kelyapmiz. Mana shu yoʻlni davom ettirishimiz kerak Erkin jamiyat esa — qudratli davlatning asosi. 🕊️ Bayram barchamizga muborak boʻlsin. Yana dam olish kunlari ham ko‘payaversin deb qolamiz 😄 @teacherazam

15,500 views

Editum Aug 31

Trump oʻlsa, nima boʻladi? 🇺🇸 Kuni kecha hamma joyda AQShning hozirgi prezidenti Donald Trump vafot etgani haqida xabarlar virus kabi tarqalib ketdi. Keyin esa New York post uning tirik ekanligini aytib chiqdi. Men esa Trump oʻlsa nima boʻlishi haqida subyektiv fikrlarim bilan boʻlishmoqchiman. 1️⃣ Dow Jonesʼda narxlar oʻynaydi. Dow Jones bu AQShning eng mashhur fond bozori indekslaridan biri. Unda 30 ta yirik Amerika kompaniyasi (Apple, Microsoft, Coca-Cola, Boeing va boshqalar) aksiyalarining o‘rtacha narxi hisoblab chiqiladi. U fond bozorining umumiy sog‘lomligini ko‘rsatib turadigan “termometr”. 2️⃣ Rossiya-Ukraina urushining tugatilishida kechikishlar kuzatilishi mumkin. 3️⃣ AQShning ichki va tashqari siyosati tezda oʻzgarib ketmaydi. Trumpning oʻlimi taʼsir qilmaydi bunga. Demokratlar kelsa, oʻzgarishi mumkin. Sizning fikringiz qanday, nimalar boʻlishi mumkin? @teacherazam

15,400 views

Editum Aug 30

Dars qilish uchun eng qulay joy 🧠 Odatda ko’pchilik e’tibor bermaydigan, kam tilga olinadigan, lekin har bir insonning bilim olishi... va shu orqali kelajakda qanchalik muvaffaqqiyatli bo’lishiga katta ta’siri bo’lgan mavzu haqida YouTube videomiz chiqdi. ⚡️ Dars qilish joyingizdagi kichik omillar qanday qilib katta natija olib kelishi haqida. Videoni ko'rish: 👇 📹Dars qilish uchun eng qulay joy. #YouTube 🥳Yoqimli tomosha! 📱@englifyschool

13,900 views

Hashtags

Editum Aug 30

Bitta ishni qilaverish odamni zeriktiradi Oʻsha ishni qiziqarli qilish uchun esa, bir nechta usullar mavjud. Barno Muqimova Davron Turdiyev bilan boʻlgan podkastda ushbu ullardan biri bilan ulashdi. Geymifikatsiya yaʼni ishingizda nimadir yangi narsani sinab koʻrish. Nima uchun aynan bu usulni qoʻllash foydali boʻlishini esa karusel postda oʻqing. Aytgancha, oʻzi podkastni koʻrdingizmi? 👉 Tomosha qilish: https://linktw.in/aebPTa @teacherazam

12,600 views

Editum Aug 30

Musiqa futbolga qanday ta'sir qiladi? Shu paytgacha men ishlagan eng yaxshi video shu deb o'ylayman. Bu shunchaki futbol va musiqa haqida emas. Aslida chuqur madaniy va ijtimoiy mavzular o'rganilib, shaxsiy fikr bilan bilan bezatilgan. Do'stlar davrasida ko'rish uchun ayni muddao! Video: https://youtu.be/EBegZ2Pnygw @kunduziy

11,500 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••3334353637•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485