TGINSIGHT CHAT
Teacher Azam
@TeacherAzam
EducatioTEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11
Scripta recentia
Pag. 33 de 85 · 1,011 scripta
Editum Sep 20
Ijtimoiy tarmoqlarini video segmentida bir qiziq "ibratli videolar" janri bor, uni umumlashtirib - "kibr qilma" deb atasak bo‘ladi. Yuzlab shunday videolar ko'rganman. Videoda odatda bir "boy ko‘rinadigan" erkak yoki ayol, usti boshi, avtomobili, yurish turishi "kambag‘al ko‘rinadigan" odamga nisbatan qo‘pol va umuman asossiz va mantiqan tushunarsiz darajada yomon munosabatda bo‘ladi. Videoni kulminatsion qismiga kelib esa o‘sha “kambag‘al” ko‘rinadigan odam, qo‘pollik qilgan insondan ancha boyroq, qudratliroq bo‘lib chiqadi va o‘sha “boy” kibr qilgani uchun pushaymon yegandek yoki hech qolsa afsuslanganidek bo‘ladi. Videodan asosiy saboq shuki, go‘yoki "agar qaysidir bechora ko‘ringan odamga kibring sabab qo‘pol muomala qilsang - u aslida boy bo‘lishi mumkin va sen uyalib yoki afsuslanib qolasan". Xuddi shunaqa mantiq bilan, nega rost gapirish kerak, nega birovni haqqiga halol bo‘lish kerakligi haqida videolar bor, masalan qandaydir qudratli odam sinayotgan bo‘ladi. Yoki bir odam boshqasini mensimaydi-da, 20 yil o'tib u boyib ketadi va mensimaganiga achinadi vhkz. Menga shu mantiq juda qiziq ko‘rindi. Videolardagi asosiy messej - axborot assimetriyasidek ko'rsatiladi, ya'ni kambag'al odamlarga ham yaxshi munosabat qilishning sababi u odam aslida boy bo'lib chiqishi mumkinligi riski borligi bilan qo'rqitiladi. Agar mantiqni davom ettirsak va deylik u odam boy bo'lib chiqmasachi degan tabiiy savol bersak, videodagi mantiq g'alati xulosaga olib keladi. Menimcha, kibr qilmaslik kerak degan gap - to'g'ri gap. Odamni usti boshiga qarab kamsitmaslik kerak degan gap ham to'g'ri gap. Lekin odamlarga nisbatan yaxshi munosabatni mukofoti - bu odam aslida qandaydir sizni sinayotgan boyvochcha bo'lib qolsa, unda nima qilasan emas, aynan bo'lmasa, aynan hayotingizga hech qanday ta'sir o'tkaza olmagani uchun ham yaxshi munosabatda bo'lish kerakligi haqida bo'lishi kerak emasmi "ibratli video"? Axir, yaxshilikni mukofoti bu faqatgina yaxshilik emasmi? O'ylaymanki, mantiq sal o'zgarsa, hozir ham, kelajakda ham sizga hech qanday foydasi tegmaydigan insonlarga bo'lgan munosabat orqali odamni bilish mumkin. Ya'ni yuqoriroq turgan odamga takalluf qilish eng tabiiy va oson narsa, bu emasku o'lchov.
Editum Sep 19
Albaniyada “Sun’iy Intellekt” vazir etib tayinlandi 🤖 Uning ismi Diella, korrupsiyaga eng ta’sirchan bo‘lgan sohalardan biri davlat xaridlarini nazorat qiladi. Bosh vazir Edi Rama bu ko‘zbo‘yamachilik emas, balki shaffoflikni oshirish va xalq ishonchini qayta tiklash uchun qadam ekanligini aytgan. 📱 Diella allaqachon ko‘plab albanlarga e-Albania platformasi orqali tanish. Endi uning vazifalari davlat tenderlarini kuzatish, ma’lumotlarni tahlil qilish va qoidabuzarliklarni real vaqt rejimida aniqlashgacha kengaytirildi. ❓ Savollar ham bor. Mutaxassislar ta’kidlashicha, sun’iy intellekt pora olmasa-da, u foydalanayotgan ma’lumotlar va sozlamalar tufayli manipulyatsiyaga uchrashi mumkin. Boshqalar, agar tizim xatoga yo‘l qo‘ysa yoki qonuniy shartnomani to‘xtatsa, javobgarlikni belgilashning aniq tartibi mavjud emas. Milliardlab davlat mablag‘lari taqdiri hal bo‘layotganda, sun’iy intellekt qarorlari uchun kim javob beradi, deb aytishmoqda @teacherazam
Editum Sep 18
Totalitar rejim nima? Bu karuselda siz totalitar tuzumlarning asosiy belgilarini ko‘rasiz. Gap shundaki, bunday rejimlar hukmronligini mustahkamlash uchun to‘rtta asosiy usuldan foydalanadi: 1️⃣Hayotning hamma sohasiga kirib borishi Sochingizdan tortib, kiyimingizgacha tartibga solishga urinadi. Masalan, Shimoliy Koreya – odamlarning soch turmagini ham, ichki kiyimini ham nazorat qiladi. 2️⃣Proyekt davlat qurilishi Xalq oldiga “biz yangi jamiyat quramiz” degan katta g‘oya tashlanadi. Kommunizm, Qizil Khmerlar – bular shior ostida millionlab odamlar qurbon bo‘lgan. 3️⃣Kuchdan ochiq foydalanish Totalitar rejim zo‘ravonlikni yashirmaydi. Odamlarni o‘ldirib, uni gazetalarda reklama qiladi – bu “qizil terror” deyiladi. Jadidlarni qirib tashlash va ularni xoin sifatida ko‘rsatish bunga misol. 4️⃣Davlat g‘oyasi Kommunizm yoki Chuchxe kabi yagona mafkura asosida yashash majburiy bo‘ladi. Bunday davlatlar doimiy izolyatsiyada bo‘lib, tashqi dushmanni ko‘rsatib turadi. @teacherazam
Editum Sep 18
“Autizm 40 foiz genetik mutatsiyaga bog'liq bo'lishi mumkin, 60 foiz esa genda mutatsiya aniqlanmaydi"- genetik shifokor Yoqutxon Hamdamova. Tomosha qilishingiz uchun: https://youtu.be/mHOGdSDQIE0
Editum Sep 17
Ha, bu safar ham o‘sha Xitoy 🇨🇳 Xitoy BMT homiyligidagi “Eng innovatsion millatlar” reytingida ilk bor Top-10ga kirib, Germaniyaning o‘rnini olib qo‘ydi. Shveytsariya esa 14-yildan beri yetakchiligini saqlab kelyapti. Undan keyin Shvetsiya, AQSh, Janubiy Koreya, Singapur, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Niderlandiya va Daniya. Xitoy esa 10-pog‘onani egallagan. 📊 Xitoy bunday natijaga erishishiga sabab Pekin kompaniyalari R&Dga yirik sarmoya kiritmoqda; 2024-yilda xalqaro patent arizalarining qariyb 25 % i xitoylik subyektlardan kelib tushgan, bu global miqyosda eng katta ulush. 🤖 Pekindagi “Beijing Robotics Industrial Park”da namoyish qilingan “Tiangong” nomli gumanoyd robot ham Xitoy korxonalari R&Dga qancha mablag‘ yo‘naltirayotganining ko‘rinmas dalili. Undan oldin robotlar olimpiadasi ham Xitoyda o‘tkazilayotganini aytgan edim. Bu davlat ko‘p sohalada olinga o‘tib ketib qolyapti, qarang. @teacherazam
Editum Sep 16
Chempionlar ligasida kim yutadi? 🇺🇿 Bugun O‘zbekiston vaqti bilan 21:45 da Chempionlar Ligasi boshlanadigan. O‘yin Athletic Club va Arsenal o‘rtasida bo‘ladi. BBC Sport’ning ba’zi ekspertlari, sharhlovchilari va jurnalistlari finalda kim yutishini prognoz qilishibdi. Yuqoridagi jadvalda ham kim qaysi tarafda bo‘lganini ko‘rsangiz bo‘ladi. 🤖 Menga qiziq bo‘lgan tarafi ular AI va Opta superkomyuteridan ham qaysi jamoa yutishni so‘rab ko‘rgan. Microsoft Copilot Chat “Liverpul” yutishini bashorat qilgan. Opta superkompyuteri finalistni bashorat qilish uchun o‘tmishdagi natijalar, totalizatorlar bozori koeffitsiyentlari va sport tahlili kompaniyasining o‘z “Power Rankings”iga asoslangan modeldan foydalandi. ⚽️ Unga ko‘ra 2025-26 yilgi musobaqani 10 000 marta simulyatsiya qilgan va g‘alaba qozonish imkoniyati 20,4% bilan Liverpul’da, undan keyi Arsenal (16 foiz), PSJ (12,1 foiz) va Manchester Siti va Barselona (ikkalasi ham 8,4 foiz). Sizningcha finalda kim yutadi? @teacherazam
Editum Sep 16
O’zbekistondagi o’lim statistikalari orasida eng yuqorida turadigan yurak kasalliklari haqida Qo’shtirnoq podkastida. Oliy toifali vrachlar Bekzod Sagdullayev va Rasulbek Jumaniyazovlar bilan yurak kasalliklari turlari va sabablari haqida suhbat❤️ ▶️https://youtu.be/-BC8MXe8wLs
Editum Sep 15
Haq-huquqlarini eng ko‘p talab qiluvchi avod 2025-yilning 4-sentyabrida Nepal hukumati jami 26 ta ijtimoiy tarmoq platformalarini blokladi. Ularning ichida Instagram, Facebook, X, WhatsApp, YouTube ham bor. 👥 8-sentyabrda esa zoomerlar tinch namoyishga chiqishdi. Harbiylar olomonni tarqatish uchun ko‘z yosh oqqizadigan gazlardan, rezina o‘qlardan va qurollardan foydalanishdi. Shundan keyin namoyish protestga aylanib ketdi. Yoshlarning maqsadi esa ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishiga va korrupsiyaga qarshi kurashish edi. 🤦♂️ Namoyishga chiqqanlar hukumat binosini yoqib yubordi. “Tepadagilar”ning ko‘pchilik iste’foga chiqib ketdi. Ijtimoiy tarmoqlar blokdan ochildi. 51 kishi halok bo‘ldi. Nepal tarixida birinchi ayol bosh vazir Sushila Karki 12-sentyabrda ish boshladi. Bu zoomer’lar nimalar qilib tashlayapti-ya @teacherazam
Editum Sep 14
Liberalizm nimaning ustiga qurilgan? Hamid Sodiq bilan bo‘lgan podkastda 3 xil dunyoqarash haqida gap ketadi. 📖 Ular ilohiy, metafizik va ratsionalga bo‘linadi. Bu postda uchala dunyoqarashning bir-biridan nima farqi borligini tushunib olasiz. 👉 Podkastni ko‘rish: https://youtu.be/AzgFeNzNJiI @teacherazam
Editum Sep 14
Muhim e’lon 📱 Sizlar bilan YouTube’da 100K bo‘lishimizga ozgina qoldi. Tez orada kumush tugmani olamiz deb o‘ylayman. https://youtube.com/@azamqahramoniy kanal havolasiga bosing, agar obuna bo‘lmagan bo‘lsangiz, obuna bo‘ling. 🔠 Agar allaqachon Nozik Qalb Egalari podkastga obuna bo‘lib, kuzatib borsangiz, ushbu postni yaqinlaringizga jo‘natib qo‘ying. @teacherazam
Editum Sep 13
Endi hammamiz o‘lamiz, kalxat shunday dedi 🤖 Zamonaviy sun’iy intellektning asoschilari qatoriga kiruvchi Jeffri Hinton 2024-yilda neyron tarmoqlar sohasidagi ishlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uni ko‘pincha 1980-yillarda bugungi chuqur o‘rganish tizimlariga asos bo‘lgan teskari tarqalish algoritmini hamkorlikda ishlab chiqqani uchun sun’iy intellektning "cho‘qintirgan otasi" deb atashadi. 🔍 2023-yilgacha u Google kompaniyasida ishlagan va u yerda sun’iy intellekt tadqiqotlariga rahbarlik qilgan. U sun’iy intellekt keltirib chiqarayotgan xavflar haqida erkin gapira olish uchun kompaniyani tark etdi. Nobel mukofoti uchun so‘zlagan nutqida Hinton sun’iy intellekt endi shunchaki taraqqiyot vositasi bo‘lib qolmaganligini, sun’iy intellekt internetda odamlar faqat o‘z fikriga o‘xshash qarashlarni ko‘radigan, eshitadigan muhit yaratyapti, hukumatlarga ommaviy kuzatuv o‘tkazishda ko‘maklashish va jinoyatchilarga butun dunyo miqyosida fishing firibgarliklarini amalga oshirishga yordam berish orqali zarar yetkazmoqda. 🧠 U yana sun’iy intellekt tez orada yangi viruslar yaratish yoki o‘z nishonlarini mustaqil tanlaydigan avtonom qurollar ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin ekanligini aytgan. Biroq, Xintonning fikricha, eng jiddiy xavotir shundaki, biz insonlardan aqlliroq raqamli mavjudotlarni yaratish yo‘lidan bormoqdamiz. Uning aytishicha, biz hali ham bunday mavjudotlarni nazorat qila olishimiz haqida aniq tasavvurga ega emasmiz. Agar ular qisqa muddatli foyda olishni ustun qo‘yadigan kompaniyalar tomonidan yaratiladigan bo‘lsa, jamoat xavfsizligi birinchi o‘rinda turmaydi. 🚫 Xinton hukumatlar va xalqaro tashkilotlarni shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, bu xavf-xatarlar endi ilmiy fantastika emasligi aytgan. AI’ning otasi shunday deb turgan bo‘lsa, endi nim qilishimiz kerak? Manba @teacherazam
Editum Sep 12
"O'zbekistonda ko'p ayollarda qalqonsimon bezni yod yetishmovchiligi uchraydi. Qalqonsimon bez hamma narsaga javob beradi"- genetik shifokor Hamdamova Yoqutxon. To'liq video: https://youtu.be/mHOGdSDQIE0