TGINSIGHT CHAT
Teacher Azam
@TeacherAzam
EducatioTEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11
Scripta recentia
Pag. 45 de 85 · 1,011 scripta
Editum Jun 24
Anora kinosi shovqini tinchib qoldi-ya😅 Rejissyor Sardor Faxriddinov Anora filmini oxirgi sahnasi asar demoqda. Filmni ko‘rganlar fikrlaringizni yozing-chi. Sardor Faxriddinov, Hilola Karimova, Feruz Bahodirovlar hammasi yosh rejissyorlar. Suhbatni ko‘ringlar. ▶️https://youtu.be/Jd40ZIW6dSQ
Editum Jun 23
Editum Jun 23
Yoshlar ishlatayotgan slenglar 😄 Sizni tushunishlari uchun ushbu postni qarindoshlar guruhiga tashlab qoʻying. 01. FOMO (Fear Of Missing Out) — biror qiziqarli narsani oʻtkazib yuborishdan qoʻrqish 02. YOLO (You Live Only Once) — Bir marta yashaysiz 03. Lit — hayajonli, zavqlantiradigan 04. Savage — yovvoyi (keskin holatlarga nisbatan ishlatiladi) 05. Bae (Before Anyone Else) — sevimli inson 06. Slay — yaxshi taassurot qoldirish 07. Meme — mem (Kulguli mazmundagi mashhur rasm yoki video) 08. Flex — oʻzining muvaffaqiyati yoki boyligini koʻrsatish 09. Hangry — och va asabiy (Hungry + Angry) 10. Glow up — oʻzingni yaxshi tomonga oʻzgartirish 11. Squad — doʻstlar guruhi 12. GOAT (Greatest Of All Time) — barcha vaqtlarning eng zoʻri 13. Chill — dam olish 14. BFF (Best Friends Forever) — butun umrlik doʻst Doʻstlaringizga ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Jun 23
Yangi sohalar borligi haqida birinchi ota-onalarga yetkazish kerak! Parda Podkastda IT sohasida faoliyat olib borayotgan tajribali qizlar bilan podkast chiqibdi. 🔗https://youtu.be/oxekTj1bLcQ?si=rbi_eGQEpwjPdnZ9
Editum Jun 22
Che Guevara bolaligida shifokor bo‘lishni orzu qilgan va tibbiy diplom olgan. Lekin u shifoxonada emas, jang maydonlarida hayot kechirishni tanladi. Kuba inqilobidan so‘ng, u kutilmagan tarzda mamlakat bankiga rahbar bo‘ldi va cheklarga shunchaki “Che” deb imzo qo‘ya boshladi. Uning so‘zlashda ham qobiliyati bor edi. U bir nechta tilni bilgan va she’rlar yozgan. Yana-da ko‘proq ma’lumot uchun u haqidagi sonni tomosha qiling: https://youtu.be/44B4KNW0fp8?si=mR4GeP1bGqjhBEt_
Editum Jun 21
🔪Bugun oshxona mavzusida gaplashamiz 1. Boil [bɔil] - qaynatmoq. I’m going to boil the potatoes for the salad. 2. Fry [fraɪ] - qovurmoq I love to fry eggs for breakfast. 3. Bake [beik] - yopmoq, pishirmoq She’s baking a chocolate cake for the party. 4. Simmer [’simər] - sekin olovda toblamoq Let the soup simmer for 30 minutes. 5. Stir [stɜːr] - aralashtirmoq. Make sure to stir the sauce to prevent it from burning. 6. Chop [vop] - pichoq bilan kesmoq. I’ll chop the onions for the soup. 7. Peel [piːl] - po‘stini archmoq Please peel the potatoes before you cook them. 8. Whisk [wɪsk] - ko‘pirtirmoq Whisk the eggs before you add them to the pan. 9. Season [ˈsiːzən] - ziravor qo‘shmoq Don’t forget to season the dish with pepper and garlic. 🤩 Odatda qanchalik tez-tez oshxonada vaqt oʻtkazasiz? Doʻstlaringizga ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Jun 21
🔦 Ko‘pchilik ularni bilmaydi. Lekin ular har kecha hayotlarni saqlab qolishadi. Iblislar Qotili Korpusi — bu rasmiy tashkilot emas. Ular hukumatga qarashli emas, ro‘yxatda yo‘q, e’tirof etilmagan. Ammo baribir ular bor. Va ular jangda. Ularning mavjudligidan oddiy odamlar hatto shubhalanmaydi ham. Demak, haqiqiy qahramonlar har doim sahnada bo‘lishmaydi… 🎥 Susambil kanalida bu yashirin tuzilmaning siri ochiladi: 👉 Videoni shu yerda tomosha qiling: https://youtu.be/HihVX1i30fA #DemonSlayerCorps#SoyaQahramonlar#SusambilTahlil
Editum Jun 20
🎙 Bu safar Shoira Isakova va Eldor Otajonov bilan psixologiya mavzusi atrofidagi mavzularni yoritdik. Podkastda nima uchun ezoteriklarning barchasi boy ekanligi, soxta va haqiqiy psixologning farqi qanday boʻlishi, oʻzbek jamiyatiga tushadigan psixologiya, oila instituti va avlodlar farqi boʻyicha gaplashdik. ⌛️ Podkastni koʻrganingizdan soʻng aslida haqiqiy psixologiya qanday boʻlishini bilib olasiz. 👉 Podkastni koʻrish: https://youtu.be/w3lTk_DSLM8 Hamma psixologlarni maqtayveradigan odamlar koʻrishi kerak bu podkastni Doʻstlaringizga ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Jun 20
🎵 Earworm — miyani egallab olgan kuy! Earworm — bu qulog‘imizda qayta-qayta yangraydigan, xayoldan chiqmaydigan qo‘shiq yoki kuy. Asosan oddiy, tez yod olinadigan va ritmik musiqalar bunday ta’sir qiladi. 🧠 Miyamiz bu kuyni “tugallanmagan topshiriq” deb qabul qiladi va uni o‘zi bilmagan holda takrorlayveradi. Ko‘p hollarda zararsiz, lekin ba’zida asabga tegishi mumkin :) Videoga havola: https://youtu.be/boBHj7mY8HQ?si=RvK6ij79hTi5dc96
Editum Jun 20
Kamgap dadangiz bilan gaplashish yoʻllari Yoshimiz katta boʻlgani sari dadalarimiz bilan gaplashishimiz qiyin boʻlib boradi, lekin 30 dan keyin dadalar bilan munosabatda yangi bosqichga oʻtish kerak. Shu boʻyicha Time jurnali foydali maslahatlar beribdi. Shuni oʻzbek tiliga tarjima qildik. Siz ham oʻqib koʻring. 🧭Dadangiz qayerda boʻlsa, shu yerga boring. Baʼzi dadalar doim nimadir bilan band boʻladi. Terapevt Melani Preston suhbatlashish uchun maxsus joy qidirmaslikni, dadangiz qayerda boʻlsa, oʻsha joyda gaplashishni tavsiya qiladi. 🪑Toʻgʻrisiga emas, yoniga oʻtiring Yuzma-yuz oʻtirganda odam oʻzini xuddi intervyuda oʻtirgandek his qiladi, shuning uchun dadangizning yonida oʻtirishga harakat qiling, deydi Nikol Xeruey. Futbolga olib borib yonma-yon oʻyinni tomosha qiling yoki birga uy uchun bozorlik qiling. 📖Oʻtgan voqealarni aytib berishini soʻrang Nostalgiya kamgap dadangizning eng yaqin doʻsti. Undan oʻtmishda boʻlgan biror voqeani aytib berishini soʻrang, faqat koʻproq tafsilotlarini bilishga harakat qiling. Hikoya qilish paytida dadangiz beixtiyor baʼzi his-tuygʻularni ifodalaydi, siz esa uni ilgʻab olasiz. 🔄Boshqa muloqot turini sinab koʻring Yuzma-yuz gaplashish qiyin boʻlsa, telegramdan hol-ahvol soʻrab yozing yoki telefon qilib gaplashishga harakat qiling. Bu usullarni har kuni qiladigan odatga aylantirsangiz ham boʻladi. 😄Suhbatingizga ozgina hazil qoʻshib koʻring Jiddiy mavzular haqida gaplashish ko‘p gapirishni yoqtirmaydigan dadalar uchun og‘irlik qilishi mumkin. Bu vaziyatni hazil bilan yenging. Yaxshi koʻrgan latifangizni aytib bering, kulgili video yoki qandaydir oʻzbekcha mem koʻrsating. 🤝Yordam soʻrang Kamgap dadalar odatda oʻzlari haqida gapirish oʻrniga biror muammoni hal qilish, maslahat berishni afzal koʻradi. Shuning uchun, otangiz bilan yaqinroq suhbat qilishni istasangiz, uni shunchaki shaxsiy yoki hissiy savollar bilan “o‘qqa tutmang”. Buning o‘rniga, maslahat yoki biror narsani qanday qilishni soʻrang. Esda tuting, kutgan natijangiz bir kunda boʻlmaydi. Bu xuddi bogʻ yaratishdek gap. Tuproqni tayyorlash, urug‘ ekish, sug‘orish va o‘sishini kutish kerak. Filadelfiyalik Thriveworks terapevti Jill Lamar: “Bu natijaga majburlab erishib boʻlmaydi, birinchi asos yaratasiz va qayta-qayta kelib qurishga erishasiz” degan. Doʻstlaringizga ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Jun 19
Izohlarda sizga IELTSda yordam bergan eng samarali usullar, tizimlar, odatlar haqida batafsil yozib keting))) Qani kimni izohi eng ko'p komment yig'arkin))
Editum Jun 19