TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT CHAT

Teacher Azam

@TeacherAzam

Educatio

TEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼‍💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11

Subscriptores4.0万Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita1,011Scripta numerata
Attingentia recens204,600Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 49 de 85 · 1,011 scripta

Editum Jun 2

🧠 Gomonkun: miyadagi "kichkina odam" "Gomonkun" (lotincha homunculus — "kichik odam") — bu ilmiy tushuncha bo‘lib, inson miyasi tanamizni qanday "his qilishi"ni ko‘rsatadi. Ya’ni, miyada har bir tana qismi uchun alohida joy ajratilgan — lekin bu joylar teng taqsimlangan emas! Masalan, barmoqlar uchi, lablar va til — juda nozik sezuvchi qismlar, shuning uchun miyada ularga katta “maydon” ajratilgan. Aksincha, orqa yoki tizzalar sezuvchanlikda kamroq bo‘lgani uchun, miya ularga kam joy ajratadi. 🔍 Olimlar buni vizual ko‘rsatish uchun "gomonkun" degan model yaratishgan — bu kichkina odam g‘ayrioddiy ko‘rinishda bo‘ladi: bosh va qo‘llar juda katta, oyoqlar esa kichkina. Bu miyaning sezuvchanlikka bergan e’tiborini ko‘rsatadi. 📽 Videoga havola: https://youtu.be/4g_RofmAeq8?si=lh6eWcqWBwECHfkf

18,100 views

Editum Jun 1

Teacher Azam pinned «May oyida ingliz tiliga oid qanday postlar qoʻydim? 01. “Check” soʻzi bilan iboraviy feʼllar 02. At the gym yoki zal bilan bogʻliq iboralar 03. Kuchli soʻzinin sinonimlari 04. Tenacious nima degani? 05. His-tuygʻularni ifodalovchi 15 ta ibora 06. Ishda kerak…»

views

Editum Jun 1

May oyida ingliz tiliga oid qanday postlar qoʻydim? 01. “Check” soʻzi bilan iboraviy feʼllar 02. At the gym yoki zal bilan bogʻliq iboralar 03. Kuchli soʻzinin sinonimlari 04. Tenacious nima degani? 05. His-tuygʻularni ifodalovchi 15 ta ibora 06. Ishda kerak boʻladigan iboralar 07. Picture description 08. Kofega oid soʻzlar 09. Bae - sevimli inson 10. Gapga hissiyot qoʻshish uchun 7 ta slang 11. Navbat endi DROP soʻziga 12. Goated nima degani? 13. Past Simple va Present Perfect - farqi nimada? 14. Koʻp kerak boʻladigan foydali iboralar 15. Endi navbat Work soʻziga 16. Much va many qachon ishlatiladi? 17. Picture description 18. Navbat endi Hold feʼliga 19. Get out of hand nima degani? 20. Snatched nima degani? 21. Picture description 22. Xarakterni ingliz tilida aytishni oʻrganamiz 23. In the blink of an eye — nima degani? Kanalga ulanish: @teacherazam

23,100 views

Editum May 31

Ingliz tilini zo’r bilsangiz ham kinolarni yaxshi tushunolmasligingiz mumkin 🎬 Filmlarni chet davlatdagi odamlar to’liq tushunolmasligiga sabab bo’ladigan tildan boshqa faktorlar bor. Hozirgina YouTube'ga chiqqan videomizda aynan shu faktorlar haqida va kinolarni tushunib ko'rish uchun nimalar qilish kerakligini batafsil tushuntirganmiz. Bu videoni ko'rganingizdan keyin "kino ko'rish" > "dars qilish"ga aylanadi. Videoni ko'rish: 👇 📹Ingliz tilida kinolarni 98% tushunib ko’rish uchun buni qiling #YouTube Yoqimli tomosha! 📱@englifyschool

19,200 views

Hashtags

Editum May 31

In the blink of an eye — nima degani? Tarjimasi: bir zumda, ko‘z ochib yumguncha. Videoda qanday foydalanishni koʻrsangiz boʻladi 🇬🇧 Oh aye, I melt the flesh off your bones in the blink of an eye. 🇺🇿 O, ha, suyaklaringdagi go‘shtni bir zumda eritib yuboraman. Tavsifi: Bu ibora biror narsa juda tez, deyarli sezilmaydigan tarzda sodir bo‘lganda qo‘llaniladi. Misol: 🇬🇧 The car disappeared in the blink of an eye 🇺🇿 Mashina bir zumda g‘oyib bo‘ldi. Doʻstlaringizga joʻnatib qoʻying 👉 Kanalga ulanish: @teacherazam

19,100 views

Editum May 30

Xarakterni ingliz tilida aytishni oʻrganamiz 01. Intelligent [inˈtelɪdʒənt] - o‘qimishli, aqlli. 02. Honest [ˈɒnɪst] - Rostgoʻy 03. Talented [ˈtæləntɪd] - iste’dodli 04. Decent [ˈdiːsənt] - odobli 05. Special [ˈspeʃəl] - maxsus inson 06. Generouse [’dʒenərəs] - saxiy 07. Athletic [æθˈletɪk] - Atletik, tashqi koʻrinishi chiroyli (erkaklarga nisbatan ishlatiladi koʻproq) 08. Loyal [ˈlɔɪəl] - sodiq 09. Logical [’lodzikel] - mantiqiy fikrlovchi 10. Modest [’modist] - kamtarin 11. Outgoing [ˈaʊtɡəʊɪŋ] - kirishimli 12. Enthusiastic [ɪnˌθjuːziˈæstɪk] - jo‘shqin, ishtiyoqmand 13. Funny [’fani] - yumorga usta 14. Considerate [kənˈsɪdərət] - e’tiborli 15. Kind [kaind] - mehribon 16. Fair [feər] - halol, adolatli. 17. Authentic [ɔːˈθentɪk] - haqqoniy yondashadigan 18. Optimistic [ˌɒptiˈmɪstɪk] - optimistik 19. Sympathetic [ˌsɪmpəˈθetɪk] - hamdard 20. Caring [ˈkeərɪŋ] - g‘amxo‘r 21. Patient [ˈpeɪʃənt] - sabrli Kimniki qanday? Doʻstlaringizga joʻnatib qoʻying 👉 Kanalga ulanish: @teacherazam

22,200 views

Editum May 30

Ayollarda ko’p uchraydigan, gapirishga uyaladigan nozik mavzu - sistit haqida Parda Podkastda urolog Telman Nuraliyev bilan foydali podkast bo’libdi. Tahorat olishda bemorlar ko’p xatoliklar qiladi. Ko’rish uchun: https://youtu.be/kaVu0jZmyzc?si=f6oq8dbBrZCPysX-

16,100 views

Editum May 30

PulliGap Talk loyihasining birinchi sonida men chiqdim ⠀ Suhbatda: — Englify orqali topilayotgan asosiy daromad manbalari; — Blog yuritish va reklama orqali keladigan foyda; — Shaxsiy moliyaviy odatlar va qarashlar; — Pulga bo‘lgan yondashuvlar haqida aytib oʻtdim. Podkastni koʻring: https://youtu.be/NIA6azo-bNg?si=jJkG9bXnmC2iKuEz Doʻstlaringizga joʻnatib qoʻying 👉 Kanalga ulanish: @teacherazam

17,100 views

Editum May 29

🦉Picture description In this evocative image, a jubilantcrowd dances through war-torn streets, led by an accordion player. Their expressionsradiate relief and joy, contrasting with the surrounding ruins. The scene captures a poignant moment of resilience and unity, as people celebrate amidst the remnants of destruction, embodying hope and renewal. ‼️Useful vocabulary Evocative [ɪˈvɒkətɪv] - xotiralarni uyg‘otuvchi Jubilant [ˈdʒuːbɪlənt] - xursand Crowd [kraʊd] - olomon War-torn [ˈwɔːˌtɔːn] - urushdan vayron bo‘lgan Expressions [ɪkˈsprɛʃənz] - ifodalar Radiate [ˈreɪdiˌeɪt] - nurlanmoq Contrasting [kən’træstɪŋ] - kontrastlovchi Resilience [rɪˈzɪljəns] - chidamlilik Unity [ˈjuːnɪti] - birlik Renewal [rɪˈnjuːəl] - yangilanish Doʻstlaringizga joʻnatib qoʻying 👉 Kanalga ulanish: @teacherazam

16,700 views

Editum May 29

“Ertaga kadrlar bozorida raqobatga dosh berolmaydigan kadrlarni tayyorlashga pul sarflayapmiz-da. U bolasini tug‘ib, kadrlar bozoriga kelganda, hech kimga kerakmasligini tushunmoqda.” – Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Barnogul Sanaqulova To‘liq video: https://youtu.be/37SzZxLBx5s?si=zKa0mjg7lvZK7YgX

17,400 views

Editum May 28

🎙 Oʻzbekistonda avtomobil sohasi rivojlanishi ortidan u bilan bogʻliq boʻlgan turli firibgarliklar koʻpayib ketdi. Bugungi podkastda ushbu firibgarliklarning sababi, utilizatsiya uchun yigʻilayotgan katta miqdordagi pullar, poligon va pripon boʻyicha gaplashdik. Shu darajada sodda gaplashdikki podkastda, umuman mashinaga qiziqmaydigan odam ham bemalol tushuna oladi. Podkastni koʻrib chiqing: https://youtu.be/QiJji9ccbSU 👉 Kanalga ulanish: @teacherazam

17,100 views

Editum May 28

Snatched [snætʃt] nima degani ✓ Snatched - bu zamonaviy jargon so‘z bo‘lib, “ajoyib, mukammal ko‘rinadigan” degan ma’noni anglatadi, ayniqsa pardoz-andoz, kiyim-kechak yoki umumiy tashqi ko‘rinish haqida gap ketganda. ✨Qanday ishlatish kerak? 🔥Your makeup is snatched!- Sening pardozing shunchaki bomba! 🔥She came in snatched from head to toe - U boshdan-oyoq ideal holatda keldi 🔥That look? Totally snatched. - Shu koʻrinishmi? Shunchaki daxshat! 📌 Asl ma’nosida “to snatch” - ushlab olmoq degan ma’noni ham bildiradi. Doʻstlaringizga ham joʻnatib qoʻying! 👉 Kanalga ulanish: @teacherazam

18,500 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••4748495051•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485