TGINSIGHT CHAT
Teacher Azam
@TeacherAzam
EducatioTEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11
Scripta recentia
Pag. 47 de 85 · 1,011 scripta
Editum Jun 14
"Man tasviriy san’at odamiman, rassomchilikdan boshlaganman, kelajakda katta film olsam ham tasviriy san’atdan foydalanaman" Qo‘shtirnoq podkastda yosh rejissyorlar Sardor Faxriddinov, Feruz Bahodirov va Hilola Karimovalar bilan suhbat. ▶️https://youtu.be/Jd40ZIW6dSQ
Editum Jun 13
Ingliz tilida adashtirish oson bo‘lgan 5 ta so‘z 😕 Eng tajribali ingliz tilini o‘rganuvchilarni ham boshini qotirib qo‘yishi mumkin bo‘lgan bir nechta so‘zni tahlil qilamiz! Desert vs Desert ✓ Dessert - desert, shirinlik. ✓ Desert - cho‘l. Advice vs Advise ✓ Advice - maslahat (ot). ✓ Advise - maslahat bermoq (feʼl) Affect vs Effect ✓ Affect - ta’sir ko‘rsatmoq (feʼl). ✓ Effect - ta’sir, natija (ot). Complement vs Compliment ✓ Complement - to‘ldirmoq. ✓ Compliment - xushomad qilish. Stationary va Stationery ✓ Stationary - qo‘zg‘almas. ✓ Stationery - kanselyariya buyumlari Doʻstlaringizga ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Jun 13
Endi tug‘ilgan spartalik bolalarning yashab qolishi qat’iy tanlov va davlat nazorati asosida belgilangan edi. Bola tug‘ilgach, uni ota-onasi emas, balki davlat vakillari – oqsoqollar kengashi (gerusiya) ko‘rikdan o‘tkazgan. Agar bola sog‘lom, baquvvat va jismoniy jihatdan mustahkam bo‘lsa, yashashga ruxsat berilgan. Ammo agar u zaif, nogiron yoki nuqsonli bo‘lsa, Tayget tog‘ining etagidagi cho‘qqidan tashlab yuborilgan yoki tashlab ketilgan — bu jamiyatni "zaiflardan tozalash" siyosati deb qaralgan. Videoga havola: https://youtu.be/wJsUJHSR_Uk?si=CpGjmOJ3K_tsifLk
Editum Jun 12
Islom dini kommunizmga oʻxshaydimi? 🎙 Bu podkastni koʻpchilik uzoq kutgan edi. Abror Muxtor Aliy, Laziz Hamidov va men uzoq gapalshdik. Bu podkast NQE tarixidagi top 3 ta podkastdan biri boʻldi. Bu podkastda: — Kitobxonlikni qanday targʻib qilish kerakligi; — Islom dini siyosatda qanday ishlashi; — Ustozation bilan boʻlgan vaziyat; — Inqiroz boʻlgan yoki “uxlatilgan” bizneslar; — Oʻzbekistonning shariy boshqaruv tizmiga oʻtishi; — Islom bilan yashayotgan Yevropa mamlakati — Jadidlar ichidagi xoinlar haqida gapalashdik. Men oʻzim ham juda koʻp savollarimga javob oldim. 👉 Podkastni koʻrish: https://youtu.be/VNZGp4HHmOg Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Jun 11
🥳YouTube kanalimizda yangi video! "O'zini tanishtirish" orqali odamlarda siz haqingizdagi birinchi taassurotni qoldirasiz va bu ko’p narsani hal qilib qo’yishi mumkin. Bu video sizni aynan o'sha ko'p narsani hal qilishi mumkin bo'lgan holat uchun tayyorlaydi. Videoni ko'rish: 👇 📹Oddiy lekin kuchli usul. Ingliz tilida o'zini tanishtirish. #YouTube Yoqimli tomosha! 📱@englifyschool
Hashtags
Editum Jun 11
Firsthand nima degani? ⌛️ Tarjima: birinchi boʻlib, o‘z ko‘zim bilan, shaxsan, eshitib-ko‘rib Foydalanish namunasi (videodan): — You were there. You saw it firsthand. — Siz o‘sha yerda edingiz. O‘z ko‘zingiz bilan ko‘rdingiz-ku 🤩 Qanday qoʻllaymiz: "Firsthand" iborasi ma’lumot yoki tajriba vositachi orqali emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri olingan holatlarda ishlatiladi. Inson voqealar, joylar, odamlar va boshqalarni bevosita kuzatgani yoki ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilganini anglatadi. Voqeaga shaxsan oʻzingiz guvoh boʻlsangiz bu iborabi qoʻllashingiz mumkin. Doʻstlaringizga ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Jun 10
Ingliz tilingizni C1 darajaga koʻtarish uchun kunlik dars reja va harakatlar strategiyasi kerakmi? Unda sizga ChatGPT yordam beradi. Faqat unga toʻgʻri prompt yozish kerak. Men aynan shunday promtni tayyorladim. INSERT CURRENT LEVEL degan joyiga oʻzingizning darajangizni kiriting. Bunday joy promtning bitta tepasida va bitta pastida bor: You are an English language learning coach. I want to improve my English from (INSERT CURRENT LEVEL) to Advanced (C1/C2). Your task is to create a complete, realistic daily strategy that helps me reach advanced level by improving all four skills: — Listening — Reading — Writing — Speaking Your response must include: — Estimated time frame: Based on my current level, how many days will it take (if I study every day)? — A daily learning schedule with time allocations for each skill (total 2–4 hours per day). — Practical daily tasks I can actually follow, such as: — What kind of videos/podcasts I should watch (and where to find them) — What types of texts to read (books, articles, or news sites) — What writing tasks to do (journals, essays, prompts, etc.) — How to practice speaking (with or without a partner) — Grammar and vocabulary focus areas per level — A clear weekly structure with checkpoints or mini-goals — Tips on how to track progress and how to stay motivated — Tools or platforms you recommend (apps, YouTube channels, websites, books) Make the plan: — Easy to follow — Adaptable to self-study — Designed to make consistent progress in all skills Leave a placeholder so I can insert my current level manually: (INSERT CURRENT LEVEL) Doʻstlaringizga ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Jun 10
FORTNITE CREATIVE – O‘YIN ICHIDA O‘Z O‘YININGNI YARAT! 🤯🌍🛠 Kiber Uz kanali Fortnite’ning butun boshli ijodiy platformasi haqida gapirdi. "The Pit", "Zone Wars", "Deathrun" – bu yerda cheksiz imkoniyatlar bor! Millionlab o‘yinchilar vaqtini shu yerda o‘tkazayotgani bejizga emas! To‘liq video: https://www.youtube.com/watch?v=WgQF2sSEkjI
Editum Jun 9
Yomon ob-havoni aytish uchun frazalar 01. It’s raining so hard - Kuchli yomg‘ir yog‘yapti. 02. What a strong wind blows! - Qanday kuchli shamol esyapti? 03. I’m wet through - Men butunlay ho‘l bo‘ldim 04. Terrible weather, isn’t it? - Havo juda yomon, shunday emasmi? 05. It looks like rain/snow - Yomg‘ir (qor) yog‘ayotganga o‘xshaydi 06. I can’t stand windy weather - Shamolli ob-havoga chiday olmayman 07. What strange weather we are having - Bizda ob-havo qanday g‘alati? 08. It’s pouring - Sharros yomg‘ir yog‘yapti. 09. The sky is overcloud - Osmon bulutlar bilan qoplangan 10. It’s baking hot - Juda issiq 11. It’s below freezing - Juda sovuq Xoʻsh, hozir Toshkentda havo qanday? Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Jun 8
Bu iboralarni toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima qilmang 1. “It’s not my cup of tea.” ☕Bu mening choyim emas — “Bu menga yoqmaydi” degani. 2. “Break a leg!” 🦵Oyog‘ingni sindirib ol! — Aslida bu omad tilash ifodasi. Ayniqsa, sahnaga chiqayotganlarga aytiladi. 3. “Kill two birds with one stone.” 🪨Bitta tosh bilan ikki qushni o‘ldir — Ikkita ishni bir vaqtning o‘zida bajarish demoqchi. 4. “Hit the sack.” 🛏️Xaltani ur! — Yotaman, uxlayman degani. 5. “Let the cat out of the bag.” 🐱Mushukni xaltadan chiqazib yubor! — Sirni ochib qo‘yish degani. 6. “Under the weather.” 🌧️Ob-havo ostida — O‘zimni yaxshi his qilmayapman degani. 7. “Cost an arm and a leg.” 💸Qo‘l va oyoq narxi! — Juda qimmat bo‘lgan narsa haqida aytiladi. 8. “Bite the bullet.” 🫣O‘qni tishla — Qiyin bo‘lsa ham, chidash kerak degani. 9. “The ball is in your court.” 🎾Endi to‘p sizning maydoningizda — Navbat sizda, qarorni siz qabul qilasiz. 10. “Once in a blue moon.” 🌕Ko‘k oy chiqganda bo‘ladi bu — Juda kamdan-kam hollarda sodir bo‘ladi degani. Saqlab oling, kerak boʻlib qoladi Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Jun 7
Hang prepositionʼlar bilan kelsa, qnaday oʻzgaradi? Bu soʻz, osmoq, ilmoq degan maʼnolarni bildiradi, predloglar bilan esa yangi maʼnoga ega boʻladi. 🧳 Hang out [hæŋ aʊt] — sayr qilmoq, vaqt oʻtkazmoq We usually hang out at the park. 😮 Hang on [hæŋ ɒn] — kutib turmoq Hang on a second, I’ll be right back. 📲 Hang up [hæŋ ʌp] — goʻshakni qoʻyib qoʻymoq She hung up in the middle of the call. 🚶♂️ Hang around [hæŋ əˈraʊnd] — bekor yurmoq He hangs around the mall after school. 💪 Hang in (there) [hæŋ ɪn] — bardosh bermoq, taslim boʻlmaslik I know it’s tough, but hang in there! Doʻstlaringizga joʻnatib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Jun 7
Avtomobilsozlik xavfsizligi tarixi, avariya paytidagi holatingiz, hamda O’zbekistonning eng mashxur avtomobillarini krash testi! Texnoplovda shu haqida yangi video chiqibdi: https://youtu.be/yatHjUmvqF4?si=bXsiT8UqP-g28sEj