TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Zréck zu de Kanäl
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT CHAT

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

@ttmmtrasmiy

Travel

🏢 TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI RASMIY KANALI 📍Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli 2-tor ko‘chasi, 1-uy. ☎️ Murojaat uchun telefon va bot: (+998) 71-289-40-30 🌐https://t.me/ttmmt_direktori_bot

Abonnenten824Aktuell Abonnenten
Verfolgte Posts1,010Zuel vun indexéierte Posts
Rezent Räichweite2,241Somm vun rezenten Usiichten
Rezent Posts

Rezent Posts

Säit 77 vun 85 · 1,010 Posts

Publizéiert 10. Abr.

2025 yil 08 aprel sanasida Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o‘tkazildi. “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida Yashnobod tumanida joylashgan 400 nafarga yaqin 9- va 11-sinf bitiruvchilari tashrif buyurishib, 2025-2026 o‘quv yili uchun texnikumda tayyorlanadigan kasb va mutaxassisliklar bilan tanishdilar. Tadbirda texnikumning hamkor "MERCURE TASHKENT HOTEL", “NAVRUZ HOTEL TASHKENT”, “CROWNE PLAZA TASHKENT”, “HOTEL INSPIRA-S TASHKENT”, "STAY INN HOTEL", "THE ELEMENTS HOTEL", "EUROPE HOTEL", "HOTEL INTERNATIONAL", "HUSMA HOTEL", “INTERCONTINENTAL TASHKENT” kabi ish beruvchi korxonalari ham ishtirok etib, ular tomonidan maktab bitiruvchi o‘quvchilariga texnikumda o‘qish jarayonlarida hamda o‘qishni yakunlab diplomga ega bo‘lganlarida shu korxonalarda amaliyot o‘tashlari va ishga joylashish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari xaqida ma’lumotlar berildi.

158 views

Publizéiert 9. Abr.

#buyuk_siymolar #tadbir 👑Bugun 9-aprel - Sohibqiron Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun! Toskent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida “Amir Temur- buyuk sohibqiron” mavzusida Z.Z.Choriyeva ochik dars, “Amir Temur- faxrimiz” ma’naviy tadbir tashkil qilindi. Amir Temur bobomiz — o’zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug’vor ishlarda xalqimizga ma’naviy kuch bag’ishlab kelayotgan ulug’ siymolardan biridir.

178 views

Publizéiert 9. Abr.

Prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishida... Buyuk ipak yo‘lining Zarafshon-Qoraqum koridori YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilganiga bir yildan oshdi. Bu yerda 31 ta madaniy merosobyekti bor: O‘zbekistonda 15 ta, Tojikistonda 9 ta, Turkmanistonda 7 ta. Lekin soha mutasaddilarida ham, hokimlarda ham 3 ta davlatdan o‘tgan bu tarixiy yo‘nalish salohiyatidan foydalanish bo‘yicha birorta taklif yo‘q. Mas’ullarga bu yo‘nalishda yangi turizm marshrutini ishlab chiqib, keng targ‘ib qilishtopshirildi. "Turizmda oliy ta’limni 4-yildan 3-yilga kamaytirib, dual tizimga o‘tkazdik. Nima uchun? Yoshlar ko‘proq amaliy bilim olib, tajriba orttirishi kerak", - dedi Prezident. Masalan, Toshkentdagi Singapur menejment instituti oliygoh hududida 10 qavatli mehmonxona turizm klasteri tashkil qilmoqda. Yiliga 200 nafar talaba, 300 nafar o‘qituvchi mehmonxona boshqaruvi, marketing kabi yo‘nalishda amaliyot o‘tash va malaka oshirish imkoniga ega bo‘ladi. Dual ta’lim bo‘yicha hududlarda ham yaxshi tajribalarni ko‘paytirish, joriy yilda 500 nafar talabani turizm bo‘yicha amaliyot o‘tash va ishlashga yuborish muhimligi ta’kidlandi. ✅Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter

156 views

Publizéiert 9. Abr.

Buyuk sarkarda Amir Temur haqida 10 ta fakt ✅Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter

133 views

Publizéiert 9. Abr.

2025 yil 08 aprel sanasida Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida “Ochiq eshiklar kuni” va “Navro‘z bayrami” tadbirlari o‘tkazildi. “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida Yashnobod tumanida joylashgan 400 nafarga yaqin 9- va 11-sinf bitiruvchilari tashrif buyurishib, 2025-2026 o‘quv yili uchun texnikumda tayyorlanadigan kasb va mutaxassisliklar bilan tanishdilar. Texnikum o‘quvchilari tomonidan O‘zbekiston xudularining turizm salohiyati, madaniyati va urf-odatlari namoyish qilindi, "Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish" yo'nalishi 1-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida “Osh tayyorlash musobaqasi” o‘tkazilib, o‘z maxoratlarini namoyish qildilar. “Osh tayyorlash musobaqasi”da ishtirok etigan barcha o'quvchilar Yashnobod tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Asqar Qiyomjonovich tomonidan sovg'alar bilan taqdirlandilar. Ochiq eshiklar kuni” tadbirida "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o'qituvchi va o'quvchilari, Germaniyadagi Gyote-Institutining direktor o'rinbosari Walter Sabiel, Sveytsariyaning “Helvetas Swiss Intercooperation” kompaniyasi VET4 UZ loyiha a'zolari Simona Starsburger, Sabina Gebauer, Shuxrat Amanov, Sardor Saidrasulov, Shveytsariya Federal Texnologiyalar instituti (ETHL Zurich) Taʼlim tizimlari kafedrasi professori Ursula Renold tashrif buyurdilar. Tadbirda texnikumning hamkor "MERCURE TASHKENT HOTEL", “NAVRUZ HOTEL TASHKENT”, “CROWNE PLAZA TASHKENT”, “HOTEL INSPIRA-S TASHKENT”, "STAY INN HOTEL", "THE ELEMENTS HOTEL", "EUROPE HOTEL", "HOTEL INTERNATIONAL", "HUSMA HOTEL", “INTERCONTINENTAL TASHKENT” kabi ish beruvchi korxonalari ham ishtirok etib, ular tomonidan maktab bitiruvchi o‘quvchilariga texnikumda o‘qish jarayonlarida hamda o‘qishni yakunlab diplomga ega bo‘lganlarida shu korxonalarda amaliyot o‘tashlari va ishga joylashish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari xaqida ma’lumotlar berildi.

244 views

Publizéiert 9. Abr.

235 views

Publizéiert 9. Abr.

223 views

Publizéiert 9. Abr.

2025 yil 08 aprel sanasida Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Salixov Djamshid Gulyamovich hamda texnikum direktori memorandum imzoladilar. Memorandumda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi “Kasbiy ta‘limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta‘lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-158-sonli farmoni 11-ilovasi, 12.1-bandiga asosan, texnikumda tayyorlanadigan kasb va mutaxassisliklarga mos bo’lgan ish beruvchi tashkilotlarni biriktirish, dual ta’limni tashkil qilish, ta'lim jarayonini yanada sifatli va samaradorligini oshirish, shuningdek, amaliyot o‘tkazish uchun Savdo-sanoat palatasi a'zolari bo‘lgan korxonalar bilan hamkorlik o‘rnatish orqali, talabalarni amaliyotda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsad qilingan.

226 views

Publizéiert 9. Abr.

# Xalqaro hamkorlik 2025 08 aprel sanasida Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumiga Helvetas Swiss Intercooperation” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan VET4UZ loyihasining 2025-yilga moʻljallangan yillik rejasiga muvofiq, kasb-hunar taʼlimi sohasidagi jahonning yetakchi eksperti, Shveytsariya Federal Texnologiyalar instituti (ETH Zurich) taʼlim tizimlari kafedrasi professori, Ursula Renold hamda loyiha a’zolari tashrif buyurdilar. Professor, doktor Ursula Renold – kasbiy ta’lim va ta’lim (VET) sohasida tajribali ekspert, Kasbiy ta’lim va texnologiyalar bo‘yicha Federal idoraning sobiq kotibi. Katta maslahatchi sifatida u 50 ta davlatda kasb-hunar ta’limi islohotlariga hissa qo‘shgan. Tashrif chogida professor, doktor Ursula Renold loyiha doirasida texnikumda amalga oshirilayotgan jarayonlar bilan tanishdilar hamda texnikumda tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” va “Navro‘z bayrami”da ishtirok etdilar.

247 views

Publizéiert 9. Abr.

Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi 2021 yildan buyon amalga oshirilayotgan Shveytsariya tomonidan moliyalashtirilgan “O‘zbekistonda kasbiy ta’lim sohasidagi islohotlarni qo‘llab quvvatlash (VET4UZ) -I-bosqich” loyihasini tashqi baholashni amalga oshirishni ko‘zlagan va guruhi tayinlangan. 2025 yil 4 aprel sanasida Baholash guruhi vakillari janob Michael Morlok, Ha-My Nguyen xonim, kuzatuvchi Manuela Sells-Rohrbach xonim Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumiga tashrif buyurdilar. Ushbu baholashning maqsadi loyihaning birinchi bosqichinig (2021-2025) samaradorligi, dolzarbligi, barqarorligi va ta’sirini baholashdan iborat. Baxolash loyixaning yutuqlari, qiyinchiliklari va olingan saboqlari haqida amaliy tushunchalarini taqdim etishga qaratilgan bo‘lib, bu kelajakdagi dasturlash va qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Texnikum rahbariyati va o'qituvchilari ishchi guruh bilan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan jarayonlar xaqida suhbatlashdilar.

155 views

Publizéiert 9. Abr.

Bugun O‘rta Osiyoning turkiy hukmdori, sarkarda, poytaxti Samarqand bo‘lgan Temuriylar imperiyasining asoschisi Buyuk Amir Temur tavalludining 689-yilligi nishonlanmoqda 🔸Amir Temur O‘rta, Janubiy va G‘arbiy Osiyo, shuningdek, Kavkaz, Povoljya va Rus tarixida muhim o‘rin tutgan. 🔸Amir Temur tarix sahifalarida Aleksandr Makedonskiy, Dariy Perviy, Yuliy Sezar kabi yirik sarkardalar bilan bir qatorda turadi. 🔸Amir Temur 1336 yil 9 aprel kuni Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or (Yakkabog‘) qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay turk avlodining barloslaridan bo‘lib, Movarounnahrda o‘ziga yarasha obro‘-e’tiborga ega, nufuzli ziyolilardan bo‘lgan. 🔸XIII asr boshi XIV asr oxirlariga kelib Movaraunnahrning iqtisodiy ahvoli kundan-kunga yomonlashib boradi. 🔸1370 yil Amir Temur Balxda bo‘lib o‘tgan qurultoyda Turonning bosh amiri etib e’lon qilinadi. Chingizning qizi Saroy Mulk Xonim bilan nikohi esa Amir Temurga “gurgan”, ya’ni “xonning kuyovi” faxriy unvonini berdi. 🔸Amir Temurning asosiy vazifasi parchalangan davlatga bardosh berish va alohida yerlarni bir davlatga birlashtirishdan iborat bo‘lgan. Mazkur davlatning poytaxti etib u Samarqandni tayinlab, tezkorlik ila shaharning himoya devorlarini, qo‘rg‘onlar va saroylarni barpo etishni boshlaydi. 🔸Amir Temur Amudaryo va Sirdaryo orasidagi yerlarni, shuningdek, Farg‘ona va Shosh viloyatlarini o‘ziga bo‘ysundirib, birlashtiradi, so‘ngra bosqinchilik yurishlarini boshlaydi. 🔸Amir Temur hukmronligi 35 yil davom etgan (1370 - 1405). U Ind va Gangdan Sirdaryo va Zarafshongacha, Tyan Shandan Bosforgacha bo‘lgan katta saltanatni yaratgan. Hayotining katta qismini yurishlarda o‘tkazgan. 🔸Amir Temurning hayotlik vaqtida davlat boshqaruvi haqida so‘zlovchi “Temur tuziklari” nomli maxsus asar yozilgan. Asar ikki qismdan iborat bo‘lib, O‘rta asrning bebaho tarixiy manbasi hisoblanadi. Unda Temurning hayotiy voqealari bilan bog‘liq tarjimai xoli, atoqli davlat arbobi va sarkardaning harbiy san’atga bo‘lgan nuqtai nazari, davlat tuzilishi va boshqaruvi kabilar bayon qilingan. 🔸Amir Temur tomonidan yaratilgan markazlashgan, kuchli boshqaruvga ega davlat ushbu bebaho qoidalar majmuasi hisoblanmish kitob asosida yaratilgan. 🔸Yirik davlatni yaratib, Amir Temur mamlakatning iqtisodiy va madaniy rivoji uchun sharoitlarni tayyorlagan. O‘tgan davrlarning qadimiy an’analari yangi tarixiy ko‘rinishda qayta tiklanadi. 🔸Yaqin va O‘rta sharq bo‘ylab Movaraunnahr savdo-sotiq, iqtisod va madaniyat markaziga aylanishi zamirida, Samarqand, Kesh, Buxoro, Termiz, Toshkent, Marv va boshqa qadimiy shaharlar obodonlasha boshlagan. 🔸Masjid, madrasa, maqbara, karvon-saroy va hammomlarning katta binolari qad rostlay boshlagan. Har qanday g‘alaba me’morchilikda abadiylashishi odatiy holatga aylanib qolgan. Quruvchilik faoliyatida Amir Temur ma’lum bir siyosiy maqsadlarga amal qilgan - u qurdirgan inshootlar saltanatining kuch-qudratini ko‘rsatib bera olishi kerak bo‘lgan. 🔸Boshqaruv yillari davomida Amir Temur feodal tarqoqlikka barham beradi, Fransiya, Angliya, Kastiliya kabi yirik Ovrupa qirolliklari bilan savdo-diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yadi. Afsuski, Amir Temurning vafotidan so‘ng G‘arbiy Ovrupa bilan savdo-diplomatik aloqalar nihoyasiga yetadi. 🔸Amir Temur 1405 yil Xitoyga yurishi vaqtida O‘tror shahrida vafot etgan.

149 views

Publizéiert 9. Abr.

137 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••757677787980•••8485
ViregteSäit 77 vun 85Nächst