TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Zurück zu Kanälen
Oʻzbekoyim avatar

TGINSIGHT CHAT

Oʻzbekoyim

@Uzbekxonim

Bildung

“Yangi O’zbekiston” universiteti prorektori, PhD, dotsent Hilola Nazirovaning shaxsiy kanali

Abonnenten355Aktuelle Abonnentenzahl
Erfasste Beiträge451Indizierte Beitragsanzahl
Aktuelle Reichweite9,684Ansichten der letzten Beiträge
Aktuelle Beiträge

Aktuelle Beiträge

S. 3 von 38 · 451 Beiträge

Gepostet 23. Nov.

#kelajaksoati#bayroq34K Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Kelajak soati” loyihasidan “Yangi O’zbekiston” universiteti talabalari bayroq chorlovini qabul qilishdi. Ushbu chorlovga siz ham qo’shiling! Eng yaxshi ijodiy ishlar 25-noyabrga qadar davom etadigan chellenjda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi! @Uzbekxonim

611 views

Gepostet 17. Nov.

#bayram Talaba bu – talab qiluvchi, o‘qib-o‘rganib, dunyoni o‘zgartiruvchi katta kuchdir! Talaba – ilm bir xazina bo‘lsa, unga mos kalitni umr bo’yi qidirguvchi va nihoyasida topguvchidir. Bu izlanishlar, tinimsiz o‘qishlar orqali siz dunyoda ilm va bilim nurini sochguvchi asosiy insonlarga aylangansiz. Bugungi kunda dunyodagi talabalar soni 264 millionni tashkil etadi, bu dunyo aholisining 3.2% ga teng degani. Tasavvur qiling, shu kichik ulush ichida siz borsiz! Talabalikka bejiz maqom deyilmaydi. Oltin davr deyilmaydi. Ilmga sarflangan 4 yilingiz keyingi 40 yilingiz kafolatidir! Yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanib, ilm yo’lidan aslo chekinmang. Hadisi shariflarda “Ilmni Xitoyga borib bo’lsa-da, o’rganing” deyilganini eslang. Najotingiz ham, qurolingiz ham – ilm bo’lsin! Shunday ekan, bu mashaqqatli yo‘lingizdan ortga chekinmang, o‘rganing, kashf qiling va dunyoni o‘zgartiring! Xalqaro talabalar kuni bilan! Hilola Nazirova “Yangi O’zbekiston” universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor @Uzbekxonim

678 views

Hashtags

Gepostet 9. Nov.

"Ayol. Tarix. Tamaddun" — o’tmish va kelajak o‘rtasidagi ko‘prik 4-noyabr kuni Samarqand shahrida YUNESKOning 43-sessiyasi doirasida “Ko‘p tomonlama hamkorlik orqali gender tengligini rivojlantirish” nomli seminari bo’lib o’tdi. Ushbu seminarda "Ayol. Tarix. Tamaddun" nomli kitob-albomning taqdimoti o’tkazildi. Bu loyiha O‘zbekiston tarixidagi 100 mashhur ayollarning jamiyat, davlatchilik va madaniyat rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini yoritishga qaratilgan. O‘zbekiston Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan nashr etilgan ushbu kitobni Bosh vazir o‘rinbosari, Qo‘mita raisi Zulayho Mahkamova YUNESKOning gender tengligi bo‘yicha kun tartibi doirasida taqdim etdi. "Ayol. Tarix. Tamaddun" shunchaki kitob emas — u o‘tmish donishmandligini bugungi kun intilishlari bilan bog‘laydigan, sivilizatsiyamizni shakllantirgan ayollarning aqliy va ma’naviy qudratini namoyon etadigan madaniy ko‘prikdir. 🇺🇿 Albomda miloddan avvalgi VII asrdan milodiy XIX asrlarda yashagan 37 nafar tarixiy ayolning hikoyalari, shuningdek, 5 ta ramziy turkiy ayol timsoli va O‘zbekiston bo‘ylab ayollar nomi va merosi bilan bog‘liq 19 ta muqaddas ziyoratgoh haqida ma’lumotlar jamlangan. Har bir hikoya tarixchilar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, haqiqiy arxiv manbalari asosida yaratilgan. Bu asar tariximizning unutilgan qahramon ayollarini — jasorati, aql-u zakovati va yetakchiligi bilan avlodlarni ilhomlantirib kelayotgan ayollarni qayta kashf etishga qaratilgan. Ushbu kitobning mualliflaridan biri ekanimdan mamnunman. Shuningdek, Gulnoz Mo‘minova, Feruza Jumaniyozova, Nodirabegim Nurilloh, Tillaniso Nuryo‘g‘di, Mukarram Nurmatova va ayniqsa Guljamol Asqarova kabi jamiyatimizning faol ayollari ushbu kitob ustida ter to’kishdi. ✨ Umid qilamanki, bu kitob ayolning ta’siri oilasidan-da kengroq ekanini — u sivilizatsiya, donolik va taraqqiyot kuchi ekanligini eslatib turadi. Fotolar: Husniddin Ato @Uzbekxonim

748 views

Gepostet 21. Okt.

#bayram Bugun 21-okt(y)abr – O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan tarixiy sana. Bu kunda tilimizga e’tibor har doimgidan kuchayadi, o’zbek tili odamlarning yodiga qayta tushadi. Nimaga qayta tushadi deb aytyapman? Men doimo tilimizni havoga o’xshataman. Biz nafas oladigan havoga. Sababi biz nafasning qadrini, havoning borligi yo ifloslanganida, yo yo’qolganida, nafasimiz qisganida yodga olamiz, ko’proq qadrlaymiz. Ona tilimiz ham shunday. Kundalik muloqotda tabiiy hodisadek qabul qilamiz, yo’qolsa-chi, nima qilamiz? O’zbek tili dunyoda lotin, kirill, arab yozuvida yoziladigan kam sonli, noyob tillardan biridir. Uning qadimiyligi ham alohida mavzu. Misol uchun, birgina “men” so’zini aytganingizda siz 1300 yillik dovonni bir deganda bosib o’tasiz! Bu so’z O’rxun-Enasoy bitiklarida bän / ben shaklida, XI-XIV asrlarda men/min ko’rinishida, XIV asrdan to bugungi kungacha men/man bo’lib qo’llanib kelinadi. Oyina.uzjamoasi bilan birgalikda tayyorlangan ushbu videorolikda esa tilimizning bugungi kungacha foydalangan 6 xil alifbosidagi “Men o’zbekman” yozuvlarini ko’rishingiz mumkin. Bayram barchaga muborak! Tilimiz havoday sof, kerakli va aziz bo’lsin! @uzbekxonim

770 views

Hashtags

Gepostet 27. Sept.

#ustozlik Bugun Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida “Najot” loyihasining ilk soni – “Yo’l” filmi namoyishi bo’lib o’tdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Bo’stonliq tumanidagi o’qituvchi va murabbiylar bilan bo’lgan uchrashuvida so’zga chiqqan Billura Ikromova ingliz tili o’qituvchisi ekani, “El-yurt umidi” jamg’armasi stipendianti bo’lib, Buyuk Britaniyaning Reading universitetida magistratura bosqichini tamomlab, hozirda Buxoroning chekka qishlog’idagi maktabda dars berayotganini aytganida, zaldagi chet ellik vakillar ham tik oyoqda qarsak chalishgani yodimda. “Yo’l” – ana shu qahramon o’qituvchining hayot yo’lini yoritib bergan qisqa metrajli film hisoblanadi. Billuraning hikoyasini eshitganimda, asli hindistonlik Gayatri Chakravorti Spivakning Kolumbiya universiteti professori bo’lishiga qaramay, Hindistonning chekka qishloqlariga muntazam ravishda borib dars bergani yodimga tushdi. U o‘z grantlari va kitoblaridan tushgan mablag‘ hisobiga qishloqlarda qizlar uchun ta’lim loyihalarini qo‘llab-quvvatlagan. Spivak ta’limni ijtimoiy adolatning asosiy kaliti deb bilgan va nazariy ishlarini amaliy faoliyat bilan bog‘lashga harakat qilgan. Billuraning bakalavr va magistratura bosqichlarini o’qish orasi naq 10 yil! Shuncha vaqtlik tanaffusdan keyin ham ilmga bo’lgan intilishning so’nmasligi filmda ta’kidlanishicha, albatta, turmush o’rtog’ining qo’llab-quvvatlashiga bog’liq bo’lgan. Har kuni 250 km yo’l bosib, chekka qishloq bolalarini o’qitish uchun yo’lga chiqqan Billura bugun ham o’zining fidoyiligi, ham muvaffaqiyatlari bilan boshqa barcha pedagoglarga namuna bo’la oldi. Ushbu filmni nafaqat o’qituvchilar, balki farzandimni o’qitaman, orzulariga qanot bo’laman, degan barcha ota-onalarning ko’rishini istayman. Bu “Yo’l” – sizning, bizning, barchamizning yo’limizdir, to’g’ri, kimdadir maslak boshqa, muhit boshqa, lekin maqsadimiz BIR! Ingliz tili o’qituvchisi Billura Ikromovaning faoliyati haqidagi film ana shu maqsadni yana bir bor eslatdi! Film ijodkorlariga o’z minnatdorchiligimni bildiraman! G’oya muallifi – Xilola Umarova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari. Loyiha rahbari – “Oyina.uz” bosh muharriri Inobat Ahatova Filmni bu yerda tomosha qilishingiz mumkin– https://youtu.be/w2f4UQSGsXw

1,070 views

Hashtags

Gepostet 24. Sept.

NewUU – Kelajak yetakchilarini tayyorlovchi eng yaxshi universitet ⚡️ “Yangi O'zbekiston” universiteti “ICTWeek Uzbekistan – 2025” AKT haftaligida Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan “Kelajak yetakchilarini tayyorlovchi eng yaxshi universitet” nominatsiyasida g'oliblardan biri sifatida e'tirof etildi. ✨Ushbu yutuq universitetimiz IT sohasida yoshlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratib berayotganligi, turli xakaton va musobaqalarga mezbonlik qilib, sohaning rivojiga salmoqli hissa qo'shayotganligi natijasidir. 🎗Mazkur e'tirof bilan universitetimiz xodimlari, akademik jamoasi va talabalarimizni tabriklaymiz. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #ICTweek#engyaxshiuniversitet ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

597 views

Gepostet 17. Sept.

Bugun “Yangi O‘zbekiston” universitetining ilk bitiruvchilari uchun diplom olishmarosimini oʻtkazdik. Yodimda, 2021-yil hurmatli Prezidentimizning tashabbusi va qarorlari bilan Toshkent shahrida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti tashkil etilgan, ilk talabalarimizni qabul qilib olgan edik. Oradan 4 yil oʻtib, bugun “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida ilk bitiruvchilarimizga diplom topshirib, katta hayotga kuzatdik. Universitetning Dasturiy ta’minot muhandisligi, Mexanika muhandisligi hamda Kimyo va materialshunoslik muhandisligi yo‘nalishlarida tahsil olgan 129 nafar bitiruvchiga diplomlar topshirildi. Ayniqsa, top-10 bitiruvchiga diplom va Prezidentimiz sovg‘asi ham topshirilgani hayajonli boʻldi. Ushbu esdalik sovg‘ada eng bilimli 10 nafar bitiruvchi bilan davlat rahbarining surati va imzosi aks etgan. Universitet jamoasi qisqa davrda xalqimiz va davlatimiz rahbari ishonchini oqlab, katta natijalarga erisha oldi, oliygohning bir qancha yoʻnalishlardagi tajribasi butun mamlakatimiz OTMda tatbiq etilmoqda. Hozirda universitetning 96 nafar talabasi doimiy ish bilan ta’minlangan. Ular allaqachon Epam Systems, Kiberxavfsizlik markazi, Fan vaolimpiadalar markazi, Al-Xorazmiy universiteti, Ucell, MobiUz, Payme, Ipoteka bank, “O‘zsanoatqurilishbank” AJ, “O‘zmilliybank” AJ, “Ipak yo‘li bank” AJ, Biznesni rivojlantirish bankiATB, Korzinka.uz, TBC Bank kabi yirik mahalliy va xalqaro tashkilotlarda ish boshlagan. Hurmatli bitiruvchilar va ularning ota-onalari, universitet jamoasi, barchangizni yana bir bor tabriklayman. Qadrli bitiruvchilar, bilim va tajribangizni mamlakatimiz ravnaqi yoʻlida sarflab, Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlashingizga ishonaman. @hilola_umarova

784 views

Gepostet 16. Sept.

#universitet “Yangi O’zbekiston” universitetida faoliyatimni boshlaganimga 1 yildan oshdi. Jamoa va talabalar bilan ko’plab tadbirlar, loyihalar, tashabbuslarni amalga oshirdik. Har bir ekilgan nihol vaqti kelib azim daraxtga aylanadi, meva tugadi. Universitet ana shu ilk mevalarini tugish, qaldirg’ochlarini uchirish arafasida. 4-kurslar bilan ko’p ham faol ishlashga imkon bo’lmadi. Sababi yilning ikkinchi yarmidan amaliyotga chiqib ketishdi. Lekin deyarli har biri bilan munosabat qurilgan, shaxsan o’zim tomonimdan suhbatlashilgan. Bitiruvchilar orasida 4 yil ichida faqatgina diplomning o’zinigina ko’tarib ketayotganlar ozchilikni tashkil qiladi. Ularning har bir eng kamida 1 ta katta yutuqqa erishgan. Misol uchun, Robiyaxon Nabijonova mexanika muhandisligi talabasi, Britaniya Kengashining STEM sohasidagi ayollar uchun ajratilgan stipendiyasini qo’lga kiritgan. Ruxsora Toirova – universitetning birinchi Talabalar Kengashida Ta’lim yo’nalishi vaziri bo’lib, “Newish” jurnaliga asos solib yuritgan, hozirda Fan olimpiadalari markazida ishlaydi. Zuhriddin Faxriddinov va Javohir Jumaboyev “El-yurt umidi” jamg’armasining bu yilgi g’oliblari. Nurislom Mahkamjonxojizoda – “Oygul” sotuv platformasi asoschisi. Bu platforma President Tech Award tanlovida 100 ming $ ni naqd qilgan. Hozirda kursdoshi Abdumalik bilan birga shu start upda ishlashadi. Firdavs Sobirov – kimyogar, xalqaro Kimyo olimpiadasi sovrindori, aruz vaznida she’rlar yozib turadi, kam sonli iqtidorlardan. Asadbek Tajimuratov va Marjona Rahmatillayeva – har ikki talaba ham Erasmus grantini qo’lga kiritib, endi magistraturani dunyoning 3 mamlakatida bepul o’qish imkoniyatiga ega. Zulfiya Usmonova – dunyoning TOP 50 universitetiga kiruvchi TUM universitetiga magistratura uchun oktyabr oyida jo’nab ketadi. Abrorbek Butaev kabi o’zining o’quv markaziga ega bo’lgan talabalar ham topiladi. Muhiddin Abduazimov universitet va agentlik tadbirlarida boshlovchilikni mahorat bilan olib borgan bo’lsa, Alibek Olimov universitetda “Music club” lideri hisoblanadi. O’tgan yili “Shamsi Qamar” teatriga borganimda Muqaddasni ko’rib qolgandim. Asaloy ham she’riyat, adabiyotga qiziqadi. She’riy kechalarga borib turadi. Ochig’i, o’qib-o’rganishi kodlar-u matematika formulalardan iborat bo’lgan talabalarni bunday joylarda ko’rib hayron qolgandim. Zohidabonu Alisherova va Umida Madiyorovalar “Raqamli avlod qizlari”da g’olib bo’lishganidan so’ng AQShda ta’lim sayohatida birga bo’ldik. Va bugungi Bitiruv marosimining eng katta tashkilotchisi, yordamchim Charos Abdusattorova – universitetdagi eng faol talabalardan. Undagi muammoni hal qilish va vaziyatga tezda moslashish kabi “soft skill”lari bugun uncha-muncha “Z” avlodda topilmaydi. Yana ko’plab talabalarni nomma-nom aytish mumkin. Qadrli bitiruvchi talabalar, hayotingizdagi eng muhim bosqichlardan biri boshlanmoqda. Universitetda olgan bilimlaringizni qo’llay olishingiz, jamiyatda o’z o’rningizni topa olishingiz kelajagingizni belgilaydi. Ko’zlagan maqsadingizga erishishingizda yo’lingiz ochiq, yuzingiz yorug’ bo’lsin! Izoh: Birinchi rasmda bugun Prezidentimiz bilan bo’lgan uchrashuvda qatnashgan universitetning TOP 10 talabalari, ikkinchisida Bitiruvga tayyorgarligimiz. @Uzbekxonim

822 views

Hashtags

Gepostet 1. Sept.

#bayram 🇺🇿Mustaqillik – xalqimizning asriy orzusi, milliy o‘zligimiz va erkinligimiz ramzi, tinch va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. 34 yil davomida yurtimiz ulkan yutuqlarga erishib, dunyo hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi. Bugun biz barchamiz tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot sharoitida yashamoqdamiz. Bu yutuqlar, eng avvalo, xalqimizning mashaqqatli mehnati, yurtimiz taraqqiyoti uchun fidokorona sa’y-harakatlari samarasi ekanini alohida ta’kidlash joiz. Avvalari maktablarda “Mustaqillik – bu huquq demakdir” deb takror-takror o’qitilardi. Bugun ushbu so’zning ma’nosi, mazmuni kengayib, juda katta anglamni o’zida tashimoqda. Farzandlarimizga istiqlolning qadr-qimmatini, tariximiz sarlavhalarini, ota-bobolarimiz hayot yo’llarini ularga oson va tushunarli uslubda yetkazish vazifasi turgandi. Ana shu vazifani bajarish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi “Kelajak soati” milliy tarbiya plaftomasi ustida ish olib bormoqda. Platformadagi darslar “Yangi O’zbekiston g’oyasi – shaxs, qadriyat, taraqqiyot” g’oyasi atrofida birlashgan. Ushbu g’oya Prezidentimiz Shavkat Miromonovich tashabbuslari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Uktamovna boshchiligida amalga oshirilmoqda. 🇺🇿Ushbu platformaning oliy ta’lim muassasalari talabalariga mo’ljallangan 1-darsini “Yangi O’zbekiston” universitetida o’tib ko’rdim. Yangi formatdagi dars va videokontentlar talabalarga manzur keldi, vatan haqidagi qo’shiqlarni birgalikda kuylashdi. Videoda ana shu dars jarayonlaridan lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin. 🇺🇿Bayramingiz muborak bo’lsin, aziz yurtdoshlar! @Uzbekxonim

913 views

Hashtags

Gepostet 25. Aug.

Aziz talabalar, hurmatli professor-o‘qituvchilar! Barchangizni yangi 2025/2026 o‘quv yilining boshlanishi bilan chin qalbimdan tabriklayman! Bugun sizlarning hayotingizda unutilmas iz qoldiruvchi oltin davr – talabalik davri boshlanmoqda. Bu yil ham o‘z oldimizga katta maqsadlarni qo‘yib, ta’lim va tarbiya sohasida yuksak marralarga erishish yo‘lida birgalikda harakat qilamiz. “Yangi O‘zbekiston” universiteti – nafaqat bilim maskani, balki yoshlarga o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etish, tashabbuskorlik va intellektual rivojlanish imkonini beruvchi muhitdir. Ushbu imkoniyatdan bor kuchingiz bilan foydalaning, izlaning, o’qib-o’rganing. Bizning eng katta orzu va maqsadimiz – barkamol, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega yoshlarni tarbiyalashdir. Shunday ekan, sizlardan qat’iyat, sabr-toqat, intilish va izlanishdan to‘xtamaslikni so‘rayman. Yangi o‘quv yili barchamizga ilhom, kuch-quvvat, yangi marralarni zabt etish uchun mustahkam ishonch ato etsin! Sizning har biringiz yurtimiz taraqqiyoti va kelajagi uchun o‘z hissangizni qo‘shishingizga ishonaman. Hurmat bilan, “Yangi O’zbekiston” universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori Xilola Nazirova (Yuqorida “Yangi O’zbekiston” universitetida 18-22 avgust kunlari tashkil etilgan “Tanishtiruv haftaligi” haqidagi lavha taqdim etilgan)

788 views

Gepostet 19. Aug.

🎉Orientation Week has officially started! 🌟 Day 1 is behind us — welcome speeches, new faces, campus vibes, and the first steps into student life at New Uzbekistan University. 🚀 And guess what? This was just the warm-up. Ahead is a whole week full of events, clubs, creativity and new friendships! 💙 Stay tuned — the best part is only starting!

833 views

Gepostet 25. Juli

🛰Uzcosmos va "Yangi O‘zbekiston" universiteti o’rtasida memorandum imzolandi! ➖Kelishuvga ko'ra talabalarni zamonaviy yo‘nalishlarda o‘qitish, ularning bu boradagi g’oya hamda tashabbuslarini qo‘llab – quvvatlab amaliy ko‘nikmalarini oshirish, turli grant dasturlariga jalb etish orqali yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash kabi qator yo'nalishlarda hamkorlik qilinadi. Batafsil: https://gov.uz/oz/uzspace/news/view/72051 ——— 🛰Подписан меморандум между Uzcosmos и Университетом Нового Узбекистана! ➖Согласно соглашению, будет осуществляться сотрудничество по ряду направлений, таких как обучение студентов современным профессиям, поддержка их идей и инициатив в этой области, повышение их практических навыков, а также привлечение к грантовым программам, формирующим специалистов нового поколения. Подробнее: https://gov.uz/ru/uzspace/news/view/72051

1,070 views
12345•••10•••20•••30•••3738