TGINSIGHT CHAT
Oʻzbekoyim
@Uzbekxonim
Bildung“Yangi O’zbekiston” universiteti prorektori, PhD, dotsent Hilola Nazirovaning shaxsiy kanali
Aktuelle Beiträge
S. 4 von 38 · 451 Beiträge
Gepostet 20. Juli
#yakshanba_tavsiya Vaqti-vaqti bilan bo’lsa-da yakshanba uchun turli mavzudagi podkastlarni tavsiya qilib kelayotgan edim. Bu safargi podkastda o’zim ham ishtirok etganman. “O‘tkan kunlar” romaniga odatda har bir o’zbek o’qishi kerak bo’lgan kitob, deya ta’rif beriladi. Ushbu podkastga ham men shu ta’rifni qo’llagan bo’lar edim. Jo’raqori Bo’tako’z – qariyb 100 yoshli o’zbek metsenati. Aynan Qodiriy asarini chop etish uchun Pokistonda bir yil harf teruvchi, yana bir yil noshir bo’lib ishlagan, shuncha harakat, shuncha xarajat evaziga 5000 nusxa kitobni xorijdagi o’zbeklarga tekinga tarqatgan inson. Bu ziyoli inson haqida ilk tasavvurim Xayriddin Sultonning “Navoiy 30” kitobi orqali uyg’ongan. So’ngra o’zlarining avtobiografik asari “Bo’tako’znoma”ni o’qiganimdan keyin ular bilan yaqindan tanishish istagi uyg’ongandi. Okeanorti yurtidan har yili O’zbekistonga keladigan Jo’raqori akaning bu yilgi tashrifi so’ngisi ekan. Shu fursatdan foydalanib “Hoshiya podcast” jamoasi bilan bir suhbat tashkillashtirdik. Buni qarangki, 7 kun ichida You Tube’dagi ko’rishlar soni 30 mingga yaqinlashib qoldi. Bugungi kunda trendda bo’lgan O’zbekistonlik g’oyasining ilk namoyondasi – AQShdagi o’zbek ziyolisining bir asrlik umr yo’li, millat ruhi, xalqparvarlik tuyg’usining ahamiyati haqida tinglamoqchi va ko’rmoqchi bo’lsangiz, yakshanba oqshomingiz uchun shu podkastni tavsiya qilaman. https://www.youtube.com/watch?v=EYNlIQ--8C4
Hashtags
Gepostet 14. Juli
Ҳилола Умарова Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбарининг таълимни ислоҳ қилиш бўйича ўринбосари лавозимига тайинланди. Умуман, бугун эълон қилинган тайинловларда Президент Администрацияси раҳбарига тайинланган 6 нафар ўринбосарнинг ярмидан кўпи – 4 нафари аёл киши экани жуда яхши хабар, мен бу ўзгаришларни ёқлайман. Аввало, 2 нафар мактаб ўқувчисининг онаси, қолаверса, аёллар ва эркаклар тенг ҳуқуқлилигини тарғиб қилувчи фаол сифатида ягона аёл вазир Ҳилола Ўктамовнанинг фаолиятини диққат билан кузатаман. Энг катта ва муаммоли соҳаларимиздан бири бўлган умумтаълимнинг чексиз муаммолари билан курашиб оптимизмини йўқотмаганига тан бераман. Ҳилола Умаровани жуда кўп танқид қилишади. Лекин у раҳбарлик қилган йиллари бўлган ижобий ўзгаришларни холис тан олиш керак. Масалан: - Халқаро фан олимпиадаларидаги ютуқларимиз кескин кўпайди: 2019 йилда 29 та медал олинган бўлса, 2024 йилда 128 та медал қўлга киритилди. 2025 йилнинг дастлабки 6 ойида юртимиз ўқувчилари 17 та халқаро олимпиадада 170 та медалга сазовор бўлди. Бугун ҳам 4 та ўқувчимиз кимё бўйича халқаро олимпиадада ғолиб бўлиб (2 та олтин, 2 та кумуш), аввал бўлмаган тарихий натижа қайд этишди. - Фан олимпиадалари ғолибларини рағбатлантириш ҳам юқори даражага чиқди: миллиардлабсўммукофотлар берилди. Булар, аввало, давлат раҳбарининг сиёсий иродаси туфайли, қолаверса, таълим тизими мутасаддиларидан тортиб педагоглар, ўқувчилар ва ота-оналарнинг катта меҳнати натижасидир. Жумладан, вазирнинг ҳам. - Давлат мактабларига 2023-2024-ўқув йилида 500 нафардан ортиқ хорижлик мутахассислар жалб этилди ва ҳоказо. Ҳилола Ўктамовнани янги лавозимда таълим учун ва халқ учун манфаатли ташаббуслар билан кўрамиз деган умиддаман. Янги тайинланган барчага, хусусан, аёлларга омад ва муваффақият тилайман! @shahnozxon
Gepostet 15. Juni
#tavsiya Yakshanba oqshomingiz uchun o’zim ishtirok etgan oxirgi podkastni tavsiya qilmoqchiman. Olima Feruza Jumaniyozova bilan tariximizda ko’pchilikka tanish bo’lmagan ayollar haqida suhbatlashgandik. Shaxsan o’zim uchun maroqli va qiziqarli suhbat bo’lgan. Taklif uchun Oyina.uz jamoasiga tashakkur. Buxoroni saqlab qolish uchun arablarga qarshi chiqqan turkiy malika kim edi? 90 ming qo‘shinga boshchilik qilgan xotunni nega yomon ko‘ramiz? https://youtu.be/v8OvvxStbL8
Hashtags
Gepostet 6. Juni
#tabrik Assalomu alaykum! Butun musulmon ahliga Qurbon Hayiti ayyomi muborak bo’lsin! Xalqimiz bugunni o’zgacha kayfiyatda kutib olmoqda, chunki kecha milliy terma jamoamiz shunday ulug’ ayyom arafasida tarixiy natijani qayd etishdi. O’zbek xalqining eng esda qolarli Hayitlaridan bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Shunday ulug’ ayyomda qilgan ibodatlaringiz qabul bo’lsin, tilagan niyatlaringiz amalga oshsin, xonadoningizdan tinchlik va fayz-baraka arimasin. Ilmingiz va molingiz ziyoda, salomatlik va xotirjamlik hamrohingiz bo’lsin. Yurtimiz tinchligiga ko’z tegmasin! Yana bir bor barchaga Qurbon Hayiti ayyomi muborak bo’lsin! @Uzbekxonim
Hashtags
Gepostet 25. Mai
#mulohaza Kecha yurtimizdagi barcha maktablarda “So’nggi qo’ng’iroq” tadbirlari bo’lib o’tdi. Ushbu kun barcha maktab bitiruvchilari uchun orziqib kutiladigan, ayniqsa bitiruvchilarning butun umr yodida qoladigan, katta hayajon bilan qarshilanadigan hodisadir. Kishi hayotida ta’lim-tarbiya eng muhim bosqich hisoblanadi va ilk katta ta’limni aynan maktab beradi. Xuddi Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-ma’oniy” devonining “G’aroyib us-sig’ar” – yoshlik g’aroyibotlaridan “Navodir ush-shabob” – yigitlik (yoshlik) nodirliklariga qadam qo’yishga o’xshaydi. Men ham kecha 3 ta maktabga tashrif buyurdim. Birinchisi o’g’lim 9-sinfni bitirayotgan maktab, ikkinchisi o’zim boshqargan va ta’lim bergan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi, uchinchisi o’zim o’qigan maktab. O’zimning ham maktabni bitirganimga 25 yil to’libdi. Borgan maktablarimda shuni kuzatdimki, shu 25 yillik davr ichida ta’lim tizimimiz katta islohotlarni ko’rdi. Maktab binolari, sharoitlari o’zgardi. Ammo fikrimcha, o’quvchilarning salohiyati baribir eng avvalo o’qituvchining bilimi va beradigan tarbiyasiga bog’liq bo’lib qolaveradi. O’smirlik davrida bola uchun maktab muhiti, ustozning qo’llashi, ilhomlantirishi, tengdoshlarining ta’siri eng katta rol o’ynaydigan jihatlar bo’ladi. Quyida Gazeta.uzda bir qator jamoatchilik faollarining bitiruvchilarga tilaklari jamlangan, fikrimning davomini shu yerda o’qishingiz mumkin: https://www.gazeta.uz/uz/2025/05/25/commencement-2025/ Rasmlarda esa kechagi kun kayfiyati! Gul bozoridagi gullarga navbat va koʻpchilik tomonidan xarid qilinishi kishini quvontirdi.
Hashtags
Gepostet 7. Mai
Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan Karimova Eʼzozxon Gapirjanovna Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari – Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. E’zozxon opani Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga direktor etib tayinlangan vaqtimdan buyon taniyman. Ularning agentlik tizimidagi qilgan ishlari tahsinga sazovor. Har bir viloyatimizning chekka hududlarida o’rganishlar olib borgan fidoyi hamda bugungi kun ta’limining jonkuyarlaridan biri. Ayniqsa, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi o’quvchilar orasida “Turon yo’lbarslari” harbiy-sport musobaqasi, “Teatr – ibratxonadir” Respublika tanlovlarining har yili yuqori saviyada tashkil etilishida ularning katta mehnati bor. Ezozxon opa nafaqat mas’ul sifatida, balki shaxs sifatida mard, tanti va kezi kelganda qattiqqo’l ayol ham. Xususan, “Yangi O’zbekiston” universitetida ham yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori lavozimida ham salmoqli ishlarni amalga oshirganlar. E’zozxon opani ushbu mas’uliyatli vazifa bilan chin qalbimdan tabriklayman. Bolalarimizning taqdiri bevosita bugungi pedagoglarimiz qo’lida ekan, bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlash tizimi ham endi ishonchli qo’llarda deb bemalol ayta olish mumkin. Qisqacha qilib aytganda, bugungi ta’limdagi islohotlar guvohi bo’lib, jadidimiz Abdulla Avloniyning shu gaplari esimga tushdi: “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir. Tarbiyani tug‘ilgan kundan boshlamoq, vujudimizni quvvatlantirmoq, axloqimizni kuchlantirmoq, zehnimizni esa rivojlantirmog‘imiz lozim” @Uzbekxonim 🚀🔵🎬📷🐤
Gepostet 29. Apr.
Qiz bolaning vazifasi oʻqish emas, faqat roʻzgʻor, deya fikr yuritadiganlar, sizlarni “Raqamli avlod qizlari” loyihasi bilan tanishtirishni xohlardim. Loyiha atrofida birlashgan qizlar jamiyatimizdagi koʻplab ijtimoiy muammolarga befarq emas. Ular tabiatimiz, iqlimimiz, taʼlim va ijtimoiy hayotimizni yanada yaxshilash uchun qimmatli gʻoyalarini taklif etmoqda. Gʻurur bilan aytamiz, 2021-yildan buyon anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Raqamli avlod” maʼrifiy loyihasi shu kungacha 7000 dan ziyod qizlarni kashf etdi. Loyiha ichida yaratilgan qanchadan-qancha gʻoya, startaplar yirik loyihalarga aylandi. Joriy yildagi qizlarimiz ham juda faol ishtirok etdi. Ularning ayrimlarini sizlarga tanishtirish uchun mana shu videorolikni ulashyapman. Havas qilishingizga ishonaman. Aqlli qizlarim, sevimli singillarim, yildan yilga safingiz kengayaversin, sizlarni yaxshi koʻraman. Barcha loyihalarimiz zamirida sizlarning bilim-salohiyatingizni yuzaga chiqarish, qoʻllab-quvvatlash maqsadi yotibdi! @hilola_umarova
Gepostet 25. Apr.
#universitet #iqtidorli_talabalar “Yangi O’zbekiston” universitetida ko’plab iqtidorli talabalar tahsil olishadi. E’tiborga molik jihati shundaki, ular o’qiydigan sohalaridan farq qiladigan yo’nalishda ham o’zlarini sinab ko’rishmoqda va o’ylaymanki, buni uddalashyapti ham. Xususan, bugun universitetimizda ochiq tabiat bag’rida talabamiz Nurmuhammad To’lqunov ishlagan “Egizaklar” mini-filmining namoyishi bo’lib o’tmoqda. Nurmuhammad Kiberxavfsizlik yo’nalishining 2-kurs talabasi. Kinoda operator ham, ssenarist ham, rejissyor ham, montajyor ham, bosh qahramon ham o’zi. Kinoning tizeriga o’zingiz baho berishingiz mumkin. @Uzbekxonim
Hashtags
Gepostet 21. Apr.
“Yangi O‘zbekiston” universiteti yanada rivojlantirilib, zamonaviy laboratoriyalar ochiladi Bugun davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev huzurida ta'lim sifatini oshirish bo'yicha taqdimot qilindi. Unda "Yangi O'zbekiston" universitetida ulkan ilmiy salohiyat borligi ta'kidlanib, undan foydalangan holda muhandislik, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, tibbiyot kabi zamonaviy sohalarda mutaxassislar tayyorlashni rivojlantirish, yangi laboratoriyalar ochish rejalari taqdim etildi. Shuningdek, universitetimizda ilm-fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini ta’minlash maqsadida Germaniyaning ilg‘or tajribasidan foydalangan holda zamonaviy universitet klinikasini tashkil etish rejalari davlatimiz rahbari tomonidan yuqori baholandi. Universitetimiz yoshlarga sifatli bilim berish maqsadida ulkan imkoniyatlar taqdim etishda davom etadi. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #Prezident#taqdimot#Mirziyoyev ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Hashtags
Gepostet 18. Apr.
Сизни юзлаб йиллардан кейин эслаб юришларини истасангиз, "Хамса" ёзгудек истеъдодингиз, Регистон қургудек давлатингиз ёки канал қазигудек қувватингиз бўлмаса – дарахт экинг. Тарихчи-манбашунос Ҳилола Назированинг айтишича, Хоразмда Огаҳий эккан тут дарахти бор. Касби мироб (ирригатор) бўлган Огаҳий бир нечта тут дарахтлари эккан экан, улардан биридан ўзига тобут ясашган экан. Яна бири эса унга жонли ёдгорлик бўлиб ҳамон тирик яшнаб турибди. Шундай ноёб ва ибратли маълумотларни улашаётган олимамизга алоҳида ташаккур айтаман. Унинг Инстаграм саҳифасига ўтсангиз, бундан ҳам ажойиб маълумотларни кузатишингиз мумкин. Ҳилолахон, ҳавасдамиз, кузатяпмиз. Олға! @shahnozxon
Gepostet 18. Apr.
#ilm Ziyoli bo’lish ilmli bo’lish bilan birga zamonaviylikni ham talab qiladi. Bugungi davr ham shuni taqozo etadi. Uzoq o’ylashlardan so’ng Instagram hisobimda ilmga doir foydali videolar tayyorlab, ulashishga qaror qildim. Bu jarayon aslida mart oyidan boshlangandi. Ilk videoni ham kanalda ulashgandim. Orada tanaffuslar bilan yana videolarni ulashishni boshlayman. Bu safargi video (instagram tilida aytadigan bo’lsam reels) o’tgan haftadagi Xorazmga xizmat safarim davomida olindi. Albatta, jarayonda Xorazm faxri – Sulton Jaloliddin Manguberdi siymosisiz bo’lmasdi. Batafstil video orqali bilib olishingiz mumkin. Instagram sahifamda yana bir qancha reels’lar bor, sizga foydali bo’lishiga ishonaman. @Uzbekxonim
Hashtags
Gepostet 4. Apr.
✨ Navroʻz bayramiga bagʻishlab tashkil qilingan bayram tadbiri hamda Hancom akademiyasi ochilish marosimidan videolavaha. ➖➖➖➖➖➖➖➖ 💥 The video highlight from the Navruz celebration and the opening ceremony of the Hancom Academy. #festival#navruz ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook