TGINSIGHT CHAT
Oʻzbekoyim
@Uzbekxonim
Bildung“Yangi O’zbekiston” universiteti prorektori, PhD, dotsent Hilola Nazirovaning shaxsiy kanali
Aktuelle Beiträge
S. 5 von 38 · 451 Beiträge
Gepostet 4. Apr.
#1000kitob#1000kitobmaktabi 1000KITOB loyihasi Tarjimon va muharrirlar maktabini boshlamoqda #1000kitobmaktabi tarjimonlik va muharrirlik maktablari va an’analarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan. Uning doirasida tarjimonlar va muharrirlar uchun ikki haftalik intensiv kurslar tashkil etiladi. Bu kurslarda ekspertlarimiz va murabbiylarimiz ilmiy va ilmiy-ommabop tarjima va tahrir bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar beradi. Bitiruvchilar 1000Kitob bilan hamkorlik qilish imkoniga ega bo‘ladi. Ishtirokchilarga yosh, jins va ish tajribasi bo‘yicha cheklovlar qo‘yilmaydi. Asosiy urg‘u inglizchadan o‘zbekchaga tarjimaga beriladi, lekin boshqa tillardan tarjima qiluvchi mutaxassislar ham ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchiga aylanish uchun quyidagi havolaga kirib, so‘rovni to‘ldiring va kerakli hujjatlarni yuboring: https://forms.gle/hp6RAewTBa3f92976 Dedlayn – 14-aprel. Murojaat uchun: @mingkitob_admin O‘rinlar cheklangan, shoshiling! Sahifalarimizga ulaning va ulashing👇 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hashtags
Gepostet 29. März
Oxirgi postimga juda ko‘p munosabat bildirildi, qarab turmaymiz, yordam berishga shaymiz, degan izohlar yozildi. Elning daldasi umid bag‘ishlab, ulug‘ ayyom kunlari yana bir post qo‘yishga qaror qildim. Yo‘ldosh Eshbek xalqimizni milliy ozodlikka boshlagan shoirlardan biri. Shunday shaxsning xor-u zorlikda yashashiga tomoshabinlik qilish bizga yarashmaydi. Eng yomoni, bu ahvol surunkali ravishda davom etmoqda. Shoir sovet davridayoq ta’qibga uchragan bo‘lsa, mustaqillik yillarida ham ro‘shnolik ko‘rmagan, 10-15 yilcha uy qamog‘ida saqlangan. Bu, tabiiyki, oilani uch-quyruqsiz muammolar zanjiriga giriftor qilgan. Ko‘pchilik ziyolilar vaziyatni oldindan yaxshi biladi (sabablarini ham), imkon qadar ko‘mak berib keladi. Yo‘ldosh Eshbek “Yig‘layotgan qiz” timsolida butun dunyodagi barcha ezilgan mazlumlarga, hayotda ko‘p aldangan soddadillarga hamdard, hasratdosh bo‘ldi. Ne tongki, o‘zining ham qismati “yig‘layotgan qiz”ga aylanib ketdi. Bu dunyo aslida aldoqchilardir! Bu dunyo aslida yig‘layotgan qiz! Biror yillar ilgari borganimda Yo‘ldosh Eshbek sobiq yotoqxonaning bir bo‘lmasida yashardi, har holda. Keyin oshxonaga ko‘chib chiqibdi. Oilaviy sharoit shuni taqozo qilgan. Kamida besh jon tiqilib kun kechirmoqda: ota, ona, o‘g‘il, qiz, nabira… Ustiga ustak, shoirni xastaliklar qiynayapti: qand kasali bor, ko‘z ko‘rmay qolgan, o‘t azob beradi… Shu holida ham ijoddan to‘xtagani yo‘q. Og‘riqlar orasida she’rlar bitadi, ulug‘ ulamolarimizdan tarjimalar qiladi (aytib turib yozdirsa kerak). Avvalgi postim ijtimoy tarmoqda keng tarqalib, yaxshi odamlar amaliy yordam taklifi bilan chiqdi, manzilini surishtirgan ham ko‘p bo‘ldi. Menimcha, hamma uyiga borib, bezovta qilmagani durust. Xijolatli... Do‘stlar bilan kengashib, eng to‘g‘ri yo‘l plastik kartaga ko‘mak yig‘ish deb o‘yladik. Shoirning o‘zi bu haqda eshitishni ham istamadi. Shuning uchun shaxsiy karta ma’lumotlarimni e’lon qilyapman. 👉 UZCARD 5614681908452158 (Djabbarov Farrukh) 👉 HUMO 9860060102409871 (Farrukh Djabbarov) 👉 VISA 4195250040623413 (Farrukh Djabbarov) Olganing – birovniki, berganing – o‘zingniki, deganlar. Katta elmiz, bir g‘ishtdan qo‘yib, osmono‘par minorlar tiklaganmiz. Millatim deb yashagan shoirini millatimiz yolg‘iz qo‘ymasligiga ishonaman. Imkoningiz boricha yordam qilsangiz quvonaman, imkoningiz bo‘lmasa tushunaman. Postning ko‘proq odamga yetib borishiga hissa qo‘shing 🙏 🗄Farrux Jabborbek
Gepostet 18. März
#universitet Bugun Mirzo Ulug’bek tumanidagi Markaziy bog’da Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan katta yarmarka tashkil etildi. Unda talabalarimiz ham o’zlarining startap loyihalari bilan ishtirok etishdi. “Yangi O’zbekiston” universiteti asosan aniq soha, texnika, sun’iy intellekt, robototexnika, kimyo muhandisligi kabi yo’nalishlarini qamrab olgani uchun, yarmarkada talabalar va o’qituvchilar tomonidan yasalgan mini robotlar, 3D modeli asosida yaratilgan buyumlar bilan ishtirok etdik. Tashrif buyuruvchilarning aksariyati 4-kurs talabalarining Start Up loyihasiga katta qiziqish bildirishdi. Tuman hokimlaridan tortib bank rahbariyatlarigacha. Start Upning asosiy mazmuni – plastik chiqindilardan qattiq qurilish xomashyosini (bruschatka, g’isht) tayyorlash va uni sanoatda qo’llash. Bu ham tabiatga katta zarar keltiradigan plastik chiqindilarni qayta ishlashga yordam beradi, ham beton homashyodan ancha arzonga xarid qilinadi. Bu loyihaga deyarli 3 yil bo’lgan. Loyiha egalari bo’lgan talabalarimiz Sulton, Emir yaqinda Qozog’istondagi Nazarbayev universitetida ham tajriba o’tab, yangi mahsulot ustida amaliy tajribalar qilib qaytishdi. Bilamizki, Start Up lar odatda boshlanishida o’z-o’zini moliyalashtiradigan loyiha bo’lishadi. Ko’p hollarda tug’ilgan g’oyaning faqatgina originalligi kamlik qilishi mumkin, loyihaning jamiyatga yetib borishigacha ancha qiyinchiliklar, sinovlar boshdan kechiriladi. Loyihani dastlab talabalarimizning ota-onalari qo’llashgan, moddiy tarafdan ta’minlashgan. So’ngra bu qo’llovning yoniga Universitet rahbariyati ham qo’shilgan. Videoda “Aloqabank” banki rahbariyati ushbu Start Up loyihaga qanday qiziqish bildirishgani aks etgan. @Uzbekxonim
Hashtags
Gepostet 8. März
8-MART TARIXI BIZGA NIMALARNI SO’ZLAYDI?! 8-mart sanasi dastlab 1909-yilda AQShda sotsialist ayollarning siyosiy harakati sifatida boshlangan. 1910-yilda Kopengagenda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada Klara Setkin ishchi ayollar huquqlari uchun kurashish maqsadida maxsus kun belgilashni taklif etdi. Rossiyada esa bu sana 1917-yilgi Fevral inqilobidan so‘ng ayollarga saylov huquqi berilishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Keyinchalik, 1922-yilda Lenin tomonidan bu kun “Xalqaro ayollar kuni” deb e’lon qilindi va 1966-yilda Sovet Ittifoqida dam olish kuni sifatida belgilandi. 1977-yildan boshlab esa BMT tomonidan rasman nishonlanib kelinmoqda. O‘rta Osiyo mintaqasida XX asrning 20-30-yillarida ayollar ijtimoiy hayotida sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. 1924-1929 yillarda O‘zbekistonda ayollarni emansipatsiya qilish siyosati doirasida paranjini tashlash kampaniyasi o‘tkazildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu jarayonda 2,500 dan ortiq ayol halok bo‘lgan. Shu davrda mashhur aktrisa Maryam Yoqubovaning hayoti ham bu o‘zgarishlar bilan bog‘liq. 1909-yilda Buxoroda tug‘ilgan Yoqubova yoshligida amir saroyida xizmat qilgan, keyinchalik esa jadidchilik harakatiga aloqador bo‘lgan. U Moskvada o‘qish istagini bildirganida, paranjisiz yurishga qaror qiladi. Dastlab bu unga qiyin bo‘lsa-da, oxir-oqibat o‘z hayotini san’at va madaniyatga bag‘ishladi. U O‘zbekistonda sahna san’ati rivojiga ulkan hissa qo‘shib, “Mahallada duv-duv gap” filmida o‘zbek onasi va qaynona rolini mahorat bilan ijro etdi. Yanada ko’proq ma’lumotlarni videodan bilib olishingiz mumkin. Yangi boshlagan ishimizdan namunalar ko’proq bu yerda joylab boriladi. Bayramingiz muborak aziz va munis ayollar🌷 @Uzbekxonim
Gepostet 1. März
Diqqatimizni qancha daqiqa jamlay olamiz: vahimali statistika. DailyMail nashr etgan tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, kattalar bir ishga atigi 17 daqiqagacha e’tiborini qarata oladi. Zumerlar uchun esa vaziyat yanada murakkab — ularning deyarli yarmi bir daqiqadan so‘ng diqqatini yo‘qotadi. Bunday parokandalikning asosiy sabablari charchoq, stress va smartfonlardagi uzluksiz bildirishnomalardir. Ijtimoiy tarmoqlarni tinmay varaqlash, yangiliklar o‘qish, to‘lib-toshgan elektron pochta — bularning barchasi e’tiborimizni mayda bo‘laklarga parchalab yuboradi. Eng dahshatlisi shuki, hatto yaqinlarimiz bilan suhbatlashayotganimizda ham diqqatimizni 19 daqiqadan ortiq jamlay olmaymiz. Undan keyin esa telefonimizga qaraymiz, xayollarimiz uchib ketadi, muloqot uzilib qoladi. Bu shunchaki raqamlar emas. Bu bizning haqiqatimiz. Biz uzoq vaqt davomida qobiliyat deb hisoblab kelgan ko‘p vazifalilik aslida tuzoq ekan. Hamma joyda va bir vaqtning o‘zida bo‘lishni o‘rgandik-u, ammo ayni damda, shu yerda bo‘lishni unutib qo‘ydik. Vaziyat tobora yomonlashib boraveradi. Kontent miqdori ko‘payadi, algoritmlar bizni yanada qattiqroq o‘ziga tortadi, e’tiborimizni jamlash qobiliyatimiz esa yanada susayib boradi. Agar diqqatimizni boshqarishni o‘rganmasak, oddiy fikrlash, tinglash va his qilish qobiliyatimizni butunlay yo‘qotib qo‘yamiz. Matn – Uzbfashion kanalidan olinib, tilmoch.ai orqali tarjima qilindi. @Uzbekxonim
Gepostet 23. Feb.
#oav “Turizm haqida hamma narsa" jurnalist Elmira Tuxvatullinaning mualliflik ko’rsatuvi – O‘zbekiston madaniy merosini asrab-avaylash, jamoatchilikning bu jarayondagi o‘rni va tarixiy yodgorliklarning taqdiri haqida hikoya qiladi. Kecha shu ko’rsatuvning navbatdagi soni “Dunyo bo’ylab” telekanalida efirga uzatildi. Unda muhofazaga olingan obidalar, arxeologik merosga tahdid solayotgan omillar va jamoatchilik tashabbuslari yoritiladi. Ko‘rsatuvda Tursunali Qosimov, Jannat Ismoilova, Eldor Asanov va kamina ishtirokidagi intervyularni ham ko’rishingiz mumkin. @Uzbekxonim
Hashtags
Gepostet 14. Feb.
Daryoqalb olima, Yangi Oʻzbekiston universiteti prorektori Hilola Nazirova izlamchilar bilan adabiy uchrashuvga taklifnoma joʻnatibdi. Adabiyotsevarlarni kutamiz. Syurpriz va sovgʻalar koʻp boʻlishi kutilayotgan ekan. Telegram | Instagram | Facebook
Gepostet 14. Feb.
Syurprizlarimiz davom etadi 😍 "Izlam"ning birinchi va ikkinchi mavsumidagi jami 24 kitob yangi dizayn va qattiq muqovada maxsus bir nusxada nashr etildi. Ertaga Yangi O‘zbekiston universitetida bo‘lib o‘tadigan "Fonus" adabiy kechasida ushbu maxsus to‘plam auksionga qo‘yiladi. Albatta, keling. "Izlam" maxsus to‘plami egasiga aylanish imkonini qo‘ldan boy bermang. Aytgancha, to‘plamni qanchaga baholaysiz? 📚@akademnashr
Gepostet 12. Feb.
“Yangi O‘zbekiston” universiteti barcha adabiyot ixlosmandlarini she'riyat tadbiriga taklif qiladi ✅ Universitetimizda 15-fevral kuni “Fonus” she'riyat tadbiri bo'lib o'tadi. Ushbu tadbirda zamonaviy adabiyot namunalarini iqtidorli ijodkorlarning xususan, “Izlam” toʻplami mualliflarining o'zidan jonli tarzda eshitishga muvaffaq bo’lasiz. 📖Shoirlar, musiqiy chiqishlar va eksklyuziv auksiondan iborat tadbirimiz adabiyot va she’riyatga qiziquvchilar uchun unutilmas bo'lishiga ishonamiz. 👉Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/SqacVHvov8Sr4xyq5 🗓 Tadbir vaqti: 15-fevral, 10:30 da. 📍 Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti (Movarounnahr ko'chasi 1) Men o’zimni sendan izladim… 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #izlam#adabiyot#shoirlar ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Gepostet 12. Feb.
11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni. Oyina.uz shu munosabat bilan portalda e'lon qilingan olima ayollar haqidagi materiallarni eslatib o‘tadi. ▫️Moda, sport, ilm-fan: "eng birinchi" bo'lgan ayollar ▫️Nega ayol tarixda qolishi uchun faqat siyosiy faol bo‘lishi kerak?! AQShda o‘zbek shoiralari ijodini tanitayotgan olima bilan suhbat ◽️Islomshunos olima Dilsora Fozilova “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi ▫️Universitetga bilim bilan kirish kerak, imtiyoz bilan emas – Amerikada 72 maktabni boshqarayotgan Mavluda Oripova ▫️Manbashunos tarixchi Hilola Nazirova “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi ▫️“O‘zbekistonning parlamentdagi ayollar ko‘rsatkichi Koreyanikidan ancha yuqori” – ilm izidan xorijga ketgan oila bilan suhbat Rasmiysahifalarimiz👇 Telegram | Instagram | X | YouTube
Gepostet 11. Feb.
#Бугун БМТ Бош Ассамблеясининг 2015 йил 22 декабрдаги 70-сессиясида 11 февраль – “Илм-фан соҳасидаги аёллар ва қизлар халқаро куни” сифатида расман эълон қилиниб, 2016 йилдан бошлаб мазкур сана дунёнинг кўплаб давлатларида кенг нишонланиб келинмоқда. "Илм йўлидаги инсон фаришталар қанотида бораркан. Уларга ҳатто сувдаги балиқлар ҳам саловот айтиб тураркан", деганди устозим Юлдуз Ҳошимова. Илм йўли осон эмас... Илм йўлида бардавом бўлган хотин-қизларимиз жуда кўп. Шахсан ўзим таниган кўплаб аёллар орасида олималар бор. Абдулла Қодирий мактабида раҳбарим бўлиб ишлаб, тарих фанлари бўйича PhD ёқлаган, мени илмга қизиқтирган Ҳилола Назирова, Адабиётшуносликда фаол изланаётган устозим Муҳайё Йўлдошева, айни пайтда Ҳиндистонда илмий тадқиқотини инглиз тилида олиб бораётган курсдошим Зуҳрахон, Филология йўналишида DsC томон ҳаракат қилаётган Дилдора Баҳриддинова... санасам адоғи йўқ... Аллоҳ барчаларининг илмларини зиёда қилсин! Каналимиз аъзолари орасида ҳам олималаримиз бўлишса, ушбу кун барчангизга муборак бўлсин! Илм осмонида қуёшдек порлайверинг, азиз Олималар! @Saida_Aziz_Ijodi
Hashtags
Gepostet 11. Feb.
✅Madaniy meros agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi ➡️Joriy yilning 10-fevral kuni Madaniy meros agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining yangilangan a’zolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishning kun tartibidan Jamoatchilik kengashi raisini saylash va a’zolarini tayinlash hamda Agentlikning 2024-yilgi faoliyati va joriy yilda amalga oshirish mo‘ljallangan rejalarni muhokama qilish masalalari o‘rin oldi. Yig‘ilishda Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashining yangilan tarkibi tanishtirildi va bir ovozdan 2025-yil uchun Kengashning raisi etib O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor Ismailova Jannat Hamidovna saylandi. ✔️Ma’lumot uchun, Jamoatchilik kengashi tarkibi rais, rais o‘rinbosari, kotib va a’zolardan iborat bo‘lib, kengashning qarorlari tavsiyaviy xususiyatga ega hisoblanadi. 🌐 Batafsil ✅Telegram✅Facebook🌐Instagram📹YouTube🌐Veb-sayt