TGINSIGHT CHAT
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
@hetmuloqot
Business and startups"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: [email protected] Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz
Recent posts
Page 44 of 84 · 1,004 posts
Posted Dec 26
📌 📌 📌 📌 📌 📌 O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzi, xalqaro reytinglardagi o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda. Xususan, yetakchi xalqaro reyting agentliklari mamlakatimizning suveren reytingini “BB-”dan “BB” pog‘onasiga ko‘tardi. “Bu gaplar ko‘pchilikka oddiy bir fakt bo‘lib tuyulishi mumkin. Lekin iqtisodchilar, investor va bankirlar gap naqadar katta natijalar haqida borayotganini juda yaxshi tushunib turibdi. Birgina ana shu o‘zgarish tufayli chetdan jalb qilinadigan resurslarning foiz stavkasi 1-1,5 punktga pasayib, tashqi qarz xarajati yiliga 250-300 million dollarga kamayadi”, – dedi Prezidentimiz. Shuningdek, Jahon banki e’lon qilib boradigan Davlatlarning texnologik yetuklik indeksida O‘zbekiston 71 pog‘ona yuqori ko‘tarilib, dunyoning TOP-10 ta mamlakati qatoridan joy oldi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Dec 26
📌 📌 📌 📌 📌 📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda hududiy korxona va filallarida xizmat qilayotgan xodimlar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Dec 26
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasi boshlandi. “So‘nggi to‘qqiz yilda biz sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdik. Iqtisodiyotimiz yangidan shakllandi, bozor munosabatlari, ijtimoiy himoyani kengaytirdik, qonun ustuvorligini mustahkamladik. Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson kundalik hayotida his qilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, biz islohotlarni aniq amaliy natijaga aylantirishni o‘rgandik. Buning tasdig‘ini tobora yangicha qiyofa kasb etib borayotgan shahar va qishloqlarimizda, zamonaviy korxonalar, savdo-servis maskanlari, maktab, bog‘cha va shifoxonalar, obod ko‘cha va mahallalar, transport-logistika tizimi, raqamli xizmatlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin”, – dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Dec 26
📌 📌 📌 📌 📌 📌 YANGI O‘ZBEKISTONNING ERTASI QANDAY BO‘LADI? PREZIDENT MUROJAATNOMASINI O‘TKAZIB YUBORMANG! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi joriy yil 26-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Soat 11:00dan boshlab MTRK telekanallari muxbirlari voqea joyidan jonli reportajlarni efirga uzatishni boshlaydi. Bu voqea nafaqat davlat boshqaruvi tizimidagi, balki har bir fuqaro hayotidagi muhim palla hisoblanadi. Murojaatnomada mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlari belgilab beriladi hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlar yangi bosqichga ko‘tariladi. – Yilning eng muhim siyosiy voqeasini o‘zingizga qulay tilda tomosha qiling: – Surdotarjima bilan (o‘zbek tilida): «O‘zbekiston» telekanalida; – Rus tilida tarjima bilan: «Dunyo bo‘ylab» va «Toshkent» telekanallarida; – Ingliz tilida tarjima bilan: «Yoshlar» telekanalida. Onlayn: Prezidentning rasmiy veb-sayti (president.uz), Facebook, Instagram, YouTube va Twitter (X) sahifalari orqali. Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichiga oid strategik rejalarni birinchilardan bo‘lib kuzating! 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱het.uz
Posted Dec 25
📌 📌 📌 📌 📌 📌 “QO’SHCHINOR” MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA Aholi xonadonlarini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Andijon tumani elektr ta’minoti tomonidan Qo'shchinor MFY hududida amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 0,3 km uzunlikdagi 10 kV kuchlanishli elektr tarmog‘ini tortish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, aholi ishtirokida hashar yo‘li bilan olib kelingan quvvati 160 kVA bo‘lgan transformatorni ishga tushirish bo‘yicha zarur texnik tadbirlar bajarilmoqda. Ushbu ishlar yakunlangach, hududdagi iste’molchilarning elektr ta’minoti sifati va ishonchliligi yanada yaxshilanadi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Dec 25
📌 📌 📌 📌 📌 📌 NUROTA TUMANIDA ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATLARI FOSH ETILDI Tumanda o‘tkazilgan navbatdagi reyd tadbirlari davomida “Nurfaxr” mahallasida yashovchi fuqaro yashash xonadonida elektr ta'minotini elektr hisoblagichdan tashqari tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan holda foydalanib kelinayotgani aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 94 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi. Shuningdek, hududning “Yangi hayot” mahallasida yashovchi fuqaro xonadonida ham elektr energiyasi iste’moli tekshirilganda, hisoblagichdan tashqari tarmoqdan foydalanish holati aniqlanib, 85 million so’m hisoblandi. To‘plangan materiallar yuzasidan qayta hisob-kitob qilinib, hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilish bo‘yicha nazorat tadbirlari davom etmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Dec 25
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Elektr va gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik uchun jinoiy javobgarlik bor Mazkur jinoyatlaruchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishimumkin. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Dec 24
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Har bir bir xonadonda yorug‘lik bo‘lishi ortida mutaxassislarning mashaqqatli mehnati, mas’uliyati va kasbiga bo‘lgan sadoqati mujassam. Xususan, Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasining jonkuyar xodimlari shaharning “Sheyxon” MFY Qo’riq ko’chasi iste’molchilarini me’yor darajasidagi elektr ta’minoti bilan ta’minlash uchun kech kirganligi va ob - havoning sovuqligiga qaramay mehnat qilishmoqda. Bugungi ishni ertaga qoldirmaydigan fidoyi xodimlar tomonidan hududga 10 dona mustahkam temir beton tayanchlari rostlanib, 1200 metr uzinlikdagi elektr simlari tortildi hamda 100 kVA quvvatdagi transformator punktni o’rnatilib ishga tushurildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Dec 24
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Rasman. Prezident farmoni bilan quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi: (a) 2025-yilda barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) 31 dekabr – chorshanba; (b) 2026-yilda: (i) barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 2-yanvar – juma, 28-may – payshanba, 29-may – juma, 31-avgust – dushanba; (ii) olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar – shanba, 30-may – shanba, 31-dekabr – payshanba. 2. Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq: (a) ishlanmaydigan bayram kunlari hisoblanuvchi 8 mart – Xotin-qizlar kunibayrami 2026-yilda yakshanba – dam olish kuniga va 21-mart – Navro‘z bayrami hamda 9-may – Xotira va qadrlash kunibayramlari besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kunlari mos ravishda 2026-yil 9-mart, 23-mart va 11-may – dushanba kunlariga ko‘chirilishi; (b) ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 2026 yilda 12 dekabr – shanba kunidan 31 dekabr – payshanba kuniga ko‘chirilsin. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Dec 24
📌 📌 📌 📌 📌 📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi! Mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlarini belgilab beruvchi, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlarni yangi bosqichga ko‘taradigan yilning eng muhim siyosiy voqeasini o‘tkazib yubormang! Murojaatnomani quyidagi telekanallar orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin: MTRK tizimida: «O‘zbekiston 24», «O‘zbekiston», «Yoshlar», «Mahalla», «Madaniyat va ma’rifat», «Toshkent», «Dunyo bo‘ylab», «O‘zbekiston tarixi» hamda 12 ta hududiy telekanallar. Nodavlat telekanallarda: «MY5», «Sevimli», «Uzreport TV», «Milliiy TV», «Zo‘r TV». Shuningdek, onlayn translyasiya Prezidentning rasmiy sahifalarida: Veb-sayt:www.president.uz Facebook:fb.com/Mirziyoyev Instagram:instagram.com/mirziyoyev_sh YouTube:youtube.com/PrezidentMatbuotxizmati 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Dec 24
📌 📌 📌 📌 📌 📌 TAXTAKO‘PIRDA YANGI ELEKTR TAʼMINOTI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI Yangi majmuada asosiy binodan tashqari oʻquv maydoni, mashinalar turar joyi va omborxonalar barpo etildi. Bu yerda barcha zarur ish sharoitlari yaratilishiga alohida eʼtibor qaratildi. Bino ochilishiga bagʻishlangan marosimda soʻzga chiqqanlar bugungi kunda chekka hududlarda shahar va tuman elektr taʼminot boʻlinmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Shu kuni tuman elektr taʼminoti korxonasiga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi xizmat avtomashinasi tantanali ravishda topshirildi. Majmuada yaratilgan zamonaviy sharoitlar, texnik va texnologik uskunalar imkoniyatlari muhandis-texnik va ishchi-xodimlarning samarali mehnat qilishiga xizmat qiladi. Shuningdek, korxona mutaxassislarini oʻqitish, operativ-dispetcherlik xizmatida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyish, maʼnaviyat va maʼrifat xonalarining tashkil etilgani ish samaradorligini yanada oshirishga zamin yaratadi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Dec 24
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Yurtimizning barcha hududlarida zamonaviy issiqlik markazlari barpo etiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz