TGINSIGHT CHAT
UzCSD | Markaziy depozitariy
@uzcsd
Business and startupsweb: www.uzcsd.uz Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/ Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd Murojaat uchun: 📞 +998 (71) 211-09-09 📨 [email protected] Takliflar uchun: @UzCSDask_bot
Dènye pòs
Paj 12 sou 84 · 1,005 pòs
Pibliye Dec 22
✍✍✍✍✍✍ Oʼtgan hafta Oʼzbekiston kapital bozorida qimmatli qogʼozlar chiqarilishlari hajmida ijobiy oʼsish qayd etildi Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyatlari soni 695 taga yetdi, aksiya chiqarilishlarining umumiy hajmi esa 264,37 trillion soʼmni tashkil qildi. Hafta davomida qator emitentlar tomonidan qoʼshimcha aksiya chiqarilishlari amalga oshirildi: - “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamgʻarmasi” АJ — qoʼshimcha aksiya chiqarilishi; - “Oʻzbekneftgaz” АJ — ustav kapitali oshirilishi doirasida qoʼshimcha emissiya; - “Mosaic Insurance Group” АJ, “Agros Hayot Sugʻurta kompaniyasi” АJ, “Kafolat Hayot Insurance” АJ — sugʼurta sektoridan qoʼshimcha aksiya chiqarilishlari; - “Toshkent shahar suv taʼminoti” АJ, “Paynet” АJ va “Sirgʻali dehqon bozori” АJ — aksiya chiqarilishlari boʼyicha oʼzgarishlar qayd etildi. Shuningdek, “Digital Pay” АJ tomonidan 20 mlrd soʼmlik birlamchi aksiya chiqarilishi depozitar roʼyxatdan oʼtkazildi. Korporativ obligatsiyalar chiqarilishlarida ham ijobiy oʼsish saqlanib qoldi. Emitentlar soni 34 ta, obligatsiya chiqarilishlarining umumiy hajmi 3,94 trillion soʼmga yetdi. Jumladan, “Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” АJ tomonidan korporativ obligatsiyalarning qoʼshimcha chiqarilishi amalga oshirildi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Pibliye Dec 22
✍✍✍✍✍✍✍ Investitsiya vositachisi faoliyati toʼxtatib turilganda, depozitar operatsiyalar boʼyicha harakatlar tartibi belgilandi Аdliya vazirligi "Investitsiya vositachisi faoliyati toʼxtatib turilgan va tugatilgan taqdirda, depozitar operatsiyalar boʼyicha harakatlar tartibi toʼgʼrisida"gi nizomni davlat roʼyxatidan oʼtkazdi (roʼyxat raqami 3727, 18.12.2025 y.). ⏺Nizomga koʼra, investitsiya vositachisining litsenziyasi toʼxtatib turilganda, u depozitar operatsiyalarni toʼxtatadi hamda bu haqida 2 ish kunida OАV va fond birjasining veb-saytida eʼlon qiladi. ⏺Investitsiya vositachisi uning litsenziyasi tugatilganda yoki bekor qilinganda, deponentlarning hisobvaraqlaridan koʼchirmalarni shakllantiradi va faoliyati tugatilganligi toʼgʼrisidagi xabarnomani deponentga yuboradi. ⏺Deponent xabarnoma 1 hafta muddatda tugatilayotgan investitsiya vositachisiga oʼz qimmatli qogʼozlarini boshqa investitsiya vositachisiga oʼtkazish toʼgʼrisida topshiriq beradi. ⏺Deponent tomonidan bunday topshiriq taqdim etilmaganda, investitsiya vositachisi qimmatli qogʼozlarni «Qimmatli qogʼozlar markaziy depozitariysi» АJga oʼtkazadi. ⏺«Qimmatli qogʼozlar markaziy depozitariysi» АJga vaqtincha saqlash uchun topshirilgan qimmatli qogʼozlarni 1 kun ichida deponent tanlagan investitsiya vositachisiga oʼtkazib berish orqali deponentlarga qaytaradi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Pibliye Dec 17
MARKAZIY DEPOZITARIYDA TRANSFORMATSIYA JARAYONI O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025 yil 11 dekabrdagi “Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini transformatsiya qilish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq jamiyatning yangi tashkiliy tuzilmasi hamda 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasi tasdiqlandi. Mazkur qarorda Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi faoliyatini rivojlantirish, shu jumladan raqamli transformatsiya jarayonini jadallashtirish, xorijiy va mahalliy investorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini xalqaro standartga muvofiqlashtirish hamda qimmatli qog‘ozlar bozorida post-treyding xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish vazifalari ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan, jamiyatning transformatsiya masalalari bo‘yicha Loyiha ofisi hamda mazkur yo‘nalishga mas’ul bo‘lgan bosh direktorning birinchi o‘rinbosari lavozimi tashkil etildi. Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Valiyev Sanjar Shavkatovich tayinlandi. Bunga qadar S.Valiyev O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Xalqaro zaxiralarni boshqarish departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan. Xususan, xalqaro zaxiralar tarkibini diversifikatsiya qilish maqsadida xorijiy davlatlar qimmatli qog‘ozlariga birlamchi investitsiya kiritish hamda zaxiralarni boshqarish amaliyotini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirishda o‘z hissasini qo‘shgan. Shuningdek, ish faoliyati davomida xorijiy markaziy banklar, xalqaro moliya tashkilotlari hamda dunyoning yetakchi banklari bilan hamkorlik qilib kelgan. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Pibliye Dec 16
✍✍✍✍✍✍✍ Yangi depozitar qoidalar: tushunchalar, hisobvaraqlar va amaliyot 🏛 Markaziy depozitariyda “Depozitar operatsiyalar hisobini yuritish qoidalari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. ⏺ Ushbu hujjat ilgari amalda bo‘lgan depozitar hisob standarti o‘rniga qabul qilingan; ⏺ Qimmatli qog‘ozlar hisobini yuritishning yagona tamoyillari belgilab berilgan; ⏺ Xorijiy markaziy depozitariylar va kastodian banklar bilan ishlash tartibi aniqlashtirilgan; ⏺ Depo hisobvaraqlarining yangi turlari joriy etilgan: - xorijiy nominal saqlovchi; - omnibus; - segregatsiyalangan omnibus; - to‘g‘ridan-to‘g‘ri individual hisobvaraq. 🗓Qoidalar 2025-yil 1-iyuldan kuchga kirgan. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Pibliye Dec 15
Kapital bozorini yanada rivojlantirish hamda bank sektoriga xalqaro standartlarni joriy etish masalalari koʻrib chiqildi Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-dekabr kuni kapital bozorini yanada rivojlantirish hamda bank sohasida xalqaro standartlarni joriy etishni jadallashtirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Taqdimotda mahalliy kapital bozoriga kamida 1 milliard dollar investitsiya jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Jumladan, mahalliy va xorijiy fond birjalarida xalqaro standartlar asosida qimmatli qogʻozlarni joylashtirish – “dual listing” amaliyotiga ruxsat berish, shuningdek, valyuta obligatsiyalari, global depozitar tilxatlar, xorijiy qimmatli qogʻozlar hamda birja investitsiya fondlari kabi yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish rejalashtirilgan. Shuningdek, “tartibga solish qumdoni” huquqiy rejimini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. Mahalliy investorlarni kapital bozoriga faol jalb etish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi. Bunda mahalliy kompaniya va banklarga Toshkent fond birjasida xorijiy valyutada obligatsiyalar chiqarishga ruxsat berish orqali tashqi bozorga chiqmasdan turib valyuta mablagʻlarini jalb qilish imkoniyatlari yaratilishi qayd etildi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Pibliye Dec 15
✍✍✍✍✍✍ 🗓HAFTA YAKUNLARI: AKSIYALAR VA KORPORATIV OBLIGAТSIYALAR BOZORI 05-12-dekabr 2025-yil 🏛 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi o'tgan hafta davomida aksiya va korporativ obligatsiya chiqarilishlari bo‘yicha ro‘y bergan o‘zgarishlarni e’lon qiladi. Mazkur statistika qimmatli qog‘ozlar chiqarilishidagi, emissiya hajmidagi o‘zgarishlar hamda emitentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. ⏺AKSIYALAR BO‘YICHA KO‘RSATKICHLAR - Emitentlar soni: 694 - Aksiya chiqarilishlarining umumiy hajmi: 257,54 trln. so‘m (haftalik ko‘rsatkichda o‘sish qayd etildi). ⏺KORPORATIV OBLIGAТSIYALAR - Emitentlar soni: 34 - Obligatsiya chiqarilishlarining umumiy hajmi: 3 737,8 mlrd. so‘m (haftalik ko‘rsatkichda o‘sish qayd etildi). Hafta davomida qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlaridagi o‘zgarishlar ⏺“EUROASIA INSURANCE” AJ Amaliyot turi: Qo‘shimcha aksiya chiqarilishi Hajmi: AJ ustav kapitali 200 mlrd. so‘mga ortdi va 286,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. ⏺“TBC BANK” AJ Amaliyot turi: Qo‘shimcha korporativ obligatsiya chiqarilishi Hajmi: AJ ustav kapitali 168,0 mlrd. so‘mdan 217,6 mlrd so‘mga ortdi. ⏺“SAMARQAND INVEST KOMPANIYASI” AJning10 mlrd. so‘m miqdordagi birlamchi aksiya chiqarilishi depozitar ro‘yxatdan o‘tkazildi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Pibliye Dec 12
🇺🇿Milliy liboslar kuni — dildan chiqqan birlik hissi Bugun Markaziy depozitariyda har bir milliy libos, har bir rang va har bir naqsh jamoamizning ichki ruhini yanada yorqin aks ettirdi. Bugun oddiy ish kuni emas — iftixor, ilhom va o‘zlikni his qilish kuni bo‘ldi. 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Pibliye Dec 11
Noyabr oyida aksiyadorlik jamiyatlaridagi xorijiy investorlar ulushi bo‘yicha o‘zgarishlar dinamikasi 🏛Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining 2025 yil 1 dekabr holatidagi ma’lumotlariga ko‘ra: ⏺O‘zbekiston kapital bozorida 60 ta xorijiy davlatning 4 mingdan ziyod xorijiy sarmoyadori 335 ta mahalliy emitentning 11,8 trln. so‘mlik aksiyalariga egalik qilmoqda. ⏺Chet ellik yuridik shaxslar aksiyalardagi xorijiy ulushning 98,2 foiziga, jismoniy shaxslar esa 1,8 foiziga egalik qilmoqda. ⏺Xorijiy sarmoyalarning eng yirik hajmi moliya sektori tomonidan chiqarilgan aksiyalar hissasiga (10,3 trln. so‘m) to‘g‘ri kelmoqda. ⏺Mamlakatlar kesimida eng yirik ulush Buyuk Britaniya rezidentlariga (3,6 trln. so‘m) taalluqli. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Pibliye Dec 11
Noyabr oyida davlat ulushi hajmidagi o‘zgarishlar dinamikasi 🏛Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining 2025 yil 1 dekabr holatidagi ma’lumotlariga ko‘ra: Noyabr oyida aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat ulushi hajmi 592,5 mlrd. so‘mga ortdi va 183,5 trln. so‘mni tashkil etdi. Davlat ulushi tuzilmasiga ko‘ra: ⏺Iqtisodiyot va moliya vazirligi jami davlat ulushining 66,7 foiziga (122,5 trln. so‘m); ⏺Taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasi 25,7 foiz (47,1 trln. so‘m); ⏺Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 7,1 foiz (12,9 trln. so‘m); ⏺Boshqa vazirlik va idoralar esa 0,5 foiz (980,0 mlrd. so‘m) davlat ulushlariga egalik qilmoqda. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Pibliye Dec 11
✍✍✍✍✍✍ 2025-yil noyabr oyidagi aksiya va obligatsiya chiqarilishlari dinamikasi 🏛 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining 1-dekabr holatidagi ma’lumotlari noyabr oyida chiqarilishlarga doir korporativ harakatlar ortganligini ko‘rsatmoqda. 📈Aksiyalar ⏺Oy davomida aksiya chiqarilishlari hajmi 1,0 trln so‘mga oshib, jami 256,9 trln so‘mga yetdi. ⏺Ushbu o‘sish 9 ta aksiyadorlik jamiyatidagi yangi va qo‘shimcha chiqarilishlar hisobiga amalga oshdi. ⏺Joylashtirilgan aksiyalar ulushi - 253,9 trln so‘m. 💼Korporativ obligatsiyalar ⏺Korporativ obligatsiyalar umumiy hajmi 135 mlrd so‘mga oshdi va 3,68 trln so‘mni tashkil etdi. ⏺Joylashtirilgan korporativ obligatsiyalar hajmi - 2,7 trln so‘m. 🏢Emitentlar ⏺Aksiya emitentlari soni – 691 ta. ⏺Korporativ obligatsiya emitentlari - 34 ta (shundan 8 ta AJ, 26 ta MCHJ). 👥Qimmatli qog‘ozlar egalari ⏺Aksiyadorlar umumiy soni: 1 011 449 nafar. ⏺Korporativ obligatsiya egalari: 2 854 nafar. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Pibliye Dec 10
🏛9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida “Korrupsiyaga nisbatan mutlaqo toqatsizlik muhitini shakllantirish: korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi xavf-xatarlari” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida korrupsiyaning mohiyati, iqtisodiy taraqqiyotga salbiy ta’siri, manfaatlar to‘qnashuvi xavf-xatarlari hamda “korrupsiyaga mutlaqo toqatsizlik” tamoyili yuzasidan ma’lumot berildi. Shuningdek, Markaziy depozitariyda amalga oshirilgan komplayens-monitoring natijalari taqdim etilib, komplayens tizimi, ichki nazorat mexanizmlari va anonim murojaatlar kanallari bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirishlar berildi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Pibliye Dec 10
🇺🇿10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun! Madhiyamiz — xalqimizning g‘ururi, mustaqilligimizning ovozi. Uning har bir satrida tariximiz, orzu-intilishlarimiz va ertangi kunimizning ishonchi mujassam. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni chin dildan tabriklaymiz! Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin