TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Retounen nan lis chanèl
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT CHAT

UzCSD | Markaziy depozitariy

@uzcsd

Business and startups

web: www.uzcsd.uz Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/ Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd Murojaat uchun: 📞 +998 (71) 211-09-09 📨 [email protected] Takliflar uchun: @UzCSDask_bot

Abonman1.0万Abonman aktyèl
Pòs swivi1,005Kantite pòs endekse
Pòte resan15,790Total vizit resan
Dènye pòs

Dènye pòs

Paj 13 sou 84 · 1,005 pòs

Pibliye Dec 9

✍✍✍✍✍✍ 🏛KAPITAL BOZORIDA FAOLLIK ORTMOQDA O‘tgan haftada (28-noyabr-5-dekabr) kapital bozorida faollik ortgani qayd etildi. Jumladan, aksiyadorlik jamiyatlari soni 693 taga, aksiya chiqarilishlari hajmi esa 257,32 trln so‘mga yetdi. Korporativ obligatsiyalar yo‘nalishida 34 ta emitentning umumiy chiqarilishlari hajmi 3,68 trln so‘mni tashkil etdi. Hafta davomida qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlari bo‘yicha ham o‘sish qayd etildi: SOLIQ-SERVIS — 20 mlrd., OLSON — 0,65 mlrd. so‘mlik birlamchi aksiya chiqarilishlarini amalga oshirdi. Qo‘shimcha chiqarilishlar bo‘yicha esa PAYNET o‘z aksiyalari hajmini 559,35 mlrd. so‘mdan 813,45 mlrd. so‘mgacha, APEX INSURANCE - 820 mlrd. so‘mdan 900 mlrd so‘mgacha yetkazdi, Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi obligatsiyalari esa 790 mlrd. so‘mdan 990 mlrd. so‘mga oshdi. Bu kompaniyalarning kapital jalb qilish faolligi kuchayayotganini ko‘rsatadi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

1,080 views

Pibliye Dec 9

✍✍✍✍✍✍✍ 🏛 QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORIDA YANGI INVESTITSIYA VOSITACHISI Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida TBC Capital kompaniyasi bilan investitsiya vositachisi bilan vakillik munosabatlarini o‘rnatish hamda pul mablag‘laridagi hisobvaraqni yuritish bo‘yicha shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Imzolash marosimida Markaziy depozitariy Bosh direktori Sherali Abdujabbarov, TBC Capital kompaniyasining moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirish yo‘nalishi rahbari Nina Sandler ishtirok etdilar. Ma’lumot uchun: TBC Capital aksiyalari London fond birjasida sotiladigan TBC Bank Group PLC kompaniyasi tarkibiga kiradigan TBC Bank (Gruziya) AJning sho‘ba korxonasi hisoblanadi. TBC Capital joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan O‘zbekiston kapital bozorida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Рус🇷🇺Eng🇬🇧 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

1,290 views

Pibliye Dec 8

🏛 Konstitutsiya kuni – Vatanimiz Mustaqilligining yorqin ramzidir! Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi O‘zbekiston ahlini Konstitutsiya bayrami bilan samimiy muborakbod etadi. O‘zbekiston Respublikasi bosh qomusining 33 yilligi barchamizga muborak bo‘lsin! — День Конституции – это яркий символ независимости нашей Родины! Центральный депозитарий ценных бумаг искренне поздравляет всех жителей Узбекистана с Днем Конституции. Выражаем свою признательность каждому, кто вносит свой вклад в общее будущее нашей Родины! 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

1,060 views

Pibliye Dec 5

🏛 Bugun, 5 dekabr kuni Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillardagi islohotlar, xususan kapital bozorining tub o‘zgarishlari Konstitutsiyada belgilangan mulk daxlsizligi, erkin tadbirkorlik va fuqarolar huquqlarining amaldagi ifodasidir. – Har bir ish kunimiz, har bir yangi loyihamiz, har bir muvaffaqiyatimiz Bosh Qomusimizdagi kafolatlarga tayanadi, – deydi bosh direktor Sherali Abdujabbarov. – Bu hujjat biz uchun faqat qonun emas, balki kelajakka ishonch bilan qadam tashlash imkonidir. 🇷🇺Рус 📱Videoreportaj 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

1,280 views

Pibliye Dec 1

https://t.me/boost/UzCSD

1,470 views

Pibliye Nov 28

✍✍✍✍✍✍ 🏛 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 21-28 noyabr kunlarida aksiya va korporativ obligatsiya chiqarilishlari bo‘yicha ro‘y bergan o‘zgarishlarni e’lon qiladi. Ushbu statistika qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlaridagi yangilanishlar, hajm o‘zgarishlari hamda faol emitentlarni qamrab oladi. Aksiyalar bo‘yicha emitentlar soni 691 tani, aksiya chiqarilishlarining umumiy hajmi esa o‘tgan haftaga nisbatan o‘sishni qayd etib, 256,97 trln so‘mni tashkil etdi. Obligatsiyalar bo‘yicha 7 ta korporativ obligatsiya emitentlari — “Turist Biznes Trade”, “Trust Trade Asia”, “Trust Important Trade”, “Trust Valley Trade”, “Star Sity Senter”, “Prosperous Large Future” va “Evolution Networks” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari obligatsiya egalariga jami 65 milliard so‘mlik obligatsiya chiqarilishlari bo‘yicha kupon to‘lovlarini amalga oshirdi. Shu tariqa, emitentlar korporativ obligatsiya chiqarilishlarini so‘ndirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘liq bajardilar. 🇷🇺Рус🇬🇧Eng 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

1,570 views

Pibliye Nov 26

BANK OF GEORGIA VA BANK OF NEW YORK MELLON VAKILLARI BILAN UCHRASHUV 25-noyabr kuni Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysida Bank of Georgia va Bank of New York Mellon vakillari bilan ishchi uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuv o’zaro hamkorlikni rivojlantirish va amaldagi operatsion jarayonlarni muhokama qilish masalalariga ga bag‘ishlandi. Delegatsiya a’zolariga O‘zbekiston kapitаl bozorini tartibga solish yo’nalishida amalga oshirilayotgan ishlar va kutilayotgan asosiy o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi. Xususan, depozitar operatsiyalarni hisobga olish tartibini belgilovchi yangi depozitar operatsiyalar hisobini yuritish qoidalari hamda depozitar xizmat ko‘rsatish tartibi, mavjud hisob turlari va chet ellik nominal saqlovchilar bilan ishlash shartlari haqida ma’lumot berildi. Tomonlar hozirgi hamkorlik jarayoni, operatsion infratuzilma, shuningdek davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida operatsiyalarni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekiston kapitаl bozori infratuzilmasini xalqaro moliya institutlari bilan yanada chuqur integratsiya qilish borasida hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar. Ma’lumot uchun: Bank of Georgia "Tartibga solish qumdoni" maxsus huquqiy rejimining Qimmatli qog’ozlar markaziy depozitariysida chet el nominal saqlovchisi sifatida hisobvaraq ochgan ilk ishtirokchisi hisoblanadi. — ВСТРЕЧА С ПРЕДСТАВИТЕЛЯМИ BANK OF GEORGIA И BANK OF NEW YORK MELLON 25 ноября 2025 года АО «Центральный депозитарий ценных бумаг» провёл рабочую встречу с представителями Bank of Georgia и Bank of New York Mellon. Встреча была посвящена вопросам развития сотрудничества и обсуждению текущих операционных процессов. В ходе визита Центральный депозитарий представил участникам встречи информацию о ключевых происходящих и предстоящих изменениях в регулировании рынка капитала Узбекистана. В частности, было уделено внимание новым Правилам учёта депозитарных операций, определяющим порядок депозитарного обслуживания, доступные форматы счетов и условия работы иностранных номинальных держателей. Стороны обсудили текущее взаимодействие, операционную инфраструктуру, а также возможности расширения операций на рынке государственных ценных бумаг. Участники встречи подтвердили взаимную заинтересованность в дальнейшем укреплении сотрудничества и в углублении интеграции инфраструктуры рынка капитала Узбекистана с международными финансовыми институтами. Справочно: Bank of Georgia является первым участником специального правового режима «Регуляторная песочница» в сфере рынка капитала, открывшим счет в качестве иностранного номинального держателя в Центральном депозитарии. uzcsd.uz|Telegram|Instagram|Facebook|Youtube

1,560 views

Pibliye Nov 21

ЕЖЕНЕДЕЛЬНАЯ СТАТИСТИКА 14.11.2025 - 21.11.2025 ИТОГИ НЕДЕЛИ: АКЦИИ И КОРПОРАТИВНЫЕ ОБЛИГАЦИИ uzcsd.uz|Telegram|Instagram|Facebook|Youtube #statistika

1,400 views

Hashtags

Pibliye Nov 21

HAFTALIK STATISTIKA 14.11.2025 - 21.11.2025 HAFTA YAKUNLARI: AKSIYALAR VA KORPORATIV OBLIGATSIYALAR uzcsd.uz|Telegram|Instagram|Facebook|Youtube #statistika

1,230 views

Hashtags

Pibliye Nov 19

#amaliy_seminar 🎓 TALABALAR UCHUN AMALIY SEMINAR OʻTKAZILDI 📍 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti talabalari uchun kapital bozori va Markaziy depozitariy faoliyatiga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi. Seminar davomida talabalarga Markaziy depozitariy rahbariyati va mutaxassislari tomonidan quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumot berildi: 🌉kapital bozori va depozitar tizim tushunchalari; 💹depozitar faoliyatning asosiy yo‘nalishlari; 🏛Markaziy depozitariyning bozor infratuzilmasidagi o‘rni; 👥savdo jarayonlari va bozor ishtirokchilari; 📈ko‘rsatilayotgan raqamli xizmatlar va dividendlar to‘lovi bo‘yicha yangiliklar; 🌐 PFMI tamoyillari va Clearstream tajribasi; 🌎 xalqaro markaziy depozitariylar bilan hamkorlik. 📘Ushbu tadbir yordamida talabalar sohaga oid bilimlarini mustahkamlab, kapital bozori jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. uzcsd.uz|Telegram|Instagram|Facebook|Youtube

1,460 views

Pibliye Nov 18

#dividend Hurmatli aksiyadorlar! “O'zagrosug'urta” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bir dona imtiyozli aksiya bo'yicha: - jismoniy shaxslar uchun - 820 so‘m - yuridik shaxslar uchun - 779 so‘m miqdorida dividendlar to‘lovi amalga oshirilganligini ma’lum qilamiz. Ishonchingiz va hamkorligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz! — Уважаемые акционеры! Акционерным обществом "O'zagrosug'urta" осуществлена выплата дивидендов на сумму - для физических лиц - 820 сумов - для юридических лиц - 779 сумов за одну привилегированную акцию. Выражаем искреннюю благодарность за ваше доверие и сотрудничество! uzcsd.uz|Telegram|Instagram|Facebook|Youtube

1,330 views

Hashtags

Pibliye Nov 18

#davlat_bayrogi_kuni Bugun – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. O‘zbekiston Davlat bayrog‘i mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi munosib o‘rni, izchil islohotlar dasturi doirasidagi muvaffaqiyatlari, ochiq va adolatli jamiyat barpo etishga intilishi ifodasidir. Muqaddas bayrog‘imiz – yurtimizning mustaqilligi, osoyishtaligi, barqaror taraqqiyoti va xalqimiz birdamligining beqiyos ramzi hisoblanadi. Ushbu ulug‘ ramz ostida yurt ravnaqi, xalqimizning farovon kelajagi va yuksak maqsadlar sari birlashib faoliyat yuritish – har birimiz uchun mas’uliyatli ijtimoiy burchdir. Bayrog‘imiz yurtimiz osmonida doimo baland hilpirayversin! Vatanimiz tinchligi, taraqqiyoti va ravnaqi bardavom bo‘lsin. — Сегодня — День принятия Государственного флага Республики Узбекистан. Государственный флаг Республики Узбекистан воплощает стремление страны к открытому и справедливому обществу, отражает её достойное место в мировом сообществе, а также результаты последовательных реформ, направленных на всестороннее развитие государства. Священный флаг является символом независимости, стабильности, устойчивого прогресса и единства нашего народа. В этот знаменательный день подчёркивается важность общего стремления к процветанию страны, укреплению благополучия граждан и достижению стратегических целей национального развития. Служение под высоким символом нашего флага остаётся ответственным гражданским долгом каждого жителя Узбекистана. Пусть Государственный флаг Республики Узбекистан и впредь гордо развивается в мирном небе нашей Родины, олицетворяя её стабильность, поступательное развитие и процветание. uzcsd.uz|Telegram|Instagram|Facebook|Youtube

1,060 views
12•••5•••101112131415•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
AnvanPaj 13 sou 84Apre