TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Retounen nan lis chanèl
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT CHAT

UzCSD | Markaziy depozitariy

@uzcsd

Business and startups

web: www.uzcsd.uz Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/ Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd Murojaat uchun: 📞 +998 (71) 211-09-09 📨 [email protected] Takliflar uchun: @UzCSDask_bot

Abonman1.0万Abonman aktyèl
Pòs swivi1,005Kantite pòs endekse
Pòte resan78,280Total vizit resan
Dènye pòs

Dènye pòs

Paj 11 sou 84 · 1,005 pòs

Pibliye Jan 5

#MoliyaviySavodxonlik ❔Qimmatli qog‘oz nima? 🗣Qimmatli qog‘oz - bu egasiga muayyan moliyaviy huquqlarni beruvchi hujjat yoki elektron yozuvdir. Masalan, aksiya qimmatli qog‘oz hisoblanadi va u egasiga jamiyatda ulushga egalik qilish huquqini beradi. O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar qonun bilan tartibga solinadi va davlat tomonidan himoya qilinadi. ⏺Qisqacha aytganda, qimmatli qog‘oz - bu moliyaviy huquqingizni tasdiqlovchi hujjatdir. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

6,900 views

Pibliye Dec 31

❄️Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi barcha hamkorlar, kapital bozori ishtirokchilari va yurtdoshlarimizni Yangi yil bilan samimiy tabriklaydi! 💥Yangi yil yurtimiz kapital bozori uchun yangi imkoniyatlar, ishonch va barqaror taraqqiyot olib kelsin. Barchangizga omad, farovonlik va yangi yutuqlar tilaymiz! 💥Yangi yilingiz muborak bo‘lsin! Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

7,260 views

Pibliye Dec 31

❄️Qadrli do'stlar va ishonchli hamkorlar! 💥Yangi 2026-yil barchangizga muborak bo'lsin! 🥳 🗣2025-yil davomida biz bilan birga bo'lganingiz, har bir muvaffaqiyatimizda hissangiz borligi uchun cheksiz minnatdorchilik bildiramiz. 💫Yangi yilda sizga va oilangizga mushtahkam sog'lik, cheksiz baxt va totuvlik, moliyaviy barqarorlik va yangi marralar! Biz sizning ishonchli yo'ldoshingiz bo'lib qolishdan mamnunmiz! Yangi yilingiz fayzli o'tsin!💥 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

5,810 views

Pibliye Dec 31

🔔Yil yakunlari, natijalar va jamoa mehnati e’tirofi Markaziy depozitariy jamoasining muhim qadriyatlaridan hisoblanadi. 💬Yangi yil munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda yakunlanayotgan 2025-yil natijalari sarhisob qilinib, 2026-yilda rejalashtirilgan ishlar va loyihalar haqida so‘z yuritildi. O‘z faolligi, mas’uliyati va tashabbusi bilan jamoada alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar. ⏺Tadbir davomida Markaziy depozitariyning barqaror faoliyati, bozor ishtirokchilari ishonchi va infratuzilmaning uzluksiz ishlashi — avvalo professional jamoa mehnati natijasi ekani alohida ta’kidlandi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

4,870 views

Pibliye Dec 30

🗓Qimmatli qog'ozlar Markaziy depozitariysing bayram kunlaridagi ish tartibi 🔔2025-yil 24-dekabr kuni O'zbekiston Prezidenti Yangi yil bayrami munosabati bilan qo'shimcha ishlamaydigan kunlarni belgilash to'g'risidagi farmonni imzoladi. Hujjatga ko'ra: 📶31-dekabr (chorshanba) — barcha uchun qo'shimcha dam olish kuni; 📶1-yanvar (payshanba) — Yangi yil bayrami; 📶2-yanvar (juma) — barcha uchun qo'shimcha dam olish kuni; 📶3-yanvar (shanba) — haftada olti kun ishlaydiganlar uchun qo'shimcha dam olish kuni; 📶4-yanvar (yakshanba) — barcha uchun odatiy dam olish kuni. ⏺2026-yil 5-yanvardan (dushanba) odatiy ish kuni hisoblanadi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

5,660 views

Pibliye Dec 29

✍✍✍✍✍✍ O‘tgan haftada O‘zbekiston kapital bozorida qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlari borasida o‘zgarishlar qayd etildi. Aksiyadorlik jamiyatlarining umumiy soni 694 tani tashkil etdi, aksiya chiqarilishlarining umumiy hajmi esa 774,7 mlrd. so‘mga ko‘paydi. Jumladan: ⏺O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Surxondaryo suv ta'minoti tomonidan jami 780,6 mlrd. so‘mlik qo‘shimcha aksiya chiqarilishlari amalga oshirildi; ⏺“Zaytun tech” aksiyadorlik jamiyatining 20 mlrd so‘mlik birlamchi aksiya chiqarilishi depozitar ro‘yxatdan o‘tkazildi. ⏺Buxoroparranda tashkiliy huquqiy shaklini o‘zgartirganligi, Elsis-savdo esa tugatilganligi sababli ushbu jamiyatlarning aksiya chiqarilishlari depozitar hisobdan chiqarildi; Korporativ obligatsiya chiqarilishlari hajmida hafta davomida o‘zgarish yuz bermadi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

6,200 views

Pibliye Dec 27

✍✍✍✍✍✍✍ Raiffeisen Bank International AG kapital bozori sohasida tartibga solish qumdoniga qo‘shildi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Avstriyaning Raiffeisen Bank International AG bankini kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi. Shu tariqa, Raiffeisen Bank kapital bozori yo‘nalishida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimining oltinchi ishtirokchisiga aylandi. Bank O‘zbekiston Respublikasi Valyuta birjasi hamda “Toshkent” Respublika fond birjasi orqali sotib olinadigan O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlarini saqlash va ular bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etish maqsadida xorijiy nominal saqlovchi sifatida faoliyat yuritishni rejalashtirmoqda. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

6,390 views

Pibliye Dec 26

📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

8,820 views

Pibliye Dec 26

Davlatimiz rahbari kapital bozorni iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradigan muhim institutsional ustun sifatida belgilab, global depozitariylarni milliy fond bozorimizga olib kirish kerakligini qayd etdi. Buning uchun xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlab chiqilgan “Kapital bozori to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasini tez fursatda qabul qilish lozimligi ta’kidlandi. Kurs tebranishi bo‘yicha xatarlarni kamaytirish uchun mahalliy kompaniyalarga ichki bozorda ham xorijiy valyutada obligatsiya chiqarishga ruxsat beriladi. Kelgusi yili korxonalarimiz ilk bor xalqaro bozorlarda ham aksiyalarini joylashtirishi mumkin bo‘ladi. Umuman, kapital bozorni rivojlantirish orqali tadbirkorlarga qo‘shimcha 1 milliard dollar jalb qilish imkoniyati yaratiladi. 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

8,360 views

Pibliye Dec 26

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomani taqdim etmoqda. Murojaatnomani Uzreport TVning YouTubedagi rasmiy kanalida tomosha qiling. 📱https://www.youtube.com/watch?v=3XhDztShmdw

7,110 views

Pibliye Dec 24

✍✍✍✍✍✍✍ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonning ijrosini ta’minlash doirasida kapital bozorini rivojlantirish va zamonaviy moliyaviy instrumentlarni joriy etishga yo‘naltirilgan islohotlarda Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi muhim infratuzilmaviy bo‘g‘inga aylanmoqda. Farmonda ko‘zda tutilgan yangi rivojlanish bosqichida Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining asosiy vazifalari bilan yuqoridagi infografikada tanishish mumkin. 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

6,090 views

Pibliye Dec 23

✍✍✍✍✍✍✍ 2025 yil 18 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-254-son Farmoni qabul qilindi. Farmonning ijrosini ta’minlash doirasida, kapital bozorini rivojlantirish va zamonaviy moliyaviy instrumentlarni joriy etishga yo‘naltirilgan islohotlarda Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi muhim infratuzilmaviy bo‘g‘inga aylanmoqda. Farmonda ko‘zda tutilgan yangi rivojlanish bosqichida Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi: ⏺yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish – Markaziy depozitariy mahalliy investitsiya vositachilari tomonidan xalqaro bozorlarda xarid qilingan hamda “Toshkent” RFBning maxsus savdo maydonchalarida sotiladigan xorijiy aktivlar (aksiyalar, obligatsiyalar, ETF, depozitar tilxatlar) chiqarilishini hisobga olish hamda ularning egalari reyestrini yuritishni amalga oshiradi. ⏺kliring va xorijiy valyutadagi hisob-kitoblarni ta’minlash – Markaziy depozitariy “Toshkent” RFB maydonchalarida xorijiy qimmatli qog‘ozlar bilan o‘tkaziladigan savdo yakunlari bo‘yicha kliringni amalga oshiradi hamda agent-bank orqali xorijiy valyutadagi hisob-kitoblarni ta’minlaydi. ⏺“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida – Markaziy depozitariy O‘zbekiston rezidentlari tomonidan xorijiy valyutada chiqarilgan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha operatsiyalarga kliring, hisob-kitob va depozitar xizmatlarni ko‘rsatadi. ⏺jarayonlarni avtomatlashtirish – Davlat organlari bilan ma’lumotlar almashinuvi bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimlar takomillashtiriladi. Ushbu omil bitimlarni ro‘yxatga olish va korporativ harakatlarni o‘tkazish tezkorligini hamda ishonchliligini oshiradi. Mazkur chora-tadbirlar sarmoyadorlar ishonchini mustahkamlash, xalqaro kapital bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish hamda O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorida zamonaviy, xavfsiz va shaffof infratuzilmani shakllantirishga xizmat qiladi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

4,810 views
12•••5•••910111213•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
AnvanPaj 11 sou 84Apre