TGINSIGHT CHAT
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
@shahrixon_tim
PendidikanIxtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi
Postingan terbaru
Hal. 18 dari 84 · 1,004 postingan
Diposting 11 Feb
#Prezident_iqtidorli_farzandlari 🔔 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturining 3-mavsumi ham tarixga aylandi… Bu mavsum o‘zgacha ruhda o‘tdi. 3-mavsum qish fasliga, oppoq qor yog‘gan lahzalarga to‘g‘ri keldi. ❄️ Tabiat sokin edi, ammo bu yerda orzular jo‘sh urardi. ❄️ Atrof oppoq, ammo yoshlar qalbida maqsadlar porlardi. ❄️ Sovuq havoga qaramay, bilimga chanqoqlik yanada kuchaydi. 📚 3-mavsum — sinovlar mavsumi bo‘ldi. "Faqat dars emas, balki sabr, iroda va o‘ziga ishonch sinovi". Qor ustida qolgan izlar kabi, ishtirokchilarning bu yerda qoldirgan mehnati, intilishi va yutuqlari ham o‘chmaydi. 🏔 Kimdir o‘ziga bo‘lgan ishonchni topdi, 🌟 kimdir orzusiga yanada yaqinlashdi, 🤝 kimdir esa umrboqiy do‘stlar orttirdi. Renessans oromgohi bu safar ham shunchaki maskan emas, balki yoshlar o‘zini yenggan, orzularini aniqlagan va kelajagini his qilgan joy bo‘ldi. Bu mavsum yakun emas. Bu yana bir kuchli start edi. Bizni kuzating Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hashtags
Diposting 11 Feb
🌍🌍🌍🌍🌍🌍 #Kelajak_markazlari ✅ Bugun “Ta’limda sifat, tanlovda shaffoflik” shiori ostida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida maktab maslahatchiligi lavozimi uchun talabgorlarni saralash bo‘yicha Respublika o‘quv-seminari tashkil etildi. 🔰 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova qatnashib, amalga oshirilayotgan ishlar, oldimizda turgan vazifalar va rejalar haqida so‘z yuritdi. ⏰ Treningda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova, Respublika "Kelajak markazi" direktori Indira Xoldorova, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda hududiy "Kelajak markazlari" rahbarlari ham ishtirok etishdi. ➖ Seminar doirasida mas‘ullar tomonidan: ➖Maktab maslahatchilari uchun test yakunlari va suhbat o‘tkazish, ➖Kadrlar siyosatini rivojlantirish: zamonaviy yondashuvlar va strategik ustuvorliklar, ➖Hududiy “Kelajak” markazlari faoliyatini tashkil etishda moliyaviy masalalar yuzasidan mahorat darslari tashkil etildi. 🌐 Shuningdek, hududiy “Kelajak” markazlarida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi istiqbolli rejalar bo‘yicha taqdimotlar ham bo‘lib o‘tdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤Telegram🌐Facebook 🌐Youtube🌐Instagram 🔎Veb-sayt😄Linkedin
Hashtags
Diposting 11 Feb
🇺🇿🤝🇯🇵Strategik sheriklik amalda: ta’lim hamkorligida yangi bosqich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar kengaytirilgan strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani ta’lim sohasida ham amaliy ifodasini topmoqda. Ana shu yuksak siyosiy ishonch va hamkorlik muhiti davomi sifatida bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova hamda Yaponiyaning Hiroshima Global Academy (HiGA) direktori Kaoru Yoshimura o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. ✨ Uchrashuv davomida quyidagilarga erishildi: 🔹 Iqtidorli o‘quvchilar uchun qisqa muddatli o‘quv almashinuv dasturi joriy etiladi; 🔹 Dastur joriy yil sentyabr–oktyabr oylarida tashkil etiladi; 🔹 Tanlov asosida saralangan o‘quvchilar guruhi 1 oy muddatga Yaponiyaga yuboriladi; 🔹 Akademik mobillik va xalqaro ta’lim integratsiyasiga qaratilgan tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanadi. Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishlarni mustahkamlovchi Anglashuv memorandumi imzolandi. 🎓 Ushbu hamkorlik: 🔶 O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi madaniy hamda ta’lim aloqalarini yanada chuqurlashtiradi; 🔶Iqtidorli yoshlarning global ta’lim muhitiga integratsiyasini kuchaytiradi; 🔶O‘zbekiston ta’lim tizimida xalqaro tajriba almashuvini yangi bosqichga olib chiqadi. Bu tashabbus Prezident tashrifi davomida belgilangan inson kapitalini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadlarining amaliy davomi bo‘lib xizmat qiladi. #Uzbekistan#Japan#Ta_limHamkorligi#AcademicMobility#IqtidorliYoshlar Bizni kuzating Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Diposting 10 Feb
Eritmalar titrini aniqlash. #titrlash#chemistry#kimyo#tutorial https://youtube.com/watch?v=ExelQVXbfMU&feature=shared
Diposting 9 Feb
#tafakkur_qiling ✍Alisher Navoiy Kimki ilmlarni o'rgansa-yu, ularni ishda qo'llamasa, go'yoki ariq qazib, yerga ekin ekmagan yoki ekin ekib, uning hosilidan foydalanmagan odam kabidir!
Hashtags
Diposting 9 Feb
#9_fevral#Alisher_Navoiy 9-fevral — Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Temuriylar davlatining ilmiy va madaniy markazlaridan biri boʻlmish Hirot shahrida tavallud topgan. Mir Alisher Navoiy – buyuk shoir, adib va mutafakkir, o‘zbek adabiyotining asoschilaridan biridir. Navoiy o‘zining sermazmun, badiiy jihatdan mukammal asarlari bilan adabiyotimizni yangi bosqichga olib chiqdi. Uning asarlari nafaqat badiiy go‘zalligi, balki insonparvarlik, axloqiy, vatanparvarlik va ilmga intilish kabi yuksak qadriyatlarni targ‘ib qilishi bilan ham ahamiyatlidir. Darhaqiqat, Navoiy ijodi bamisoli cheksiz bir ummon va bu buyuk meros yosh avlod uchun ma’naviyat chashmasi bo‘lib xizmat qiladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 🌐Shahrixon tumam 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining matbuot xizmati TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Diposting 9 Feb
#Alisher_Navoiy #Soʻz_mulki_sultoni Besh asrkim, nazmiy saroyni. Titratadi zanjirband bir she'r. Temur tigʻi yetmagan joyni. Qalam bilan oldi Alisher. © Abdulla Oripov 🔉🔉Shahrixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabida sheʼriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan 6- sinf oʻquvchilari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. ⚡️Tadbirda shoir hayoti va ijodi, uning adabiy merosini targʻib qiluvchi badiiy chiqishlar namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilari uchun shoir hayoti aks ettiruvchi badiiy chiqishlar namoyish etildi. 🖌Shahrixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Diposting 8 Feb
Shahrixon tumani Ixtisoslashtirilgan maktabining 9-"D" sinf o'quvchisi Alijonova Farangizning "Alisher Navoiy tavalludining 585-yiligi"ga tayyorlagan video roligi
Diposting 7 Feb
#Besh tashabbus amalda. Shahrixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 7-sinf o'quvchilari o'rtasida yanvar oyida "OY KITOBI" tanlovi uchun mutola qilgan Yuriy Oleshaning "Uch baqaloq" asari yuzasidan tanlovning final bosqichi bo'lib o'tdi. Ushbu bosqichga o'tgan kitobxonlarimizning ota-onalari ham tanlovda o'z kitobsevar farzandlarining ishtirokini kuzatish uchun taklif etildi. Tanlov ko'tarinki ruhda tashkil etilib, eng munosib ishtirokchilar g'oliblikni qo'lga kiritdilar Shahrixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Diposting 7 Feb
#Besh tashabbus amalda. Shahrixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 7-sinf o'quvchilari o'rtasida yanvar oyida "OY KITOBI" tanlovi uchun mutola qilgan Yuriy Oleshaning "Uch baqaloq" asari yuzasidan tanlovning final bosqichi bo'lib o'tdi. Ushbu bosqichga o'tgan kitobxonlarimizning ota-onalari ham tanlovda o'z kitobsevar farzandlarining ishtirokini kuzatish uchun taklif etildi. Tanlov ko'tarinki ruhda tashkil etilib, eng munosib ishtirokchilar g'oliblikni qo'lga kiritdilar Shahrixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Diposting 6 Feb
#Turon_yo'lbarslari #Videolavha 🤩Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimiga kiruvchi ta’lim muassasalarining “Vatan tayanchi” otryadlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichidan tayyorlangan videolavhani tomosha qiling. ⬇️Bizni kuzatishda davom eting! 🚀Telegram | 🔵Facebook | 📷Instagram
Hashtags
Diposting 5 Feb
#Turon_yoʻlbarslari 🤩 Ertaga Agentlikning Andijon viloyatida joylashgan maktab oʻquvсhilаri oʻrtasida boʻlib oʻtadigan “Тurоn yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi bizning maktabimiz ishtirok etadi,Bugun direktor N.R.Pozilov oʻquvchilarga omad tiladi barcha oʻquvchilarga omad faxrli oʻrinlarni egallab kelishsin.Direktorimizga rahmat oʻquvchilarga belgilangan tartibda forma va sharoitlarni yaratib berdi. Shahrixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags