TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT CHAT

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

@shahrixon_tim

Pendidikan

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Pelanggan686Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,004Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini4,918Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 48 dari 84 · 1,004 postingan

Diposting 10 Okt

📌Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Ilm-fan haftaligi” doirasida Ingliz tili fani o‘qituvchisi M. Samatova tomonidan 10-“A” va 10-“B” sinf o‘quvchilari o‘rtasida ingliz tili fanidan “Smart Shopping” nomli loyiha ishi musobaqa tarzida o‘tkazildi. Tadbirning maqsadi o‘quvchilarning ingliz tilida ijodiy fikrlash, jamoada ishlash va zamonaviy xarid qilish madaniyatini o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi. Eng faol jamoalar rag‘batlantirildi. Tadbirda o‘quvchilarga bilimning inson hayotidagi o‘rni, uzluksiz o‘rganish va o‘z ustida ishlashning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Ustozlar o‘z hayotiy tajribalari orqali yoshlarga ilmga chanqoqlik va intilish hissini singdirishdi. Mazkur davra suhbati o‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, tafakkurni kengaytirish hamda ma’naviy barkamollikka yo‘naltirishga xizmat qildi. Bizning kanalimizni kuzating👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

330 views

Diposting 9 Okt

#Ustozga_ehtirom #Tibbiy_ko'rik 🩺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilar belgilangan tartibda chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. 💊💊 Har bir o'quvchilarning sog'ligi biz uchun muhim. 💫💫Barcha o'qituvchilarga sog'lik va salomatlik tilaymiz Bizning kanalimizni kuzating👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

326 views

Diposting 9 Okt

⚡⚡"“Men RENESSANS bunyodkoriman” mavzusida davra davra suxbati tashkil etildi. "Birinchi Renessansda yurtimizdan Fargʻoniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, IbnSino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshgʻariy, Mahmud Zamaxshariy kabi buyuk daholar, buyuk muhaddislar – Buxoriy, Termiziy hamda boshqa atoqli dunyoviy va diniy allomalar shuuri olamni yoritdi. Ikkinchi Renessansda – Ulugʻbek, Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Behzod, buyuk meʼmorlar, bastakorlar, musavvirlar, tarixchilar chiqib, bugun ham dunyoni lol qoldirayotgan asarla ryaratdilar. Har ikki Renessans davrida biz dunyoning ilgʻor, mutaraqqiy xalqlari qatorida edik. Agar yana shunday darajaga erishmoqchi boʻlsak, Uchinchi Renessansni amalga oshirmogʻimiz zarur" - deya taʼkidlagandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyeyov Bizning kanalimizni kuzating👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

298 views

Diposting 9 Okt

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida joriy yilning 9-oktabr kuni MMIBDO' O'.Akbarov tomonidan 6-A sinfo'quvchilariga “Odobli bola - elga manzur” va “Odob - inson ziynati" mavzularda uchrashuv va davra suhbat tashkil etildi . Bizning kanalimizni kuzating👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

290 views

Diposting 9 Okt

BIZ ZO'RAVONLIKKA QARSHIMIZ. #_Shahrixon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-son qarori va uning ijrosi yuzasidan qabul qilingan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2025-yil 18-sentyabrdagi 352-son buyrug'iga asosan bugun Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ,, Biz zo'ravonlikka qarshimiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida o'quvchilarga zo'ravonlik turlari, zo'ravonlikka ko'p uchraydigan qatlam, tabiatga, hayvon va qushlarga nisbatan tazyiq yoki zo'ravonliklar haqida ma'lumolar berildi. Ularning salbiy oqibatlari, zo'ravonlik ortidan kelib chiqadigan ko'ngilxiraliklar va hayot yo'limizda ko'rsatadigan ta'sirlari haqida videoroliklar orqali tushuntirishlar olib borilmoqda. Bizning kanalimizni kuzating👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

415 views

Diposting 9 Okt

#Ustozga_ehtirom 🏢 Andijon viloyati Shahrixon tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida "USTOZGA EHTIROM" oyligi doirasida " Ustoz-otangdek ulugʻ " shiori ostida 11-sinf oʻquvchisi M.Abdunazarova tomonidan 5-sinf oʻquvchilariga davra suxbati oʻtkazildi. Bizning kanalimizni kuzating👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

327 views

Diposting 5 Okt

#Shahrixon tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi 2025- yil 4-oktabr kuni " Farzandim-faxrim" shiori ostida ota - onalar yig'ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig'ilishda quyidagi masalalar ko‘rildi: ✅1.Ta'lim sifat samaradorligini oshiri bo'yicha rejalar ✅️2.O‘zlashtirish, o‘z maktabiga qaytarish tartibi haqida tushuncha berish ✅️3.O‘quvchilarning erishayotgan muvaffaqiyatlari. ✅️4.Ota - onalarning farzand kamoloti uchun majburiyatlari. ✅️5.Olimpiada masalalari bo'yicha tushuncha berish. ✅️6.Odob-axloq qoidalari,yo'l xarakat qoidalariga amal qilish,to'garak mashg'ulotlarida ishtiroki, dars jarayonlar hamda Vazirlar mahkamasining 139-sonli qarorlari bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Yig'ilish davomida ota- onalar maktab jamoasiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, vazifa va majburiyatlarini chuqurroq his qildilar. Hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida taklif va mulohazalar bildirildi. Bizning kanalimizni kuzating👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

472 views

Hashtags

Diposting 4 Okt

🚀 "YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI BIRLASHAYLIK!" shiori ostida Respublika Iqtidorli Bolalar Forumi va Festivaliga start berildi! 🌟 🎯 6–18 yoshdagi iqtidorli bolalar quyidagi yo‘nalishlarda ishtirok etishi mumkin: 💻 IT: videoroliklar, robotexnika ✍️ Adabiyot: she’r, insho, ifodali o‘qish 🎨 Madaniyat va San’at: rasmlar, fotolavhalar, dars ishlanmalari 📚 Ta’lim: erishilgan yutuqlar ⚽️ Sport: qisqa jonli videorolik va yutuqlar 🏅 Har bir ishtirokchi: ✨ "ISTE’DOD–2025" statuetkasi ✨ "Yangi O‘zbekiston Yulduzlari" medali ✨ Faxriy diplom bilan taqdirlanadi! 🎉 G‘oliblar noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan tantanali marosimda e’lon qilinadi. 🔔 E’tibor! 15 nafar iste’dodli yoshni jalb qilgan tashabbuskorlar "Ta’lim Fidoyisi" esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi! Konferensiya tashkilotchisi oliy toifali ingliz tili fani o'qituvchisi Mirzayeva Ma'suma ⚡️Farzandga e'tibor - kelajakka qadam! Forum Samarqand shaharda noyabr oyida Ommaviy axborot vositalari ishtirokida bo'lib o'tadi Qabul: Oxirgi muddat 5-noyabr 📩 Tezroq ariza topshiring va o‘z iqtidoringizni namoyish eting! 🌟 Murojaat uchun: @Ilmiy_konsultants

481 views

Diposting 3 Okt

Rasmiy munosabat So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro N.Nurmuҳammadovning farzandi Muhammadamin Nurmuhammadovning ixtisoslashtirilgan maktabga qabul jarayoni yuzasidan turli talqinlar bildirilayotganligi munosabati bilan quyidagilarni ma’lum qilamiz: 🔹 Mazkur o‘quvchi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan 2025-yil 25-sentabrda qabul qilingan 146-sonli buyruq asosida Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinfidagi bo‘sh o‘rin uchun navbati kelganligi sababli ushbu ta’lim muassasasiga qonuniy tartibda qabul qilingan. 🔹 Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘quvchilarni qabul qilish jarayoni belgilangan nizom asosida, ya’ni ballar ketma-ketligi va bo‘sh o‘rinlar mavjudligidan kelib chiqib amalga oshiriladi. 🔹 Shu bois, o‘quvchi boshqa hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabga asosiy tanlovda ariza topshirgan bo‘lsa-da, yakuniy qabul bo‘sh o‘rin va navbat asosida amalga oshiriladi. Bu esa har bir o‘quvchining ta’lim olish huquqini ta’minlash maqsadida belgilangan qonuniy jarayon hisoblanadi. 🔹 Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi rahbariyati tomonidan hech qanday qonunbuzarlik yoki o‘quvchi huquqlarining poymol qilinishi holati mavjud emas. Aksincha, qabul jarayoni Agentlikning rasmiy buyrug‘i asosida amalga oshirilgan. ❗️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi barcha qabul jarayonlarini shaffoflik, adolat va teng imkoniyatlar tamoyili asosida olib boradi hamda fuqarolarni rasmiy manbalarga tayangan holda axborot olishga chaqiradi.

405 views

Diposting 2 Okt

#Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan_maktab #Xorijiy tillar o'rganish Taʼlim muassasasida darsdan so'ng bo'sh vaqtlarni mazmunli tashkil etishda maqsadida maktabda fan o'qituvchilar tomonidan bitiruvchilarini oliy taʼlim muassasalariga,CEFR, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikat imtihonlariga tayyorlash bo'yicha to'garak mashg'ulotlari tashkil etilib kelinmoqda. Bundan maqsad kelajakda Xalqaro oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olish imkoniyatlarini yaratishdir. Bizning kanalimizni kuzating👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

557 views

Diposting 2 Okt

#Yosh_akademiklar ✅ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog'ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-55-sonli Farmonining 6.3 bandi ijrosini ta'minlash maqsadida ✅ Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Fanlar akademiyasi Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi "Fan va taraqqiyot"davlat unitar korxonasi raisi maslaxatchisi , akademik Negmatov Sayibjan Sadiqovich bilan zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv tashkil qilindi. ❇️ Akademik oʻz faoliyati davomida erishgan yutuqlari, muvaffaqiyatlari va bosib oʻtgan yoʻllari haqida oʻquvchilarga maʼlumotlar berdi. . Uchrashuv davomida o‘quvchilar savollariga javoblar oldilar. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

466 views

Diposting 30 Sep

1- OKTABR USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI BILAN!!!

551 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••454647484950•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384