TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT CHAT

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

@shahrixon_tim

Pendidikan

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Pelanggan686Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,004Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini3,919Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 49 dari 84 · 1,004 postingan

Diposting 30 Sep

#Shahrixon_tumani #Ustozga_ehtirom ✨Bugun Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Ustozim sizga ta’zim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda ustozlarga bo‘lgan cheksiz hurmat, minnatdorlik, ehtirom va samimiy tabriklar mehr to‘la qalblarda jarangladi. O‘quvchilar o‘zlarini tarbiyalab, ilm va ma’rifat yo‘lida fidoyilik ko‘rsatayotgan ustozlariga she’rlar, qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari hamda dil so‘zlarini taqdim etdilar. Tadbir davomida ustozlarning yuksak maqomi, ularning inson kamolotidagi beqiyos o‘rni yodga olindi. Har bir o‘quvchi qalbidan chiqqan minnatdorlik ifodalari zalda o‘zgacha bir ruhiyat, samimiyat va g‘urur muhitini yaratdi. “Ustozim sizga ta’zim” tadbiri nafaqat ustozlarga ehtirom ifodasi, balki yosh avlodga ham katta saboq bo‘ldi. Zero, ustozlarni qadrlash – kelajakni qadrlash, ilmu ma’rifatni e’zozlashdir. 👉Tadbir yakunida barchaning qalbida bir fikr uyg‘undi: ustozlar–millat tayanchi, qalblar chirog‘i, insoniyatning eng buyuk yo‘lboshchilaridir. 🌸

428 views

Diposting 30 Sep

🇺🇸🇺🇸🇺🇸🇺🇸🇺🇸🇺🇸⏩27.09.2025 🌌🌌🌌🌌🌌🌌 Xabaringiz bor 27-sentabr kuni maktabimizda MULTILEVEL MOCK imtihoni boʻlib oʻtdi. Ushbu imtihonda qatnashgan nomzodlar natijalari bilan tanishing. Barcha ishtirokchilarga keyingi imtihonlarda ham yuqori ballar va omad tilaymiz. 🔘https://t.me/multilevelexam_uz

178 views

Diposting 30 Sep

#Shahrixon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi ❗️ Ustoz – qalblar nuridir❗️ ✨ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 1-oktabr- Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi. 💦Erta tongdan maktab ostonasida o‘quvchilar tomonidan mehr va minnatdorlik ramzi sifatida "Ustozga ehtirom" shiori ostida iliq kutib olish tadbiri tashkil etildi. Bu jarayonda maktab direktori Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalar agentligi direktorining tabrigi o'qib eshtirdi hamda ozining samimiy so‘zlari va tilaklarini aytib bayram bilan tabrikladi. Tadbirning asosiy maqsadi – ustozlarning ulug‘ shaxsiyati va beqiyos mehnatini yuksak qadrlash, ularga bayramona kayfiyat ulashish hamda maktab jamoasida sog‘lom va do‘stona muhit yaratishdan iboratdir. 🌟 Ustoz – millat qudrati, taraqqiyot asosi, qalblar shamchirog‘idir. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

401 views

Diposting 29 Sep

#Kelajak soati #Oqituvchiva Murabbiylar kuni #UstozgaEhtirom 📖 Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Kelajak soati” darsi o‘tkazildi. 🎉 Darsning asosiy mavzusi — 1-oktyabr, O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlandi. 👩‍🏫 Tadbir davomida ustozlarimizning mehnati, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va yoshlarga bo‘lgan mehr-muhabbati haqida fikrlar bildirildi. Bu kabi darslar o‘quvchilar qalbida ustozlarga hurmat va ehtiromni yanada kuchaytiradi. 🌺 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

403 views

Diposting 28 Sep

#Vatanga muhabbat – har bir yurakda bo‘lishi kerak! #Vatanga muhabbat — bu birlik, tinchlik va taraqqiyot garovi. 🇺🇿📌 Har birimiz bu muqaddas zaminning farzandimiz! Yurtga muhabbat – ezgu ishlarimizning bosh mezoniga aylansin! 🇺🇿Vatan — bu bizning ona zaminimiz, bolaligimiz, ota-onamiz, ajdodlarimiz ruhi. Uni sevish — burchimiz. 🇺🇿 Har bir fuqaro yurt tinchligi, ravnaqi va obodligi uchun mas’uldir. 🇺🇿Keling, yurtimizni mehr bilan asraylik, farovonlikka hissa qo‘shaylik! MMIBDO' O'.AKBAROV.

360 views

Hashtags

Diposting 28 Sep

#yangiruhiyat#birdamjamiyat ⚡️Bir paytlar Farg’ona vodiysining poytaxti bo’lgan Andijon ayol kishining ismiga atalganmidi?

320 views

Diposting 28 Sep

#videosharh O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqi, bildirgan tashabbus va ilgari surgan takliflari mazmin-mohiyati VIDEOSHARHda

306 views

Hashtags

Diposting 28 Sep

Hammamiz farzandlarimiz uchun ishlaymiz, ular haqida qayg‘uramiz! Kelajaklariga poydevor qurishga urunamiz. Lekin eng muhimini mehr va e’tiborni tez-tez unutib qo‘yamiz! Ha, qattiq mehnat qilib, ularning kelajagi uchun moddiy ta’minotni yarata olamiz, ammo mehrsiz, sof tuyg‘ularsiz, birga vaqt o‘tkazmay turib ularni chinakam baxtli qila olmaymiz! Navbatdagi roligimiz shu haqida! Dam olish kunlari, farzandlaringiz bilan muloqot qilishni, orzulari, maktabi, do‘stlari haqida suhbatlashishni unutmang!

311 views

Diposting 27 Sep

🔂 1. Haqiqiy imtihon uchun psixologik tayyorgarlik O‘quvchi real imtihon muhiti bilan tanishadi. Hayajon, stress va bosimni boshqarish ko‘nikmalarini hosil qiladi. “Qanday bo‘larkan?” degan noma’lumlik hissi kamayadi. 🔂 2. Bilim darajasini aniqlash Qayerda kuchli, qayerda zaif ekanini aniqlashga yordam beradi. O‘quvchi o‘zini baholaydi: qaysi mavzularni qayta ko‘rish kerakligini tushunadi. 🔂 3. Vaqtni boshqarishni o‘rganadi Har bir savolga qancha vaqt sarflashni sinab ko‘radi. Imtihon vaqtida shoshmaslik va vaqt yetmay qolmasligi uchun amaliy ko‘nikma hosil qiladi. 🔂 4. Imtihon formatiga o‘rganish Testlar, yozma savollar yoki ochiq javobli topshiriqlar bo‘lsa — ularning formatiga o‘rganadi. Savol turlari va ularning tuzilishini tushunadi. 🔂 5. Motivatsiyani oshiradi O‘quvchi natijasini ko‘rib, o‘z ustida ishlashga ko‘proq harakat qiladi. Natijani yaxshilash istagi paydo bo‘ladi. 🔂 6. O‘qituvchi va ota-onalar uchun diagnostika O‘qituvchi har bir o‘quvchining kuchli va zaif tomonlarini ko‘radi. Ota-onalar farzandining tayyorgarlik darajasini baholay oladi. Korektiv (tuzatuvchi) reja tuzish imkoniyati yaraladi. 🔂 7. Ko‘p mashq – ko‘proq ishonch Qanchalik ko‘p sinov topshirilsa, haqiqiy imtihonda shunchalik o‘ziga ishonch ortadi. Xatolardan o‘rganish imkoniyati bo‘ladi.

288 views

Diposting 27 Sep

🇺🇸🇺🇸🇺🇸🇺🇸🇺🇸🇺🇸⏩ Bugun 27-sentabr Shahrixon tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida MULTILEVEL MOCK imtihoni boʻlib oʻtmoqda. Oʻquvchilar bu imtihonda oʻzlarining: ✅✅✅ 💙💙💙 〽️〽️〽️ ❤️❤️❤️ koʻnikmalarini tekshirib koʻrishadi. Sizni ham keyingi imtihonlarda kutib qolamiz. 🔘https://t.me/multilevelexam_uz

200 views

Diposting 26 Sep

#Shahrixon_tuman_IM ❇️Aniq fanlardan tashkil etiligan to'garak mashg'ulot jarayonidan ❇️ Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida to'garak jadval rejasi asosida fan to'garak mashg'ulotlari olib borilmoqda. ❇️ O'quvchilar mashg‘ulot jarayonida o‘z bilimlarini oshirib katta qiziqish va faollik bilan yondashishmoqda. ❇️ O'quvchilarimizga kuchli iroda, sabr-toqat tilagan holda, ulardan buyuk natijalar kutib qolamiz. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

384 views

Diposting 26 Sep

#Shahrixon_tuman_IM ❇️Tabiiy fanlardan tashkil etiligan to'garak mashg'ulot jarayonidan ❇️ Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida to'garak jadval rejasi asosida fan to'garak mashg'ulotlari olib borilmoqda. ❇️ O'quvchilar mashg‘ulot jarayonida o‘z bilimlarini oshirib katta qiziqish va faollik bilan yondashishmoqda. ❇️ O'quvchilarimizga kuchli iroda, sabr-toqat tilagan holda, ulardan buyuk natijalar kutib qolamiz. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

340 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••4748495051•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384