TGINSIGHT CHAT
Teacher Azam
@TeacherAzam
EducatioTEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11
Scripta recentia
Pag. 4 de 85 · 1,011 scripta
Editum Apr 28
Haftalik dayjestning 4-soni chiqdi 📺 Bu hafta ham qiziq, shov-shuvli, kulguli yangiliklarga boy bo‘ldi. Har bir yangilikka munosabat va improvizatsiya bilan yondashdim. Qiziq va kulguli joylari ko‘p, ovqat yeb, idish-tovoq yuvib ko‘radigan son bo‘lgan. Qisqacha ushbu sonda: — Jizzaxda mast YPX xodimini oddiy haydovchilar ushlab berdi — Tadbirkorlar bilan uchrashuvga amaldor $50,000 lik soat taqib keldi, keyin munosabat bildirdi — Alkogol naqd pulga sotiladi, benzin esa yo‘q — Ronaldo va o‘g‘li birgalikda maydonga tushishi mumkin — Netanyahu prostata sarxtonidan davolanganini e’lon qildi Bu sonimizni ko‘rib chiqing va izohlarda o‘z fikrlaringizni yoqib qoldiring. 👉 Ko‘rish: https://youtu.be/-jTBcZd2zyA Do‘stlaringizga esa jo‘natib qo‘ying @teacherazam
Editum Apr 27
🧠 Bugun ko‘pchilik o‘z muammolarini ChatGPT kabi botlarga aytishni osonroq va xavfsizroq deb bilishadi. O‘tkazilgan so‘rovnomalar ham yoshlar orasida ruhiy yordam so‘rab sun’iy intellektga (AI) murojaat qilish oshganini ko‘rsatadi. Lekin, Psychology Today nima uchun botlar hech qachon haqiqiy insonning o‘rnini bosa olmasligini juda oddiy va hayotiy sabablar bilan tushuntirib berishibdi. 1️⃣ Siz aslida muammodan qochyapsiz. Botga dardingni yozish o‘sha paytda sizga vaqtinchalik yengillik berishi mumkin. Ammo buni odatga aylantirsangiz, odamlardan uzoqlashib, haqiqiy hayotda yordam so‘rashdan yanada ko‘proq qo‘rqadigan bo‘lib qolasiz. Muammoni bot bilan emas, odamlar bilan hal qilishni o‘rganish kerak. 2️⃣ Tuyg‘ular soxta (bot sizni eshitmaydi) Ruhiy muammolarni davolashdagi eng muhim narsa — bu shifokor va bemor o‘rtasidagi chinakam insoniy mehr va ishonchdir. Bot bilan yozishganda u sizni go‘yoki tushunayotgandek tutishi mumkin. Lekin aslida, u shunchaki siz yozgan so‘zlarga moslab kodlangan, his-tuyg‘usiz shablon javoblarni qaytarayotgan bo‘ladi xolos. Unda insoniylik yo‘q. 3️⃣ Haqiqiy rivojlanish qiyinchiliklar orqali keladi Psixolog bilan yuzma-yuz o‘tirib, o‘z xatolaringiz yoki og‘riqlaringiz haqida gapirish ba’zan juda noqulay va qiyin bo‘ladi. Lekin inson psixologiyasi shundayki, aynan mana shu qiyin suhbatlarni yengib o‘tish va his-tuyg‘ularni jonli tushuntirish orqaligina odam o‘sadi, xatolaridan dars oladi va muloqot qilishni o‘rganadi. Botni esa istagan paytingiz o‘chirib qo‘yib, yana o‘z qobig‘ingizga kiritib ketishingiz mumkin. ‼️ Chatbotlardan qandaydir oddiy maslahatlar olish uchun yordamchi sifatida foydalanish yomon emas. Biroq inson ruhiyati o‘ta murakkab, uni faqat sizni eshitadigan, ko‘zingizga qarab holatingizni his qila oladigan tirik insongina to‘liq davolay oladi. O‘z hissiyotlaringni va sog‘lig‘ingni mashinalarga ishonib topshirmang! ChatGPT bilan dardlashib o‘tiradigan do‘stingizga jo‘natib qo‘ying @teacherazam
Editum Apr 25
💡 Ko‘pchiligimiz chiroqni yoqish, telefonni quvvatlash yoki noutbukda nimadir o‘qish haqida ortiqcha o‘ylab o‘tirmaymiz. Biz uchun bu oddiy va ajralmas holat. Ammo dunyodagi qariyb 700 million inson uchun bu haqiqiy orzu — chunki ularda umuman elektr energiyasi yo‘q! 21-asrda butun dunyo bo'ylab elektrsiz qolganlar soni ikki baravarga qisqardi — 1,35 milliarddan 675 millionga tushdi. 🌏 Janubiy Osiyo (grafikdagi pushtirang qism) va Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasida (sariq qism) ahvol juda tez yaxshilangan. Bu hududlarda elektrsiz odamlar soni keskin kamaygan. Ammo grafikdagi binafsharang qismga qarasangiz, Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika davlatlarida elektrsiz qolganlar soni kamayish o'rniga, aksincha, oshib ketganini ko‘rasiz. 🌍 Bu Afrikada hech qanday ijobiy o'zgarish bo'lmadi degani emas. Aslida u yerda ham elektrga ulangan aholi ulushi 26% dan 53% gacha ko‘tarildi. Biroq, bu mintaqada aholi soni shunchalik tez o‘syaptiki, yangi elektr tarmoqlarini qurish tezligi bu o‘sishga yetib ololmayapti. Buning boshqa sabablari ham bor: 1️⃣ Uzoq va tarqoq qishloqlar: Afrikada odamlar juda keng hududlarda, tarqoq qishloqlarda yashaydi. Yuzlab kilometr uzoqlikdagi kichik bir qishloqqacha elektr simlari va ustunlar tortib borish davlatlar uchun juda qimmatga tushadi. 2️⃣ Iqtisodiy qiyinchiliklar va siyosiy holat: Afrikaning ko‘plab davlatlarida esa qashshoqlik, moliyaviy yetishmovchilik va ba’zan siyosiy beqarorliklar (urushlar) sababli bunday ulkan loyihalarni amalga oshirish qiyin bo‘lmoqda. 3️⃣ Qimmat energiya: Markazlashgan elektr tarmog‘ini qurish qiyin bo‘lgani uchun, hozirda u yerda ko‘proq quyosh panellari kabi lokal (mahalliy) yechimlarga e’tibor qaratilmoqda. @teacherazam
Editum Apr 24
🇺🇸 Amerikadagi nufuzli "Pew Research" markazi Instagram, TikTok va Snapchat o‘smirlarning hayotiga qanday ta’sir qilayotgani bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Tadqiqotga qarasak, bugungi kunda yoshlarning qariyb 70 foizi bu dasturlardan har kuni, hatto kuniga bir necha marta muntazam foydalanadi. 📷 Yoshlar uchun bu tarmoqlar shunchaki zerikishni haydash emas, balki do‘stlar bilan doimiy aloqada bo‘lish va o‘z qiziqishlarini bo‘lishish uchun eng asosiy maydonga aylangan. Ko‘pchilik o‘smirlar ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zlarini yolg‘iz his qilishmaydi, qiyin paytda tengdoshlaridan qo‘llab-quvvatlash topishadi va o‘z iste’dodlarini namoyon qilib, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishadi. 📱 Lekin, tanganing ikkinchi tomoni bor. Yoshlarning katta qismi ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirib o‘zini doim boshqalar bilan solishtirishi oqibatida qattiq siqilish va stressni boshdan kechirarkan. Bundan tashqari, telefonga chalg‘ish oqibatida ularning darslari o‘zlashtirishi pasayib, uyqu rejimi butunlay buzilmoqda. ‼️ Eng oddiy va qisqa xulosa shuki: ijtimoiy tarmoqlar xuddi shirinlikka o‘xshaydi. Agar undan me’yorida, do‘stlar bilan muloqot qilish yoki yangi narsalar o‘rganish uchun ishlatsangiz, bu zarar qilmaydi. Lekin butun kuningizni birovlarning mukammaldek tuyulgan hayotini kuzatib, siqilishga sarflasangiz, sog‘lig‘ingiz va vaqtinggizga ziyon yetkazasiz. ⏳ Shuning uchun tarmoqlar sizni boshqarishiga yo‘l qo‘ymang, o‘z vaqtingizni o‘zingiz aqlli ravishda boshqaring! Ijtimoiy tarmoqda ko‘p o‘tiradigan tanishlaringizga jo‘natib qo‘ying @teacherazam
Editum Apr 23
👨🍳 Dunyodagi eng kambag‘al insonlarning ko‘pchiligi ovqat pishirish va uyni isitish uchun hamon o‘tin, ko‘mir, tezak yoki shox-shabbalardan foydalanadi. Ularni yoqqanda uy ichi zararli tutunga to‘ladi. Bu tutundan doimiy nafas olish juda xavfli bo‘lib, yurak kasalliklari, insult va hatto saraton (rak) kabi jiddiy dardlarni keltirib chiqaradi. 📊 Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, har yili taxminan 3 million kishi aynan uy ichidagi zaharli tutun tufayli o‘z vaqtidan yillar oldin (erta) vafot etar ekan. 😔 Tasavvur qiling, bu tutun bo‘lmaganda ular yana uzoq yillar yashagan bo‘lardi. Grafikda esa vaziyat sekin-asta yaxshilanib borayotganini ko‘rishingiz mumkin. 👨🦳 Odamlar asta-sekin toza yoqilg‘ilarga (masalan, gaz yoki elektr energiyasiga) o‘tgani sari, uy ichidagi tutundan zaharlanib vafot etish holatlari ham pasayib borgan. Agar ko‘proq odamlarni shunday toza energiya bilan ta’minlasak, kelajakda yana ko‘plab insonlarning hayotini saqlab qolishimiz mumkin bo‘ladi! Manba @teacherazam
Editum Apr 22
So‘nggi 25 yil ichida dunyo aholisining o‘sishida ikkita umuman har xil yo‘nalish paydo bo‘ldi: ba’zi davlatlarda odamlar soni bir necha barobar ko‘payib ketgan bo‘lsa, boshqalarida kamayib bormoqda. 🌐 Tasavvur qiling, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVF) ma’lumotlariga ko‘ra, 2000-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan davrda aholining o‘sishi asosan Fors ko‘rfazi (arab davlatlari) va Afrikada yuz bergan. Sharqiy Yevropada esa odamlar soni doimiy kamayib bormoqda. 🇶🇦 Dunyoda aholisi eng tez o‘sayotgan davlatlar asosan Fors ko‘rfazi atrofida yig‘ilgan. Ro‘yxatning eng boshida Qatar turibdi! U yerda 2000-yildan beri aholi naqd 5 barobardan ko‘proqqa (423 foizga) oshgan. Chunki Qatar o‘zining neft-gazi va qurilishlari bilan juda ko‘plab xorijlik ishchilarni o‘ziga jalb qilmoqda. Xuddi shunday ahvol Birlashgan Arab Amirliklari (249%), Bahrayn (153%), Quvayt (139%), Ummon va Saudiya Arabistonida ham kuzatiladi. 🌍 Arab davlatlaridan tashqari, Afrikada ham aholi tez o‘smoqda. Masalan, Niger (157%), Angola (139%) va Chad kabi mamlakatlarda oilalarda tug‘ilish soni juda yuqori bo‘lgani uchun aholi ko‘paymoqda. Sharqiy yevropada esa ahvol chatoq. Eng ko‘p aholisi kamaygan mamlakat bu — Ukraina (-32,5%). Undan keyingi o‘rinlarda Bolgariya (-23%), Latviya, Litva va Ruminiya kabi davlatlar turibdi. 🇪🇺 Bunga sabab bu davlatlar Yevropa Ittifoqiga qo‘shilgach, yoshlar yaxshiroq ishlash uchun G‘arbiy Yevropaga (masalan, Germaniya yoki Angliyaga) ko‘chib keta boshlashgan. Dunyodagi eng katta davlatlarga kelsak, ularning o‘sishi o‘rtacha darajada. Hindiston (38%) va AQSh (21%) o‘sgan bo‘lsa, Xitoy atigi 10% ga o‘sgan xolos. Yaponiya esa hatto qariyb 3% ga kamaygan! Kanadada aholi 35 foizga ko‘paygan (asosan migrantlar hisobiga). 👥 Bugungi kunda odamlar asosan eng boy va katta davlatlarda emas, balki ish izlab boriladigan Arab davlatlarida va tug‘ilish ko‘p bo‘lgan yosh Afrika mamlakatlarida eng tez ko‘paymoqda. Yevropa kabi ba’zi rivojlangan hududlar esa tobora “qarib bormoqda” Manba Do‘stlaringizga ulashib qo‘ying @teacherazam
Editum Apr 22
Ucell INNOPROM ko‘rgazmasida B2B yechimlarini namoyish etdi Mobil operator “INNOPROM. Markaziy Osiyo 2026” ko‘rgazmasida biznes samaradorligini oshirish va barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan raqamli yechimlar to‘plamini taqdim etdi. Kompaniya jarayonlarni avtomatlashtirish va ishning barcha bosqichlarida nazoratni kuchaytirishga yordam beradigan amaliy B2B mahsulotlariga e’tibor qaratmoqda. Asosiy yechimlar qatoriga ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish, shuningdek, ularni boshqaruv qarorlariga aylantirish imkonini beruvchi ekologik monitoring platformasi kiradi. Platforma katta ma’lumotlar bilan ishlash, moslashuvchan arxitektura va yuqori darajadagi kiberxavfsizlikni o‘zida mujassam etgan. Shuningdek, sayyor xodimlarni boshqarish uchun "Kadrlar nazorati" yechimi taqdim etildi: geolokatsiya, fotohisobotlar va real vaqt rejimida vazifalar bajarilishini nazorat qilish, bu esa jarayonlarning shaffofligi va boshqaruvchanligini oshiradi. Ucell’ning e’tibori turli biznes sohalari uchun keng ko‘lamli raqamli xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan. Ucell saytida biznes uchun raqamli yechimlar haqida batafsil ma’lumot: Reklama
Editum Apr 21
Sobiq IIBchining $17 mlnlik ozodligi, xalqaro qidiruvdagi o‘zbek, Turkiyadagi o‘quvchi terrorislar va har aqldan ozayotgan ketayotgan Tramp 🗞 So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda aqlga sig‘maydigan voqealar sodir bo‘ldi. Yo‘lning qarama-qarshi tomonida harakatlanib, o‘z yo‘lida to‘g‘ri yurganlarni "ahmoq"qa chiqarayotgan haydovchilarni ko‘rdingizmi? Yoki Toshkent yo‘llarini ta’mirlash uchun ajratilgan 14 milliard so‘m qanday taqsimlanishiga qiziqasizmi? Buning ustiga, "Humans" asoschisi nega xalqaro qidiruvga berildi? 📺 Biz 3-sonimizda rezonansli voqealarni bitta joyga jamladik va ularning orqasida aslida qanday jarayonlar yotganini ochiq tahlil qildik. Turkiyadagi maktabda yuz bergan fojiadan tortib, Messining kutilmagan xaridiga qadar — barchasi mening o‘tkir nigohim bilan. 👉 Navbatdagi sonni o‘tkazib yubormang: https://youtu.be/jRdtz4-MJK8 Sinfdoshlar, kursdoshlar, qarindoshlar gruppalariga tez jo‘natib qo‘ying @teacherazam
Editum Apr 21
Editum Apr 21
🌞 Sizni YASHIL UYIM ekologik festivaliga taklif etamiz! Festivalda sizni sovrinli o‘yinlar, mutaxassislardan interaktiv ma’ruza, plastik, mato va qog‘oz chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha mahorat darslari, eko-mahsulotlar yarmarkasi, ishlatilgan yog’, qog’oz, sellofan, plastik chiqindilarni qabul qilish punkti hamda WALL-E multfilmi namoyishi kutmoqda. 🐛To’liq dastur bilan ushbu havola orqali: https://t.me/yashil_uyim 🪲 25-aprel, 12:00–19:00 📍 MOC Hub (Buyuk Turon ko‘chasi, 77)
Editum Apr 20
🎓 Ushbu grafikda turli davlatlardagi 25 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan kattalar orasida necha foiz odam oliy ma’lumotga ega ekani ko‘rsatilgan. 🇨🇦 Eng yuqori o‘rinni Kanada (63%) egallab turibdi. Ya’ni, Kanadada har 10 ta katta yoshli odamdan oltitasi oliy ma’lumotli! Ular dunyoda 60 foizlik dovondan o‘tgan yagona davlat hisoblanadi. Undan keyingi o‘rinlarda Yaponiya (58%), Irlandiya (58%) va Janubiy Koreya (56%) kabi rivojlangan davlatlar joylashgan. Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) ham 51% ko‘rsatkich bilan kuchli yigirmatalikka kiradi. 👨💼 Bu degani, ushbu mamlakatlarda aholining yarmidan ko‘pi diplomli mutaxassislardir va ularda asosan aql bilan ishlaydigan mutaxassislarga (masalan, dasturchilar, muhandislar, shifokorlarga) talab juda yuqori. Lekin hamma joyda ham ahvol bunday zo‘r emas. Masalan, Yevropaning o‘zida qiziq farq bor: Irlandiyada 58% aholi diplomli bo‘lsa, Italiyada bu ko‘rsatkich atigi 22 foizni tashkil etadi. 👷 Grafikning eng pastiga tushsak, dunyoning eng katta va aholisi ko‘p davlatlari — Xitoy (19%), Braziliya (18%), Hindiston (14%) va Indoneziya (13%) turganini ko‘ramiz. Bu degani, bu mamlakatlarda odamlarning juda oz qismi oliygohlarda o‘qish imkoniga ega. Ammo bu davlatlar ham o‘z iqtisodiyotini kuchaytirish va dunyoda raqobatbardosh bo‘lish uchun kelajakda oliy ta'limni kengaytirishga majbur. ‼️ Chunki zamonaviy dunyoda boy bo‘lish uchun qo‘l mehnati emas, balki bilim va yuqori malaka hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Manba OTM’ga tayyorlanayotgan tanishingizga jo‘natib qo‘ying @teacherazam
Editum Apr 20
Syomkani tugatdik. Ertaga soat 20:00 da kuting. 📺 3-sonimiz A’zam Qahramoniy YouTube kanaliga chiqadi. O‘zi o‘tkan sonni ko‘rganmidingiz? Postni ulashib, yaqinlaringizni ham boxabar qilib qo‘ying @teacherazam