TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT CHAT

Teacher Azam

@TeacherAzam

Educatio

TEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼‍💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11

Subscriptores4.0万Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita1,011Scripta numerata
Attingentia recens241,600Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 57 de 85 · 1,011 scripta

Editum Apr 8

Asossiz jarimalar, noqonuniy radarlar va qopqon yoʻl chiziqlari 🎙 Bu podkastda haydovchilarga asossiz qoʻllanilayotgan jarimalar, YTHlar sonining oshishi, faqatgina haydovchilar uchun qurilgan yoʻllar va shu kabi mavzular haqida gaplashdik. Podkastni koʻrib noqonuniy radarlarni ajratishni va ular tomonidan belgilangan jarimalarni bekor qilishni bilib olasiz. 👉Mana bu yerda koʻring Haydovchi doʻstlaringizga joʻnatib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam

21,200 views

Editum Apr 8

Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ? 🇺🇿🇯🇵 O'zbekistonda universitetni bitirib, Yaponiyada IT kompaniyasida ish boshlash mumkin. Buni Japan Digital Universityning ilk bitiruvchilari uddalashdi. Ushbu karuselni varoqlang va JDU ni tanlash uchun 5 ta sababni bilib oling 😊 👉HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN 📞71-200-05-95 Telegram | Instagram| Facebook | YouTube|Web site

19,000 views

Editum Apr 7

👨‍🦳 Eski ingliz tili taxminan milodiy 500-yildan 1100-yilgacha Angliyada gapirilgan. Aynan oʻsha tilda yozilgan sheʼr. Fæder ure ðu ðe eart on heofenum si ðin nama gehalgod to-becume ðin rice geweorþe ðin willa on eorðan swa swa on heofenum. Urne ge dæghwamlican hlaf syle us to-deag and forgyf us ure gyltas swa swa we forgifaþ urum gyltendum ane ne gelæde ðu us on costnunge ac alys us of yfle. 🧑 Oʻrta ingliz tili 1100-yildan 1500-yilgacha rivojlangan va aynan oʻsha tilda yozilgan sheʼr. Ye knowe ek that in forme of speeche is chaunge Withinne a thousand yeer, and wordes tho That hadden pris, now wonder nyce and straunge Us thinketh hem, and yet thei spake hem so, And spedde as wel in love as men now do; Ek for to wynnen love in sondry ages, In sondry londes, sondry ben usages. 👶 Zamonaviy ingliz tili esa Shekspir davridan to hozirgi kundagisigacha. Toʻgʻri ozgina oʻzgarishlar boʻlishi mumkin, lekin tubdan oʻzgarib ketmagan. Bunga misolni esa siz izohlarda yozib keting. Kanalga ulanish: @teacherazam

20,300 views

Editum Apr 6

Between yoki Among Bir-biridan aniq ajralib turadigan ikki narsaga ishora qilish uchun betweenʼni ishlatamiz. 🫰 Masalan: Our holiday house is between the mountains and the sea. (Togʻ boshqa tarafda, daryo boshqa tarafda) Bir-biridan aniq ajratib boʻlmaydigan narsalar uchun amongʼni ishlatamiz. Chunki ular guruh, obyektlar toʻplamining bir qismi boʻladi. 🫰 Masalan: The ancient fountain was hidden among the trees. (Favvora daraxtlar bilan oʻralgan) Kanalga ulanish: @teacherazam

20,500 views

Editum Apr 5

Darakchiga intervyu bergan edim. Shu intervyu chiqibdi. 😊 Intervyuda ingliz tilini oʻrganishni boshlaganimdan tortib hozirgi faoliyatimgacha gapirib berganman. Nima uchun Amerikadan qaytib kelganim, u yerda boʻlgan qiziqarli voqealar, siyosat haqida gapirishdan qoʻrqmasligimning sababi haqida bilib olasiz. Koʻrib, fikrlaringizni mana shu postning izohiga yozib keting. 👉Intervyuni koʻrish Kanalga ulanish: @teacherazam

21,600 views

Editum Apr 4

Picture description In this captivating artwork, two young girls are portrayed beside a piano. One sits poised to play, her fingers gently resting on the keys, while the other stands, attentively observing. The painter skillfully captures their innocent expressions and the soft interplay of light and shadow, creating an atmosphere of serene concentration. ‼️Useful vocabulary Captivating [ˈkæptɪveɪtɪŋ] — maftunkor, jozibali Portrayed [pɔːrˈtreɪd] — tasvirlangan Poised [pɔɪzd] — vazmin, shaylangan, tayyor holatda Gently [ˈdʒɛntli] — muloyimlik bilan Resting [ˈrɛstɪŋ] — tinch holatda Attentively [əˈtɛntɪvli] — eʼtibor bilan Observing [əbˈzɜːrvɪŋ] — kuzatuvchan, kuzatish Skillfully [ˈskɪlfəli] — ustalik bilan Expressions [ɪkˈsprɛʃənz] — ifodalar Interplay [ˈɪntərpleɪ] — oʻzaro taʼsir Matnning toʻliq tarjimasini izohda yozib keting Kanalga ulanish: @teacherazam

24,500 views

Editum Apr 4

Uzbekactivist bo’yicha ba’zi fikrlar

19,700 views

Editum Apr 4

22,500 views

Editum Apr 4

21,600 views

Editum Apr 3

🛠 Har bir ingliz tili oʻrganuvchisi bilishi shart boʻlgan soʻzlar bor. Bu soʻzlar roʻyxatini Oxford Learnerʼs Dictionary tayyorlagan. U roʻyxat 3000 ta soʻzdan iborat. 😌 Lekin uning kengaytirilgan varianti ham bor. Unda 5000 ta faqat B2 va C1 darajadagi soʻzlar bor. Bu soʻzlarni yodlash orqali ingliz tilingizni yaxshigina oshirishingiz mumkin. Bu soʻzlar yigʻilgan PDF faylni esa quyidagi havoladan yuklab olsangiz boʻladi. 👉Yuklab olish Kanalga ulanish: @teacherazam

27,400 views

Editum Apr 2

Yuqorida deadline bo‘yicha so‘rovnoma jo‘natgan edim, so‘rovnoma natijasiga qaraganda men adashmagan ekanman "Ha, rostdan ham deadline bilan bog‘liq muammolar juda ko‘p". O‘zimizda, ishda, biznesda va hayotda (tanishlar orasida). Deadlinega rioya qilish qanchalik hayotimizga ta’sir qilishi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Men juda ko‘p o‘ylayman va shu asnoda ba’zi qarorlar va yechimlarga kelganman! Agar siz karyera qilish va ishlayotgan joyingizda yaxshi natijalarga erishmoqchi bo‘lsangiz, unda siz hard va soft skillardan tashqari deadlinega ham katta e’tibor qaratishingiz kerak! Nega? Chunki siz hamkasblaringiz orasida eng zo‘ri va chiroyli muomalaligi bo‘lishingiz mumkin, lekin sizga berilgan vazifani o‘z vaqtida bajarmasangiz , bularning hammasi ahamiyatsiz, chunki ba’zi vazifalar bor ularni siz ideal holatda bajarganingiz bilan vaqtidan o‘tib ketgan bo‘lsa u ishingiz shunchaki befoyda! Deadline bilan muammoyingiz bo‘lsa buni qanday hal qilish mumkin degan savol paydo bo‘ladi! Mana uning 3 ta yo‘li: 1-Deadline berilganda uni qabul qilishdan oldin 5-20 daqiqa o‘ylab olib vaqtni to‘g‘ri taqsimlab ayting, deylik har doim o‘sha ishni 1 soatda bajargan bo‘lsangiz 1,5 soat vaqt so‘rang (texnik, shaxsiy yoki yana boshqa kutilmagan sabablarni inobatga olgan holda). 2-Deadline belgilangan bo‘lsa-yu, lekin siz ulgurmasligingizni sezdingizmi , darhol bu haqida xabar bering! Misol: Sizga 3 soat vaqt berilgan siz ishni boshlaganingizdan 1 soat o‘tib tushundingizki, 3 soatda bu ishni tugata olmaysiz, balki 5 soat ketadi shu paytning o‘zida ayting (QO‘RQMANG) shunda siz juda ko‘p muammolarni oldini olgan bo‘lasiz va o‘zingizni mas’uliyatli inson ekaningizni ko‘rsatasiz! 3-Agar yuqoridagi 2 ta yo‘l bilan ham ulgurmayotgan bo‘lsangiz, shunchaki deadline belgilamasliklarini so‘rang, taxminiy bo‘lsa ham vaqt aytmang, shunda ma’suliyat sizga vazifa berayotgan insonning bo‘ynida qoladi (buning yomon tarafi bor: Sizga ish berayotgan odam boshqa siz bilan ishlamasligi yoki shunchaki o‘rningizga boshqa xodim olib sizni ishdan bo‘shatib yuborishi mumkin) tanlov o‘zingizda. @qalbimchechagi_tg

23,300 views

Editum Apr 2

Teacher Azam pinned «Mart oyida ingliz tiliga oid qanday postlar qoʻydim? 01. Verbʼlarning B2, C1 va C2 sinonimlari 02. Get soʻzining sinonimlari 03. 10 yillikdagi yil soʻzlari. 1-qism 04. Do soʻzining sinonimlari 05. Abituriyentlar uchun yangilik 06. 10 yillikdagi yil soʻzlari.…»

views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••555657585960•••65•••70•••75•••80•••8485