TGINSIGHT CHAT
Teacher Azam
@TeacherAzam
EducatioTEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11
Scripta recentia
Pag. 59 de 85 · 1,011 scripta
Editum Mar 25
The New Yorker jurnalining navbatdagi hafta sonining muqovasi. Toshkent shahrida ham, yer osti va yer usti o'tish joylarida, va umuman shahar bo'ylab ko'rish mumkin bo'lgan manzara. @lazizhamidov
Editum Mar 24
Olmali idiomalar 🇬🇧 The apple of someone’s eye — Kimningdir eng yaxshi koʻradigan, yoki fahrlanadigan odam. 🇺🇿 Oʻzbekchada — koʻz qorachigʻiday asraydigan odami. Maktabda gapirmasa ham 5 olaveradiganlar boʻladiku, ana oʻshalarda. Misol: She was the apple of her teacher’s eye and could do no wrong. 🇬🇧 Like apples and oranges — bir-biridan katta farq qiladigan narsani taqqoslash uchun ishlatiladi. 🇺🇿 Oʻzbekchada — osmon bilan yerchalik farq qiladi. Misol: The two roles are entirely different – it would be like comparing apples and oranges. 🇬🇧 The apple doesn’t fall far from the tree — bola baribir oʻzining ota-onasiga oʻxshaydi maʻnosida ishlatsa boʻladi. 🇺🇿 Oʻzbekchada — qush uyida koʻrganini qiladi. Misol: His father tried to stop him from choosing politics, but the apple doesn’t fall far from the tree, as they say. Doʻstingizga ham joʻnatib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Mar 23
3-mart kuni Cambridge Dictionaryʼga 3 ta yangi soʻz qoʻshildi 🤖Artificial superintelligence (ˌɑː.tɪˌfɪʃ.ᵊl ˌsuː.pər.ɪnˈtel.ɪ.dʒᵊns) — insondan ham aqlli, oʻzi oʻylay oladigan, oʻzi oʻrgana oladigan sunʼiy intellektning turi 🤖XAI (ˌeks.eɪˈɑɪ) — qarorlari va jarayonlarini odamlar osonroq tushunishi uchun mo‘ljallangan sunʼiy intellekt turi 🤖Agentic AI (eɪˌdʒen.tɪk eɪˈɑɪ) — insonning taʼsirisiz qarorlar qabul qiladigan va oʻz harakatlarini oʻzi belgilaydigan sunʼiy intellekt turi Bu yangi soʻzlar meni qoʻrqitayapti. Nimadir boʻlmasinda. Doʻstlaringizni ham qoʻrqiting endi. Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Mar 22
Xitoy xavfmi? 🇨🇳 Bu safargi podkastda Xitoyning Oʻzbekistonga taʼsiri haqida gaplashdik. Podkastni koʻrib — ijtimoiy tarmoqlarda koʻtarilgan vahima oʻrinlimi? — Oʻzbekistonni eng qimmat joyga aylantiradigan loyiha — Xitoyliklar kirib kelishining oddiy aholiga foydasi kabi savollarga javob olasiz. 👉 Mana bu yerda koʻring Postni esa xitoyliklar haqida videolar tashlanadigan qarindoshlar guruhiga joʻnatib qoʻying. Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Mar 21
Navro‘z Markaziy Osiyo davlatlarida 2 ming yildan beri nishonlanadi. 💐 O‘zbekiston sobiq Ittifoq tarkibida bo‘lgan davrda Navro‘z bayramini nishonlash odatda norasmiy, ba’zan esa hatto taqiqlangan edi. Aynan 21-mart teng kunlikka ham toʻgʻri keladi. Yaʼni bu kunda kun ham, tun ham 12 soatdan davom etadi. 🌸 Navro‘z Afg‘oniston, Ozarbayjon, Eron, Hindiston, Iroq, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston va O‘zbekiston davlatlarida keng nishonlanadi. Navro‘z bayrami muborak hammaga Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Mar 20
Qaysi biri toʻgʻri: It is I yoki It is me? 😔 It is I — rasmiy yozuv uchun. Oʻzi anʼanaga koʻra is, was yoki were bogʻlovchilaridan keyin I ni ishlatish oʻrinli boʻladi. “It is I” juda ham rasmiy boʻlgani uchun hozirgi kundagi maqola va kitoblarda tez-tez uchramaydi. Uni koʻproq ancha yil oldin chiqqan, qadimgi desayam boʻladigan kitoblarda uchratish mumkin. Misol: — Is this Aʼzam? – It is I. — It is I she wishes to see tonight. 🤙 It is me — norasmiy uslub. Bugungi kunda ingliz tilida gapiradiganlarning koʻpchiligi shundan foydalanadi. Misol: — It is me in the picture. — You can say anything. It is me you’re talking to. Umuman olganda “it is I” ham “it is me” ham toʻgʻri. “It is I” bu rasmiy ohangda, “it is me” kundalik suhbatlarda ishlatiladi. Siz oʻzi “It is I“ borligini bilarmidingiz? Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Mar 19
Ramadan Vocabulary 1. Fasting — roʻza tutish 2. Suhoor — saharlik, ogʻiz yopar vaqti 3. Iftar — iftorlik, ogʻiz ochar vaqti 4. Breaking a fast — ogʻiz ochmoq 5. Taraweeh — taroveh namozi 6. Laylat Al-Qadr — Qadr kechasi 7. Obligatory charity — zakot 8. Eid Al Fitr — Ramazon hayiti 9. Call to prayer — azon Ingliz tilini endi oʻrganishni boshlagan yaqinlaringizga joʻnatib qoʻying. Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Mar 18
🎙 Xushnudbek Xudoyberdiyev bilan podkast Zakovatdan tortib, orzudagi Oʻzbekiston mavzusigacha gaplashdik. Podkastda: — oʻzbeklarning huquqiy savodxonlik darajasi; — super kontraktning ustun tarafi; — xalq birlashishi uchun nima qilish kerakligi; — Oʻzbekiston qanday jamiyat ekanligini bilib olasiz. 👉Toʻliq podkastni koʻrish Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Mar 18
“Трастбанк”дан пасайтирилган фоиз ставкалари билан автокредит олинг ва орзуйингиздаги автомобилга эга бўлинг! “Трастбанк” расмий даромади борларга ва ўзини ўзини ўзи банд қилганларга қулай шартлар асосида автокредит ажратмоқда. * Муддати: 60 ойгача; * Бошланғич тўлов: 20% дан бошлаб; * Фоиз ставкаси: 24% дан бошлаб. Таълим ва соғлиқни сақлаш тизимлари ходимлари учун алоҳида имтиёзлар мавжуд. Батафсил Саволларингиз бўлса 1287 рақамига қўнғироқ қилинг Телеграм: @trustbankuz Реклама
Editum Mar 17
Mevali idiomalar 🇬🇧 Banana skin — jamoat joyida qoʻpol xato qilganda ishlatiladi. 🇺🇿 Oʻzbekchada — qovun tushirdi. Misol: This isn’t the first banana skin the government has made on this week. 🇬🇧 The cherry on the cake — yaxshi boʻlgan vaziyat yana ham yaxshilanganda ishlatiladi. 🇺🇿 Oʻzbekchada — nur ustiga aʼlo nur Misol: Winning the championship was a great achievement, but scoring the final goal was the cherry on the cake. 🇬🇧 Sour grapes — sizda yoʻq boʻlgan narsa birovda boʻlsa, oʻsha narsaga hasad qilish. 🇺🇿 Oʻzbekchada — koʻrolmayapsanmi? Misol: Abdulla said that the movie is bad, but he hasnʼt even watched it – thatʼs sour grapes! Doʻstingizga ham joʻnatib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Mar 16
Oxford va Cambridge eʼlon qiladigan “yil soʻzlari” nega bir-biridan farq qiladi? 📆 Koʻpchilik 2024-yilda Brain Rot yaʼni miya chirishi Word of the year boʻlgan deb yozgan ekan. Bu soʻz Oxford toʻplagan maʼlumot asosida eʼlon qilingan edi. Men esa Cambridge eʼlon qilgan yil soʻzlarini aytib berganman. Oxford va Cambridge yil soʻzlarini tanlashda bir-biridan farq qiladigan kategoriyalarga murojaat qiladi. 🪧 Soʻz tanlov bosqichi: Oxford — butun dunyo bo‘ylab oʻsha yilda eʼlon qilingan gazetalar, adabiyotlar, ijtimoiy tarmoqdagi postlar kabi turli manbalardan ma’lumotlarni to‘playdi va ulardan yil davomida qo‘llanilishi yoki dolzarbligi oshgan so‘z yoki iboralarni aniqlash uchun foydalanadi. Cambridge — oʻzining lugʻat platformasida foydalanuvchilar tomonidan eng koʻp izlangan soʻzlardan kelib chiqib hisobot chiqaradi. 🎯 Asosiy eʼtibor: Oxford — Oʻsha yilda sodir boʻlgan ijtimoiy, siyosiy, madaniy trendlardan kelib chiqib yil soʻzini aks ettiradi. Cambridge — Ingliz tilini chet tili sifatida oʻrganayotgan odamlar eng koʻp izlagan soʻzlarni eʼlon qiladi. 💬 Soʻz turlari: Oxford — rasmiy, norasmiy, slang yoki hatto emojilarni ham yil soʻzi deb eʼlon qilishi mumkin. Cambridge — Ingliz tilini oʻrganayotgan odamlar koʻp foydalanadigan soʻzlarni eʼlon qiladi. 👥 Auditoriya: Oxford — Butun jahon odamlari, ham nativeʼlar ham non-nativeʼlar ishlatayotgan soʻzlarni eʼlon qiladi. Cambridge — Ingliz tilini oʻrganayotgan va non-nativeʼlar koʻp izlayotgan soʻzlarni eʼlon qiladi. Men ingliz tilini oʻqitganim uchun Cambridge eʼlon qiladigan yil soʻzlarini post qilib chiqardim. Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Mar 15
10 yillikdagi yil soʻzlari. 4-qism. ⭐ 2023-yil “Hallucinate” — Oʻzbek tilida gallyutsinatsiya boʻlish. Odatda sogʻliq bilan bogʻliq muammolar yoki dori qabul qilganingiz sababli mavjud boʻlmagan narsalarni koʻrish, eshitish yoki his qilish kabi simptomlar kuzatilishi mumkin. Shu holatga gallyutsinatsiya deyiladi. Lekin bu soʻz mashhur boʻlishiga hech qanday global sogʻliq bilan bogʻliq muammolar sabab emas. Balki AI mashhur boʻlgani uchun. Aynan ChatGPT, Geminiʼga oʻxshagan katta til modellari gallyutsinatsiya qilganda, notoʻgʻri maʼlumot berishni boshlaydi. 💪 2024-yil “Manifest” — Oʻzbek tilida namoyish qilish. Bu soʻz mashhur boʻlishiga sabab 2024-yilning Iyul oyida boshlangan Olimpiada oʻyinlari edi. Musobaqada oʻrin olgan koʻplab sportchilar bu haqida oʻzlarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida eʼlon qilishdi. Muvaffaqiyatini namoyish qilishdi. 2025-yilda qaysi soʻz eng mashhuri boʻladi deb oʻylaysiz? Doʻstingizga ham joʻnatib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam