TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT CHAT

Teacher Azam

@TeacherAzam

Educatio

TEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼‍💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11

Subscriptores4.0万Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita1,011Scripta numerata
Attingentia recens386,000Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 63 de 85 · 1,011 scripta

Editum Feb 9

Jackie Chan ingliz tilini qanday oʻrgangan? 💸 Jackie Chan 1954-yil Xitoyda tugʻilgan, ingliz tilini esa 1980-yillardan Kaliforniyaga kelganda oʻrganishni boshlagan. Golivudda rol ijro etish uchun eng qiyin jarayon ham ingliz tilini oʻrganish boʻlganini aytgan 😌 Toʻgʻrida, xitoy tili qayerda-yu, ingliz tili qayerda. Chan ingliz tilini oʻrganish uchun: — doimiy ravishda ingliz tilida kino koʻrdi; — talaffuzi bilan bogʻliq mashqlar bajardi; — 4 ta ingliz tili ustozi bilan kuniga 9 soatdan dars qildi; — ingliz tilida gapiradigan insonlar bilan doim gaplashdi. 😵 Oxirida esa natijaga erishdi. Siz ingliz tilini oʻrganish uchun nimalar qilayapsiz? Postni haliyam ingliz tilini oʻrganishni choʻzib yurgan yaqinlaringizga joʻnatib qoʻying. Kanalga ulanish: @teacherazam

35,200 views

Editum Feb 8

Hisob-kitob qilamiz! 💸 Ingliz tilini noldan C2 darajagacha oʻrganish uchun qancha kerak? — A1 dan B1 gacha 300-500 soat. — B1 dan B2 gacha 150-200 soat. — B2 dan C1 gacha 200-250 soat. — C1 dan C2 gacha 200-250 soat vaqt ketadi. Agar darajangiz A1 boʻlsa va ingliz tilini C2 gacha oʻrganishni istasangiz, bunga 1000-1200 soat vaqt ketadi. 📖 Statistikadan kelib chiqib hisoblasak, har kuni 2 soatdan ingliz tilini oʻrgansangiz, 600 kunda C2 darajaga chiqasiz ekan. Lekin muvaffaqiyatga erishishni istaydigan oʻzbeklar uchun tilni yana ham tezroq oʻrgatadigan kurs qilsak, nima deysiz? Postni esa ulashib qoʻying. Kanalga ulanish: @teacherazam

31,900 views

Editum Feb 7

28,300 views

Editum Feb 7

“Jadidlar aslida kim boʻlgan” mavzusidagi podkastimiz chiqdi. Unda jadidchilik harakati: — qanday paydo boʻlgani; — aholiga qanday qilib oʻz gʻoyalarini yetkazgani; — xonlik va amirlik bilan aloqalari haqida bilib olasiz. Mana bu yerda koʻring Kanalga ulanish: @teacherazam

33,400 views

Editum Feb 5

Nechta soʻz bilasiz? Ingliz tilini oʻrganyapman deganingizda, yoshi kattalar qancha soʻz yodlading, deb soʻrashgan-a? 🍀 Agar yana shunday deyishsa, endi taxminiy biladigan soʻzlaringiz sonini aytsangiz boʻladi. Pastdagi havolada sizga koʻrsatilgan soʻzlardan bilganlaringizni belgilab ketsangiz, lugʻat boyligingiz qanchaligini koʻrasiz. 🔗Qani, ishlab koʻray-chi Testni bajarib boʻlib, nechta soʻz bilishingizni izohlarda yozib keting. 😌Postni esa nima qilishni bilasiz-a? Kanalga ulanish: @teacherazam

38,500 views

Editum Feb 5

30,400 views

Editum Feb 5

33,600 views

Editum Feb 4

Arnold Schwarzenegger ingliz tilini qanday oʻrgangan? Arnold Schwarzenegger 1947-yil Avstriyada tugʻilgan. U nemis tilida gapirar edi. 1968-yil AQShga koʻchib oʻtadi, lekin ingliz tilini 2 yil oʻtib oʻrganishni boshlagan. 🗣 Tilni yaxshi oʻrganishining sababi — shunchaki ingliz tilida gapirgan, eshitgan, oʻqigan. Hech qanday sehrli nimadirlar sodir boʻlmagan u bilan. Har kuni doimiy ravishda mashq qilish orqali oʻzi istagan natijaga erishadi. 🤜 Gaplashish uchun menga sherik yoʻq deb bahona qilmang. Hozir nativeʼlar bilan gaplashishingiz mumkin boʻlgan dasturlar koʻp. Postni haliyam ingliz tilini oʻrganishni choʻzib yurgan yaqinlaringizga joʻnatib qoʻying. Kanalga ulanish: @teacherazam

36,300 views

Editum Feb 3

Teacher Azam pinned a photo

views

Editum Feb 2

💸Englifyʼda onlayn speaking kursi ustida ishlayapmiz. Faqat qanday maʼlumotlar qoʻshsak oʻquvchilarga kurs yana ham foydali boʻlishini aniqlashimiz qoldi xolos. Aynan shu joyida sizning yordamingiz kerak. 🧑‍🎓 Ingliz tilini oʻrganayotgan oʻquvchi sifatida ayting-chi onlayn speaking kursida nimalar boʻlsin? Fikrlaringizni quyidagi soʻrovnomada bildiring. Koʻp vaqt olmaydi, oʻzi 15 ta savol. 🎙Soʻrovnomada qatnashish

36,700 views

Editum Jan 31

Fluency nima? Ko‘pchilik ingliz tilida “fluent” bo‘lish uchun koʻp soʻz yodlashim kerak deb oʻylaydi. 🤔 Lekin tilni bilish darajasi faqat siz biladigan soʻzlar soniga bogʻliq emas. Oʻtgan safargi postda ham kundalik suhbatlarda ishlatiladigan 500 ta soʻzlar listini bergan edim. Lekin bu miqdordagi soʻzlar kengroq mavzularda gaplasha olish uchun kam. Sizda fluency qanchalik yuqori boʻlsa, chet tilida shuncha erkin gapira olasiz. Xoʻsh, fluency qanday o‘lchanadi? 1️⃣CEFR tizimi – C1 yoki C2 darajasiga erishgan kishi odatda fluent hisoblanadi. C2 darajasida inson 10,000 dan ortiq aktiv va 20,000 dan ortiq passiv so‘z biladi. 2️⃣Suhbatlardagi tabiiylik – o‘z fikrini ravon ifoda etish, pauza va ikkilanmasdan gapirish yaxshi fluency belgisi. 3️⃣Eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlarni bilish – tezroq fluent bo‘lishni istasangiz, eng ko‘p ishlatiladigan 3,000-5,000 ta so‘zni o‘rganish yetarli bo‘ladi. 4️⃣Fikrlash va tushunish tezligi – agar siz chet tilida o‘ylab, eshitgan narsangizni tez tushuna olsangiz, bu ham fluency belgisidir. Fluencyga erishish uchun ko‘proq muloqot qilish, speaking, reading, writing va listening ko‘nikmalarini rivojlantirish kerak. Postni ingliz tilini oʻrganayotganlarga joʻnatib qoʻying. Kanalga ulanish: @teacherazam

38,800 views

Editum Jan 28

Inglizlar odatda kundalik suhbatlarda 500 ta soʻz ishlatadi. 🗣️ Bu kundalik suhbatlar oila, ish, maktab va ta’lim kabi mavzularni oʻz ichiga oladi. Bu soʻzlarni bilgan odam esa oddiy iboralarni tushunadi va leksik bilim bilan ularni ishlata oladi. Soʻzlar roʻyxatini esa mana bu yerdan yuklab oling. 😉 Postni ingliz tilini oʻrganishni boshlagan yaqinlaringizga joʻnatib, ularni xursand qilib qoʻying. P. S. Agar erkin gaplashishni istasangiz, fluencyʼni rivojlantiring. Keyingi postda esa fluency nima ekanini aytib beraman. Kanalga ulanish: @teacherazam

42,900 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••606162636465•••70•••75•••80•••8485