TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT CHAT

Teacher Azam

@TeacherAzam

Educatio

TEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼‍💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11

Subscriptores4.0万Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita1,011Scripta numerata
Attingentia recens341,100Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 61 de 85 · 1,011 scripta

Editum Mar 8

8️⃣ Barcha ayol va qizlarimizni 8-mart bilan tabriklayman! Biz erkaklarning baxtiga doimo sogʻ va omon boʻling! Faktlarga esa bir qarab koʻring: 🌹 Oʻzbekiston aholisining 18,6 mlni ayollar 🪷 Oʻtgan yili 446,9 mingdan ortiq qiz bola chaqaloq tugʻilgan 🌺 Maktablarda 70% dan koʻp ayollar ustozlar dars beradi 💐 Maktab oʻquvchilarining 3,2 mlndan ziyodi qiz bolalar 🌸 Oliygohlarda 807,196 nafar qiz bola talaba oʻqiydi. Bu umumiy talabalar sonining 53 foizi. 🌻 Oliygohlarda 21,334 nafar ayol professorlar dars beradi 🌷 Ayol tibbiyot xodimlari soni 353 ming kishidan koʻp 😌 Bular bilan siz bizning yarmimiz ekaningizni eslatmoqchiman. Qadrli erkaklar, bu postni yarmingiz boʻlgan insonlarga joʻnatib qoʻying. Kanalga ulanish: @teacherazam

23,800 views

Editum Mar 7

10 yillikdagi yil soʻzlari. 2-qism. 📱 2018-yil “Nomophobia” — telefonsiz qolishdan yoki undan foydalana olmaslikdan qoʻrqish. Mana shu yildan boshlab butun dunyoda telefonlardan foydalanish keyingi bosqichga chiqishni boshlagan. 🔄 2019-yil “Upcycling” — Oʻzbek tilida yangilanish deb tarjima qilsak boʻladi. Biror bir narsaning eskisidan voz kechib, oʻrniga yangilarini sinab koʻrish jarayoni. Bu yilda koʻplab inflyuyenserlar Instagram orqali yoshlarni sogʻlom hayot tarziga targʻib qilgan, yangi narsalarni sinab koʻrishni, sotib olishni tavsiya qilgan. 😷 2020-yil “Quarantine” — Karantin. Bu soʻzni nima uchun ommabop boʻlganini va tarjimasini aytmasam ham hamma biladi. Hammamizga yaxshigina tanish soʻz. Siz bu soʻzlarning tarjimasini bilarmidingiz? Doʻstingizga ham joʻnatib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam

22,800 views

Editum Mar 6

Abituriyentlar, endi sertifikatingiz boʻlmasa, imtihon topshira olmaysiz Blogingizda chet tili birinchi fan sifatida belgilangan boʻlsa, ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar faqat sertifikatni taqdim etishlari lozim boʻladi. Yuqoridagi rasmda bor, qaysi yoʻnalishlarda bunday boʻlishi. 👀 Endi eʼtibor bering. 1-fan sifatida aniq koʻrsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan boʻyicha sertifikat, “Chet tili” deb koʻrsatilgan boʻlsa biror xorijiy tilni bilish sertifikatini taqdim etish kerak boʻladi. ✔️ Bu nima degani? Masalan 1-fanga “ingliz tili” deb yozilgan boʻlsa, aynan shu fandan sertifikat boʻlishi kerak. Nemis yoki turk tilidan sertifikati borlar bu yo’nalishga topshira olmaydi. Lekin 1-fan “Chet tili” deb koʻrsatilgan boʻlsa, qaysi tildan sertifikatingiz boʻlsa ham bu yoʻnalishga topshira olasiz. Abituriyent tanishlaringizga joʻnatib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam

46,100 views

Editum Mar 5

Eng koʻp ishlatiladigan 5 ta A1 darajadagi verbʼlarning B2, C1 yoki C2 levelʼdagi sinonimlari A1 = Get B2 = Acquire C1 = Obtain A1 = Do B2 = Perform C2 = Execute A1 = Make B2 = Construct C1 = Forge A1 = Go B2 = Advance C1 = Proceed A1 = Have C1 =…

23,800 views

Editum Mar 4

10 yillikdagi yil soʻzlari. 1-qism. 📉 2015-yil “Austerity” — Oʻzbek tilida tejamkorlik degani. Bunga sabab oʻsha yili Yevropa davlatlarida saylovlar qatʼiy iqtisodiy qarorlarga qaratilgani uchun odamlar bu soʻzni koʻp izlagan. 😨 2016-yil “Paranoid” — Oʻzbek tilida vasvasa deb tarjima qilsak boʻladi. Shu yilda UK Yevropa ittifoqidan chiqqan, Trump saylovda yutgan, Suriyada esa qonli fuqarolar urushi boʻlgan. 👥 2017 “Populism” — odamlarning ishonchini qozonish uchun ularga oʻzlari istagan narsani berishda amalga oshiriladigan siyosiy yondashuv. Misol, saylovda yutish uchun soliqlarni qisqartirib, oylik maoshlarni oshirishni vaʼda qilish. Bu soʻz ommalashishiga sabab esa Trump 2017-yil 22-yanvarda AQShning 45-prezidenti sifatida qasamyod qiladi, keyin esa Rim papasi Fransisk intervyuda populizmning kuchayishidan ogohlantiradi. Siz bu soʻzlarning tarjimasini bilarmidingiz? Doʻstingizga ham joʻnatib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam

28,500 views

Editum Mar 2

Eng koʻp ishlatiladigan 5 ta A1 darajadagi verbʼlarning B2, C1 yoki C2 levelʼdagi sinonimlari A1 = Get B2 = Acquire C1 = Obtain A1 = Do B2 = Perform C2 = Execute A1 = Make B2 = Construct C1 = Forge A1 = Go B2 = Advance C1 = Proceed A1 = Have C1 =…

25,800 views

Editum Mar 1

Eng koʻp ishlatiladigan 5 ta A1 darajadagi verbʼlarning B2, C1 yoki C2 levelʼdagi sinonimlari A1 = Get B2 = Acquire C1 = Obtain A1 = Do B2 = Perform C2 = Execute A1 = Make B2 = Construct C1 = Forge A1 = Go B2 = Advance C1 = Proceed A1 = Have C1 = Possess C2 = Retain Keyingi postlarda har bitta soʻzning qachon va qayerda ishlatilishini tushuntirib beraman. ⁉️ Siz yana qaysi A1 darajadagi verbʼlarning B2, C1 yoki C2 levelʼdagi variantlarini bilasiz? Izohda yozib keting Kanalga ulanish: @teacherazam

33,800 views

Editum Feb 28

Bugungi podkastda Ballar bilan umuman davlat va xalq oʻrtasidagi munosabat haqida gaplashdik. 🫣 Boshida yumor bilan yengil boshlavoldik, ammo oxiri .... Mayli, koʻrvoradigan joyi lekin: https://youtu.be/NT4PStGmUkg Kanalga ulanish: @teacherazam

30,300 views

Editum Feb 28

Teacher Azam pinned a photo

views

Editum Feb 28

🌙 Barchangizga kirib kelgan Ramazon oyi muborak boʻlsin, barchani ushbu muqaddas oy bilan tabriklayman. 📌 Bu postni esa pin qilib qoʻyaman. Har saharlik va iftorlik qilayotganda qarab turishingiz uchun. Uyda baribir taqvim bitta joyda turmaydi. Yaqinlaringizga ham joʻnatib qoʻying, ularga ham manfaatli boʻlsin. P. S. Taqvim Toshkent vaqtiga amal qiladi. Kanalga ulanish: @teacherazam

42,100 views

Editum Feb 25

Ingliz tilidagi acronymʼlar nima? ⌛️ Acronym bu qisqartma boʻlib, bir nechta so‘zlarning bosh harflaridan tashkil topadi va tez-tez ishlatiladi. Ularning ayrimlari: POV — point of view. Biror masalaga oʻzingiz tomoningizdan qarashingiz. Bu acronym koʻpincha memlarda, shaxsiy yozishmalarda ishlatiladi. FAQ — frequenly asked questions. Koʻp soʻraladigan savollar. Bu acronym rasmiy hujjat va saytlarda ishlatiladi. RIP — rest in peace. Bizdagi joying jannatda boʻlsin degan soʻz bilan bir xil. Bu acronym qayerda ishlatilishini tarjimasidan bilgan boʻlsangiz kerak-a? VIP — very important person. Oʻta muhim odam. Bu acronym sizga ham toʻgʻri kelishi mumkin, agar butun qarindoshlaringiz ichida IELTSʼdan 7 faqat sizda boʻlsa. DIY — do it yourself. Oʻzing bajar. Sinfdoshingiz biror narsani qilib berishni sizdan soʻrasa, unga shuni yozib yuboring. Oʻzingiz bilgan acronymʼlarni izohda qachon ishlatilishi bilan yozib keting, menga oʻxshab 😅 ⬅️Postni esa nima qilishni bilasiz. Kanalga ulanish: @teacherazam

36,600 views

Editum Feb 25

27,500 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••5960616263•••65•••70•••75•••80•••8485