TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT CHAT

Teacher Azam

@TeacherAzam

Educatio

TEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼‍💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11

Subscriptores4.0万Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita1,011Scripta numerata
Attingentia recens370,800Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 74 de 85 · 1,011 scripta

Editum Nov 10

Para uz dagi yigitlar bilan kollaboratsiya video oldik😎 Ushbu voqeada biz xozirgi zamon qahramonini ko’rsatishga harakat qildik. Ushbu mini film masadi O’zbek yoshlari portretining katta bir bo’lagini aks etish. Tomosha qiling, do’stlarga ulashing, va izohlarda fikr qoldiring🔥 To’liq video instagramda:👇 https://www.instagram.com/reel/DCJxE3SobN5/?igsh=aXRkZjF1YnBzMGh6

40,500 views

Editum Nov 7

🎙️ Sog’ingan qalblar winter is coming (GOT). Qalbni torlarini birma-bir chertadigan Nqe ham kelayotir. Takliflar bo’lsa bemalol. Nqe’da kimlarni suhbatini achchiq choy damlab ko’rmoqchisiz? Ungacha buni ko’rib turish zarar qilmas. A,labbay?)👉🏻https://youtu.be/1OsyMHDcyWk 👇 Kanalga ulanish 👇 📱@teacherazam

36,600 views

Editum Nov 7

Buni sizga hech kim aytmaydi. Lekin men borman-ku😉 🔍 Deyarli istagan kitobni Wikipediyaga yozsangiz o'sha kitobning eng asosiy fikr va g'oyalari jamlangan to'liq summarysi chiqadi. 📚 Masalan, juda ko'p kitoblar vaqt sarflab o'qishga arzimaydi. Shunchaki summarysini o'qishning o'zi kifoya. Shunday qilib saralaysiz. 🙌🏻Rahmatga o’rin yo’q. Xizmatingizdamiz. 👇 Kanalga ulanish 👇 📱@teacherazam

36,400 views

Editum Nov 7

​​Bir paytda bir qadamdan... "And we're taking it one day at a time..." 🫀Ha, bu dunyo bir jonimizga o'gir. Shunday bo'lsada, oldinga qadam tashlashda davom etaveramiz. Bir paytda bir qadam; shoshmasdan, katta manzaraga emas, oyoq ostimizga boqib, bittadan qadam tashlab ketaveramiz. Zero, "yo'limiz o'zimiz kabi og'ir"... 😨 Ba'zan, oldimizdagi bizni kutib turgan katta manzaraga qarab yuragimiz orqaga tortib ketadi. "Uddalay olarmikinman?!", "Kuchim yetarmikin?!", kabi shubha-gumon, xavotirlar miyyamizni egallab oladi. Atrofdagilar shunchalik katta marralarni zabt etayotgan bir paytda kunni tunga arang ulab olayotganingdan o'ksib ham ketasan. Eng yomoni, o'zingga achinasan. Ichingdagi olov so'nganidan o'rtanasan. Ammo, oldinga qadam tashlashda davom etaverasan. Chunki, "yo'limiz o'zimiz kabi og'ir"... 👣 Aslida, yashashdan ma'no ham shu - yashashda davom etish. Oldinda nimalar kutayotganligiga qaramay, yo'ling qanchalik og'ir va qanchalik uzun ekanidan cho'chimay, bir paytda bittadan qadam tashlab oldinga yuraverasan. Qo'limizdan kelgani ham, ayni damda qo'limizdagisi ham shu - bir paytda bittadan qadam tashlash. Chunki, yuragingning tubida bir umid hali so'nmagan - qadamlaring seni albatta manzilingga eltadi. Zero, "yo'limiz o'zimiz kabi og'ir"... ps. Bir, ikki palsapa ruknimdan. Osh bo’lsin! 👇 Kanalga ulanish 👇 📱@teacherazam

35,100 views

Editum Nov 6

26,700 views

Editum Nov 6

Азага келган ўз дардини айтиб йиғлайди, деганларидек, Тичер Аъзам ҳам хурсанд. Турмушимиз қувноқ бўлади, деяпти.

27,800 views

Editum Nov 6

Азага келган ўз дардини айтиб йиғлайди, деганларидек, Тичер Аъзам ҳам хурсанд. Турмушимиз қувноқ бўлади, деяпти.

23,200 views

Editum Nov 6

Bitcoin oshdi degani Trump yutdi degani-da! 👇 Kanalga ulanish 👇 📱@teacherazam

32,100 views

Editum Nov 6

Sieve (siv) - elak, suzg'ich - tool used for separating solids from liquids or larger pieces of something from smaller pieces. - to have a memory like a sieve (idiom) - 🤡so'zma-so'z tarjimada elakdek xotiraga ega bo'lish 🤔narsalarni tezda unutadigan insonlarga nisbatan ishlatiladi. - if you have a memory or mind like a sieve, you forget things very easily. Teskarisi esa - to have the memory of an elephant 🐘 ps. kimni aytardi shu gapni ko’p? u qulog’ingga kirib, bu qulog’ingdan chiqdimi? 👇 Kanalga ulanish 👇 📱@teacherazam

33,300 views

Editum Nov 5

🇮🇳😂Bemorda hindcha kovid aniqlanibdi. Shifokorlarning o'ylashicha bu xavfli emas ekan... ("Mem faktor" 5-sonidan parcha) 🔺 To'liq video Teacher Azam YouTube kanalida! 👇 Kanalga ulanish 👇 📱@teacherazam

28,800 views

Editum Nov 5

Audiokitoblar haqida ikki og'iz 🎧 Biror yangi kitobni sotib olishdan oldin u haqida ''goodreads''dagi reviewlarni yoki Wikipediyadan o'qib chiqing. Keyin esa audiobookini eshitib ko'ring. Shu yo'sin, o'qishga arziydimi, yoki yo'q, bilganimdan so'nggina kitobni sotib olib o'qisangiz bo'ladi. Kitob javonimdagi deyarli barcha kitoblarim ayni shu chig'iriqdan o'tsa afsuslanadigan kitobingiz kam bo'ladi. 🙆 Shunchaki audio bilan cheklanib qo'ya qolsakchi? Bir marta eshitib chiqqandan keyin ham yana boshqattan o'qib chiqishni nima keragi bor? Keragi bor. Chunki bu ''analitik mutolaa'' deb ataluvchi murakkab mutolaa jarayonining bir qismi. Ya'ni, bu bilan tez vaqt ichida qo'lingizdagi kitob haqida umumiy tushunchaga ega bo'lishingiz mumkin. Bunda, detallarga e'tibor bermasdan umumiy argumentlarni diqqat bilan tinglab ketaverasiz. So'ngida esa, sizda kitob haqida yaxlid tasavvur shakillangan bo'ladi. Ana endi kitobni sinchkovlik bilan o'qib chiqishingiz mumkin. (''Analitik mutolaa'' haqida ''How to read a book'' asarida to'liq o'qishingiz mumkin) 🤓 Undan tashqari, audio tinglaganda kitobni to'liq tushunish ilojsiz. Bunga sabab, audio tinglash paytida har doim ham fikrlaringizni qayd qilish, kitobning muhim joylarini belgilash imkoni yo'qligidir. Shu sababdan audio kitob tinglash haqiqiy kitob o'qigandan ko'ra passivroq jarayon va shuning uchun ham nisbatan kamroq ma'lumot esingizda qoladi. 🕺 Nima qilganda ham, audiokitoblar qulay va tinglash maroqli. Ammo, faqat audio bilangina cheklanib qolmay, kitobni o'zini ham qayta o'qib chiqish lozim (agar shunga arzisa) 🫵🏻Sizga qay biri qulay? Audio kitobmi yoki qog'oz kitob? 👇 Kanalga ulanish 👇 📱@teacherazam

25,600 views

Editum Nov 5

Stand-upga qiziqadigan tomoshabinlarimiz uchun ajoyib konsert olib keldim! https://youtu.be/v0kqHzeUmyE?si=jBtl7U0RzSf13JMB

24,700 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••7273747576•••80•••8485