TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

@TALIMUZ

Education

🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot

Subskrybenci15.6万Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty912Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg451,800Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Strona 30 z 76 · 912 postów

Opublikowano 30 cze

⚡️Shpargalka: Mutaxassislik fan bloki testlari qaysi mavzulardan tuziladi? 1⃣Ona tili va adabiyot - Ona tili - 60 %; - Adabiyot - 40 %. 2⃣Matematika: - Sonlar va ular ustida amallar - 25 %; - Funksiya va algebraik ifodalar - 35 %; - Hosila, integral va ularning tadbiqlari – 10%; - Geometriya - 30%. 3⃣Tarix: - Siyosiy tarix - 50-60%; - Ijtimoiy-iqtisodiy tarix - 10-20 %; - Madaniy hayot - 10-15 %; - Amaliy topshiriqlar - 20-25 %. 4⃣Fizika: - Mexanika - 35 %; - Molekulyar fizika va termodinamika (mantiqiy va laboratoriya ishlariga oid topshiriqlar) - 25 %; - Elektromagnitizm - 30 %; - Atom va yadro fizikasi (optika, nisbiylik nazariyasi) - 10%. Barcha abituriyentlarga tarqating! #Qabul2025#Abituriyent2025#abituriyent ✅@talimuz

37,400 views

Opublikowano 30 cze

🤝 O‘zining yorqin kelajagini bunyod etishni istaganlar uchun IT bo‘yicha bepul ta’lim School 21 – bu zamonaviy raqamli texnologiyalar maktabi bo‘lib, unda barcha xohlovchilar IT sohasida karyera boshlashi mumkin. Bu yerda mentorlar va ma’ruzalar o‘rniga faqat amaliyot, jamoaviy ish va haqiqiy vazifalar mavjud. Eng muhimi – ta’lim mutlaqo bepul. 👨‍💻 Kimlar qatnashishi mumkin? IT sohasida ta’lim olish va rivojlanishni istaydigan barcha 17 yoshdan oshganlar. 💡School 21 qanday imkoniyatlarni taqdim etadi: — IT yo‘nalishidagi eng talabgir yo‘nalishlar bo‘yicha 6 oydan 3 yilgacha amaliy ta’lim — moslashuvchan jadval va kampusdan 24/7 rejimda foydalanish imkoniyati — Toshkent va Samarqandda qulay sharoitlarga ega kampuslar — haqiqiy loyihalar va haq to‘lanadigan amaliyot — davlat namunasidagi diplom Bu yerda siz dasturchi, sinovchi, tahlilchi yoki kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis bo‘lishingiz hamda mamlakatning yoki dunyoning istalgan nuqtasidan turib ishlashingiz mumkin. 📅 Eng yaqin saralash «hovuzi» 7-iyuldan boshlanadi. Hujjat topshirishning so‘nggi muddati – 2-iyul. 🍂 Kuzgi saralash «hovuz»lari 29-sentabr va 10-noyabrda rejalashtirilgan. 🌐21-school.uz orqali batafsil ma'lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish mumkin. 👉 RO'YXATDAN O'TISH

35,000 views

Opublikowano 26 cze

⚡️Kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talabaga Prezident granti beriladi Kunduzgi ta’lim shakli imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talaba Prezident grantini oladi. Imtihonlarda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball. Agar talaba kontraktga qabul qilingan bo'lsa ham, Prezident grantiga loyiq ko'rilsa, grant asosida o'qiydi. 🇺🇿 Prezident granti stipendiyasi talabaga oyma-oy to‘lanadi. Lekin agar talaba birorta fanini "a’lo" bahoga yopolmasa ham, keyingi semestrda prezident granti stipendiyasini emas, oddiy stipendiya oladi. Keyingi semestrni "a’lo" bahoga yopsa, talaba yana grant stipendiyasini olishda davom etadi. Bu stipendiya miqdori Prezident stipendiyasi bilan bir xil. O‘qishni tugatguncha grant stipendiyasini uzluksiz olgan talabalar o‘z sohasi bo‘yicha magistraturaga grant asosida imtihonsiz qabul qilinadi. ✅@talimuz

62,500 views

Opublikowano 25 cze

⚡️Kollej yoki texnikumlarga kirishni xohlovchi abituriyentlardiqqatiga! Kollej yoki texnikumlarga kirishni xohlovchi abituriyentlar ham my.uzbmb.uz sayti orqali bugun soat 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Prezident farmoniga ko‘ra, o’tgan yildan boshlab OTM va professional ta’lim muassasalariga hujjatlar qabuli bir vaqtda amalga oshiriladigan bo‘lgan. Oldingidek kollej/texnikum uchun alohida ro‘yxatdan o‘tilmaydi. Kirish imtihonlari ham bir marta o‘tkaziladi va unda to‘plagan bali bilan xohlasa OTMga, xohlasa kollej/texnikumga kirish tanlovida qatnashishi mumkin. Ya’ni hujjat topshirish ham, imtihon ham bitta bo’ladi. Test natijalari chiqqach, dastlab OTMga kirmoqchi bo’lganlar beshta yo’nalish tanlaydi. Mandat natijasiga ko’ra, bironta oliygohga kira olmasa, undan keyin xohlaganlar o’sha imtihonda to’plagan bali bilan kollej/texnikumni tanlaydi. ✅@talimuz

45,800 views

Opublikowano 25 cze

⚡️O'zbekistonning qaysi bosh vazirlari qaysi yillarda faoliyat olib borgani majburiy blokda 100% tushadi! Davlat test sinovlarining majburiy blokida eng ko‘p uchraydigan savollardan biri — O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirlari kimlar bo‘lgan va ular qachon faoliyat yuritgan. Ushbu ma’lumot 100% tushadigan savollar qatoriga kiradi. Quyida barcha bosh vazirlarning ismi, familiyasi va yillari keltirilgan. 1. Abdulhoshim Mutalov (1992–1995) Mustaqillikdan keyin O‘zbekistonning ilk bosh vaziri bo‘lgan. 1992-yildan 1995-yilgacha bu lavozimda faoliyat yuritgan. 2. O‘tkir Sultonov (1995–2003) Abdulhoshim Mutalovdan keyin bosh vazir lavozimini egallagan. 1995-yildan 2003-yilgacha mamlakat hukumatiga rahbarlik qilgan. 3. Shavkat Mirziyoyev (2003–2016) Bugungi kunda O‘zbekiston Prezidenti bo‘lgan Shavkat Mirziyoyev 13 yil davomida bosh vazir sifatida faoliyat olib borgan. 4. Abdulla Aripov (2016–hozirgacha) 2016-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri lavozimida ishlab kelmoqda. Islohotlar va raqamli rivojlanish davri aynan uning boshchiligida amalga oshirilmoqda. Saqlab oling, takrorlang va tarqating! ✅@talimuz

43,400 views

Opublikowano 25 cze

🔴ALFRAGANUS UNIVERSITETIDA QABUL DAVOMETMOQDA 🟤Alfraganus universiteti 2025–2026 o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini boshladi! 🟤8 ta fakultet 🟤50 ga yaqin bakalavriat yo‘nalishlari 🟤10 ta magistratura mutaxassisligi 🟤Har bir yo‘nalish zamonaviy va amaliyotga yo‘naltirilgan. — Birinchi marta o‘qishga topshirayotgan abituriyentlar; — O‘qishni ko‘chirish (transfer); — Magistraturaga hujjat topshirish — hammasi bir platformada! 🟤Rasmiy qabul platformasi: qabul.afu.uz 🟤Orzuyingizdagi kasb sari birinchi qadamni bugunoq tashlang! — Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari — Magistratura mutaxassisliklari 📃Litsenziya (№ 034974, 12.08.2022) ☎️+99878 122 75 57 @Alfraganus_callcenter 🗺Manzil 😁AFU | Telegram

27,400 views

Opublikowano 24 cze

❓Test to‘lovini qachongacha qilish kerak? ✅JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish tekin, avvalgi yillarda bitirganlar 187 ming 500 so‘m (yarim “minimalka”) to‘lashi kerak. ❓To‘lovni amalga oshirmasa nima bo’ladi? ❗️To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi. ❓Bo’lib-bo’lib to’lasa ham bo’ladimi? ✅Ha, ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 25-iyunga qadar (o‘sha kuni ham) mazkur summa to‘liq to‘lanishi shart. Ya'ni qachon ro'yxatdan o'tganingizning farqi yo'q, asosiysi to'lovni 25-iyun soat 23:59 gacha to'lash shart. ‼️LEKIN!!! Siz taqab oxirgi muddatga olib bormang. Sababi bank va onlayn tizimlarda kutilmagan profilaktik ishlar bo'lsa, yoki oxiriga taqagan odamlar tufayli serverda yuklama ko'payib ketsa, kutilmaganda to'lovni amalga oshira olmay qolishingiz mumkin. ❓Kimlar to‘lovdan ozod qilingan: — taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar; — Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari; — to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar; — nogironligi bor shaxslar; — ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari; — “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar. ✅@talimuz

29,600 views

Opublikowano 24 cze

Abituriyentlar! Qaroringizni qabul qildingizmi? Qaysi yo‘nalishni tanlaysiz? Kim bo‘lasiz? Grant olasizmi? Chet elda amaliyotga chiqasizmi? 💙 Osiyo Xalqaro Universiteti — bu savollarga javob izlayotganlar uchun izlanish yakunlanadigan manzil. 35 ta bakalavriat va 14 magistratura yo‘nalishlari,24 ta ordinatura va 11 ta doktorantura bosqichlarida qabul davom etmoqda. Bu yerda: ✅ Talabalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan zamonaviy kampuslar ✅ Turar joy bilan ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan ✅ Iqtidor egalariga stipendiyalar va rag‘batlar mavjud ✅ Xalqaro amaliyot dasturlari orqali chegaralarning o‘zi yo‘q ✅ Har bir dars – bilim, har bir ustoz – yo‘l ko‘rsatuvchi ✅ Talabalar va abituriyentlar uchun 200 ta grant imkoniyati Kunduzgi, Kechki va Masofaviy ta’lim — siz uchun qulay shaklda. 🌐Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz 📞Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998553050009

24,900 views

Opublikowano 24 cze

Chet tilini o‘rganish uchun bepul resurslar Internetda bepul va sifatli resurslar juda ko‘p! Quyida eng foydali manbalarni jamladik: 🕸Onlayn kurslar va darsliklar Duolingo – O‘yin tarzida til o‘rganish. BBC Languages – Turli tillar bo‘yicha bepul kurslar. Coursera – Ayrim kurslar bepul sertifikatsiz. Open Culture – 40 dan ortiq til bo‘yicha bepul darslar. 📹Audio va podkastlar BBC 6 Minute English – Ingliz tilida qisqa podkastlar. Coffee Break Languages – Til o‘rganish uchun podkastlar. LingQ – Matnli audio materiallar. 🖤YouTube kanallari English Addict with Mr Steve – Ingliz tilini jonli darslar orqali o‘rganish. Français Authentique – Fransuz tili uchun oddiy va tabiiy uslub. SpanishDict – Ispan tilining grammatikasi va so‘z boyligi. 🛒Ilovalar va veb-saytlar Anki – So‘z yodlash uchun flashkartalar. Memrise – Interaktiv mashg‘ulotlar. Tandem – Ona tilingni o‘rgatib, boshqa tilda gaplashishni o‘rganish. 📥Onlayn lug‘atlar va tarjimonlar WordReference – Ingliz, fransuz, ispan va boshqa tillar uchun mukammal lug‘at. DeepL – Yaxshi sifatli tarjima qilish uchun vosita. ✅@talimuz

30,400 views

Opublikowano 24 cze

🔥Iqtisodiyot va pedagogika universitetida 2025-2026 o‘quv yiliga qabul boshlandi! Universitet hayoti sizni kutmoqda! Iqtisodiyot va pedagogika universitetida bilim, innovatsiya va yorqin kelajak sari birga intilamiz! 🔹Iqtisodiyot va pedagogika universiteti bugungi kunda ta’lim sifati, ilmiy yondashuvi va zamonaviy infratuzilmasi bilan ajralib turuvchi, innovatsion rivojlanishga intilayotgan yetakchi oliygohlardan biridir. 📌 Sizni bu yerda quyidagi afzalliklar kutmoqda: 👨‍🎓40 ga yaqin bakalavriat yo‘nalishlari – bugungi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar; 👨‍🎓5 ta magistratura mutaxassisligi –yuqori bosqichda tahsil va ilmiy izlanish uchun imkoniyat; 💠Tajribali professor-o‘qituvchilar – 200 nafarlardan ortiq oliy toifali ustozlar, jumladan, 17 nafar fan doktorlari, 97 nafar fan nomzodlari; 🌎Xalqaro hamkorlik – 26 ta xorijiy OTMlar bilan Erasmus+ loyihalari orqali talabalar almashinuvlari; 📊Innovatsion darslar – raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt yordamida zamonaviy ta’lim tizimlari; 🔥Yangi zamonaviy bino – qulay va keng majmua: auditoriyalar, laboratoriyalar, oshxona, sport maydonlari va yana ko‘plab sharoitlar! ✅Onlayn hujjat topshirish uchun: 1.ipu.educon.uz🌍 saytiga kiring; 2.Ro‘yxatdan o‘ting; 3.Oʻz yo‘nalishingiznitanlang; 4.Arizani to‘ldirib, yuboring. 📞Aloqa markazi: +998752306060- (Qashqadaryo) 😎Yozish +998557056060- (Samarqand) 😎Yozish 📑(Litsenziya Nº 194419 25.12.2023) 📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy 📍Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy 🕊Telegram |📱Instagram|🌍Web-sahifa |

28,500 views

Opublikowano 24 cze

❓Abituriyentlarninghujjat topshirib bo'lgandan keyingi jarayonlari qanday bo‘ladi? Muhim ma'lumot: abituriyent 5 ta yo'nalishni tanlayotganda o'zi bilan bir xil fandan imtihon topshirgan abituriyentlarning ballarini bilolmaydi. ✅U faqat o'zining balli va oldingi yillardagi o'tish ballarini biladi! ✅@talimuz

37,500 views

Opublikowano 20 cze

Imtihon yaqinlashyapti. Siz hayajonlanyapsizmi? Kayfiyatingizni ko‘taring va hayajon bo‘lmasligi uchun o‘zingizga qulay, samarali usullarni toping. Xotirjam bo‘lish uchun 5 ta tavsiya: 1️⃣ Tayyorgarlikni yaxshi qiling. Ha, agar bilimingizga ishonsangiz, xotirjamligingiz ham o‘z-o‘zidan yuqoriroq bo‘ladi. 2️⃣Dars tayyorlashdan tanaffus qilib turing. Bu tanaffus sizga stresslardan uzoqlashib, sevimli mashg‘ulotlaringizga ozgina bo‘lsa ham vaqt ajratishga yordam beradi. Ko‘p emas, dars qilishdan charchagan payt yarim soat sevimli kino tomosha qilish, oshxonada biror taom yoki salat tayyorlash yoki shunchaki sayr qilish mumkin. 3️⃣To‘g‘ri nafas olish. Hayajon va asabiylashish nafas olish tizimiga ham ta’sir qiladi. Shuning uchun nafas olishingizga ham e’tibor bering. Sekinlik bilan nafas olish nerv tizimini tinchlantiradi. Chuqur nafas olish maqshlari ham xotirjam bo‘lishga yordam beradi. 4️⃣Tiniqib uxlang. Yaxshi dam olish butun organizm tetik bo‘lishiga, miya faol bo‘lishiga yordam beradi. O‘z uyqu normangizni bilasizmi? Unda shu me’yorni bajaring. 5️⃣Muhimi, o‘zingizga ishoning, dangasalik qilmasdan potensialingizdan foydalaning. Siz, albatta, bu yil talaba bo‘lasiz. ✅@talimuz

49,400 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••2829303132•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••7576