TGINSIGHT CHAT
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
@TALIMUZ
Education🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Ostatnie posty
Strona 60 z 76 · 912 postów
Opublikowano 11 lip
❓Abituriyent test topshirgach nimalarni tanlaydi? ✅ Joriy yilda ilk marta testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo'ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi. Xo'sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi? 1️⃣Birinchidan: beshtagacha yo'nalish tanlaydi. Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to'g'ri keladigan ISTALGAN yo'nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin. Ko'pchilik ro'yxatdan o'tish chog'ida tanlagan yo'nalishini o'zgartirsa bo'ladimi, deb so'ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo'nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko'pchilik chalg'ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo'nalish hech narsani anglatmaydi, shunchaki osonroq bo'lishi uchun misol sifatida qo'yilgandi xolos. Xullas, siz ro'yxatdan o'tishda qaysi yo'nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beshtagacha yo'nalishni tanlay olasiz. 2️⃣Ikkinchidan, ta'lim shaklini tanlaydi. Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo'nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo'ladi. Masalan, 1 va 2-yo'nalishga kunduzgi, 3-ga sirtqi, 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib. Qaysi yo'nalishda sirtqi, kechki, masofaviy bor-yoki yo'qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi. 3️⃣Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi. Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo'nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo'nalishdan biriga kirishimning farqi yo'q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo'nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo'nalishga beradi. XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-25-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o'tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 20-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin (agar avvalgi yillardagidek tasdiqlashni cho'zib yuborishmasa). Oliygohlarning mandati chiqib bo'lgach, o'qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi. ✅@talimuz
Opublikowano 11 lip
⚡️Rasman:Ikkinchi mutaxassisligiga hujjat topshirish boshlandi ✅Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi. Oʻqishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) my.edu.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi. Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha OTM tomonidan eʼlon qilinadi. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish 2-kursdan boshlanadi. Bunda oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi. ❌Nizom oliy harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Qabul kvotalari va imtihonlar haqida o'qishga topshirmoqchi bo'lgan oliy ta'lim muassasangiz orqali bilib olishingiz mumkin. ✅@talimuz
Opublikowano 10 lip
⚡️Ertaga abituriyentlar test o'tkiziladigan binolarga kirib, tanishib ko'rishlari mumkin! Bilim va malakalarni baholash agentligi xabariga ko'ra, ertaga, 11-iyul kuni soat 11:00 dan 13:00 ga qadar yoki 14:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin. ❌Majburiy emas! ✅@talimuz
Opublikowano 10 lip
⚡️Rasman: Xotin-qizlarning to'lov-kontrakt pulini joriy yilda ham davlat to‘lab beradi 2024-yilda ham magistraturaga kiradigan xotin-qizlarning kontraktini davlat to‘lab berishi rejalashtirilgan. Buning tartibi qanday? Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi. 15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini to‘lab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi. Magistratura qabuli 30-iyulgacha bo'ladi. ✅@talimuz
Opublikowano 10 lip
Kimda imtihon qachon bo'ladi? Aniq bo'ldi! ✅ Sanalar bo'yicha taqsimoti: 👉14-Iyul Huquq+Ingliz tili, Matematika+Fizika, Chet tili+Ona tili, Biologiya+Kimyo, Matematika+Ingliz tili, Tarix+Ona tili, Tarix+Ingliz tili. 👉15- Iyul Matematika+Ingliz tili, Huquq+Ingliz tili Tarix+Ingliz tili, Matematika+Fizika, Tarix+Ona tili, Tarix+Geografiya, Geografiya+Matematika. 👉16-Iyul Biologiya+Kimyo Biologiya+Ona tili. 👉17-Iyul Biologiya+Kimyo, Biologiya+Ona tili. 👉18-iyul Biologiya+Ona tili, Matematika+Fizika, Biologiya+Kimyo. 👉19-Iyul Matematika+Fizika, Matematika+Ingliz tili, Biologiya+Kimyo. 👉20-Iyul Matematika+Ingliz tili, Biologiya+Kimyo, Matematika+Fizika. 👉21- Iyul Ona tili+Ingliz tili, Ingliz tili+Ona tili, Matematika+Ingliz tili Matematika+Fizika 👉22- Iyul Ingliz tili+Ona tili, Matematika+Ingliz tili. 👉23- Iyul Ingliz tili+Ona tili, Matematika+Fizika, Rus tili+Ona tili, Ona tili+Matematika. 👉24- Iyul Ingliz tili+Ona tili, Matematika+Fizika 👉25- Iyul Ingliz tili+Ona tili. Ro'yxat yangilanmoqda... 🚛 Imtihonlarlar sanalari quidagicha belgilangan: Til, Viloyatlar kesimida, Avvalgi hamda joriy bitiruvchilar ❗️♻️Barcha abituriyentlarga tarqating! #Qabul2024#Abituriyent2024#abituriyent ✅@talimuz
Opublikowano 9 lip
⚡️Abituriyentlarga muhim eslatmalar: 🗓 Test 14-iyuldan 28-iyulgacha 2 ta smenada bo‘ladi. ✔️ Abituriyentlar testga kamida 1 soat vaqtliroq borgani oʻzlari uchun foydali. ❌kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qoʻyilmaydi; 📑 testga kirish uchun atigi 2 ta hujjat kifoya qiladi: 1) pasportning originali; 2) abituriyent ruxsatnomasi. ‼️ Pasport nusxasi (kopiya), haydovchilik yoki harbiy guvohnoma kabi hujjatlar o'tmaydi. Albatta pasportning originali boʻlishi kerak; 👉abituriyent ruxsatnomasini@ruxsatnomalarbot orqali yuklab olish mumkin; ☝️abituriyent ruxsatnomasida test sanasi, vaqti, joyi, sektor va guruh raqami aks etgan boʻladi; 🖨 abituriyent ruxsatnomasini printer orqali qogʻozga chop etib olish kerak. Oq-qora rangda chop etsa ham boʻladi, rangli printerdan chiqarish shartmas; ‼️Abituriyent ruxsatnomasi abituriyent qayd varagʻi bilan almashtirmaslik kerak. Hujjatning yuqori qismida “ABITURIYENT RUXSATNOMASI” degan yozuv boʻlishi kerak. Koʻpchilik “ABITURIYENT QAYD VARAQASI” degan hujjat bilan adashtirib qoʻyyapti; ❌ testga ruchka olib borish shart emas, oʻsha yerda tarqatishadi; 👕testga kirish uchun talab etilgan aniq bir kiyim (forma) yoʻq. Abituriyentlar oʻziga qulay koʻrinishda kiyinishlari mumkin, kiyim rangi ham muhim emas; 👉 Joriy yil 5 ta fan, 90 ta savol, 189 maksimal ball. ⏰ Bu yil jami 90 ta test boʻladi va ularni ishlash uchun jami 3 soat vaqt beriladi. 3 ta majburiy fanlar uchun — 60 daqiqa (1 soat); 2 ta mutaxassislik fanlari uchun — 120 daqiqa (2 soat). ✅Jami: 180 daqiqa (3 soat). 📹 test jarayonlarini test2024.uz sayti yoki maxsus telekanal orqali onlayn tomosha qilish mumkin. 🆗 Eng asosiysi test sinovlaridan qoʻrqmang. Hayajon boʻladi, bu tabiiy, hayajon boʻlgani bir hisobdan yaxshi ham. Ammo bu vahimaga aylanib ketmasin. Xotirjamlikni yoʻqotmang, diqqatingizni bir yerga jamlang, ichingizda oʻzingiz sevgan duolarni qaytaring, oʻz bilimingizga ishoning. Barcha bilimli abituriyentlarga omad tilaymiz! #Qabul2024#Abituriyent2024 ✅@talimuz
Hashtags
Opublikowano 8 lip
⚡️Abituriyentruxsatnomasi berilmoqda! Hoziroq https://my.uzbmb.uz/ orqali shaxsiy kabinetga o'tish ruxsatnomangizni yuklab olishingiz mumkin! Abituriyentlar ruxsatnomasida: - Тest topshirish hududi va kelish vaqti - Test topshirish joyi nomi - Test topshirish manzili - Test topshirish alifbosi koʻrsatilgan #Qabul2024#abituriyent ✅@talimuz
Hashtags
Opublikowano 8 lip
Majburiy blok testlari quyidagicha tuziladi: 1️⃣Ona tili (oʻzbek): — Orfografiya va punktuatsiya - 40 %; — Leksikologiya, uslubiyat - 40 %; — Grammatika - 20 %. 2️⃣Ona tili (rus): — Fonetika - 10 %; — Leksika - 10%; — Grammatika - 40 %; — Orfografiya - 40 %. 3️⃣Ona tili (qoraqalpoq): — Fonetika - 10 %; — Leksika - 20 %; — Grammatika - 40 %; — Orfografiya - 30 %. 4️⃣Matematika: — Sonlar va ular ustida amallar - 40 %; — Foiz, proporsiya va tenglama - 30 %; — Geometriya - 30 %. 5️⃣Oʻzbekiston tarixi: — Qadimgi va oʻrta asrlar tarixi - 35- 45 %; — XVI-XX asr boshlaridagi tarixiy davr - 35-45 %; — Sovetlar davri va mustaqillik davri tarixi - 20-25 %. Barcha abituriyentlarga tarqating! #Qabul2024#Abituriyent2024 ✅@talimuz
Hashtags
Opublikowano 7 lip
Xususiy universitet: o'qishga arziydimi yoki yo'q? ➖ Hozirgi abituriyentlar nimadan alamzada? Ular nega davlat oliygohi va xususiy OTM orasida bu qadar katta farq ko'rishadi? Keling, shu haqida biroz o'ylab ko'ramiz. 💰Ta'lim eng katta bozordan biriga aylangani hech kimga sir emas. Talab bor — taklif hamisha tayyor. Bir zamonlar yigitlar armiyada xizmat qilmasa, uyat sanalganidek, bugun oliy ma'lumotli bo'lmaslik uyatli hisoblanadi. Hozir yigitlar armiyaga borgan-bormagani bilan kimdir qiziqadimi? Deyarli yo'q! Vaqti kelib "oliy ma'lumotli" degan nishon ham hech kimni qiziqtirmay qo'yadi. Unda faqat mehnat, qobiliyat va natija qadrlanadi. Lekin u davrgacha hali bor. Shu sababdan keling, biz hozir siz bilan xususiy universitetlar faoliyati haqida gaplashamiz. Xo'sh, nega ularni hamma yomon ko'radi? Siz, xususiy universitetlar haqida yomon fikrda bo'lgan abituriyent, nega ularni yomon ko'rasiz? Topshirgan oliygohingiz bilan ularning qanday farqi bor? Axir butun dunyoda ta'lim amaliyoti shunday, eplagan qaddini ursin! Xorijda ayni biror universitetga topshirishdan maqsad o'sha universitetdagi qaysidir professor yoki dasturga qiziqish, ishtiyoq bo'ladi. Masalan, siz nega O'zMUga topshirdingiz-u, unga kirolmaganingizdan xafasiz? Undagi biror professorni taniysizmi, dars sistemasi bilan tanishsizmi? Nega??? ✔️ Xususiy OTMlarning paydo bo'lishi va ko'payishi ta'limda ham raqobatni yuzaga keltiradi va bu faqat yaxshilikka ishlaydi. O'zbekistonda OTMga kirish jarayoni oson (ha, u chindan ham oson)ligini inobatga olsak qachondir shunday bo'lishi kerak edi. Ya'ni oliy ma'lumotlilar ko'payadi, lekin ularning orasidan faqat chin bilimlilari o'z sohasida davom eta oladi. Va shu zaylda oliy ma'lumotli bo'lish degan trend to'lqini biroz pasayadi. ❓Xo'sh, xususiy universitetda o'qishning qayday yomon tomoni bor? Diplomi "o'tmaydimi?" Hozir shunday zamon kelyaptiki, hatto davlat OTMlarining diplomi ham hech qayerda "o'tmayapti". Kuchlilar qolyapti, sohasiga adashib kelib qolganlar, diplom olsam bo'ldi deb o'qishga kirganlar o'sha diplomini quchoqlab yuribdi. Haqiqat shunday. Siz davlat OTMiga kirolmasangiz va xususiy OTMni ham rad qilsangiz, qimmatli bir yilingizni yoqishingizni tushunyapsizmi? Xususiy universitetdan davlat OTMiga "perevod" qilish mumkinligini inobatga olsak, why not? Nega o'qimaysiz xususiy universitetda? ➖ Bugun ko'pgina xususiy OTMlar chet tilida dars berish amaliyotini yo'lga qo'ygan. Shuningdek, bir qancha OTMlar nomi tarkibidagi "Xalqaro" so'zi qachondir sizning foydangizga ishlashi ham mumkin. Shuningdek, davlat OTMida o'qigan kishi sifatida ayta olamanki, xususiy universitet sizning erkinligingizni bo'g'maydi. Shunda ham agar o'qish yoqmasa, davlat OTMga o'qishni ko'chiraverasiz. Muhimi – bir yil yo'qotmaysiz. ❗️Xulosa:bu xususiy OTMlar reklamasi emas, shunchaki mulohaza. Xususiy OTMdan qo'rqmang yoki hech bo'lmasa nafratlanmang. Agar ichingizda olov bo'lmasa, bilimingiz bo'lmasa, xususiy OTMda o'qiysizmi yo davlatnikida, baribir hayot sizni bir chekkaga uloqtirib yuboradi. Hamma gap sizning ichingizda, o'zingizda, oliygohda emas! Oqimga qarshi suzish har doim ham qo'rqinchi va xavfli emas. Omon bo'ling! ✅@talimuz
Opublikowano 7 lip
#Bilasizmi Oʻqishga kirishda 41 imtiyoz bor 🔠 Davlat qabul komissiyasining 2022-yil 29-dekabrdagi 10-son majlis bayoni bilan “Davlat OTMlariga kirish uchun berilgan imtiyozlarning yagona REYESTRI” tasdiqlangan. Reyestrdan 41 ta imtiyoz turi oʻrin olgan: 1. Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (15 ta); 2. Imtihonsiz bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (4 ta); 3. Tegishli fan boʻyicha imtihondan ozod etilib, maʼlum miqdorda ball berish boʻyicha imtiyozlar (5 ta); 4. Toʻplangan ballga nisbatan qoʻshimcha ball berish boʻyicha imtiyozlar (2 ta); 5. Qoʻshimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish boʻyicha imtiyozlar (12 ta); 6. Qoʻshimcha imtiyozlar (3 ta). Shuningdek, reyestrda imtiyozlar tasnifi, imtiyoz berilishiga masʼul vazirlik va idoralar, imtiyoz beriladigan abituriyentlar toifasi hamda imtiyoz berilishida huquqiy asos boʻladigan normativ-huquqiy hujjatlar nomlari keltirilgan. ✅️@talimuz
Hashtags
Opublikowano 6 lip
📈Akademik litseylarga hujjat topshirganlar soni 40 mingga yaqinlashdi! 5-iyul soat 18:00 holatiga ko‘ra, 38 383 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. ☝️Eslatma, hujjatlar 10-iyulgaqadar(shu kuni ham)my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi. ✅@talimuz
Opublikowano 5 lip
Faol bilim o‘zlashtirish uchun 5 qoida Hamma ham o‘qigan narsasini yo o‘rganayotgan narsasini yaxshi o‘zlashtira olmaydi. Yaxshi o‘zlashtirish uchun ham qobiliyat bo‘lishi kerak deymiz. To‘g‘rirog‘i, to‘g‘ri yo‘nalishda o‘zlashtirishni bilish kerak. ✅Sizga 5 qoidani sanab o‘tamiz: 📝 O‘zingizga notanish bo‘lgan so‘zlarni aniqlashtirib oling; 📝 O‘zingiz uchun eslatmalar yozib boring yoki o‘qiyotgan narsangizni alohida belgilab boring; 🔍 O‘qiyotgan narsangizning asosiy g‘oyasini tushunib oling; ❔ O‘qish davomida savollar berib turing; 🤔 Matnni o‘qib bo‘lib uni o‘ylab ko‘ring. Yodingizda tuting, shunchaki o‘qib o‘rganilgan narsa emas, hazm qilingan narsa yaxshi o‘zlashtiriladi. ✅@talimuz