TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

@TALIMUZ

Education

🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot

Subskrybenci15.6万Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty912Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg1,174,700Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Strona 70 z 76 · 912 postów

Opublikowano 26 mar

⚡️KUN RASMI Qanday izohlagan bo'lardingiz? ✅@talimuz

90,400 views

Opublikowano 25 mar

​O‘quvchilarni davomat qilish tartibi o‘zgardi 🇺🇿 Endi maktab o‘quvchilarini davomat qilishda Milliy gvardiya ham qatnashadi. Bunga oid qo‘shma qaror imzolandi. ✅Unga ko‘ra: 👉 har kuni sinf rahbar davomat qilib uni e-Maktab platformasiga kiritadi; 👉 ma’naviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari sababsiz kelmagan o‘quvchilar ro‘yxatini Milliy gvardiyaga beradi; 👉 maktab, inspektor-psixolog va Milliy gvardiya xodimi davomatni yuritib boradi. 👉 Milliy gvardiya xodimi o‘quvchining ota-onasi bilan suhbat o‘tkazadi; 👉 zarurat bo‘lsa, farzandi ta’limiga qarshilik ko‘rsatgan ota-onaga ma'muriy chora ko‘riladi. ✅@talimuz

114,000 views

Opublikowano 19 mar

⚡️Qaysi banklar ta'lim krediti beryapti? ➖ Hozirgi vaqtda 5 ta bank tomonidan imtiyozli taʼlim krediti ajratilmoqda (ro'yxat banklarning Bosh ofis masʼul xodimlari tomonidan berilgan maʼlumot asosida tayyorlandi). 🏦HAMKORBANK – 1256 🏦IPAK YOʻLI BANKI – 1296 🏦BRB –1254 🏦MKBANK – 1285 🏦TURONBANK – 1220 Kredit shartlari: ➖ Foizi: Yigitlarga 14% Qizlarga 0%; ➖ Muddati: Oʻqish davri + 7.5 yil ➖ Miqdori: Oʻquv yili uchun talaba va OTM oʻrtasida tuzilgan shartnoma summasi. ✅@talimuz

166,000 views

Opublikowano 18 mar

⚡️Ro‘zadorlar uchun Telegramda ajoyib bot ishga tushdi! ➖@Ramazonchabot – Muqaddas Ramazon oyida barcha musulmonlarga manfaatli bo‘lgan telegram bot hisoblanadi. Unda: 🗓Ramazon taqvimi (viloyatlar kesimi) 🤲Saharlik va iftorlik duolari 🍖 To‘g‘ri ovqatlanish qoidalari 🔈 Qur’oni Karimdan suralar 📹 Shayximiz ma’ruzalari ❌ Ro‘za oyidagi makruh amallar ☪ Va boshqa ma’lumotlar mavjud. Ro‘zador yaqinlaringizga yuborib qo‘ying! ➖@Ramazonchabot ➖@Ramazonchabot ➖@Ramazonchabot

120,000 views

Opublikowano 18 mar

📹To'langan kontrakt pulidan 12 foizni qaytarib olish videoqo'llanmasi ➖ Davlat hamda nodavlat ta'lim muassasasi talabalari to'lagan kontraktidan 12foizni miqdorida daromad soligʻini, soliq organlariga bormasdan, masofadan qaytarib olishi mumkin. ❌Ko'chama-ko'cha ovora bo'lish shartmas! ✅@talimuz

92,000 views

Opublikowano 14 mar

❓Maktabdaoltin va kumush medallar kimlarga beriladi? 🥇Oltin medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi. 🥈Kumush medal uchun esa yillik baholar a’lo bo‘lishi yetarli. Oltin va kumush medallarni belgilangan talablar asosida berilishiga maktab direktori javobgar. ✅@talimuz

84,000 views

Opublikowano 14 mar

#foydali ​Samarali ilm olish sirlari 1⃣. Qibla tomonga qarab dars qiling. Qibla tomonga qarab dars qilsangiz, olgan bilimingiz ziyoda va barakali bo'ladi. 2⃣. Maqsad qo'ying. Dars qilishga yoki kitob o'qishga o'tirganingizda o'z oldingizga maqsad qo'ying. Uni yakunlamaguncha o'rningizdan turmang. 3⃣. Chalg'ituvchi omillarni cheklang. Darsni hech kim sizni chalg'itmaydigan joyda qiling. Telefoningizni o'chirib qo'ying va bor diqqatingizni ilm olishga qarating. 4⃣. O'tirgan xolda dars qiling. Hech qachon yotgan holatingizda kitob o'qimang, dars qilmang. Chunki uxlab qolish extimolingiz juda yuqori. ⚡️Yaqinlaringizga yuboring! ✅️@talimuz

76,800 views

Hashtags

Opublikowano 13 mar

⚡️Rasman:Bojxona institutiga qabul boshlandi! 🇺🇿 Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti2024-2025 o‘quv yili uchun bojxona ishi va yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul e’lon qilindi. Test topshiriladigan fanlar: 👉Bojxona ishi: Matematika, chet tili, majburiy fanlar; 👉Yurisprudensiya: Huquq, chet tili, majburiy fanlar Bojxona institutiga hujjatlarni topshirish uchunhududiy bojxona boshqamalariga murojaat qilishingiz mumkin. ✅️@talimuz

81,400 views

Opublikowano 13 mar

​❗️Navro'zda talabalar 4 kun dam oladi 🇺🇿21-mart Navro'z bayrami munosabati bilan dam olish kuni, 22-23-mart kunlari Prezident farmoni bilan qo'shimcha dam olish kunlari hisoblanadi. 24-mart yakshanba odatdagidek dam olish kuni. ✅ Bundan ko'rinib turibdiki O'zbekistonliklar 21-22-23-24-mart kunlari dam oladi. O'z-o'zidan ma'lumki, bu tartib talabalarga ham taalluqli. ✅️@talimuz

87,300 views

Opublikowano 12 mar

⚡️Toʻlov-kontraktni toʻlash muddati 10-aprelga qadar uzaytirildi 🇺🇿 Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalarining ayrim talaba-oʻquvchilariga bazaviy/tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati joriy yilning 10-apreliga qadar etib belgilandi. Ushbu uzaytirish quyidagilarga taalluqli: 👉 oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan (OTM rahbarining farmoyishi asosida oʻqishga qatnashishga ruxsat etilgan, fanlarni oʻzlashtirgan lekin, shartnoma tuzib, toʻlovlarni belgilangan muddatlardan kechikib amalga oshirgan va bugungi kungacha talabalikka qabul qilish boʻyicha buyruq rasmiylashtirilmagan) abituriyentlar; 👉 xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalardan oʻqishini koʻchirayotgan, koʻchirib tiklayotgan va qayta tiklayotgan talabalar; 👉 professional taʼlim muassasalari (kollej, texnikum)ga toʻlov-kontrakt asosida oʻquvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar. Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin. ✅️@talimuz

82,200 views

Opublikowano 9 mar

​​UXLAMA, ​​ABITURIYENT! Hoy abituriyent uxlama, Yengilmagin g'aflatga. Yaqin qoldi imtihon, Qolib ketma kulfatga. Ota-onang sen uchun, Ishlamoqda tinmayin. Uxlolmaydi tunlari, Dam neligin bilmayin. O'ylayapsan o'zingcha, "Yiqilsam ne bo'lardi, Baxtimga dadam borku Kontraktim to'lardi". Agar budjetga o'tsang Otang hafa bo'larmu? Yoki mushtipar onang Baxtsiz bo'lib qolarmu? Yigitlar hayolingiz, Olmoqda qizlar balki. Qalamqoshlar, zebolar Hoy-havasku shunchaki! Hoy, uzunsoch ishonma, Alpqomatning so'ziga. O'qishga o'tib ketsa, Ko'rinmaysan ko'ziga. Yaxshisi har biringiz, O'ylangiz imtixonni. Keyin topib olarsiz, Alpqomat-u, jononni!!! To'g'ri vaqtimiz ham, Oz qoldi o'zi juda. Shularni ham o'ylab SIZ, Vaqt o'tkazmang bexuda. Bilmingizga ishoning, To'ldiring kamingizni. Axir birov (sizni) o'ylamas, Bilmaydi g'amingizni. Mehnat qilgan albatta, Yetadi murodiga. Rahmatlar keltiradi, Avlod-u ajdodiga. Hali ko'o'o'p yozardimu, Dars tayyorlash kerakda. Shoirlik bir kasallik, Bo'sh vaqtda ermakda. Xullas har biringizga, OMAD tilab qolaman. Inshaalloh sizlarni, Poytaxtda kutvolaman! Abituriyentlarga ulashib qo'ying! ✅️@talimuz

107,000 views

Opublikowano 8 mar

💐 Aziz opa-singillar, ustoz va talaba qizlar! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi barchangizni 8 mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan samimiy muborakbod etadi. Yuzingizdan tabassum, labingizdan kulgu, qalbingizdan ezgulik, xonadoningizdan fayzu-baraka hech qachon arimasin. Umringiz uzoq, istiqbolingiz ziyoda bo‘lsin! ✅️@talimuz

73,600 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••6869707172•••7576