TGINSIGHT CHAT
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
@TALIMUZ
Education🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Ostatnie posty
Strona 45 z 76 · 912 postów
Opublikowano 26 gru
📈TOP-1000 oliygohlar 2024 ✅ Ushbu ro‘yxatda dunyoning xalqaro darajada e’tirof etilgan QS reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatidan joy olganeng kuchli xorijiy oliy ta’lim muassasalari keltirilgan. Eslatib o‘tamiz, TOP-500 ro‘yxatdagi oliygohlardan birida o‘qib kelib O‘zbekistonda ishlaganlarga 22.5 mln so‘mdan har oy oylikdan tashqari qo‘shimcha ustama beriladi! ✅@talimuz
Opublikowano 26 gru
🇯🇵Yaponiya maktablaridagi noodatiy qoidalar 1. Yapon maktabi o‘quvchisi maktab bufetiga kirmaydi. Sinfxonalarga davlat tomonidan uyushtirilgan ovqatlar olib kelinadi va o‘quvchilar ularning hammasini yeyishga majbur hisoblanadi. 2. Yapon maktablarida yozgi kanikul berilmaydi. 5 haftalik kanikullar o‘quv yili davrida beriladi va o‘sha davrda ham o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan muttasil shug‘ullanib keladi. 3. Maktabda farrosh yo‘q, bu vazifani o‘quvchilarning o‘zi bajaradi. Shuning uchun ham o‘quvchilar hech qayerga ortiqcha narsalar tashlamaslikka va maktabni iflos qilmaslikka harakat qiladilar. 4. Har bir yapon o‘quvchisi suzishni bilishi shart! Maktablarda tashkil etilgan basseynlarda hammaga suzish darslari o‘tiladi va ular bu sanʼatni juda yaxshi egallagan bo‘lishlari shart! Sinovdan o‘ta olmagan o‘quvchi boshqa o‘qituvchida qaytadan mashg‘ulotlarni o‘tib, keyin takroriy sinovdan o‘tkaziladi. 5.Maktabda bir o‘quvchining o‘z iqtidori bilan alohida ajralib turishiga yo‘l qo‘yilmaydi! Iqtidorsiz o‘quvchining o‘zi yo‘q! degan tushuncha yapon taʼlim tizimida ustuvor. Yapon maktabi har bir o‘quvchini teng va betakror deb biladi va ularni har taraflama tayyorlashga yo‘naltirilgan. Qaysi qoida sizga ko'proq yoqdi? ✅@talimuz
Opublikowano 26 gru
🟢Rahimov School maktabi quyidagi fan ustozlarini o'z jamoasiga taklif etadi 🟢Toshkent filiali uchun ushbu fan o'qituvchilari qidirilmoqda: • Jismoniy tarbiya (o'g'il bolalar uchun) - oylik maosh: 7,280,000 so'm • 0-sinf tarbiyachi o'qituvchisi (rus guruh) - oylik maosh: 7-10 mln so'm 🟢Farg'ona filialidagi ochiq vakansiyalar: • Ingliz tili - oylik maosh: 6,480,000 so'm • Matematika - oylik maosh: 6,480,000 so'm 🟢Bizdagi imkoniyatlar — Rasmiy mehnat shartnomasi — Moslashuvchan ish grafigi — Farzandlaringiz uchun 30% lik chegirma — Maktab hisobidan 50% lik tushlik to'lovi — Karyeraviy koʻtarilish va rivojlanish — Gadjet, telefon, mashina va uy olishda maktab tomonidan moliyaviy yordam 🟢Ishga kirish uchun — Arizangizni @RahimovSchool_jbot orqali o'zingiz istiqomat qiladigan hududni tanlab qoldiring va bilimingizni maxsus sinov testlarimiz orqali tekshirib oling. — Yoki mos tanishlaringizga shu postni jo'natib qo'ying. 🟢Vakansiyalarni kuzatib boring —@talim_ber
Opublikowano 26 gru
⚡️Rahbar xodimlarning maoshlari ikki barobarga oshirilishi kutilmoqda Prezidentga maktabgacha va maktab ta’limi tizimida 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarda, ta’lim muassasalari rahbar xodimlarining oylik maoshlarini sezilarli darajada oshirish borasida ham bir qancha takliflar ilgari surildi. 2025-2026-o’quv yilidan boshlab maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari direktorlari, maktab direktori o’rinbosarlarining ish haqi miqdorlari oshiriladi. Shuningdek, 2026-yildan boshlab maktab direktorlari va ularning o’rinbosarlariga faoliyat samaradorligi natijalariga ko’ra qo‘shimcha ustamalar joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi boshqaruv xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama hamda boshqa qo‘shimcha to‘lovlar to’lanishi yo’lga qo’yiladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining ta’kidlashicha, maktab direktorlarining oylik maoshi 20 foizgacha oshiriladi. Agar ular “Direktorlar maktabidan” o‘tsa, oylik maoshlari yana 50 foizga oshirilishi hisobiga ularning maoshini ikki barobar oshirishga erishiladi. ✅@talimuz
Opublikowano 26 gru
❌10 kundan keyin tanlov yakunlanadi! 🇺🇿Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi barcha ta'lim muassasalari va xususiy maktablar doirasida o'tkazilayotgan "Yilning eng yaxshi ta'lim muassasalari-2024" tanlovida hozirgacha 250.000 nafar ovoz yig'ildi! Kategoriyalardagi TOP-10 yetakchilar: (26-dekabr 11:40 holatiga) Davlat oliygohlari 1️⃣TDPU 2️⃣TIQXMMI" MTU 3️⃣NDKTU 4️⃣GulDU 5️⃣TDIU 6️⃣Huquqni muhofaza qilish akademiyasi 7️⃣TTYSI 8️⃣Qoraqalpog'iston tibbiyot instituti 9️⃣TDYU 🔟JIDU Nodavlat oliygohlar 1️⃣OXU 2️⃣ISFT 3️⃣UBS 4️⃣Nukus innovatsion instituti 5️⃣KIUT 6️⃣TIFT 7️⃣BPXTI 8️⃣Perfect university 9️⃣ATMU 🔟Renessans ta'lim universiteti Akademik litseylar 1️⃣IIV 2- Toshkent akademik litseyi 2️⃣IIV Navoiy akademik litseyi 3️⃣IIV Xorazm akademik litseyi 4️⃣IIV Andijon akademik litseyi 5️⃣IIV Jizzax akademik litseyi 6️⃣GulDU akademik litseyi 7️⃣Andijon mashinasozlik instituti akademik litseyi 8️⃣TDPU akademik litseyi 9️⃣BuxMTI akademik litseyi 🔟IIV Sirdaryo akademik litseyi Kasb-hunar maktablari 1️⃣Mirzacho'l kasb-hunar maktabi 2️⃣Uchqo'rg'on 2- kasb-hunar maktabi 3️⃣Uchqo'rg'on 1- kasb-hunar maktabi 4️⃣Paxtakor kasb-hunar maktabi 5️⃣Uchko'prik 1- kasb-hunar maktabi 6️⃣Namangan shahar 2- kasb-hunar maktabi 7️⃣Mo'ynoq kasb-hunar maktabi 8️⃣Oqoltin kasb-hunar maktabi 9️⃣Ko'kdala 1-son kasb-hunar maktabi 🔟Angren shahar 1- kasb-hunar maktabi Kollejlar 1️⃣Paxtakor pedagogika kolleji 2️⃣Andijon shahar pedagogika kolleji 3️⃣Ilm-u Ziyo tibbiyot kolleji 4️⃣Namangan pedagogika kolleji 5️⃣Beruniy suv xo'jaligi va malioratsiya kolleji 6️⃣Navoiy pedagogika kolleji 7️⃣Marhamat pedagogika kolleji 8️⃣Angren pedagogika kolleji 9️⃣Chust pedagogika kolleji 🔟Toshkent pedagogika kolleji Texnikumlar 1️⃣Nukus jamoat salomatligi texnikumi 2️⃣Xatirchi jamoat salomatligi texnikumi 3️⃣Aralboyi medicina ham transport texnikumi 4️⃣Baliqchi jamoat salomatligi texnikumi 5️⃣Sherobod jamoat salomatligi texnikumi 6️⃣Xalqaro innovatsion tibbiyot texnikumi 7️⃣Sariosiyo jamoat salomatligi texnikumi 8️⃣1-Respublika jamoat salomatligi texnikumi 9️⃣Olmaliq jamoat salomatligi texnikumi 🔟2-Farg'ona jamoat salomatligi texnikumi Xususiy maktablar 1️⃣Sharjah School 2️⃣Yuksalish maktablari 3️⃣English Life school 4️⃣Sodiq School 5️⃣WebKing School 6️⃣Turon odob-ilm xususiy maktabi 7️⃣ELT Akademik school 8️⃣Thompson School 9️⃣Harvard Edu Exclusive 🔟Anor international school Eslatib o'tamiz, tanlov to'laqonli so'rovnomaga asoslangan bo'lib, yakuniy natijalar kategoriyalar bo'yichaeng ko'p ovoz to'plagan nomzodg'olib deb topiladi va tanlovning ramziy sovg'asi, ya'ni muassasa nomi tushirilgan maxsus statuetkalar va rahbariyatiga tashakkurnoma taqdim etiladi. 1️⃣. Eng yaxshi davlat oliygohi 2️⃣. Eng yaxshi nodavlat oliygoh 3️⃣. Eng yaxshi akademik litsey 4️⃣. Eng yaxshi kasb-hunar maktabi 5️⃣. Eng yaxshi kollej 6️⃣. Eng yaxshi texnikum 7️⃣. Eng yaxshi xususiy maktabi ✅@talimuz
Opublikowano 25 gru
UXLAMA, ABITURIYENT! Hoy abituriyent uxlama, Yengilmagin g'aflatga. Yaqin qoldi imtihon, Qolib ketma kulfatga. Ota-onang sen uchun, Ishlamoqda tinmayin. Uxlolmaydi tunlari, Dam neligin bilmayin. O'ylayapsan o'zingcha, "Yiqilsam ne bo'lardi, Baxtimga dadam borku Kontraktim to'lardi". Agar budjetga o'tsang Otang hafa bo'larmu? Yoki mushtipar onang Baxtsiz bo'lib qolarmu? Yigitlar hayolingiz, Olmoqda qizlar balki. Qalamqoshlar, zebolar Hoy-havasku shunchaki! Hoy, uzunsoch ishonma, Alpqomatning so'ziga. O'qishga o'tib ketsa, Ko'rinmaysan ko'ziga. Yaxshisi har biringiz, O'ylangiz imtixonni. Keyin topib olarsiz, Alpqomat-u, jononni!!! To'g'ri vaqtimiz ham, Oz qoldi o'zi juda. Shularni ham o'ylab SIZ, Vaqt o'tkazmang bexuda. Bilmingizga ishoning, To'ldiring kamingizni. Axir birov (sizni) o'ylamas, Bilmaydi g'amingizni. Mehnat qilgan albatta, Yetadi murodiga. Rahmatlar keltiradi, Avlod-u ajdodiga. Hali ko'o'o'p yozardimu, Dars tayyorlash kerakda. Shoirlik bir kasallik, Bo'sh vaqtda ermakda. Xullas har biringizga, OMAD tilab qolaman. Inshaalloh sizlarni, Poytaxtda kutvolaman! Abituriyentlarga ulashib qo'ying! ✅@talimuz
Opublikowano 25 gru
"Youtube"da qiziq bir intervyu koʻrib qoldim, sizlarga ham ulashay dedim. Albatta koʻring! Bu loyiha haqida toʻliq maʼlumotga ega emas edim, koʻrsatuvni koʻrib shunga amin boʻldimki Registon juda katta oila ekan. Oʻquv markazining oʻzidan oʻzi qurilib qolmagani, ortida juda katta tarix va mashaqqat borligini bilardim, lekin bunchalik darajada deb tasavvur qilmagandim ochigʻi. Axir 10 yil ichida bunchalik katta jamoa toʻplash va 40 ga yaqin oʻquv markazlar, maktablar, nashriyot va texnikumlar tashkil etish hazilakam ish emas! Hayron qoldirgani, hozirda 2000 ga yaqin ustozlar, 25 000 dan ortiq oʻquvchilarga taʼlim berishmoqda. Registonning 10 yillik shonli tarixi,yoshlar uchun tashkil qilayotgan imkoniyatlari va uning kelajagihaqida Siz ham bilishingiz kerak! Batafsil tomosha qilish uchun havolani shu yerda qoldiraman:👇 https://youtu.be/4Ik3QqtZB-g?si=smkHGic9XU422t7n
Opublikowano 25 gru
Saqlab qoʻying kerak boʻladi – Yil nomlari! Majburiy blok savollarida tushadi 1991-yil — Alisher Navoiy yili. 1992-yil — Hamshiralar yili. 1993-yil — Ahmad Yassaviy yili. 1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili. 1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili. 1996-yil — Amir Temur yili. 1997-yil — Inson manfaatlari yili. 1998-yil — Oila yili. 1999-yil — Ayollar yili. 2000-yil — Sog‘lom avlod yili 2001-yil — Ona va bola yili. 2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili. 2003-yil — Obod mahalla yili. 2004-yil — Mehr-muruvvat yili. 2005-yil — Sihat-salomatlik yili. 2006-yil —Homiylar va shifokorlar yili. 2007-yil —Ijtimoiy himoya yili. 2008-yil — Yoshlar yili. 2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili. 2010-yil — Barkamol avlod yili. 2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili. 2012-yil — Mustahkam oila yili. 2013-yil — Obod turmush yili. 2014-yil — Sog‘lom bola yili. 2015-yil — Keksalarni eʼzozlash yili. 2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili. 2017-yil— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili. 2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili. 2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili. 2020-yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili. 2021-yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili. 2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili. 2023-yil — Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili. 2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili” 2025-yil — Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili ✅@talimuz
Opublikowano 25 gru
🚀Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida yangi magistrlik dasturi: MA in Education with TESOL 🌍 📌Nima uchun ushbu dasturni tanlashingiz kerak? • Dastur orqali keng qamrovli TESOL ta'limi bo'yicha mutaxassislik bilimlariga ega bo'ling • MDIS (Singapur) va Teesside University (Buyuk Britaniya) tomonidan tasdiqlangan tajribali o'qituvchilardan o'rganing • Buyuk Britaniyaning Teesside universitetidan xalqaro miqyosda tan olingan diplomni qo'lga kiriting • Raqobatbardosh o'qish narxi – 54 000 000 so‘m. Bu narx raqobatchilarga nisbatan ancha maqbul bo‘lib, yuqori sifat bilan uyg‘unlashgan mukammal taklifdir. 📚Siz qanday bilim va ko'nikmalarga ega bo'lasiz: 1-semestr: • Kasbiy va akademik amaliyotni birlashtirish (30 kredit) • O'quv tadqiqotlarini axborotlashtirishda zamonaviy adabiyotlardan foydalanish (30 kredit) 2-semestr: • Ingliz tilini o'qitishdagi yondashuvlar (30 kredit) • Ta'lim sohasidagi tadqiqotlar: amaliyot va rejalashtirish (30 kredit) 3-semestr: • Magistrlik dissertatsiyasi (60 kredit) 📆Dastur davomiyligi: 12 oy (kunduzgi ta'lim) ⭐️Kimlar murojaat qilishi mumkin? • Bakalavr darajasini olgan bitiruvchilar • Ta'lim sohasida tajribaga ega bo'lgan shaxslar (o'qituvchilik yoki boshqa ta'lim sohasi) • O'qituvchilik malakasining ustunligi (shart emas) 📕Ingliz tili talablari: • IELTS: 6,5 (har bir elementda kamida 5,5 ball) yoki • IELTS: 6.0 (har bir elementda kamida 5.5 ball) + taʼlim sohasida 2 yillik tajriba yoki • Ingliz tilidan TSMRI ning ichki imtihoni 6.5 (EET) 💡Sizning afzalliklaringiz: • Dastur TESOL va ta'lim sohasida o'z kasbiy faoliyatini rivojlantirishga intilayotgan mutaxassislar uchun mo'ljallangan • Turli ta'lim sohalaridagi hamkasblar bilan hamkorlik • Xalqaro miqyosda tan olingan dastur 📆Ariza topshirishning so'ngi muddati: 2025-yil 24-yanvar ➡️Hoziroq ro'yxatdan o'ting:https://admission.mdis.uz/degree TSMRI va Teesside universiteti bilan ta'lim kelajagini yarating!🌏 #Education#TESOL#MasterYourFuture
Opublikowano 25 gru
Toshkentdagi OTMlaridan birining mansabdorlari 740 mln so‘m miqdorda byudjet mablag‘larini tuya qilganligi aytilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibining ma’lum qilishicha, agentlikka kelib tushgan murojaatga asosan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya universiteti Toshkent filiali faoliyati o‘rganilgan. O‘rganish natijasida filialning mansabdor shaxslari qonunchilik talablariga zid ravishda 740 mln so‘mlik ish haqini ortiqcha to‘lab yuborib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan filial mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda o‘rganish jarayonida to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborilgan. "Soqqa bazm" yo'q edimi bizda? ✅@talimuz
Opublikowano 24 gru
📈So'rovnoma tugashiga 12 kun qoldi! 🇺🇿5-yanvargacha yakunlanishibelgilangan va Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi barcha ta'lim muassasalari doirasida o'tkazilayotgan "Yilning eng yaxshi ta'lim muassasalari-2024" tanlovida 250.000 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi. Kategoriya bo'yicha TOP-3 yetakchilar: (24-dekabr 18:10 holati bo'yicha) Davlat oliygohlari 1️⃣TDPU 2️⃣TIQXMMI" MTU 3️⃣NDKTU Nodavlat oliygohlar 1️⃣OXU 2️⃣ISFT 3️⃣UBS Akademik litseylar 1️⃣IIV 2- Toshkent akademik litseyi 2️⃣IIV Navoiy akademik litseyi 3️⃣IIV Xorazm akademik litseyi Kasb-hunar maktablari 1️⃣Mirzacho'l kasb-hunar maktabi 2️⃣Uchqo'rg'on 2- kasb-hunar maktabi 3️⃣Uchqo'rg'on 1- kasb-hunar maktabi Kollejlar 1️⃣Paxtakor pedagogika kolleji 2️⃣Ilm-u Ziyo tibbiyot kolleji 3️⃣Namangan pedagogika kolleji Texnikumlar 1️⃣Xatirchi jamoat salomatligi texnikumi 2️⃣Nukus jamoat salomatligi texnikumi 3️⃣Aralboyi medicina ham transport texnikumi Xususiy maktablar 1️⃣Yuksalish maktablari 2️⃣Sharjah School 3⃣English Life School Eslatib o'tamiz, 5-yanvar 23:59 holatiga ko'ra har bir kategoriya bo'yicha mutlaq g'olib muassasalar aniqlanadi va tanlovning maxsus esdalik sovg'asi (muassasa nomi tushirilgan statuetka) taqdim etiladi. So'rovnoma 5-yanvarga qadar telegramdagi @EDUStatbot orqali tashkil etiladi va TOP yetakchilar ro'yxati@talimuztelegram sahifasida doimiy ko'rsatilib boriladi. ✅@talimuz
Opublikowano 24 gru
Koreyada oʻqishni istaysizmi ?🤩 Bu juda ham oson, bitta qoʻngʻiroq va siz Janubiy Koreyadagi nufuzli universitetda bahorgi semestrdatalaba boʻlasiz! 📥 Hujjatlar 15-yanvarga qadaronlaynshaklda yagona internet portali orqali qabul qilinadi. 🇺🇿O'zbekistondabirinchilardan bo'lib tashkil etilgan, Janubiy Koreyaning Kangwon National University Foundation ta'lim dasturi sizga bunday imkoniyatni taqdim etadi! 1-semestr(5 oy) Oʻzbekistonda 2-semestr 🇰🇷Janubiy Koreyaning Kangwon Milliy Universitetida oʻqishni davom ettirasiz! 📚Mavjud dasturlar: - Bakalavriat - Magistratura (e-Visa) - Phd (e-Visa) ✅Talablar: • Ielts 4.5+ • Topik 2+ • Sejon topik va Clat topik 📞Murojaat uchun: +998952630700| @KnuF_1 Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt