TGINSIGHT CHAT
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
@TALIMUZ
Education🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Ostatnie posty
Strona 28 z 76 · 912 postów
Opublikowano 12 lip
❓Testingiz qayerda bo'lishini bilasizmi? 📹 O'sha bino kameralarini kuzatishnichi? ✅ Telegram bot orqali tezda aniqlang! Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2025-2026-o‘quv yili kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi. Telegramda @imtihon_qayerda_bot orqali buni aniqlash osonlashtirildi! Unda quyidagilar aks etgan: ✅ Test o‘tkaziladigan hududni rasmi; ✅ Hududga kirish joylari; ✅ Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi; ✅ Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili; ✅Bino raqami; ✅ Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar; ✅ Joylarning google xaritadagi joylashuvi; ✅ Binodagi kuzatuv kameralar. Hoziroq sinang va adashib yurmang: 👉 @imtihon_qayerda_bot 👉 @imtihon_qayerda_bot ❌Eslatib o'tamiz, hududga vaqtida kelmagan abituriyentlar test sinovlariga qoʻyilmaydi!
Opublikowano 11 lip
⚡️14-iyulidan 23-iyuligacha davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari tashkil etiladi 📊671.397 nafar abituriyent testgakiradi! 📈143.356 nafari sertifikatgaega! ❌678 nafarida 5 ta fandan ham bor! ⛔️3.370 ta sertifikat soxta bo'lib chiqdi! Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma’lum qildi. ✅ 2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan 25-iyungacha onlayn tarzda amalga oshirildi. Bu davr mobaynida respublika bo‘yicha jami 671 397 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 426 685 nafari (63,6 %) joriy yil bitiruvchilari, 244 712 nafari (36,4 %) esa oldingi yillar bitiruvchilari hisoblanadi. 🔠Abituriyentlarning 53,8 foizini (361 019 nafar) xotin-qizlar, 46,2 foizini (310 378 nafar) erkaklar tashkil etdi. 🔠Alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarga 39 307 nafar abituriyent hujjat topshirdi. 🔠Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida taqdim etilgan xalqaro sertifikatlar tizimli ravishda ko‘rib chiqildi. Natijada 18 854 ta sertifikat haqiqiy deb topildi va tan olindi. 3 370 ta sertifikat esa belgilangan talabga javob bermagani sababli rad etildi. 🔠Joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 678 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazildi. 2024-yilda bunday imkoniyatdan atigi 1 nafar abituriyent foydalangan edi. 🔠85 140 nafar abituriyent umumta’lim fanlaridan, 58 216 nafari esa chet tillaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega ekani aniqlandi. Bu ko‘rsatkichlar 2024-yilda mos ravishda 13 180 va 44 834 nafarni tashkil etgan. 🔠Joriy yildan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan yo‘nalishlarga faqat til sertifikatiga ega abituriyentlar qabul qilinmoqda. Bu talablarga mos kelgan abituriyentlar soni 22 041 nafarga yetdi. ✅@talimuz
Opublikowano 11 lip
Bu yil akademik litseylarga kirish uchun 49 mingdan ortiq ariza topshirildi Qabul jarayonlari kecha, 10-iyul kuni yakunlandi. 9-sinf bitiruvchilari tomonidan jami 49 ming 362 ta ariza yuborildi. ✅ 9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul davom etmoqda. Bugungacha 134 ming 568 ta ariza kelib tushgan. Qabul 20-iyulgacha(shu kuni ham) davom etadi. ✅ Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMlarga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha 1 ming 370 ta ariza kelib tushgan. Turdosh yoʻnalishlar roʻyxati bu yerda. Qabul 25-iyulgacha davom etadi. ✅ Magistraturaga arizalar qabuli davom etmoqda. Bungacha 6 ming 373 ta ariza kelib tushgan. Qabul 30-iyulgacha(shu kuni ham) davom etadi. ✅ Ikkinchi mutaxassislikka qabul kecha tunda ochildi. Bungacha 2 ming 70 ta ariza kelib tushgan. Qabul 10-avgustga qadar(shu kuni ham) davom etadi. ⛔️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli 15-iyuldan boshlanib, 5-avgustgacha davom etadi. #Qabul2025 ✅@talimuz
Hashtags
Opublikowano 10 lip
⚡️2025/2026-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi 2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portalimy.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi. ▪️Bunda nomzodlar platformada: ➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi; ➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi; ➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar. ☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi. #Qabul2025 ✅@talimuz
Hashtags
Opublikowano 10 lip
❌ Buni koʻrmasdan testga kirmang! 📹 Test sinovlarini oʻtkazish tartibi ✔️@Dtmstat_bot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin. 🤳@Ruxsatnomalarbot orqali Abituriyent ruxsatnomanisini yuklab olishi mumkin. Barcha abituriyentlarga tarqating! #Qabul2025#Abituriyent2025 ✅@talimuz
Hashtags
Opublikowano 10 lip
Majburiy blok testlari quyidagicha tuziladi: 1️⃣Ona tili (oʻzbek): — Orfografiya va punktuatsiya - 40 %; — Leksikologiya, uslubiyat - 40 %; — Grammatika - 20 %. 2️⃣Ona tili (rus): — Fonetika - 10 %; — Leksika - 10%; — Grammatika - 40 %; — Orfografiya - 40 %. 3️⃣Ona tili (qoraqalpoq): — Fonetika - 10 %; — Leksika - 20 %; — Grammatika - 40 %; — Orfografiya - 30 %. 4️⃣Matematika: — Sonlar va ular ustida amallar - 40 %; — Foiz, proporsiya va tenglama - 30 %; — Geometriya - 30 %. 5️⃣Oʻzbekiston tarixi: — Qadimgi va oʻrta asrlar tarixi - 35- 45 %; — XVI-XX asr boshlaridagi tarixiy davr - 35-45 %; — Sovetlar davri va mustaqillik davri tarixi - 20-25 %. Barcha abituriyentlarga tarqating! #Qabul2025#Abituriyent2025 ✅@talimuz
Hashtags
Opublikowano 10 lip
Ma’ruzada zerikib TikTok ko‘rayotgan bo‘lsangiz… demak, o‘qish uslubi noto‘g‘ri! OXUda ta’lim — bu eski uslubdagi ma’ruzalar emas. Bu — real hayotdagi topshiriqlar, haqiqiy muammolar va ularning amaliy yechimlari bilan ishlash. 🗓Osiyo Xalqaro Universitetida barcha yo'nalishlarga qabul davom etmoqda! OXUda har bir talabaga taqdim etiladigan imkoniyatlar: ✅35 ta bakalavr va 14 ta magistratura, 25 ta ordinatura, 11 ta doktorantura ✅Grantlar va rektor stipendiyalari ✅ Chet el amaliyotlari hamda AQSH bilan qo‘shma ta’lim imkoniyati ✅ Ish va o‘qishni muvozanatlash imkonini beruvchi moslashuvchan dars jadvali ✅ Karyera markazi orqali ishga joylashish bo‘yicha amaliy ko‘mak 📥Bugun birinchi qadamni tashlang— OXUda ta’lim, tajriba va kelajak sizni kutmoqda. 📞Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998553050009
Opublikowano 10 lip
Qaysi platformadan qayerga hujjat topshiriladi? ✅Akademik litseylarga qabul 📊 Bugungacha 47 500+ ta ariza kelib tushgan. 🗓 Qabul 10-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi. ▶️Video qo‘llanma ✅9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul 📊 Bugungacha 128 000+ ta ariza kelib tushgan 🗓 Qabul 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi. ▶️Video qo‘llanma ✅Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMlarga suhbat asosida oʻqishga qabul 📊 Bugungacha 900+ ta ariza kelib tushgan 🗓 Qabul 25-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi. ▶️Video qo‘llanma ✅Magistraturaga qabul 📊 Bugungacha 4400+ ta ariza kelib tushgan. 🗓 Qabul 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi. ▶️Video qo‘llanma ✅@talimuz
Opublikowano 9 lip
❗️Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga! Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan. 👨💻 Ushbu toifadagi abituriyentlar 5-iyuldan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining my.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. ✔Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron platformada avtomatik shakllanadi. 🗓 Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi. 💾 Oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatini yuklab olish. ✅@talimuz
Opublikowano 8 lip
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun oliy ta’limga qabul qilish bo‘yicha suhbat qachon boʻladi? ✅ JAVOB: Amaldagi Nizomga muvofiq, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan (my.edu.uz orqali) bitiruvchilarning tizimga yuklangan hujjatlari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan har yili 5-avgustga qadar o‘rganib chiqiladi va o‘rganish natijalari bo‘yicha abituriyentlarning shaxsiy kabineti orqali ularga xabar beriladi. Bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan suhbat jarayoni har yili 10-avgustdan 25-avgustgacha, oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan muddatda o‘tkaziladi. Suhbat o‘tkazish muddatlari suhbat jarayonlari boshlanishidan kamida bir hafta oldin oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Suhbat orqali qabul qilish tartibi texnikumni tamomlagan yildan boshlab ikki yil mobaynida tatbiq etiladi. ✅@talimuz
Opublikowano 7 lip
📄Abituriyent ruxsatnomasi telegramda! ✅ Kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun o'z ruxsatnomangizni @ruxsatnomalarbot orqali yuklab oling! Abituriyentlar ruxsatnomasida: 👉 Тest topshirish hududi va kelish vaqti 👉 Test topshirish joyi nomi 👉 Test topshirish manzili 👉 Test topshirish alifbosi 👉 Тalim shakli va Talim tili boʻladi. Hoziroq telegramda yuklab oling! 👉@ruxsatnomalarbot 👉@ruxsatnomalarbot 👉@ruxsatnomalarbot ✅@talimuz
Opublikowano 7 lip
⚡️Rasman: Test sinovlari 14-iyuldanboshlandi ⏰ Test sinovlari kuniga 2 smenada yopiq pavilyonlarda tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. 🏃🏻➡️🏃🏻♀️➡️Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi. 📄 Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga Abituriyent ruxsatnomasimy.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sayti orqali berilmoqda. 📋 Abituriyentlardan ruxsatnomani yuklab olishlari hamda qog‘ozga chop etib qo‘yishlari so‘raladi. ✅ Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. ❌Boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi. ✅ Abituriyentlar test sinoviga pasport(ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❌Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! ✅@talimuz