TGINSIGHT CHAT
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
@TALIMUZ
Education🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Ostatnie posty
Strona 40 z 76 · 912 postów
Opublikowano 16 lut
⚡️Tibbiyot oliygohlarini tugatayotgan talabalar shifokor bo‘lib ishlash uchun imtihon topshiradi ✅ Shu o'quv yildan boshlab! 2024/2025-o‘quv yilidan barcha davlat va nodavlat tibbiyot OTMlarida 2 bosqichli davlat imtihonlarini o‘tkazish tizimi joriy etiladi. 1⃣- bosqichda talabalar fundamental fanlar bo‘yicha yakuniy davlat imtihonlarini; 2⃣- bosqichda klinik fanlardan imtihon topshiradi. ✅ Dastlabki imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlarga kursdan kursga o‘tishga, klinik bilimlarga oid sinovlarda yaxshi natija ko‘rsatganlarning esa amaliyotda shifokor bo‘lib ishlashiga ruxsat etiladi. ✅@talimuz
Opublikowano 14 lut
⚡️Endi chet tilini o'rganish uchun o'quv markazga bergan to'lovingizni davlat to'lab beradi! Endi, xorijiy tillardan “C1” darajasiga ega boʻlgan yoshlar tashabbus koʻrsatib, olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan oʻquv markazlarini ochsa, ularga 120 million soʻmgacha foizsiz ssuda beriladi. Shuningdek, mehnat bozoriga til biladigan yoshlar kirib kelishini ragʻbatlantirish uchun xususiy oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻrganadigan yoshlarga xarajatlari “2+6” shaklida qoplab beriladi. Bunda oʻquv xarajatlarining dastlabki 2 oyi oʻquvchilarning oʻz mablagʻidan, qolgan 6 oyi davlat hisobidan toʻlab beriladi. ✅@talimuz
Opublikowano 13 lut
❗️Mana bizda ustozning hurmati! O'quvchining betarbiya onasi farzandiga tanbeh bergan (qattiq gapirgan) ustozdan norozi bo'lib darsni buzib kirib, uni zo'ravonlarcha urmoqda. Holat Sirdaryo tumani, 1-maktabda bo'lgani aytilmoqda. Videoni tarqataylik, mas'ullarga yetib borsin va zo'ravon ayolga qonuniy jazo berilsin! ✅@ustozuz
Opublikowano 13 lut
📹Istalgan film yoki videoni real vaqt rejimida tarjima qiluvchi sun'iy intellekt chiqdi! Til o‘rganuvchilar uchun juda foydali! Endi har qanday tilni tushunish uchun tarjimon yoki subtitr qidirishga hojat yo‘q! LLPlayer – sun’iy intellekt yordamida real vaqt rejimida subtitr yaratish va tarjima qilish imkonini beruvchi yangi vosita chiqdi. Nega bu juda qulay? ✅OpenAI Whisper bazasida ishlaydi – YouTube, filmlar, yuklab olingan videolar, audiokitoblar va MP3 fayllarga subtitrlar yaratadi. ✅100+ tilni tushunadi – istalgan videoga avtomatik subtitr qo‘shadi. ✅Subtitrlarga real vaqt rejimida tarjima – 34 tilga tarjima qilib, matn sifatida taqdim etadi. ✅“So‘z qidirish” funksiyasi – yangi so‘zlarni o‘rganish uchun juda foydali. ✅Ikki tomonlama subtitrlar – asl nutq va tarjima bir vaqtning o‘zida ekranda ko‘rinadi. ✅Avtomatik konspekt yaratish – subtitrlarni matnga aylantirib, qisqacha xulosa tayyorlaydi. ✅BEPUL! – hech qanday to‘lov yo‘q, shunchaki yuklab oling va foydalaning. Bu kimlar uchun? 👨🎓 Til o‘rganuvchilar – yangi so‘zlarni osongina tushunish va eslab qolish uchun. 🎬 Kino va serial ishqibozlari – istalgan filmni istalgan tilda tomosha qilish imkoniyati. 📚 Tadqiqotchilar va talabalar – ma’lumotlarni tez va aniq tarjima qilish. 🎧 Podcast va audiokitob muxlislari – audio kontentni qulayroq shaklda tushunish. ✅@talimuz
Opublikowano 13 lut
🇺🇸Amerikada o‘qishni xohlaysizmi? 🇺🇸AQShning Rovan universiteti hamda Xalqaro Nordik universiteti bilan hamkorlikda taqdim etilgan 2+2 dasturi orqali Toshkentda boshlagan ta’limingizni Amerikada davom ettirish imkoniyati endi Sizda bor! 📚Tayyorlov fanlari: • Ingliz tili • Matematika Darslar - LMS platformasida onlayn tashkil etiladi. Ingliz tili darslari to‘liq amerikalik pedagog-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi. 🎓Bitiruvchilarga qo‘shma Sertifikat taqdim etiladi va Nordik universitetida Rovan universiteti bilan tashkil etilgan qo‘shma taʼlim dasturiga imtihonsiz kirish imkoniyati beriladi. 🧑💻Onlayn ro‘yxatdan o‘tib, test topshiring! 👉Batafsil maʼlumot; 🎓Tayyorlov kursimizda o‘qing va bakalavriat bosqichi talabasiga aylaning! 📞Murojaat uchun: +998555084400 | @rowan_edu Telegram
Opublikowano 13 lut
⚡️Iyul-avgust oyidagi kirish imtihonlariga qadar bo'lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihoni turlari va sanalari bilan tanishing 👨🏻💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. 📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. ✅@talimuz
Opublikowano 13 lut
⚡️2024-2025 o’quv yili uchun Davlat universitetiga kirishning eng so’ngi imkoniyatini qo’ldan boy bermang! ✅Ha, aynan Davlat universitetiga topshirishning eng so'ngi imkoniyati! Qo’shma ta’lim dasturi asosida Davlat universitetida mavjud yo'nalishlar: • Biottibbiyot (kunduzgi) • Kompyuter injeringi (sirtqi) • Iqtisodiyot (sirtqi) • Metrologiya (sirtqi) PRO EDUCATION yordamida 2024-2025 o'quv yili davomida talaba bo'lishgaulgurib qoling! Universitet Toshkent shahrida joylashgan. Yotoqxona ham mavjud! Shoshiling, joylar soni va kunlar cheklangan! Murojaat uchun: 📞 +998910882626 | @pro_shahriz 📞 +998910112626 | @Pro_Dilafruz
Opublikowano 11 lut
⚡️Iyul-avgust oyidagi kirish imtihonlariga qadar bo'lib o‘tadigan chet tili imtihoni sanalari bilan tanishing 🌎Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/559 💳Ishtirok etish narxi: 506.250 so'm Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. ✅@talimuz
Opublikowano 10 lut
⚡️Rasman:Sertifikatga ega o‘zbek tili (davlat tili) o‘qituvchilariga ham 50 foiz ustama beriladi 🇺🇿 Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi, deya xabar bermoqda maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova. Unga ko‘ra, 1-fevraldan boshlab, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi o‘rta ta'lim muassasalarida oʻzbek tili (davlat tili) fani boʻyicha dars beruvchi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi oʻzbek tili va adabiyoti sertifikatiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi. ✅@talimuz
Opublikowano 9 lut
#Kun_tarixi 🗓9-fevral (1441-yil) Buyuk shoir, mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun. 1441-yil 9-fevralda Hirotda dunyoga kelgan Navoiy nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki jahon madaniyati taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan siymolardan biridir. Uning nodir devonlari, betakror g‘azallari, shoh dostonlari va falsafiy asarlari bugungi kunda ham insoniyat ma’naviyatining bebaho xazinasidir. Bu yil bobokalonimiz tavalludining 584 yilligi keng nishonlanmoqda. U kishining boy merosi bizga ona tilimizni ulug‘lash, adabiyotimizni rivojlantirish va ma’naviyatimizni yuksaltirish yo‘lida mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi. ✅@talimuz
Hashtags
Opublikowano 8 lut
❓Abituriyent milliy sertifikat olsa kirish imtihoni topshirmasa ham bo'ladimi? ✅Albatta bo'ladi! Abituriyentlar quyidagi fanlar bo'yicha sertifikat uchun imtihon topshirib oldindan ballni naqd qilib qo'yishi mumkin: 1⃣. Matematika 2⃣. Biologiya 3⃣. Kimyo, 4⃣. Fizika 5⃣. Ona tili va adabiyot (rus, qoraqalpoq) 6⃣. Tarix 7⃣. Geografiya ❌Eslatma: Boshqa fanlardan ayni vaqtda milliy sertifikat olish imkoni yo'q (chet tillaridan boshqa) balki kelgusi yillardan qo'shilishi mumkin. Masalan, tibbiyot universitetiga topshirmoqchi bo'lgan abituriyent kimyo, biologiyadan sertifikat olib qo‘ysa, imtihonda faqat majburiy blokdagi 3 ta fandan test ishlaydi xolos. Yoki bo'lmasa, asosiy blok fani tarix va ona tili va adabiyoti bo'lgan pedagogika yo'nalishiga kirmoqchi bo'lgan abituriyent Tarix va Ona tili fanlaridan milliy sertifikat olishga muvaffaq bo'lsa unga ham asosiy ham majburiy fan ballarini oldindan naqd qilib qo'yadi. Kirish imtihonida faqat Matematika fanidan majburiy blok teslarini ishlaydi holos! Agar Matematika majburiy blokni ham ishlagisi kelmasa bu fandan ham milliy sertifikat olib qo'yishi mumkin. Mazzami? Qarang, qanday imkoniyatlar bor! ✅️@talimuz
Opublikowano 8 lut
Chet tilini o‘rganish uchun bepul resurslar Internetda bepul va sifatli resurslar juda ko‘p! Quyida eng foydali manbalarni jamladik: 🕸Onlayn kurslar va darsliklar Duolingo – O‘yin tarzida til o‘rganish. BBC Languages – Turli tillar bo‘yicha bepul kurslar. Coursera – Ayrim kurslar bepul sertifikatsiz. Open Culture – 40 dan ortiq til bo‘yicha bepul darslar. 📹Audio va podkastlar BBC 6 Minute English – Ingliz tilida qisqa podkastlar. Coffee Break Languages – Til o‘rganish uchun podkastlar. LingQ – Matnli audio materiallar. 🖤YouTube kanallari English Addict with Mr Steve – Ingliz tilini jonli darslar orqali o‘rganish. Français Authentique – Fransuz tili uchun oddiy va tabiiy uslub. SpanishDict – Ispan tilining grammatikasi va so‘z boyligi. 🛒Ilovalar va veb-saytlar Anki – So‘z yodlash uchun flashkartalar. Memrise – Interaktiv mashg‘ulotlar. Tandem – Ona tilingni o‘rgatib, boshqa tilda gaplashishni o‘rganish. 📥Onlayn lug‘atlar va tarjimonlar WordReference – Ingliz, fransuz, ispan va boshqa tillar uchun mukammal lug‘at. DeepL – Yaxshi sifatli tarjima qilish uchun vosita. ✅@talimuz