TGINSIGHT CHAT
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
@TALIMUZ
Education🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Ostatnie posty
Strona 50 z 76 · 912 postów
Opublikowano 20 wrz
Milliy sertifikat kimga qanday imtiyoz beradi? ✅Javob quyidagicha: 1) Agar o'qituvchi milliy sertifikat imtihonida 80% yoki undan yuqori natijani qo'lga kiritsa, oylik maoshiga 20% ustama qo'shib beriladi! 2) Agar abituriyent 86% va undan yuqori natijani qo'lga kiritsa, tegishli fanidan kirish imtihonlarida maksimal ball beriladi. Ya'ni ona tili va adabiyot 1-blok fani bo'lsa 93 ball, 2-blok fani bo'lsa 63 ball. Shuningdek majburiy 10 talik testdan ham maksimal ball (11 ball) beriladi. Agar 60% dan 85% gacha natijani qo'lga kiritsa, foizga nisbatan proporsional ball beriladi. Ya'ni 80 foizlik natijani qo'lga kiritsa, unga 93 ballning 80%i (74,4 ball) beriladi! 3) Agar ona tilidan majburiy fan sifatida (10 talik testga) tayyorlanayotgan abituriyent milliy sertifikat imtihonidan 60 foizdan yuqori natijani qo'lga kiritsa, unga majburiy ona tilidan maksimal ball (11 ball) beriladi. Ya'ni milliy sertifikat majburiy fan uchun ham o'tadi! ✅@talimuz
Opublikowano 19 wrz
⚡️Rasman:Kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddatlaribelgilandi 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun toʻlov muddatlari quyidagicha belgilandi: 🔹 belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizi talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2024-yil 15-sentyabrgacha yoki Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 2024-yil 1-oktyabrgacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha; 🔸 belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 2025-yil 1-yanvargacha, 75 foizini 2025-yil 1-martgacha va 100 foizini 2025-yil 1-maygacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha. Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega. ✅@talimuz
Opublikowano 19 wrz
"Matematikani harkim o'rgana oladi, lekin sportni o'ziga yarasha qiyinchiligi bor" Kitob o'qiganni o'rniga birovni urganni rag'batlantiraversak, mana shunaqa fikrlaydiganlar ko'payib boraveradi. Sport mamlakatni dunyoga tanitadi Lekin ilmchalik yuksaltirolmaydi!…
Opublikowano 19 wrz
📣 1 yil yo‘qotmang, Diplomat Universityda talaba bo‘ling! 📚Yangi ta’lim yo‘nalishlari ochildi: - Bank ishi - Buxgalteriya hisobi - Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar - Psixologiya - Marketing 📕Magistratura mutaxassisliklari: - Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar - Biznesni boshqarish - Raqamli iqtisodiyot - Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti ✅Afzalliklar: - Shahar markazidagi zamonaviy o‘quv binosi - Tajribali professor-o‘qituvchilar jamoasi - 30% dan 50% gacha universitet grantlari - Kirish imtihonida eng yuqori ballni qo‘lga kiritgan abituriyentlarga davlat grantlari 🔖Kontrakt to‘loviga 20% chegirma ketmoqda. 🎯 DTM natijasi bilan imtihonsiz talaba bo‘lishingiz ham mumkin! 📥Hujjat topshirish uchun:apply.diplomat.university 📞Call-markaz: +998881248888 | @Diplomatuniv Telegram | Facebook | Instagram | web-sayt
Opublikowano 17 wrz
❌3 yoshgacha farzandi bor talaba-qizlar masofaviy ta’lim olisholmaydi! Bunday tartib mavjud emas. Joriy yilning 28-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qilgan edi. Ushbu muloqotda Prezident yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid bir qator TAKLIFLARni ilgari surgan edi. Jumladan, kelgusida uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratilishi aytilgandi. Bu taklif maqomida bo‘lib, hozircha bu borada biron hujjat qabul qilinmadi. Ya’ni uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlar qaysi holatda masofaviy ta’lim oladi, buning uchun nimalar qilishi kerak, kimga qanday ariza beradi, bunda ta’lim shaklini masofaviyga ko‘chirish tarzida bo‘ladimi yoki kunduzgida qolaverib, vaqtincha masofaviy o‘qib turadimi, hozircha bu savollarning birontasiga rasmiy javob yo‘q. Shunga oid biron rasmiy hujjat qabul qilinsa, undan keyingina aytish mumkin. Xullas, bugungi kunda uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlar oliygoh ma’muriyatidan masofaviy o‘qishni talab qilishi befoyda. ✅@talimuz
Opublikowano 16 wrz
⚡️ 1-kurslar uchun yangi tizim: ular faqat 1 yillik grant bilan talaba bo'lgan ▪️ 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi. Bunda: ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi; ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi; ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi; ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi. ✅@talimuz
Opublikowano 14 wrz
⚡️Ta'lim krediti haqida muhim ma'lumotlar 1. Imtiyozli taʼlim krediti xotin-qizlarga foizsiz, yigitlarga markaziy bankning asosiy stavkasiga (13,5%) ko'ra ajratiladi. 2. Ta'lim krediti O'zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan davlat va nodavlat OTM talabalari uchun ajratiladi. 3. Ta'lim krediti joriy yildan faqat kunduzgi ta’lim talabalari uchun ajratiladi. 4. Joriy yildan Ikkinchi kursdan yuqori talabalarning baholari past boʻlgan (oʻrtacha “3”dan past) taqdirda taʼlim krediti koʻpi bilan toʻlov shartnomaning 80 foizi miqdorida ajratiladi. 5. Ta'lim krediti Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi). 6. Ta'lim kreditini har yili olish mumkin. 7. “Superkontrakt” asosida oʻqishga qabul qilingan talabalarga imtiyozli taʼlim krediti ajratilmaydi. 8. Imtiyozli taʼlim krediti rasmiy oʻqish tugagandan keyin 7-oydan boshlab 7 yil muddatga ajratiladi. Masalan talaba 1-kurs boʻlsa, 11 yil 7 oy ichida kreditni toʻlashi mumkin. 9. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmaydi 10. 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab taʼlim krediti olish uchun arizalarni “Taʼlim krediti” axborot tizimi (talim-krediti.mf.uz) va my.gov.uz orqali topshirish mumkin boʻladi. ✅@talimuz
Opublikowano 13 wrz
🗺Toshkent metro xaritasi. Saqlab oling, albatta foydasi tegadi. ✅@talimuz
Opublikowano 13 wrz
#Foydali Saqlab qoʻying! Avtomobillar davlat raqamlaridagi harflarni bilasizmi? 1. PAA — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimlari 2. PSS — Oʻzbekiston Prezidentining xavfsizlik xizmati 3. PPP — Oliy Majlis deputatlari va senatorlari 4. UZB — davlat hokimiyatining markaziy idoralari rahbarlari 5. APC — vazirliklar va davlat qoʻmitalari rahbariyati (vazirlarning oʻrinbosarlari) 6. VSB, VSC, VSF, VSD, VSG, VSV — ichki ishlar idoralari davlat raqami 7. TSS, TST — davlat xavfsizlik idoralari davlat raqami 8. ZDF — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari 9. DXA — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlari agentligi xodimlari 10. FVV — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari 11. TTA, TTB, TTC, TTD, TTE, TTF, TTG — taksilar🚕 12. D — diplomatlar (yashil rangli) 13. CMD — elchilar, vakillar (yashil rangli) 14. T — texnik personal (yashil rangli) 15. M — xorijiy firma va kompaniyalar xodimlari, investorlar (yashil rangli) 16. X — konsulliklar, savdo vakolatxonalari (yashil rangli) 17. UN — BMTva tuzilmalarining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi raqami (koʻk rangli) 18. H - Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (sariq rangli) 19. PSF, PSP, PSV - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari ✅@talimuz
Hashtags
Opublikowano 12 wrz
🌎Xohlagan joyingizda emasmisiz? Yo'q, aslida, kerakli joydasiz! Biror narsa to'kilib ketsa, kalitni topolmasangiz, asabiylashmang, siz kech qolmayapsiz. Siz kerakli vaqt va joydasiz. Balki kech qolishingiz yoki biror narsaga erishmaganingiz, sizni boshqa bir falokatdan asrab qolgandir. ✅@talimuz
Opublikowano 11 wrz
⚡️Nodavlat oliygoh talabalari kontrakt pulidan 12% qaytarib olish uchun soliq organlariga borish shart emas! Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin. “Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchiningish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi. Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin: ▫️kontrakt; ▫️nodavlat bog’cha va maktablar; ▫️ipoteka kreditlari. ❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi. ➡️Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma ✅@talimuz
Opublikowano 9 wrz
⚡️Ijara to‘lovi bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasigacha onlayn ariza berish kerak Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi: 1️⃣kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi; 2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi; 3️⃣“Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi. Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabroylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi. Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉http://ijara.soliq.uz ✅@talimuz