TGINSIGHT CHAT
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
@TALIMUZ
Education🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Ostatnie posty
Strona 35 z 76 · 912 postów
Opublikowano 11 maj
⚡️2025/2026-o‘quv yili uchun Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida amalga oshiriladi. Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun qulaylik yaratish maqsadida: Murojaatchilarning savollariga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat boshlagan; Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda maxsus shtablar tashkil etildi. Mazkur shtablar har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi. Malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatadi. 2025/2026-o‘quv yili uchun mazkur maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida onlayn shaklda my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi. Kirish imtihonlari joriy yilning iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi. ✅@talimuz
Opublikowano 11 maj
⚡️Rasman: Imtihon savollari e'lon qilindi! ✅ + Javoblari bilan! (BEPUL) 🇺🇿Imtihon-2025 savollari va javoblari barchasi bir joyda yuklab olish uchun shunchaki kerakli fan ustiga bosing:👇 ⚡️9-sinf Matematika ⚡️9-sinf Ona tili va adabiyoti ⚡️9-sinf O'zbekiston tarixi ⚡️9-sinf Jismoniy tarbiya ⚡️11-sinf Fizika ⚡️11-sinf Biologiya ⚡️11-sinf Davlat va huquq asoslari ⚡️11-sinf Geografiya ⚡️11-sinf Ingliz tili ⚡️11-sinf Kimyo ⚡️11-sinf Matematika ⚡️11-sinf Ona tili va adabiyoti ⚡️11-sinf O'zbekiston tarixi ⚡️11-sinf Fransuz tili ⚡️11-sinf Nemis tili Yaqinlarga yuborib qo'ying! 9-11 sinf bitiruvchilariga ayniqsa! ✅@talimuz
Opublikowano 10 maj
⚡️Xususiy oliygohlarda kontrakt narxlari sirtqi ta'lim yopilgani uchun ko‘tarilishi kutilmoqda 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shakliga qabul to‘xtatiladi. Endilikda universitetlar kunduzgi talabalar sonining 50 foizigacha kechki yoki masofaviy ta’lim shakliga abituriyent qabul qilishi mumkin xolos. Bu o‘zgarishlar xususiy OTMlar faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin, sababi: • Hozirda kunda O‘zbekistonda 71 ta xususiy universitet bor; • U yerdagi 508 720 nafar talabaning 361 461 nafari (ya'ni 71%) sirtqi ta’lim shaklida tahsil oladi. Natijada sirtqi ta'lim shakli yopilishi ortidan xususiy universitetlar harajatlarni qoplash uchun shartnoma narxlarini oshirishi mumkin. ✅@talimuz
Opublikowano 9 maj
⚡️2024/2025-o‘quv yili IV chorak yakuni bo‘yicha choraklik summativ baholash sinovlari sanalari IV chorak yakuni bo‘yicha choraklik summativ baholash sinovlari 12-19 may kunlari onlayn shaklda tashkil etiladi. Har bir sinf belgilangan kunda emaktab.uz platformasi orqali sinovda ishtirok etishi shart. 📅Onlayn sinov jadvali: ✅ 5-sinf – 12-may (dushanba) ✅ 6-sinf – 13-may (seshanba) ✅ 7-sinf – 14-may (chorshanba) ✅ 8-sinf – 15-may (payshanba) ✅ 9-sinf – 16-may (juma) ✅ 10-sinf – 17-may (shanba) ✅ 11-sinf – 19-may (dushanba) 20-may kuni – an’anaviy (qo'g'oz variantda) shaklda sinovlar o‘tkaziladi. Bunda o'quvchilar qo'g'oz variantda, o‘qituvchilar nazorati ostida sinovlarni topshiradi. ✅Muhim eslatmalar: 🔹 O‘quvchilar o‘z sinfiga ajratilgan sanada emaktab.uz platformasiga kirib, sinovda qatnashishi kerak. 🔹 Test va topshiriqlar belgilangan vaqt ichida bajarilishi lozim. ✅@talimuz
Opublikowano 8 maj
Sirtqi ta'lim yopilgan bo'lsa, o'qishni ko'chirish tartibi qanday bo'ladi? Xabaringiz bor, 2025/2026 o'quv yilidan barcha ta'lim yo'nalishlari uchun sirtqi ta'lim shakli butkul yopildi. Bu o'z navbatida o'qishni ko'chirishga oid savolni o'rtaga tashlaydi. Xo'sh endi sirtqi ta'limga o'qishni ko'chirish mumkinmi? Ha albatta mumkin. Sirtqi ta'lim yopilishiga oid farmon yangi qabul qilinuvchi abituriyentlarga taalluqli bo'lib, o'qishni ko'chiruvchilar uchun hozircha qisman taalluqli emas, ya'ni quyidagilar mumkin: ✅Xorijdan sirtqi ta'limga o'qishni ko'chirish; ✅Nodavlat oliygohdan davlat oliygohiga sirtqiga o'qishni ko'chirish; ✅Davlat oliygohining biridan boshqasiga sirtqiga o'qishni ko'chirish; ✅Nodavlat oliygohlarning biridan boshqadiga sirtqiga o'qishni ko'chirish; ✅Bir oliygoh ichida sirtqi ta'limga o'qishni ko'chirish; ✅Bir oliygoh ichida kunduzgi ta'limdan sirtqi ta'lim shakliga ko'chirish. Agarda, o'qishni ko'chirish jarayonida fanlar farqi ko'p chiqishi natijasida 1-kursga qabul qilinish ehtimoli yuzaga kelsa, ana unda sirtqi ta'lim shakliga ko'chirishga ruxsat etilmaydi, majburiy ravishda boshqa ta'lim shakliga ko'chiriladi. Soddaroq tushuntirsak, bu yilgi o'qishni ko'chirishda 2-3-4-5 kurslar bemalol sirtqi ta'limga "perevod" qilishlari mumkin. Faqatgina fanlar farqi sababli 1-kursga tushib qolish ehtimoli yuzaga kelmasagina. Izoh: Agarda bu bo'yicha alohida cheklovchi huquqiy hujjat qabul qilinmasa, yuqoridagi tartibda bemalol o'qishni ko'chirishingiz mumkin. ✅@talimuz
Opublikowano 7 maj
❗️2025-yildan sirtqi ta’lim butunlay yopildi. Hozirgi sirtqi talabalar o’qishini davom ettiraveradi. Magistraturada esa masofaviy ta'lim joriy etiladi! 🇺🇿 Prezident farmoniga ko’ra, 2025/2026-o’quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatildi.…
Opublikowano 7 maj
❗️2025-yildansirtqi ta’lim butunlay yopildi. Hozirgi sirtqi talabalar o’qishini davom ettiraveradi. Magistraturada esa masofaviy ta'lim joriy etiladi! 🇺🇿 Prezident farmoniga ko’ra,2025/2026-o’quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatildi. Ya’ni joriy yilda sirtqiga hech kim olinmaydi. Boshqacha aytganda, 1 yarim oydan keyin boshlanadigan qabul jarayonlarida sirtqiga kvota berilmaydi; • mazkur talab davlat oliygohlari uchun ham, nodavlat (xususiy) oliygohlar uchun ham birdek amal qiladi; • bunda sirtqi ta’limga qabul barcha yo’nalishlarda tugatiladi. Ya’ni falon yo’nalishda sirtqi bor, piston yo’nalishda sirtqi yopildi, degan gap yo’q. Endi hech qaysi yo’nalishga sirtqi uchun talaba qabul qilib bo’lmaydi; • hozir o’qiyotgan yuqori bosqich talabalari o’qishini sirtqida davom ettiraveradi. Ya’ni sirtqi uchun qabul to’xtatildi, sirtqiga boshqa yangi talaba olinmaydi, ammo sirtqilarning o’zi yopilgani yo’q; • sirtqining o’rniga kunduzgi ta’limdan boshqa muqobil ta’lim shakllari bo’yicha qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirib boriladi. Bu ko’proq masofaviy ta’lim shakli bo’lishi mumkin. Shuningdek, maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakli (part-time education) bo’yicha o’qitishga ruxsat beriladi; • oliygohlarda muqobil ta’lim shakllari bo’yicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi ta’lim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yo’l qo’yilmaydi. Ya’ni kunduzgiga 100 kishi qabul qilsa, unda muqobil ta’lim shakliga 50 kishidan ko’p qabul qila olmaydi. Bu avvalgidek, faqat kvota e’lon qilish bilan o’lchanmaydi, balki avval kunduzgining qabulini tugatib, olgan talabalari sonidan kelib chiqib, keyin 50% muqobilga olishi mumkin bo’ladi; • magistratura bosqichida muqobil ta’lim shaklida o’qitishga ruxsat beriladi. Bungacha faqat kunduzgiga ruxsat edi. Endilikda, masalan, magistraturada masofaviy ham o’qitsa bo’ladi. ✅@talimuz
Opublikowano 2 maj
⚡️Rasman: Oila va xotin-qizlar qoʻmitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi 🇺🇿 Hukumat qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinishi belgilangan. Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi boʻlgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tavsiyanomasiga ega boʻlishlari lozim. Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak: ➖ oʻrta maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishi (kollej, texnikum diplomiga ega bo‘lishi); ➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi (davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarida o‘qimayotgan bo‘lishi kerak); ➖oʻrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlishi. ▪️Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan https://xotin-qizlar.uz/ sayti orqali yoki doimiy yashash yoki vaqtincha roʻyxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: ➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi; ➖ mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan koʻchirma; ➖ oʻrta-maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha diplom. ▪️ Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi. ✅@talimuz
Opublikowano 2 maj
🇸🇦Saudiya Arabistoni oliy ta'lim muassasalariga qabul jarayonlariboshlandi 1-may sanasidan Saudiya Arabistonining barcha oliygohlari uchun qabul jarayonlari boshlandi. 🖥 Ushbu qabul davomida siz Saudiya Arabistonining 30 dan ortiq oliygohlaridan o’zingiz xohlagan 5 tasiga hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin. ✅Oliygohlar beradigan imtiyozlar: 🗄 Bepul ta’lim (faqat grand asosida o'qish); 🗄 Bepul turar-joy (hech qanday to'lovlarsiz); 🗄 Ikki tomonlama chipta (oliygoh tomonidan beriladi); 🗄 Oylik stipendiyalar (har oy uchun 220$ atrofida); 🗄 Ilk kelgandayoq moliyaviy ko’maklar; 🗄 Umra va haj qilish imkoniyati (bepul); 🗄 Tibbiy muassasalardan foydalanish imkoniyati; 🗄 va yana ko’plab qulayliklar… Kerakli hujjatlar: 🔴Zagran pasport; 🔴Tug'ilganlik haqida guvohnoma; 🔴Tibbiy ma'lumotnoma (086 forma); 🔴Tugatgan ta'lim muassasasi hujjati (Attestat yoki diplom); 🔴3x4 rasm; 🔴Ota-ona pasporti (zagran bo'lishi shart emas); 🔴Ota yoki onasi vafot etgan bo'lsa, o'lim guvohnomasi. Onlayn ro'yxatdan o'tish: ➡️studyinsaudi.moe.gov.sa Bundan tashqari, Saudiyada magistratura va doktorantura (PhD) uchun ham o'qish jarayonlari to'liq grant asosida qabul qilinadi. ✅@talimuz
Opublikowano 2 maj
🎓Toshkent shahridagi Amity universiteti 2025–2026 o‘quv yili uchunkirish imtihoni endi Urganch shahrida! Qabul quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ochilgan: 🔸 Sun’iy intellekt 🔸 Kiberxavfsizlik va blokcheyn 🔸 Axborot texnologiyalari 🔸 Kompyuter muhandisligi 🔸 Iqtisodiyot 🔸 Ingliz tili 🔸 Turizm boshqaruvi 🔸 Biznes boshqaruvi 📆 Kirish imtihoni sanasi:31-MAY 📍Manzil: IT Park, Urganch shahri 👉🏼 Ro'yxatdan o'ting 📌 Imtihon faqat Ingliz tili fanidan bo‘lib o‘tadi ✅ IELTS 5.5 va undan yuqori bo‘lgan abituriyentlar ingliz tilidan yozma imtihondan ozod qilinadi 📣Urganchlik yoshlar, orzuyingizdagi universitet sizga yanada yaqin! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🔹Telegram🔸Facebook🔹Instagram🔸YouTube🔹LinkedIn
Opublikowano 1 maj
🧐O'tish ballarini qanday bilsa bo'ladi? ✅@DTMSTAT_BOTorqali albatta! 🇺🇿 Joriy yilda 5-iyundan oʻqishga hujjat topshirish boshlanadi. Tartibga koʻra, abituriyentlar endi avval test topshiradi, soʻngra balliga mos yoʻnalish tanlashadi. Oʻzida 2024-yildagi barcha oʻtish ballarini jamlagan @DTMSTAT_BOT sizga toʻgʻri tanlov qilishda yaqindan yordam beradi. Xattoki qaysi yoʻnalishga kirish uchun qanday fanlarni oʻqish kerakligi ham joylangan. ✊Bot shunchaki SUPER! 👉@DTMSTAT_BOT 👉@DTMSTAT_BOT 👉@DTMSTAT_BOT ✅@talimuz
Opublikowano 30 kwi
⚡️Rasman:Texnikumlarning 2025-2026 o'quv yili uchun qabul parametrlari tasdiqlandi 🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2025/2026 o‘quv yilida 599 ta texnikumga 370 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllarida jami311 009 ta qabul kvotasi tasdiqlandi. Shundan: ➖ davlat granti asosida — 205 729 ta; ➖ to‘lov-kontrakt asosida — 105 280 ta. Shu bilan birga, xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilishi belgilangan 14 ta texnikumga jami 1680 nafar o‘quvchini davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish belgilandi. Qabul parametrlarida 9-sinf bitiruvchilari uchun 515 ta texnikumga jami 139 245 ta kvota(to‘liq davlat granti), 11-sinf bitiruvchilari uchun esa 549 ta texnikumga jami 171 764 ta kvota(shundan 66 484 ta grant) ajratilgan. 🤖Talababop – Talabalar uchun! 📊DTMStat – Abituriyentlar uchun! ✅@talimuz