TGINSIGHT CHAT
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
@TALIMUZ
Education🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Ostatnie posty
Strona 65 z 76 · 912 postów
Opublikowano 3 cze
❌Kimlar imtihonga to'lov qilmaydi? Belgilangan tartibga ko'ra, kirish imtihonlarida qatnashish uchunhamma abituriyentlar ham to‘lov qilmaydi. ✅ To‘lovdan ozod abituriyent toifalari: ➖ shu yil tugatgan bitiruvchilar; ➖ nogironligi bo‘lgan shaxslar; ➖ mehribonlik uylari bolalari; ➖ bolalar shaharchasi bitiruvchilari; ➖“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari; ➖“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi. Eslatib o'tamiz, abituriyentlar uchun bu yilgi to'lov – 170 ming so'm. 🇺🇿 O'zbekistondagi istalgan ta'lim yo'nalishlari uchun 2023-2024-o'quv yilidagi o'tish ballarini@DTMSTAT_BOT orqali bilishingiz mumkin! ✅@talimuz
Opublikowano 2 cze
⚡️Hurmatli ehtiyojmand oiladagi xotin-qizlar, ariza berishga 10-iyungacha ulgurib qolinglar! 🇺🇿30-maydan boshlab ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi. Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi. Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi. Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi. 🇺🇿 O'zbekistondagi istalgan ta'lim yo'nalishlari uchun 2023-2024-o'quv yilidagi o'tish ballarini@DTMSTAT_BOT orqali bilishingiz mumkin! ✅@talimuz
Opublikowano 2 cze
⚡️Botorqaliaktivfoydalanayotgan abituriyentlar soni hozirda 100.000 nafardan oshib ketdi! @DTMSTAT_BOT borligini bilasizmi? 🇺🇿 Prezidentning yangi farmoniga koʻra, joriy 2024-2025 oʻquv yilidan 5-iyundan oʻqishga hujjat topshirish boshlanadi. Yangilikka koʻra, abituriyentlar endi avval test topshiradi, soʻngra balliga mos yoʻnalish tanlashadi. Oʻzida 2021-2022-2023 yillardagi barcha oʻtish ballarini jamlagan @DTMSTAT_BOT sizga toʻgʻri tanlov qilishda yaqindan yordam beradi. Xattoki qaysi yoʻnalishga kirish uchun qanday fanlarni oʻqish kerakligi ham joylangan. ✊Bot shunchaki SUPER! 👉@DTMSTAT_BOT 👉@DTMSTAT_BOT 👉@DTMSTAT_BOT ✅@talimuz
Opublikowano 30 maj
⚡️Rasman: 2000 nafar xotin-qizlarga Grantda o'qish uchun tavsiyanoma berish boshlandi.Ulgurib qoling! — Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida ajratiladigan o‘rinlar uchun tavsiyanoma olish maqsadida talabgorlardan arizalar 30-maydan 8-iyunga qadar https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. ❓ Tavsiyanoma kimlarga beriladi? • Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga; • Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga; • Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga; • 14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga; • Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga; • Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga. ❓ Tavsiyanoma egalariga qachon yetkaziladi? Arizalar 10-iyungacha ko‘rib chiqiladi va 14-iyungacha elektron shaklda tayyor qilinadi. 15-iyungacha tavsiyanomaga loyiq ko‘rilgan hamma talabgorga o‘z tavsiyanomasi yetkaziladi. 🇺🇿 O'zbekistondagi istalgan ta'lim yo'nalishlari uchun 2023-2024-o'quv yilidagi o'tish ballarini@DTMSTAT_BOT orqali bilishingiz mumkin! #abituriyent#baholash#imtihon ✅@talimuz
Hashtags
Opublikowano 30 maj
⚡️2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan boshlanadi 🇺🇿 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga(kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi. Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi. Kirish imtihonlari esa iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi. ✅ Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi. 2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi. 🇺🇿 O'zbekistondagi istalgan ta'lim yo'nalishlari uchun 2023-2024-o'quv yilidagi o'tish ballarini@DTMSTAT_BOT orqali bilishingiz mumkin! ✅@talimuz
Opublikowano 30 maj
⚡️RASMAN:IMTIHON MARKAZI TOMONIDAN MAXSUS ONLAYN TEST TASHKIL ETILMOQDA! ➖Biz endi yangi formatga o'tamiz! ➖Bu testda eng "свежий" testlar bor! ➖Yakunda hammaga sertifikat beriladi! 📆 Juma, 31-may kuni @imtihonmarkazi hamda OLIYGOH.UZ tomonidan 8⃣-onlayn test tashkil etiladi. Testlar sifatiga 100% javob beriladi.Kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi shart! 📆Test vaqti: 31-MAY 💳Ishtirok etish narxi: BEPUL 📲Ro‘yxatdan o‘tish shart Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting: 👉 Huquq + Ingliz tili 👉 Ingliz tili + Matematika 👉 Ingliz tili + Ona tili 👉 Kimyo + Biologiya 👉 Matematika + Ingliz tili 👉 Matematika + Ona tili 👉 Matematika + Fizika 👉 Ona tili + Ingliz tili 👉 Ona tili + Matematika 👉 Ona tili + Tarix 👉 Tarix + Geografiya 👉 Tarix + Ingliz tili 👉 Tarix + Ona tili 👉 Biologiya + Ona tili 👉 Biologiya + Kimyo 👉 Kimyo + Matematika 👉 Geografiya + Matematika 👉 Boshqa yo‘nalish tanlash 👉🇷🇺 Ruscha yo'nalishlarni tanlash 👨🏻💻Testga ro‘yxatdan o‘tish: 👉 Ro‘yxatdan o‘tish 🔖Test yakunida sertifikat beriladi!
Opublikowano 29 maj
⚡️Bitiruvchilar ID karta olishlari shart! ❌ Bo'lmasa o'qishga kira olmaydi Ma’lumki, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligini eslatib o‘tamiz. Ushbu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining ABITUR elektron dasturi bilan integratsiya qilingan. ✅@talimuz
Opublikowano 29 maj
⚡️Rasman: Abituriyentlar kirish imtihonida qatnashishga 170 ming so'm to'lov qiladi 🇺🇿 O‘rta ta’limni avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov qilishlari kerak. 💵Hozir 1 BHM — 340 ming so'm, uning yarmi esa 170 ming so'm. Abituriyentlarga yuborib qo'ying! ✅@talimuz
Opublikowano 28 maj
⚡️Qabul-2024: Abituriyentlar va talabalar hayotida nimalar o'zgaryapti? 👉 Abituriyentlar endi har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi; 👉 O‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi; 👉 OTMlarning magistraturasi uchun chet tili darajasi talabi pasaytirildi; 👉 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi; 👉 Endi abituriyentlar faqat 1 yillik grant oladi; 👉 Grantda o'qiganlar diplomini olishi uchun 3 yil ishlab berishi talabi bekor bo'ldi; 👉 Endi stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi; 👉 Endi davlat grantini OTMlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi; 👉Imtiyozli abituriyentlar bu yil ham saqlanib qolinadi. ✅@talimuz
Opublikowano 27 maj
❌Endisirtqi va kechki ta'limda o'qiydigan talabalarga ta'lim krediti berilmaydi! 🇺🇿Endilikda ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalarga beriladi. Bu haqdagi Prezidentning tegishli farmoni O‘zAda e’lon qilindi. Bunga qadar ta’lim kreditini sirtqi va kechki ta’limda o‘qiyotganlar ham olishi mumkin edi. Shuningdek, endilikda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno). Birinchi kurslar uchun esa bir yillik kontrakti miqdorida ajratiladi. ✅@talimuz
Opublikowano 27 maj
#Tezkor#Rasman ❗️@DTMSTAT_BOTishga tushdi! 🇺🇿 Prezidentning yangi farmoniga koʻra, joriy 2024-2025 oʻquv yilidan 5-iyundan oʻqishga hujjat topshirish boshlanadi. Yangilikka koʻra, abituriyentlar endi avval test topshiradi, soʻngra balliga mos yoʻnalish tanlashadi. Oʻzida 2021-2022-2023 yillardagi barcha oʻtish ballarini jamlagan @DTMSTAT_BOT sizga toʻgʻri tanlov qilishda yaqindan yordam beradi. Xattoki qaysi yoʻnalishga kirish uchun qanday fanlarni oʻqish kerakligi ham joylangan. ✊Bot shunchaki SUPER! 👉@DTMSTAT_BOT 👉@DTMSTAT_BOT 👉@DTMSTAT_BOT ✅@talimuz
Opublikowano 27 maj
⚡️Endi xususiy oliygohlar ham davlat granti taqsimotida ishtirok etishi mumkin! Buning uchun davlat oliy ta’lim muassasalari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshirishi kerak. Boshqacha aytganda Bilim va malakalarni baholash agentligi (DTM) test sinovlari orqali talaba qabul qiladigan nodavlat OTMlarning talabalari ham xuddi davlat OTMlari talabalari kabi davlat grantiga teng huquqli da’vogarlik qilishi mumkin. Bunda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bir talaba uchun ajratiladigan mablag‘ moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida bir talaba uchun to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajat miqdoridan oshmagan hajmda moliyalashtiriladi. ✅@talimuz