TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

@TALIMUZ

Education

🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot

Subskrybenci15.6万Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty912Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg649,500Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Strona 49 z 76 · 912 postów

Opublikowano 13 paź

O'qimagan millat kuchli bo'lmaydi... ✅@talimuz

93,900 views

Opublikowano 9 paź

⚡️Ilk bor O‘zbekistondagi 3 ta OTM Times Higher Education xalqaro reyting tashkilotining Top universitetlar ro‘yxatidanjoy oldi ✅@talimuz

71,400 views

Opublikowano 29 wrz

Toshkentdagi maktablardan birida o‘qituvchi «gap qaytargani» uchun o‘quvchini kaltakladi Bolaning ota-onasi holat bo‘yicha huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Ayni paytda surishtiruv ishlari ketmoqda. ✅ @talimuz

70,000 views

Opublikowano 28 wrz

​3/97 qoidasi. 1. Istalgan sohadagi 3ta eng yaxshi kitobni o'qisang o'sha sohadagi 97 foiz odamdan ko'proq narsa bilib olasan. 2. Bu - Ekspert bo'lish osonligidan emas, shunchaki odamlar kam kitob o'qiganligidan. 3. Tadbirkorlik qilmoqchimisan? - Million dollarlik xatolar - Pavel Annenkov 4. Yomon odatlaringni tashlamoqchimisan? - Atomic Habits - James Clear 5. Talabamisan? - Mind for Numbers - Barbara Oakley 6. Ota(ona) bo'ldingmi? - Uchdan keyin kech - Masaru Ibuka 7. Turmush qurmoqchimisan? - Baxtli hayot sari - Ziyovuddin Rahim 8. Vaqtingni taqsimlashni o'rganmoqchimisan? - Diqqat - Kel Nyuport 9.Faqat, kitob o'qishda ikkita muhim qoida bor. 1) Kitobni aynan o'zingni qiynayotgan muammo bo'yicha tanlab o'qish kerak, shunda muallif gaplari yaxshi ta'sir qiladi. 2) Bildingmi amal qilish kerak. (Luqmoni Hakim). P.S. Kitob o'rnini bemalol, ma'ruza, videodarslik, seminar, treninglarga almashtirish mumkin. Gap vositada emas, gap ilmni olishda. Aziz Rahimov ✅@talimuz

60,700 views

Opublikowano 27 wrz

⚡️Bugun 1-bosqich talabalari ijara pulini olish uchun ariza berishlarining oxirgi kuni Ulardan ariza 24–27-sentyabr kunlari onlayn olinadi. ❗️Eslatma: Nizomga asosan “talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan” deganda yotoqxonada turishga ehtiyoji bor, ammo joylar soni cheklanganligi bois ijarada turishi taqozo qilgan talabalar tushuniladi. Shu bois, o‘z ixtiyoriga ko‘ra ijarada turuvchilarga kompensatsiya to‘lovlari belgilanmasligi eslatib o‘tiladi. Arizalar vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasi orqali faqat onlayn qabul qilinadi. ✅@talimuz

46,300 views

Opublikowano 27 wrz

❗️Joriy yil sentyabriga qadar qancha oʻzbekistonlik umumtaʼlim fanlari boʻyicha sertifikatga ega boʻldi? 📱 2024-yilning 1-sentyabr holatiga koʻra, my.gov.uz portalidagi “Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash” xizmatiga jami 57 174 ta ariza kelib tushgan. Ariza topshirganlarning 37 116 nafari sertifikat olishga muvaffaq boʻlgan. 📊 Eng koʻp ariza topshirilgan fanlar orasida Oʻzbek tili va adabiyoti 17 316 ta ariza bilan birinchi oʻrinda. Keyingi oʻrinlarni kimyo (13 446 ta ariza) va matematika (8 272 ta ariza) fanlari egalladi. 📍Hududlar kesimida sertifikat olish boʻyicha Fargʻona(8 034 ta ariza, 5216 ta sertifikat) yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi oʻrinlarda Toshkent shahri (6 667 ta ariza, 3 996 ta sertifikat) va Buxoro viloyati (5 725 ta ariza, 3 916 ta sertifikat) turibdi. 🧑‍💻 Umumiy natijalar mazkur baholash tizimiga boʻlgan qiziqishning yuqoriligi hamda sertifikat olgan talabgorlarning davlat oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida tegishli fanlardan ozod qilinishi bilan bogʻliq. ✅@talimuz

40,600 views

Opublikowano 26 wrz

Toshkentdagi maktablardan birida o‘qituvchi «gap qaytargani» uchun o‘quvchini kaltakladi Bolaning ota-onasi holat bo‘yicha huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Ayni paytda surishtiruv ishlari ketmoqda. ✅ @talimuz

38,500 views

Opublikowano 26 wrz

⚡️Kasb-hunar maktablari va kollejlar tugatilib, yagona texnikumlar tarmog'iga aylantiriladi Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-sentabr kuni kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotga ko'ra, hozirgi kunda professional ta’lim tizimi uch turdagi muassasalar: 333 ta kasb-hunar maktabi, 227 ta texnikum va 112 ta kollejdan iborat. Ular tabaqalashganligi va dasturlari o‘rtasida uzviylik bo‘lmagani sababli mavjud quvvatlardan unumli foydalanilmayapti. Shu bois mazkur 3 turdagi muassasalar negizida texnikumlar tarmog‘ini rivojlantirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, 600 ta texnikum tashkil etiladi. Maqbullashtirish natijasida bo‘shaydigan 71 ta muassasa binosi maktablarga aylantirilib, 42 mingta yangi o‘quvchi o'rni yaratiladi. ✅@talimuz

40,400 views

Opublikowano 25 wrz

Toshkentdagi maktablardan birida o‘qituvchi «gap qaytargani» uchun o‘quvchini kaltakladi Bolaning ota-onasi holat bo‘yicha huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Ayni paytda surishtiruv ishlari ketmoqda. ✅@talimuz

49,600 views

Opublikowano 23 wrz

🔝Leksiyalardan foydali ma'lumotlarni olishning eng yaxshi 5 usuli 1️⃣Ma'ruzada qatnashing va diqqatni o'qituvchiga qarating. Diqqat bilan tinglang, telefoningiz yoki boshqa narsalarga chalg'itmang. 2️⃣O'qituvchi foydalanadigan asosiy tushuncha va kalit so'zlarga diqqat qiling, ularni yozib oling. Bu mavzuni yaxshiroq tushunishga va muhim ma'lumotlarni eslab qolishga yordam beradi. 3️⃣Ma'ruzada qatnashing, biror narsa aniq bo'lmasa, savollar bering. Bu ma'lumotni aniqlashtirishga va mavzuni ko'proq tushunishga yordam beradi. 4️⃣ O'z bilim va tushunchangizni chuqurlashtirish uchun o'qituvchi taqdim etishi mumkin bo'lgan qo'shimcha materiallardan, masalan, taqdimotlar yoki maqolalardan foydalaning. 5️⃣ Ma'ruzadan keyin olingan bilimlarni mustahkamlash va muhim fikrlarni eslab qolish uchun materialni takrorlashni unutmang. ✅@talimuz

53,100 views

Opublikowano 21 wrz

⚡️Ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi 🇺🇿 Vazirlar mahkamasining "Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" qaroriga ko‘ra: Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ushbu sertifikatlarni olish uchun sarf qilgan xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab beriladi. Shuningdek, ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlarini to‘liq qoplab berish belgilandi. Bunda yoshlar xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron tarzda ariza yuboradi. ✅@talimuz

44,900 views

Opublikowano 20 wrz

Ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydiganlar uchun ajratiladi Vazirlar Mahkamasining 16 sentyabrdagi qarori bilan ta’lim krediti ajratishga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Endilikda: ➖oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim kreditini faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish; ➖oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatgichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda, to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ta’lim krediti ajratish amaliyoti joriy qilinadi. Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun ta’lim krediti ular to‘g‘risidagi ma’lumot Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kontrakt.edu.uz va HEMIS axborot tizimida; o‘rta-maxsus va professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun esa ular to‘g‘risidagi ma’lumot prof.edu.uz axborot tizimida mavjud bo‘lgan taqdirda ajratiladi. ✅@talimuz

40,100 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••4748495051•••55•••60•••65•••70•••7576