TGINSIGHT CHAT
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
@TALIMUZ
Education🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Ostatnie posty
Strona 51 z 76 · 912 postów
Opublikowano 8 wrz
"Matematikani harkim o'rgana oladi, lekin sportni o'ziga yarasha qiyinchiligi bor" Kitob o'qiganni o'rniga birovni urganni rag'batlantiraversak, mana shunaqa fikrlaydiganlar ko'payib boraveradi. Sport mamlakatni dunyoga tanitadi Lekin ilmchalik yuksaltirolmaydi!…
Opublikowano 7 wrz
⚡️2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari ✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sentabr,oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi. 👨🏻💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. 📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. 📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. ✅@talimuz
Opublikowano 4 wrz
Qizlarimizni o’qitaylik, iltimos… Magistraturaga kirgan hamma qizlarning kontrakti davlat byudjetidan to’lab beriladi. Ya’ni hamma qizlarga magistraturadao’qish tekin. Bakalavrda kunduzgi ta’limga kirgan qizlarga esa foizsiz (0%) ta’lim krediti beriladi. Talabalik davrida hech qanaqa to’lov qilinmaydi, o’qish tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatda bo’lib to’lanadi. ✅@talimuz
Opublikowano 3 wrz
Magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplab beriladi Hukumat qarori asosida davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. ✅@talimuz
Opublikowano 1 wrz
Qadimiy javobsiz masala ✅@talimuz
Opublikowano 31 sie
"Matematikani harkim o'rgana oladi, lekin sportni o'ziga yarasha qiyinchiligi bor" Kitob o'qiganni o'rniga birovni urganni rag'batlantiraversak, mana shunaqa fikrlaydiganlar ko'payib boraveradi. Sport mamlakatni dunyoga tanitadi Lekin ilmchalik yuksaltirolmaydi! ✅@talimuz
Opublikowano 28 sie
Oʻqishga kirolmagan jigarim koʻp kuyunma, hali hayot oldinda. Hali oʻqishgayam kirasan, papkalarni koʻtarib yurishgayam ulgurasan. Asosiysi qatʼiyat bilan davom et. Balling bu yil yetmasa keyingi yili albatta yetadi. Bilaman bu yoshda hech kimni gapi, nasihati yoqmaydi. Lekin kattalarning maslahatlarida koʻp maʼno bor. Samimiy aytilgan tavsiyalarga quloq tutish kerak. Shuningdek, aynan shu paytda oshna-ogʻayni, tanish-bilishlarning asl basharasini bilish uchun qulay fursat. Doʻstlar ichida ayrim yiqilganingda kuladiganlari ham chiqadi. Aynan shunday gnidatabiatlilarni oshnalar safidan oʻchirish kerak. Hali oʻqishga kirsang muomalasini oʻzgarganini ham koʻrasan. Shu qilishgani uchun hozirdan tayyorgarlikni boshlab, KEYINGI YIL YORVOR, JIGARIM. Bu gaplarni kamina, oʻqishga 4-yili kirgan odam aytyapti. Shu qoʻshiqdagidek „hali hayot oldinda“. ✅@talimuz
Opublikowano 28 sie
⚡️Xususiy oliygoh talabalari 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin ✅ Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan. Ushbu tartib davlat va nodavlat OTM talabalari uchun birdek amal qiladi. Avvalgi tartibga binoan talabalar 4-kursdan boshlab, maktablarda dars berishlari mumkin edi. ✅@talimuz
Opublikowano 27 sie
🏛Xususiy oliygohlar ro'yxati Profi University IT Park University Central asian university Acharya University Alfraganus University Angren universiteti Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Axborot texnologiyalari va menejment universiteti British management university Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universiteti Buxoro innovatsiyalar universiteti Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti Central Asian Medical University Central asian university Digital university Diplomat University EMU-university Fan va Texnologiyalar Universiteti Farg'ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti Impuls BSR International school of finance technology and science Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti Iqtisodiyot va pedagogika universiteti IT Park University Japan digital university Maʼmun universiteti Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi Millat umidi universiteti Navoiy innovatsiyalar instituti Nukus innovatsion instituti Oriental universiteti Osiyo texnologiyalar universiteti Osiyo xalqaro universiteti PDP University Perfect University Qarshi xalqaro universiteti Qo‘qon universiteti Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti Renessans ta'lim universiteti Samarqand xalqaro texnologiya universiteti SAMBHRAM universitet STARS International University Tashkent international university Tashkent international university of education Tashkent Metropolitan University TEAM University Termiz iqtisodiyot va servis universiteti The Oxus universiteti TMC institute Toshkent amaliy fanlar universiteti Toshkent gumanitar universiteti Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti Toshkent kimyo xalqaro universiteti Toshkent menedjment va iqtisodiyot instituti Toshkent Xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti Turan International University Turon universiteti University of Business and Science University of economics and pedagogy University of management and future technologies Urganch Innovatsion Universiteti Urganch RANCH texnologiya universiteti Xalqaro innovatsion universitet Xalqaro Nordik universiteti Yangi Asr Universiteti Zarmed Universiteti ✅@talimuz
Opublikowano 26 sie
⚡️Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 48 foizdan ziyodi ayollar 👨🏻🎓 Joriy yilda test sinovi natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 186 871 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning: 🙋🏻♂️ 96 516 nafari (51,6 %) — erkaklar; 🙋🏻♀️ 90 355 nafari (48,4 %) — ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi. 🎓Davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarda ayollarning ulushi erkaklarga nisbatan ko‘proq ekanligini ko‘rish mumkin. Jumladan: 👉 erkaklar — 18 572 nafar (45,1%); 👉 ayollar — 22 581 nafar (54,9%). 🟢 2024—2025-o‘quv yili qabulida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha yoshi 19 yoshni (erkak va ayollarda bir xil) tashkil etdi. 📌 Talaba bo‘lgan ayollarning eng yoshi 15 yosh bo‘lsa, eng yoshi kattasi 69 yosh, erkaklarda esa bu ko‘rsatkich mos ravishda 15 va 60 yoshni tashkil etadi. ✅@talimuz
Opublikowano 25 sie
❓O‘qishga kirish qiyinmi? Joriy yilda 60 ball bilan 1500 ga yaqin yo‘nalishga kontraktga kirsa bo‘lar edi O‘qishga kirish qiyin yoki osonligini ko‘rsatuvchi eng yaxshi ko‘rsatkich, bu o‘tish ballarini tahlil qilishdir. Menga doim qiziq bo‘lgan, masalan, 100 ball olgan abituriyent qayerlarga o‘qishga kira oladi? Nechta joyga bali yetgan bo‘lardi? Yuqoridagi jadvalda davlat granti uchun 4 ming 256 ta, to‘lov-kontrakt uchun esa kunduzgi ta’limda 3 ming 215 ta, sirtqida 1 ming 458 ta, kechkida 285 ta va masofaviyda 80 ta yo‘nalishlardagi 2024-yilgi o‘tish ballarining tahlili aks etgan. Davlat granti bo‘yicha Davlat granti misolida ko‘radigan bo‘lsak, 100 ball olgan abituriyentlar 1 ming 532 ta yo‘nalishga grantga kira olgan. Bu umumiy yo‘nalishlarning 36% ini tashkil qiladi. Joriy yilda 70 ball bilan 570 ta(13,4%) yo‘nalishga davlat grantiga kirish mumkin bo‘ldi. 150 ball olganlar esa 70 foiz grantga kirdi, degani bo‘lgan. Faqat to‘g‘ri yo‘nalish tanlay olgan bo‘lsa bo‘ldi. To‘lov-kontrakt bo‘yicha Kontraktda esa kirish ballari aaaancha past. Masalan, atigi 80 ball bilan kunduzgi ta’limning 56 foiz yo‘nalishiga, sirtqida 72%, kechkida 60%, masofaviyda esa 96% yo‘nalishga kontraktga o‘qishga kirsa bo‘ladi. Bor-yo‘g‘i 80 ball to‘plasa yetadi. Yoki 60 ball bilan barcha ta’lim shakllarini qo‘shganda 1 ming 466 ta yo‘nalishga kontraktga kirish mumkin edi. 100 ball to‘plasangiz-ku, kontraktga kirish ehtimolingiz juda yuqori bo‘lgan. Masalan, kunduzgida 2 ming 286 ta (71%), sirtqida 1 ming 274 ta (87%) yo‘nalishga o‘tish ballari 100 dan past bo‘lgan. Albatta, bu umumlashtirilgan natijalar. Ayrim talabgir yo‘nalishlarda kirish ballari yuqori bo‘lganini bilaman. Lekin unaqalar soni juda kam bo‘lgan. Umumiy holat shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘qishga kirish juda oson, faqat to‘g‘ri yo‘nalish tanlay olishga ham ko‘p narsa bog‘liq. Boshqacha aytganda, yoki orzu qilingan o‘ta nufuzli yo‘nalishga kirish uchun yetarli darajada o‘qish kerak, yoki to‘plangan ballga yarasha yo‘nalish tanlash kerak. ✅@talimuz
Opublikowano 24 sie
🎓Minimal 56,7 balldan ham kam to‘plab "super" qildirsa bo‘ladimi? Agar abituriyent minimal ballni ham to‘play olmagan bo‘lsa, unda unga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan eng yuqori kontrakt miqdorining 2 baravarini to‘lab talaba bo‘lish huquqi beriladi. Masalan, 2022-yilda yurisprudensiya yo‘nalishiga super-kontrakt miqdori 220,7 mln so‘m etib belgilangan bo‘lsa, minimal balldan kam to‘plaganlar shuning ikki baravarini to‘lab o‘qish imkonidan foydalanishi mumkin. ❗️ Eslatma: hali bu yil uchun kontrakt miqdori, tabaqalashtirilgan kontrakt miqdorlari e’lon qilinmagan. ✅@talimuz