TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT CHAT

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

@hetmuloqot

Business and startups

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: [email protected] Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz

Subscribers9.0万Current channel subscribers
Tracked posts1,004Indexed post count
Recent reach96,320Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 3 of 84 · 1,004 posts

Posted Apr 9

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Amir Temur xiyoboniga tashrif buyuradi va Temuriylar tarixi davlat muzeyidagi rekonstruksiya ishlari bilan tanishadi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

5,800 views

Posted Apr 9

📌 📌 📌 📌 📌 📌 #yoshlar_uchrashuv “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ RAHBARI YOSHLAR BILAN UCHRASHUVLAR O‘TKAZMOQDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan muloqotda belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda “Yoshlar kuni” hamda “Rahbar va yoshlar” dasturlari doirasida tizimdagi yosh xodimlar bilan bir qatorda hududlardagi yoshlar muammolarini o‘rganishga qaratilgan uchrashuvlar muntazam tashkil etib kelinmoqda. Shunday uchrashuvlardan biri Xorazm hududiy filialida bo‘lib o‘tmoqda. Unda Jamiyat boshqaruv raisi va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

6,230 views

Posted Apr 9

📌 📌 📌 📌 📌 📌 #Amir_Temur#690_yilligi Bugun - yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi, sohibqiron Temur bobomiz tavallud topgan kun 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

9,530 views

Posted Apr 8

📌 📌 📌 📌 📌 📌 ENERGETIKA TIZIMIDA YANGI BILIMLAR O‘ZLASHTIRILMOQDA Elektr energetikasi sohasida samaradorlikni oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda tizim xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan keng ko‘lamli o‘quv-amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. “Ilmiy-texnik va xodimlarni malakasini oshirish markazi” filialida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda ASKUE hamda dispetcher xodimlar ilg‘or texnologiyalar, raqamli boshqaruv tizimlari va zamonaviy xavfsizlik standartlari bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lmoqda. Mazkur tashabbuslar energetika sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Batafsil 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

10,400 views

Posted Apr 8

📌 📌 📌 📌 📌 📌 AHOLI MUROJAATLARI USTUVOR VAZIFAGA AYLANDI O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2026-yil 13-mart kuni “Xalq murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektorda yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlarni hal qilish maqsadida 1000 km tarmoq tortilishini 7000 mingdan ortiq temir beton tayanchlarini yangilash va 123 dona transformator o‘rnatilishini ko‘zda tutuvchi dastur ishlab chiqildi hamda bu maqsadlar uchun o‘z mablag‘lari hisobidan 33 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi. Ayni paytda Dastur asosida belgilangan vazifalarni tezkor bajarish maqsadida hududlarga zarur jihoz va uskunlar yetkzish ishlari boshlab yuborildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱het.uz

7,470 views

Posted Apr 8

📌 📌 📌 📌 📌 📌 KORRUPSION HOLATLARGA YO’L QOYMASLIK, JAMIYAT RIVOJINI KAFOLATLAYDI Kuni kecha "Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filialida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati (bo‘limi) hamda viloyat prokuraturasi va IJQKD xodimlari hamkorligida tashkil etilgan yig‘ilishda filial hamda “Energosavdo” viloyat bo‘linmasi rahbar va xodimlari ishtirok etdi. Unda so‘zga chiqqanlar korrupsiya yurtimiz taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekani nazarda tutilib, korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi kurashish barchaning eng ustuvor vazifasi ekanligi ta’kidlandi. Batafsil 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

6,890 views

Posted Apr 8

📌📌📌📌📌📌 #Murojaat_va_yechim AHOLI MUROJAATI EʼTIBORSIZ QOLMADI Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani Yakkatut mahallasi fuqarolarining murojaatlari asosida hududda elektr ta’minoti bilan bog‘liq bir necha yillik muammo ijobiy yechim topdi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

6,700 views

Posted Apr 8

📌📌📌📌📌📌 2026-YIL MART OYIDA “YASHIL” ENERGIYA ISHLAB CHIQARISH 9,7%GA OSHDI Joriy yilning mart oyida yurtimizdagi yirik quvvatliquyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan jami 911,7 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 92,1 mln kVt⋅soat yoki 9,7 foizgako‘p demakdir. Xususan: – Quyosh FES tomonidan — 569,4 mln kVt⋅soat; – Shamol ES tomonidan — 342,3 mln kVt⋅soat. Buning natijasida: – 243 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi; – atmosferaga 524ming tonnadan ortiq zararli moddalar chiqishining oldi olindi. Ma’lumot uchun: 2025-yil mart oyida quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan jami 830,8 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

7,680 views

Posted Apr 7

📌📌📌📌📌📌 #24_soatlik_navbatchilik_asosida QANCHALIK MASHAQQATLI BO‘LMASIN HAR QANDAY OB-HAVO SHAROITIDA HAM POYTAXT ENERGETIKLARI XALQ XIZMATIDA Noqulay ob-havo bo‘lishiga qaramay soha xodimlari istemolchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida, tezkor zarur choralar ko‘rilmoqda. Favqulotda tushayotgan murojaatlar o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda. "Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ tasarrufidagi Shayxontohur tuman elektr ta'minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan tuman hududida istiqomat qiluvchi fuqarolardan kelib tushgan murojaatga asosan, hududdagi mavjud elektr tarmoqlari to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilib, Beruniy -4 uzatmasidan ta'minlanuvchi TP-561-sonli transformator punktidan chiquvchi 10 kVli yer osti elektr uzatish kabel tarmog‘ida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Bu bilan hududdagi elektr ta’minotiga oid murojaat ijobiy yechim topib, "Tinchlik" MFY hududidagi iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanishiga erishiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

8,610 views

Posted Apr 7

📌📌📌📌📌📌 ANDIJONDA ELEKTR ENERGIYASI YO‘QOTISHLARINI KAMAYTIRISH BO‘YICHA TIZIMLI ISHLAR OLIB BORILMOQDA Andijon shahrida elektr energiyasidan samarali foydalanish va yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida keng qamrovli profilaktik ishlar olib borilmoqda. Mutasaddi tashkilotlar hamkorligida transformator punktlari va iste’molchilar bosqichma-bosqich tekshirilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Shuningdek, noqonuniy ulanishlarni aniqlash, hisoblagichlarni nazorat qilish, “0” ko‘rsatkichli abonentlarni o‘rganish hamda iste’molchilarni qayta ro‘yxatga olish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu choralar elektr ta’minoti barqarorligini oshirish, yo‘qotishlarni kamaytirish va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga xizmat qiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

7,690 views

Posted Apr 7

📌 📌 📌 📌 📌 📌 “HAR BIR XONADONGA NUR ULASHISH — BIZNING SHARAFLI BURCHIMIZ!” Elektr energetika tarmog‘i jamiyat hayotida muhim sanalgan tayanch sohalardan biridir. Ayniqsa, unda faoliyat yuritayotgan xodimlar mehnati nafaqat sharafli, balki yuksak mas’uliyatni ham talab etadi. E’tiboringizga “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan iste’molchilar murojaatlari asosida, har qanday ob-havo sharoitiga qaramay, elektr energiyasi barqarorligini ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlar haqida hikoya qiluvchi videorolikni taqdim etamiz. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

12,500 views

Posted Apr 7

📌 📌 📌 📌 📌 📌 ZOMIN TUMANIDA FVDT O‘QUV MASHQLARI: "HET" AJ JIZZAX HUDUDIY FILIALI ISHTIROKI Zomin tumanida o‘tkazilayotgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining birinchi bosqichi doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali MMQ va XTX, maxsus bo‘lim hamda Zomin TET xodimlari faol ishtirok etmoqda. O‘quv mashqlari davomida energetiklar favqulodda vaziyatlarda elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash va tizimli harakat qilishga tayyor ekanliklarini namoyish etmoqda. Mashg‘ulotlar tasdiqlangan reja asosida bosqichma-bosqich davom etmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

6,820 views
12345•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384