TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT CHAT

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

@hetmuloqot

Business and startups

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: [email protected] Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz

Subscribers9.0万Current channel subscribers
Tracked posts1,004Indexed post count
Recent reach110,240Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 4 of 84 · 1,004 posts

Posted Apr 7

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “HET BILLING” mobil ilovasi hamda “Yagona darcha" xizmati – siz uchun muammolarning ijobiy yechimi! Foydalanish xususida videoqo‘llanma. Ilova Android hamda IOS da. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

8,360 views

Posted Apr 7

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Har bir murojaat — biz uchun muhim! Sizning har bir murojaatingiz — bizning diqqat markazimizda. Elektr ta’minoti bilan bog‘liq har qanday muammo, taklif yoki savollaringizni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 1154 Call-markaz operatorlari 24 soatlik ish rejimida qabul qiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

7,980 views

Posted Apr 7

📌 📌 📌 📌 📌 📌 HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI! Ma’lumki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan aholi bilan samarali muloqot qilish hamda iste’molchilar murojaatlariga tezkor javob qaytarish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur tizim orqali yashash hududingizda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan taqdirda, murojaatingizni bevosita hududiy rahbarlarga yuborishingiz mumkin. Yuborilgan murojaat hudud rahbari tomonidan shaxsan nazoratga olinib, belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda tegishli javob taqdim etiladi. Quyida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizimiga kiruvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining murojaatlarni yuborish uchun aloqa botlari hamda guruh administratorlari manzillari keltirilgan. Shuningdek, elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yoki mazkur sohaga oid taklif va mulohazalaringizni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Telegram messenjeridagi "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot kanali orqali ham yuborishingiz mumkin. Murojaat uchun: @HET_admin 📞 1154 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

12,300 views

Posted Apr 6

📌 📌 📌 📌 📌 📌 #Murojaat_va_yechim SHAROF RASHIDOV TUMANIDA ISTE’MOLCHILAR MUROJAATI IJOBIY YECHIM TOPDI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali tomonidan aholidan kelib tushayotgan har bir murojaat e’tibordan chetda qolmayapti. Xususan, Sharof Rashidov tumani “Eski Toshkentlik” MFY, “Toshkent darvozasi” ko‘chasi aholisining elektr ta’minotini yaxshilash borasidagi murojaati ijobiy yechim topmoqda. Hozirda mazkur ko‘chada elektr tarmoqlarini yangilash va mustahkamlash maqsadida yangi temir-beton tayanchlarni (ustunlarni) o‘rnatish ishlari jadal olib borilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

8,350 views

Posted Apr 6

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Axborot 24 |“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida "Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisining talaba-yoshlar va yosh tadqiqotchilari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Tafsilotlari bilan “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” informatsion dasturining lavhasida tanishish mumkin. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

8,140 views

Posted Apr 6

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Hurmatli yurtdoshlar va aziz ota-onalar!Elektr qurilmalari, xususan, podstansiyalar va yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari atrofi o‘ta xavfli hudud hisoblanadi. Bolalar va o‘smirlarning bunday joylarda o‘ynashi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Iltimos, farzandlaringizni: – Podstansiya va transformator punktlari yaqinida o‘ynashiga yo‘l qo‘ymang. – Elektr simlari ostida va podstansiyalar yaqinida varrak uchirishiga ruxsat bermang. – Uzilgan yoki osilib turgan simlarga yaqinlashtirmang. Bolalar faqat maxsus o‘yin maydonchalarida va xavfsiz hududlarda o‘ynashi kerak. Yodda tuting, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar yaqinida varrak uchirish mumkin emas. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

9,120 views

Posted Apr 6

📌 📌 📌 📌 📌 📌 “FARG‘ONA HETK” AJ YOSHLARI YANA MARAFON MAYDONIDA Kuni kecha Toshkent shahrida "International Tashkent Marathon – 2026" xalqaro sport musobaqasi yuqori saviyada o‘tkazildi. Mazkur musobaqada "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" aksiyadorlik jamiyati yoshlari ushbu sport bayramida faol ishtirok etib, yugurish bo‘yicha 3 va 5 km masofalarda o‘z kuch va imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ta’kidlash joizki, mazkur xalqaro marafon bugungi kunda mamlakatimizdagi eng yirik ommaviy sport tadbirlaridan biri sifatida shakllandi va unda 50 ga yaqin davlatdan 15 mingdan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Korxona yoshlarining ushbu nufuzli musobaqadagi ishtiroki sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda jamoa birdamligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Aytish о‘rinliki, "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ yoshlari bir necha yillardan beri mana shunday ommaviy musobaqalarda faol ishtirok etibkelishmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

7,420 views

Posted Apr 6

📌 📌 📌 📌 📌 📌 HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI! “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “HET BILLING” mobil ilovasi orqali iste’molchilar bevosita iste’mol qilingan elektr energiyasi hisobi, xususan, to‘lov ma’lumotlari, kunlik elektr energiya iste’moli va boshqa ma’lumotlarni onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyati mavjud. Iste’molchilar mazkur ilovani Android hamda IOS operatsion tizimi qurilmalari orqali bepul yuklab olishlari mumkin. Mobil ilova dasturi avtomatlashtirilgan holda yangilab boriladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

7,810 views

Posted Apr 6

📌 📌 📌 📌 📌 📌 2026-yil yanvar-mart oylarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7%ga ko‘p Ishlab chiqarish: joriy yilning yanvar-mart oylarida respublikamizda jami 23 mlrd 317 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 1 mlrd 471 mln kVt⋅soat yoki 107 foiznitashkil etdi. Yetkazib berish: respublika iste’molchilariga mazkur muddat davomida 20 mlrd 163 mln kVt⋅soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davridagiga nisbatan 262 mln kVt⋅soatga ko‘p, yoki 101% ni tashkil etdi. Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha vazirlik shtabi tuzilib, tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi. Batafsil 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

8,510 views

Posted Apr 4

📌 📌 📌 📌 📌 📌 YOSHLAR MUAMMOLARI IJOBIY HAL ETILMOQDA “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan hududlarda yoshlar muammolarini aniqlash va ijobiy hal etish, ularni har jihatdan qо‘llab-quvvatlash sohasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

11,000 views

Posted Apr 4

📌 📌 📌 📌 📌 📌 2026-yil yanvar-mart oylarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7%ga ko‘p Ishlab chiqarish: joriy yilning yanvar-mart oylarida respublikamizda jami 23 mlrd 317 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 1 mlrd 471 mln kVt⋅soat yoki 107 foizni tashkil etdi. Yetkazib berish: respublika iste’molchilariga mazkur muddat davomida 20 mlrd 163 mln kVt⋅soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davridagiga nisbatan 262 mln kVt⋅soatga ko‘p, yoki 101% ni tashkil etdi. Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha vazirlik shtabi tuzilib, tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

9,950 views

Posted Apr 3

📌 📌 📌 📌 📌 📌 YOSHLAR MUAMMOLARI IJOBIY HAL ETILMOQDA Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarni qо‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini bartaraf etish, hayotda munosib о‘rin topishi, tahsil olishi, kasb-hunar egallashi va bо‘sh vaqtlarini mazmunli о‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan hududlarda yoshlar muammolarini aniqlash va ijobiy hal etish, ularni har jihatdan qо‘llab-quvvatlash sohasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bо‘yicha respublika komissiyasining 2026-yil 28-yanvardagi 1-sonli yig‘ilish bayoniga asosan, jamiyat qaramog‘iga Toshkent viloyati Bekobod tumanida yashovchi bir qator yoshlar biriktirilgan edi. Joriy yil boshidan beri mazkur yoshlarga biriktirilgan ishchi guruh tomonidan har bir yosh bilan bevosita suhbatlar о‘tkazilib, ularning taklif va muammolari о‘rganildi. О‘rganishlar jarayonida yoshlar tomonidan bildirilgan muammo va takliflardan kelib chiqqan holda, ularning bandligini ta’minlash hamda bо‘sh vaqtlarini mazmunli о‘tkazish maqsadida bugun Jamiyat tomonidan zarur texnika va maishiy jihozlar topshirildi. Shu munosabat bilan tumanda tashkil etilgan tadbirda mas’ullar tomonidan yoshlar bilan manzilli ish tashkil etilib, ularning о‘z о‘rnini topishiga va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishga kо‘maklashish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, uchrashuv davomida yana bir qator biriktirilgan yoshlarning muammolari va takliflari eshitilib, murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ullar belgilandi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, hayotda о‘z о‘rnini topishi, shuningdek, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

11,300 views
123456•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384