TGINSIGHT CHAT
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
@hetmuloqot
Business and startups"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: [email protected] Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz
Recent posts
Page 36 of 84 · 1,004 posts
Posted Jan 19
Axmedov Jamol Malikovich “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Jamol Axmedov shu kunga qadar Zomin tuman elektr ta’minoti korxonasi (TETK) boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 19
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Energiya resurslaridan behuda foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha profilaktika va nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Unutmang, ushbu resurslarni behuda sarflash javobgarlikkasabab bo‘ladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 18
Noqulay ob-havo sinovlariga qaramay — uzluksiz elektr taʻminoti yoʻlida fidokorona mehnat “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali Boysun tumani elektr taʻminoti korxonasi xodimlari noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan, Sarimast dovoni hududida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida yuzaga kelgan texnik nosozliklarni oʻz vaqtida bartaraf etdi. Mazkur tarmoq Oʻrta Machay, Yuqori Machay hamda Qizilnavr mahallalarini elektr energiyasi bilan taʻminlaydi. Xodimlarning kasbiy mahorati, fidokorona mehnati va masʻuliyatli yondashuvi natijasida nosozliklar toʻliq bartaraf etilib, isteʻmolchilarga elektr energiyasi uzluksiz tarzda qayta tiklandi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 18
📌 📌 📌 📌 📌 📌 – O‘zbekistonda 24/7 rejimida ishlaydigan qayta tiklanuvchi energiya manbalari loyihasi – Qashqadaryoda 300 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVtli energiya saqlash tizimi quriladi – “Yashil iqtisodiyot” va “yashil” energetika — strategik maqsadlar diqqat markazida – Uchta hududda elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi (1, 2, 3) – Havo haroratining keskin pasayishi munosabati bilan energitika tizimi kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tdi – Energiya tejamkorlik — barqaror kelajak sari qadam 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 17
📌 📌 📌 📌 📌 📌 HAR QANDAY OB-HAVODA HAM EL XIZMATIDAGI FIDOIYLAR Respublikamizning barcha viloyatlarida kuzatilayotgan yog‘ingarchilik sabab, Namangan viloyatining ayrim hududlarida transformator punktlari hamda havo uzatish tarmoqlarida qisqa muddatli uzilishlar yuzaga kelmoqda. Aholi iste’molchilari tomonidan kelib tushgan murojaatlar asosida mutaxassislar joyiga chiqib, holatlarni o‘rganilib, aniqlangan nuqsonlar joyida bartaraf etilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 17
📌 📌 📌 📌 📌 📌 "Hududiy qurilish-montaj direksiyasi" filiali tomonidan Toshkent shahar Sergeli tumanida barpo etilayotgan "Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish zavodi" investitsiya loyihasining tashqi elektr taʼminotini qurish ishlari 24 soatlik ish rejimida olib borilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 17
📌 📌 📌 📌 📌 📌 NAVOIY VILOYATIDA 1,07 MLRD SО‘MLIK ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATI ANIQLANDI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati(bо‘limi) ,shuningdek, Karmana tuman elektr ta’minoti xodimlari bilan hamkorlikda energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan о‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini mensimasdan elektr energiyasidan о‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda. Xususan, Navoiy viloyati Karmana tumanida о‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “M O” Oilaviy korxonasiga tegishli issiqxonahisoblagichdan tashqari tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ulanib elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi fosh etildi. Natijada, davlat manfaatlariga jami 1,07 mlrd. sо‘m zarar yetkazilgani aniqlandi hamda tо‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 17
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Havo haroratining keskin pasayishi sababli yoqilg‘i-energetika tizimi kuchaytirilgan ish rejimga o‘tdi Mas’ul xizmatlar 24/7 rejimida ish olib bormoqda. Elektr energiyasi yoki tabiiy gazni ommaviy o‘chirish, rejali cheklov joriy etish haqidagi axborotlar noto‘g‘ri. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 17
📌 📌 📌 📌 📌 📌 #24_soatlik_navbatchilik_asosida Ayni damda hududlarda yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Foto: Navbahor va Xatirchi tuman elektr ta'minoti xodimlari tomonidan avariyali holatlar bartaraf etilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Hashtags
Posted Jan 17
📌 📌 📌 📌 📌 📌 ENERGETIKA VAZIRI YOSH KIMYOGARLAR BILAN UCHRASHDI Bugun, 17-yanvar kuni Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov kimyo faniga qiziqqan, ilmga chanqoq yosh aka-singillar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Qo‘chqorov Zafarjon ayni paytda 9-sinfda, uning singlisi Qo‘chqorova Zebo esa 7-sinfda tahsil oladi. Ular kimyo fanining sir-asrorlariga bo‘lgan katta qiziqishi sababli “Nekov School” maktabida bilim olishmoqda va qisqa vaqt ichida fandagi faolligi bilan e’tibor qozongan. Yosh kimyogarlar yaqinda Xalqaro Nobel kongressida ishtirok etib, u yerda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan ilmiy muhit va tajribalar bilan tanishib, unutilmas taassurotlar bilan qaytishgan. Uchrashuv davomida vazir va yoshlar o‘rtasida kimyo fanining ahamiyati, uning asosiy yo‘nalishlari, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik haqida qiziqarli va mazmunli muloqot bo‘lib o‘tdi. Yosh kimyogarlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olish bilan birga, kelajakdagi maqsadlari va orzulari bilan ham o‘rtoqlashdilar. Vazir yoshlarga ilm yo‘lida to‘xtab qolmaslik, doim izlanishda bo‘lish va o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yish bo‘yicha maslahatlar berdi. Shuningdek, bunday iqtidorli yoshlar bilan kelgusida ham muntazam uchrashib turishini, ularning tashabbus va yutuqlarini qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyor ekanini ta’kidladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 17
📌 📌 📌 📌 📌 📌 #24_soatlik_navbatchilik_asosida Iste'molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida navbatchi brigadalar elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan texnik nosozliklarni tezkorlik bartaraf etmoqda. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida iste’molchilarga yetkazilayotgan elektr energiyasining uzluksizligi ta’minlanmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Hashtags
Posted Jan 17
📌 📌 📌 📌 📌 📌 TUNGI REYD TADBIRLARI OLIB BORILMOQDA “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali tomonidan viloyat bo‘ylab elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish maqsadida tungi reyd tadbirlari izchil ravishda olib borilmoqda. Reydlar jarayonida mutaxassislar tomonidan barcha toifadagi iste’molchilarda elektr hisoblagichlarining holati, elektr tarmoqlariga qonuniy ulanishlar hamda elektr energiyasi iste’molining to‘g‘ri hisobga olinishi qat’iy nazorat qilinmoqda. Aniqlangan noqonuniy holatlar E-Dalolatnoma tizimi orqali rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz