TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT CHAT

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

@hetmuloqot

Business and startups

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: [email protected] Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz

Subscribers9.0万Current channel subscribers
Tracked posts1,004Indexed post count
Recent reach139,200Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 37 of 84 · 1,004 posts

Posted Jan 17

Noqulay ob-havoga qaramay energetiklar fidokorona mehnatda Navoiy viloyatida kuzatilayotgan qor yog‘ishi va sovuq ob-havo sharoitlariga qaramasdan, filialimiz ishchi brigadalari kuchaytirilgan ish rejimida, kechki va tungi soatlarda ham xizmat olib bormoqda. Murakkab ob-havo sharoitlariga qaramay, energetiklarimiz har bir xonadonda yorug‘lik va barqaror elektr energiyasi bo‘lishi uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etmoqda. Tungi soat 3:30da Navbahor tuman elektr taʼminoti tezkor chiqish guruhi tomonidan mahalla hududdagi 10 kVli tarmoqda yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

10,900 views

Posted Jan 16

Nosozlik bartaraf etilib, iste’molchilari elektr ta’minoti tiklandi. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

12,000 views

Posted Jan 16

Bugun soat 19:25 da Toshkent shahridagi 110 kV kuchlanishli "Sag‘bon " podstansiya transformatori favqulodda o‘chdi. Natijada Olmazor tumanining ayrim hududlari iste’molchilari elektr ta’minotida vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda. Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, iste’molchilarni boshqa manbalar orqali ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

13,400 views

Posted Jan 16

#24_soatlik_navbatchilik Noqulay havo sharoitiga qarmasdan iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida, ayni vaqtda Jizzax viloyati Yangiobod tumani elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda. Xususan, tuman hududidagi quvvati 10 kV bo‘lgan "Sohibkor" havo tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

11,400 views

Posted Jan 16

📌 📌 📌 📌 📌 📌 HAVO HARORATINING KESKIN PASAYISHI MUNOSABATI BILAN ENERGITIKA TIZIMI KUCHAYTIRILGAN ISH REJIMIGA O‘TKAZILADI Bugundan boshlab yurtimizda havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan yoqilg‘i-energetika tizimi sovuq ob-havo sharoitida barqaror ishlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Elektr, issiqlik va gaz tarmoqlarida qo‘shimcha texnik ko‘riklar o‘tkazilib, ishlab chiqarish va yetkazib berish quvvatlari mavjud sharoitga moslashtirildi. Mas’ul xizmatlar 24/7 rejimida ish olib bormoqda. Sovuq kunlarda energiyaga bo‘lgan talab ortadi. Ayrim hududlarda vaqtinchalik texnik cheklovlar bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda aholi va ijtimoiy ob’yektlarni barqaror ta’minlash ustuvor vazifamiz bo‘ladi. Iste’molchilardan elektr energiyasi va tabiiy gazdan oqilona foydalanish, isitish uskunalaridan tejamkorlik bilan foydalanish tavsiya qilinadi. Uy-joylarda issiqlikni saqlash orqali ham energiya tejaladi, ham xona iliq bo‘ladi. Isitish uskunalarini qarovsiz qoldirmaslik, ulardan foydalanish vaqtida xonada shamollatishni ta’minlash zarur. Dudburon va ventilyasiya tizimlarining ishlash holati muntazam tekshirib turilishi shart. Is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida yopiq xonalarda ochiq olov yoki nosoz isitish qurilmalaridan foydalanmaslik, imkon qadar is gazi aniqlagich uskunalardan foydalanish tavsiya etiladi. Elektr va gaz ta’minoti bilan bog‘liq savol, murojaat va takliflaringiz bo‘lsa, quyidagi aloqa kanallariga murojaat qilishingiz mumkin: Elektr ta’minoti bo‘yicha: 1154 Gaz ta’minoti bo‘yicha: 1104 va 104. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

16,300 views

Posted Jan 16

📌 📌 📌 📌 📌 📌 XODIMLAR O‘RTASIDA ODOB-AXLOQ QOIDALARIGA RIOYA ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filialida xodimlar o‘rtasida odob-axloq qoidalariga rioya etishni ta’minlashga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati boshlig‘i, filial rahbariyati, Xotin-qizlar qо‘mitasi raisi hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdi. Yig‘ilishda jamiyat boshqaruv raisining ko‘rsatmalariga muvofiq, xodimlarning xizmat faoliyati hamda xizmatdan tashqari vaqtdagi xulq-atvori, jamoatchilik bilan munosabatlariga oid odob-axloq qoidalari batafsil tushuntirildi. Shuningdek, mazkur qoidalarga rioya etilishi doimiy nazoratda ekanligi, talablar buzilgan taqdirda belgilangan tartibda intizomiy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. Yig‘ilish davomida xodimlar o‘rtasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, ehtimoliy holatlarni barvaqt aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

11,100 views

Posted Jan 16

📌 📌 📌 📌 📌 📌 УВАЖАЕМЫЕ ПОТРЕБИТЕЛИ! Еще раз хотим напомнить, что со стороны АО «Региональные электрические сети» запущен Telegram-канал Hududiy elektr tarmoqlari AJ bilan muloqot, где можно получить достоверную информацию о плановых или аварийных отключениях электроэнергии по адресу Вашего проживания (махалли, района или города). Подписавшись на наш канал Hududiy elektr tarmoqlari AJ bilan muloqot, Вы сможете без лишних телефонных звонков в электроснабжающие предприятия получить ответы на интересующие Вас вопросы от компетентных специалистов (@HET_admin), а также найти пути решения проблемной ситуации. Кроме того, став подписчиком канала Вы всегда будете в курсе новостей и проводимых реформ в сфере электроснабжения. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

11,800 views

Posted Jan 16

📌 📌 📌 📌 📌 📌 HURMATLI ISTE’MOLCHILAR! Elektr energiyasi ta’minotida siz yashab turgan xonadon, mahalla, tuman yoki shaharda sodir bo‘layotgan rejaviy va avariyaviy uzilishlardan tezkor va ishonchli ma’lumotga ega bо‘lishni istasangiz "Hududiy elektr tarmoqlari AJ bilan muloqot" kanaliga obuna bo'ling va mazkur kanal o'rqali о‘z murojaatlaringizni yо‘llashingiz mumkinligini yana bir bor eslatib о‘tmoqchimiz. "Hududiy elektr tarmoqlari AJ bilan muloqot" Telegram-kanalining (@HET_admin) orqali elektr ta’minoti korxonalariga ortiqcha qo‘ng‘iroqlarsiz va ovoragarchiliklarsiz о‘zingizni qiziqtirgan savollarga mutaxassislarimizdan javob olish hamda muammoli masalalarga yechim topish imkoniyatiga ega bо‘lasiz. Bundan tashqari, kanalimiz orqali sohadagi yangiliklardan muntazam xabardor bo‘lib borishingiz mumkin bо‘ladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

9,720 views

Posted Jan 16

📌 📌 📌 📌 📌 📌 QASHQADARYODA 300 MVT QUVVATLI QUYOSH FOTOELEKTR STANSIYASI VA 75 MVT QUVVATLI ENERGIYA SAQLASH TIZIMI QURILADI Abu-Dabi shahrida o‘tkazilgan “Abu Dhabi Sustainability Week 2026” xalqaro haftaligi doirasida barqaror rivojlanish, energetika sohasidagi hamkorlik, investitsiyalarni jalb qilish hamda davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, shuningdek, tegishli tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Tadbir doirasida Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 75 MVt·soatli energiya saqlash tizimi (BESS)ni o‘z ichiga olgan loyiha bo‘yicha moliyalashtirish masalalari yuzasidan kelishuv imzolandi. Mazkur loyiha BAAning“Masdar” kompaniyasi ishtirokida DXSH asosida amalga oshiriladi. Loyihani moliyalashtirish xalqaro moliya institutlari ishtirokida ta’minlanadi. Jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyaviy resurslar jalb etiladi. Shuningdek, moliyalashtirish paketida Kanada va Finlyandiya hukumatlari mablag‘lari, Yaponiya bilan hamkorlik jamg‘armasi doirasidagi resurslar hamda bank instrumentlari nazarda tutilgan. Loyiha ishga tushirilgandan so‘ng atmosferaga yiliga 280 ming tonna zararli moddalar chiqishining oldi olinadi, 231 mln kub metr tabiiy gaz tejaladi, shuningdek, 280 mingtaga yaqin xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Gʻuzor loyihasi “Masdar” kompaniyasining O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida bo‘lib, ushbu loyihalarning umumiy quvvati taxminan 2 GVtni tashkil etadi. Mazkur yo‘nalishda jalb etilgan investisiyalar hajmi 2 milliard AQSH dollaridan ortdi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

9,200 views

Posted Jan 16

📌 📌 📌 📌 📌 📌 HURMATLI FUQAROLAR, IS GAZIDAN OGOH BO‘LING! Ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilg‘i isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi hamda insonlar is gazidan zaharlanishi mumkin. O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang! 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

9,530 views

Posted Jan 16

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

9,950 views

Posted Jan 15

📌 📌 📌 📌 📌 📌 XOVOS TUMANIDA ELEKTR TA'MINOTI YAXSHILANMOQDA Sirdaryo viloyatida energetika tizimining ishonchliligi va samaradorligini oshirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish yo‘nalishida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan Xovos tumanida jami 40.8 km uzunlikdagi 0,4–10 kV havo tarmoqlari va 7 dona transformator punkti qurilishi olib borilmoqda. Olib borilgan ishlar natijasida Xovos tumanidagi aholi va ulgurji iste’molchilarining elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanishiga erishiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

13,900 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••353637383940•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384