TGINSIGHT CHAT
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
@hetmuloqot
Business and startups"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: [email protected] Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz
Recent posts
Page 39 of 84 · 1,004 posts
Posted Jan 12
📌 📌 📌 📌 📌 📌 TOSHKENT HAMDA SAMARQAND VILOYATLARIDA 1,4 MLRD SО‘MLIK ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATI ANIQLANDI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda Toshkent va Samarqand hududiy filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati (bо‘limi) ,shuningdek, tuman elektr ta’minoti bо‘limlari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan hamkorlikda energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan о‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini mensimasdan davlat mulkidan о‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda. Xususan, Samarqand viloyati Nurobod tumanda о‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “N B S” avto yuvish shahobchasi hisoblagichdan tashqari tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ulanib elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi fosh etildi. Shuningdek, Toshkent vioyati Ohangaron tumanda о‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “Z A A” YaTTtegishli yuridik korxonada ham hisoblagichdan tashqari elektr energiyasidan yashirincha yо‘l bilan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlandi. Natijada, davlat manfaatlariga jami 1,4 mlrd. sо‘m zarar yetkazilgani aniqlandi hamda tо‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 12
Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi bir qator mahallarida aholi murojaatlari asosida elektr energiyasi iste’molchilarni bir necha yillardan beri qiynab kelayotgan muammolar yechim topmoqda. Tafsilotlar “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi lavhasida. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 12
#Energo_dayjest 🗣Ishlab chiqarish va yetkazib berish hajmlarining o‘sish ko‘rsatkichlari 🗣2026-yilning dastlabki o‘n kunida jami 2,5 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi 🗣Iste’molchilarga o‘n kunda 2,3 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi yetkazib berildi 🗣Energiya ta’minotida zaruriy choralar 🗣Gaz ta’minoti va metan zapravkalar 🗣Boysunda neft suyuqligi chiqishi qayd etildi 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Hashtags
Posted Jan 12
📌 📌 📌 📌 📌 📌 OG‘IR HUDUDDA ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani "Sarkamish" MFY hududida aholi xonadonlarini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 170 dan ortiq temir-beton tayanchlar o‘rnatish hamda 5 km SIP kabel tarmoqlarini tortish ishlari olib borilmoqda. Ma’lumot o‘rnida, mazkur hudud “og‘ir hududlar” ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar aholi elektr ta’minotidagi muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etishga qaratilgan. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 12
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Axborot 24 | Qoraqalpog‘istonda Elektr tarmoqlari korxonalariga xodimlariga elektromobillar topshirildi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Farmoyishiga asosan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Xitoy Xalq Respublikasidan 400 dona yuk va yo‘lovchi tashuvchi maxsus elektromobillar xarid qilindi hamda hududlarga yetkazib berilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filialiga mazkur texnikalarning topshirilish jarayonlari “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturi lavhasida. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 11
📌 📌 📌 📌 📌 📌 “HET BILLING” mobil ilova – siz uchun muammolarning yechimi! Foydalanish xususida videoqo‘llanma. Ilova Android hamda IOS da. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 10
📌 📌 📌 📌 📌 📌 YASHIL ELEKTROMOBILLAR — XALQ XIZMATIDA! "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Sirdaryo hududiy filialining moddiy-texnik bazasi yangilandi. “HET” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-iyundagi “Hududlardagi taqsimlash tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish, elektr tarmoqlari obyektlarida yuzaga keladigan avariyalarni tezkor bartaraf etish hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to‘g‘risida”gi farmoyishiga muvofiq Xitoy Xalq Respublikasidan yuk va yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan maxsus elektromobillar xarid qilindi. Kuni kecha 15 dona Changan T-10 rusumli elektrmobillar Sirdaryo viloyatiga yetib keldi. Mazkur elektromobillar avariya-tiklash brigadalarining tezkorligi va samaradorligini oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda ekologik toza transportdan foydalanish orqali energiya tejamkorligini ta’minlashga xizmat qiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 9
📌 📌 📌 📌 📌 📌 HAR QANDAY OB-HAVODA MAS’ULIYAT VA FIDOYILIK IFODASI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan iste’molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz va barqaror ta’minlash, shuningdek, noqulay ob-havo sharoiti oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarining oldini olish maqsadida hududlarda keng ko‘lamli mukammal ta’mirlash ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, Qo‘shko‘pir tumanida joylashgan 110/35/10 kVli “Qo‘shko‘pir” podstansiyasidan chiquvchi “Pillakash” havo elektr uzatish tarmog‘ida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur amaliy ishlar doirasida elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash, ularning ishonchliligi va xizmat muddatini oshirishga qaratilgan. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱het.uz
Posted Jan 9
📌 📌 📌 📌 📌 📌 #24_soatlik_navbatchilik_asosida QURILMALARNING SOZ HOLATDA ISHLASHI DOIMIY NAZORATDA Uchtepa tuman elektr ta’minoti mutaxassislari tomonidan tuman hududidagi mavjud elektr qurilmalar, elektr uzatish kabel, havo tarmoqlari hamda transformator punktlarining soz holatda ishlashi muntazam nazoratdan o‘tkazilmoqda. Xususan, tumanning “Guzar” MFY hududida joylashgan mavjud transformator punktida yuklamaning ortishi sabab yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nosozlik oldi olish maqsadida 250 kVAli transformator 400 kVAli zahira transformatoriga almashtirildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Hashtags
Posted Jan 9
📌 📌 📌 📌 📌 📌 YAGONA ORZU YOʼLIDA BIRLASHGAN MAMLAKAT Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan dunyoning eng yetakchi telekanallaridan biri "BBC" uchun maxsus videorolik taqdim etildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱het.uz
Posted Jan 9
📌 📌 📌 📌 📌 📌 TAKOMILLASHAYOTGAN “OʻZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI LOYIHASI JAMOATCHILIK MUHOKAMASIDA Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan global oʻzgarishlar va zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi. Ayni paytda mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz onlayn platformasiga joylashtirilgan. Fuqarolar loyiha bilan tanishib, “Fikr qoldirish” tugmasi orqali oʻz taklif va mulohazalarini bildirishlari mumkin. Yangi fikrlar, yangi takliflar bilan - yangi davrga shiddatli qadam! Muhokamalarda faol qatnashing! 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱het.uz
Posted Jan 9
📌 📌 📌 📌 📌 📌 #SHUKRONALIK Qimmatxon Mamatqulova, Yangiyo'l tumani "Obod" MFY raisi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Hashtags