TGINSIGHT CHAT
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
@hetmuloqot
Business and startups"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: [email protected] Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz
Recent posts
Page 41 of 84 · 1,004 posts
Posted Jan 6
📌 📌 📌 📌 📌 📌 HUDUDIY KORXONALARNING MODDIY TEXNIK IMKONIYATLARI YANADA YAXSHILANMOQDA “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-iyundagi “Hududlardagi taqsimlash tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish hamda elektr tarmoqlari obektlarida ro`y beradigan avariyalarni tezkorlik bilan bartaraf etish va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to`g`risidagi” Farmoyishiga asosan Xitoy Xalq Respublikasidan 400 dona yuk va yo`lovchi tashuvchi maxsus elektromobillar xarid qilindi. Ayni paytda mazkur elektromobillar bosqichma-bosqich hududlarga yetkazib berilmoqda. Ushbu maxsus texniklar hududlarda tezkor brigadalar faoliyatini yanada yaxshilash imkonini beradi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 6
Rasmiy xabar Bugun soat 02:20 da 220 / 110 / 35 / 6 kV "Qo‘yliq" podsansiyasidan chiquvchi Uzbekistan Airports tasarrufida bo‘lgan 35 kV yuqori kuchlanishli "Aeroport-5" tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan. Natijada Toshkent aeroportida elektr energiyasi ta’minotida uzilish yuzaga kelgan. Bu paytda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga qarashli barcha tarmoqlar soz holatda bо‘lgan. Soat 02:49 da Aeroport iste’molchi tasarrufidagi zaxira tarmoqlari orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanganligini ma’lum qilamiz. Uzbekistan Airports rasmiy xabariga ko‘ra, mazkur uzilish samolyotlarning uchishi va qo'nishiga ta'sir qilmagan hamda barcha xizmatlar odatiy rejimda faoliyat olib bormoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 5
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Termiz shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan iste’molchilarni qish mavsumida barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqida “Surxondaryo” telekanalining “Voha 24” informatsion dasturi lavhasida tanishish mumkin. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 5
📌 📌 📌 📌 📌 📌 ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaror va farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali tomonidan hududlarda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, Mirzaobodtumani Dehqonobod mahallasida umumiy uzunligi 7,5 km bo‘lgan 0,4 kVli elektr uzatish tarmoqlari hamda 2 dona qo’shimcha transformator punktlari o’rnatilishi olib borilmoqda. Olib borilgan ishlar natijasida hududdagi iste’molchilar uchun elektr ta’minoti yanada yaxshilanadi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 5
📌 📌 📌 📌 📌 📌 “Yurtimizda barpo etilayotgan mana shunday loyihalardan xursandmiz va bu yerda ishlash biz uchun sharaf“, — deydi Peshku tumanidagi shamol elektr stansiyasida ishlayotgan yosh xodimlardan biri Sunnat Jomantayev. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 5
📌 📌 📌 📌 📌 📌 2025-YILDA YOQILG‘I-ENERGETIKA SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR Elektr energiyasini yetkazib berish: 2024 yil amalda – 67,5 mlrd kVt⋅soat, 2025 yil amalda – 77,1 mlrd kVt⋅soat. O‘sish 14% Elektr energiyasi iste’molchilari soni: jami 8 735 503 ta. Aholi: yanvar – 7 961 094 ta, dekabr – 8 215 795 ta. O‘sish 3,2%, Yuridik: yanvar – 483 729 ta, dekabr – 519 708 ta. O‘sish 7,4%. Ishga tushgan kichik quvvatli quyosh panellari: jami 2 GVt. Quyosh panellari: jami o‘rnatilgan quvvat 2000 MVt, shundan 2025-yilda – 1025 MVt, Geliokollektor: jami o‘rnatilgan quvvat – 4 million 943 ming litr, shundan 2025-yilda – 1,74 mln litr. Quyosh panel o‘rnatgan aholiga201,7 mlrd so‘m,tadbirkorlik subyektlariga 121,2 mlrd so‘m subsidiya berildi (yanvar-noyabr) Mukammal ta’mirlangan tarmoqlar: Magistral tarmoqlar – 787 km, Taqsimlovchi tarmoqlar – 29,5 ming km, Magistral podstansiyadagi transformator – 9 ta, Transformator punkti – 10 270 ta. Modernizatsiya va rekonstruksiya qilindi: Elektr uzatish tarmoqlari – 8,6 ming km, Transformator punkti – 2,3 ming ta, Podstansiyalar – 28 ta, Natija: 954 ta mahalladagi 800mingdan ortiq xonadonlarning elektr ta’minoti yaxshilandi. Energiya tejamkorlik: Elektr energiyasi – 2,7 mlrd kVt⋅soat, Tabiiy gaz – 2 mlrd kub metr tejaldi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2025-yilda 2,5 milliondan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlari ekildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Dec 31
📌 📌 📌 📌 📌 📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqigaYangi yil tabrigi Qadrli vatandoshlarim! Siz, azizlarni, koʻp millatli butun xalqimizni kirib kelayotgan yangi 2026-yil bilan chin yurakdan muborakbod etaman. 👉Batafsil 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Dec 31
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yiltabrigi 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Dec 31
Moʻjiza nima? Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Posted Dec 31
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2025-yildagi faoliyati tadbirlarga nihoyatda boy bo‘ldi. Tarixiy tashriflar, muhim uchrashuvlar, qabul qilingan qarorlar, erishilgan kelishuvlar, ishga tushirilgan va boshlangan yirik loyihalar ortida, har bir raqam zamirida – davlatimiz rahbarining xalq manfaati va yurt taraqqiyotiga qaratilgan tinimsiz va mashaqqatli mehnati. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Posted Dec 31
📌 📌 📌 📌 📌 📌 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha yurtdoshlarimiz, uzoq yillik hamkorlarimiz va elektr energetika tizimida faoliyat olib borayotgan barcha xodimlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etadi. Yangi yil о‘zida ulug‘ maqsad va eng ezgu niyatlarni mujassam etib, xalqimizni katta yaratuvchanlik ishlariga ruhlantirsin! 2026-yilda xonadoningizdan cheksiz quvonch, fayzu baraka, tinchlik-osoyishtalik arimasin! 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Dec 31
📌 📌 📌 📌 📌 📌 АО «Региональные электрические сети» поздравляет соотечественников, партнеров, а также тружеников отрасли с наступающим Новым годом! Пусть наступающий 2026 год принесет каждой семье, всему нашему народу здоровье, достаток и счастье! Пусть в новом году будут достигнуты новые цели, решены важные задачи и одержаны новые победы! 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz