TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT CHAT

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

@hetmuloqot

Business and startups

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: [email protected] Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz

Subscribers9.0万Current channel subscribers
Tracked posts1,004Indexed post count
Recent reach174,300Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 49 of 84 · 1,004 posts

Posted Dec 17

📌📌📌📌📌📌 ELEKTR ENERGIYASINI HISOBGA OLISH TARTIBI BELGILANDI 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

10,600 views

Posted Dec 17

📌📌📌📌📌📌 EHTIYOJMAND OILALARGA GAZ VA ELEKTR UCHUN YIL O‘N IKKI OY KOMPENSATSIYA BERILADI Prezidentimizning qarorlariga asosan, ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oydakompensatsiya beriladi. Kompensatsiya miqdori: 👨‍👩‍👧‍👦Elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy me’yordan ortiq (200 kVt·soatdan keyingi) 150 kVt·soatgacha; ⚡️Tabiiy gaz uchun — qish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha ba’zaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun kompensatsiya beriladi. 📆 Ilgari kompensatsiyalar faqat qish oylarida amal qilgan bo‘lsa, endi — yil davomida har oyda berilmoqda. Kompensatsiya 2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelgacha quyidagi oilalarga beriladi👆 Ma’lumot uchun, isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha ba’zaviy me’yor 5 barobarga oshirilgan — 100 kub metrdan 500 kub metrga. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

14,900 views

Posted Dec 16

📌📌📌📌📌📌 Toshkent viloyatida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishyuzasidan seminar o‘tkazildi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filili xodimlari uchun tashkil etilgan tadbirda xodimlar o‘rtasida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi ishlar muhokama qilindi. "Hududiy elektr tarmoqlari" hamda Toshkent hududiy filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati (bo‘limi) xodimlari, viloyat huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hamda filial rahbariyati ishtirokidagi seminarda bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar va bu borada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda korrupsiya illatini yo‘qotish borasida tabdir ishtirokchilariga batafsil maʼlumot va tavsiyalar berib o‘tildi. Shuningdek, yig‘ilish davomida korrupsiyani yuzaga keltirayotgan omillarni aniqlash va ularni bartaraf etishi, olib borilayotgan ishlar holatini nazorat-tahlil tartibida o‘rganishi, natijalar yuzasidan korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens xizmati boshligʻiga ma’lumot kiritib borish lozimligi ta’kidlandi. Shu bilan bir qatorda, maishiy korrupsiyaga yо‘l qо‘ymaslik, aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish, energosamaradorlikni oshirish va mavjud resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

13,600 views

Posted Dec 16

📌📌📌📌📌📌 Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining yangi binosi va oʻquv-ilmiy faoliyati bilan tanishdi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

10,700 views

Posted Dec 16

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Prezidentimiz Yunusobod tumanidagi kogeneratsiya markazi bilan tanishdi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

10,300 views

Posted Dec 16

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanida barpo etilgan yirik quvvatli kogeneratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

12,300 views

Posted Dec 15

📌 📌 📌 📌 📌 📌 SIRDARYO VILOYATIDA XODIMLAR TOMONIDAN QONUNBUZILISHLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O'TKAZILDI Jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart - sharoitlarni bartaraf qilish bo'yicha huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filialida olib borilgan o‘rganish ishlari yakunlari yuzasidan yuborilgan taqdimnoma bo‘yicha filial xodimlari ishtirokida muhokama qilindi. Muhokama davomida o‘z ish faoliyati davomida kamchilikka yo‘l qo‘ygan, xizmat majburiyatlariga rioya qilmagan va hujjatlarni rasmiylashtirmagan xodimlarga choralar ko‘rilishi hamda bunday holatlar takrorlanmasligi ta’kidlandi. Yig‘ilish davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, sohada qonunbuzilish holatlarining oldini olish, xodimlar o‘rtasida halollik va shaffoflik muhitini mustahkamlash, elektr energiyasini iste’molchilarga o‘z vaqtida va sifatli yetkazib berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya etish, kuz-qish mavsumida barqaror elektr ta’minotini ta’minlash hamda energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Tadbir yakunida korrupsiya nafaqat davlat va jamiyatga, balki har bir fuqaroning moddiy va ma’naviy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazishi qayd etilib, har bir fuqaroda ushbu illatga nisbatan qat’iy salbiy munosabatni shakllantirish zarurligi ta’kidlandi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

17,200 views

Posted Dec 15

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Siz yashayotgan hududda noqonuniy elektr energiyasi va tabiy gaz tarmoqlariga ulanish holatini ko‘rdingizmi?. Bu kabi qonunbuzarliklarga aslo befarq bo‘lmang! Endi "UZENERGO" ilovasi yordamida ushbu holatlar haqida tez va ishonchli xabar bera olasiz. – Noqonuniy tabiy gaz hamda elektr energiyasi ulanishlarini ko‘rsangiz, oddiygina suratga oling yoki videoga yozib oling… – Play Market yoki App Store orqali ilovani yuklab oling. Keltirilgan bandlarni to‘ldiring, video va suratlarni yuklang. – Siz yuborgan ma’lumotlar O'ZENERGOINSPEKSIYA tomonidan ko‘rib chiqiladi va asosli bo‘lsa, qonuniy choralar ko‘riladi. – Eng muhimi — sizning xabaringiz asosli chiqsa, aniqlangan zarar asosida sizga foizli rag‘bat beriladi. "UZENERGO" – Sizning nazoratingiz, adolatli energiya taqsimoti uchun! Yuklab oling. Xabar bering. Rag‘bat oling. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

15,400 views

Posted Dec 15

📌 📌 📌 📌 📌 📌 – Davlatimiz rahbari ishtirokida “Barqaror energetika – Yangi O‘zbekistonning kelajak sari ishonchli qadami” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi – 42 ta energetika obyekti ishga tushirildi va 21 tasining qurilishiga start berildi – Gaz quvurlari yangilanib, kompressor stansiyalari ta’mirlandi – Mo‘ynoq hududida katta bosimli yangi konochildi – Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar Energetika vazirlarining V yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi – To‘lovlar bo‘yicha muhim yangilik: naqdsiz hisob-kitoblarommalashtiriladi – Energetika tizimi jadal yangilanmoqda 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱het.uz

15,800 views

Posted Dec 13

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Energetika vaziri J.Mirzamahmudovning axborotieshitildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

18,700 views

Posted Dec 13

📌 📌 📌 📌 📌 📌 DUAL TA’LIMDA NAZARIYA VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI: ELEKTR TA’MINOTI SOHASI MISOLIDA Toshkent davlat texnika universiteti tomonidan "Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi” filiali bilan hamkorlikda “Elektr ta’minoti” kafedrasining 4-bosqich talabalari taʼlimning dual shakli asosida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ huzuridagi “Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi”da sayyor o‘quv mashg‘ulotida ishtirok etdilar. Mashg‘ulot jarayonida talabalar avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimlari (ASKUE), “aqlli hisoblagichlar”, ma’lumotlarni masofadan yig‘ish va tahlil qilish mexanizmlari bilan tanishtirildi. Mashg‘ulot davomida markaz mutaxassislari elektr energiyasini hisobga olish tizimlarining ishlash tamoyillari, texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlari hamda raqamli monitoring platformalari orqali ma’lumotlarni boshqarish usullari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Talabalar real uskunalar bilan bevosita ishlash, amaliy tajriba orttirish va mutaxassislardan maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mazkur mashg‘ulot kelajak muhandis-energetiklarni amaliy faoliyatga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etib, oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

21,400 views

Posted Dec 13

📌 📌 📌 📌 📌 📌 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Andijon bo‘linmasi hamda Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi tomonidan Andijon shahrida elektr energiyasi bo‘yicha qarzdor iste’molchilarning qarzdorligini undirish yuzasidan navbatdagi amaliy tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqida Andijon teleradiokompaniyasi "Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali xabar beramiz. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

13,400 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••4748495051•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384