TGINSIGHT CHAT
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
@hetmuloqot
Business and startups"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: [email protected] Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz
Recent posts
Page 48 of 84 · 1,004 posts
Posted Dec 18
📌 📌 📌 📌 📌 📌 "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali tomonidan noqulay ob-havo sharoiti sababli elektr tarmoqlariga yetkazilgan zarar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Dec 18
📌 📌 📌 📌 📌 📌 "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filialining barcha tezkor ta’mirlash guruhlari tomonidan joylardagi elektr uzatish tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Dec 18
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ ishchi-xodimlari tomonidan joriy yil uchun belgilangan rejaga asosan elektr uzatish tarmoqlarida joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Xususan, poytaxt tumanlarida elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish hamda aholi xonadonlariga uzluksiz elektr ta’minoti yetkazib berish maqsadida mavjud elektr uzatish tarmoqlarida joriy va mukammal ta’mirlash, elektr uskunalarini bo‘yoqlash, eski yog‘och ustunlarni, shikastlangan izolyatorlarni almashtirish, SIP kabellari tortish, mavjud tarmoqlarni qayta tortish ishlari bajarilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Dec 18
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Пользуясь в повседневной жизни электроприборами, соблюдая их инструкции по безопасному использованию, мы предотвратим возможные неприятные ситуации. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Dec 18
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Kundalik hayotimizda elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha mazkur ko‘rsatmalarga rioya qilsak, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noxush vaziyatlarni oldini olgan bo‘lardik. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Dec 18
📌 📌 📌 📌 📌 📌 XODIMLAR O‘RTASIDA ODOB-AXLOQ QOIDALARIGA RIOYA ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI Kuni kecha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filialida xodimlar o‘rtasida odob-axloq qoidalariga rioya etishni ta’minlashga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati boshlig‘i, filial rahbariyati, Kasaba uyushmasi qо‘mitasi raisi hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdi. Yig‘ilishda jamiyat boshqaruv raisining ko‘rsatmalariga muvofiq, xodimlarning xizmat faoliyati hamda xizmatdan tashqari vaqtdagi xulq-atvori, jamoatchilik bilan munosabatlariga oid odob-axloq qoidalari batafsil tushuntirildi. Shuningdek, mazkur qoidalarga rioya etilishi doimiy nazoratda ekanligi, talablar buzilgan taqdirda belgilangan tartibda intizomiy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. Yig‘ilish davomida xodimlar o‘rtasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, ehtimoliy holatlarni barvaqt aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Dec 18
📌 📌 📌 📌 📌 📌 NOQULAY OB-HAVO SABAB ELEKTR TARMOQLARIDA YUZAGA KELGAN UZILISHLAR BARTARAF ETILMOQDA Hududlarida kuzatilgan yog‘ingarchilik oqibatida yurtimizning turli hududlarida elektr uzatish tarmoqlarida texnik nosozliklar va vaqtinchalik elektr ta’minotida uzilishlari qayd etilgan. Mazkur holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi barcha shahar va tuman elektr ta’minoti korxonalarida maxsus tezkor brigadalar faoliyat olib bormoqda. Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filialining mutaxassislari tomonidan elektr uzatish tarmoqlari hamda elektr qurilmalarida ta’mirlash-tiklash ishlari izchil olib borilib, iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish tiklanmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Dec 18
📌 📌 📌 📌 📌 📌 "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali tomonidan noqulay ob-havo sharoiti sababli elektr tarmoqlariga yetkazilgan zarar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda. Ayni paytda Sharof Rashidov tumani hududida elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda. Shu o‘rinda iste’molchilardan taqsimlash tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklar haqida "Hududiy elektr tarmoqlari" Ajnig 1154 qisqa raqamli Call-markazi yoki telegram ijtimoiy tarmog‘idagi "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot kanalida @HET_admin orqali xabar qoldirishlarini so‘raymiz. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Dec 18
📌 📌 📌 📌 📌 📌 HURMATLI FUQAROLAR, IS GAZIDAN OGOH BO‘LING! Ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilg‘i isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi hamda insonlar is gazidan zaharlanishi mumkin. O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang! 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Dec 17
📌 📌 📌 📌 📌 📌 POYTAXT ENERGETIKLARI XALQ XIZMATIDA "Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ tomonidan sovuq iqlim mavsumida aholiga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik hamda sodir boʻlgan uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida, doimgidek oʻz faoliyatini kuchaytirilgan tartibda olib bormoqdalar. Xususan, Chilonzor tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan tumanning “1-Katta Chilonzor” MFY hududidagi transformator punktidan chiquvchi quvvati 0,4 kV boʻlgan past kuchlanishli 360 metr uzunlikda boʻlgan yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini yangilash ishlari olib borilmoqda. Bu bilan aholi isteʼmolchilarining elektr taʼminoti tubdan yanada yaxshilanishiga hamda elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda avariyali uzilishlarning oldini olishga erishiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Dec 17
📌📌📌📌📌📌 “Hududiy elektr tarmoqlari” korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro sertifikat va AJ 9001:2015 sifat standarti bo‘yicha xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi. Bu nima beradi? Prezidentimizning 2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturida vazirlik va idoralar oldiga ISO 9001 xalqaro standartini joriy etish orqali ish yuritish va ma’muriy boshqaruv jarayonlari sifatini oshirish vazifasi qo‘yilgan. Qarorga muvofiq, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan boshqaruvi tizimi bo‘yicha ish faoliyati jarayonlari va ularning natijasini baholash mezonlari ishlab chiqildi hamda har yil yakuni bo‘yicha Jamiyat ish faoliyati jarayonlari va ularning natijalari oldindan belgilangan mezonlarga ko‘ra baholab boriladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan korrupsiyani oldini olish, unga qarshi kurashish va chek qo'yishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar izchil amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu dasturga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha "Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati", "Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish siyosati" kabi ichki me'yoriy hujjatlar qabul qilingan va o'rnatilgan tartibda barcha xodimlarga tanishtirish va tushuntirish ishlari amalga oshirib borilmoqda. Batafsil 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Dec 17
📌📌📌📌📌📌 ZAMONAVIY KOGENERATSIYA QURILMASI AHOLINI ISSIQLIK ENERGIYASI BILAN BARQAROR VA UZLUKSIZ TA’MINLASH IMKONINI BERADI Poytaxtda aholi va iqtisodiyot obyektlarini qish mavsumida issiqlik energiyasi bilan barqaror va uzluksiz ta’minlash maqsadida bir vaqtning o‘zida elektr va issiqlik ishlab chiqaradigan bir qator zamonaviy kogeneratsiya qurilmalari ishga tushirilmoqda. Yunusobod tumanidagi 4-issiqlik markazi hududida quvvati 100 MVt bo‘lgan mazkur loyiha ana shunday muhim tashabbuslardan biridir. Markaz ishga tushirilishi natijasida yiliga 876 million kilovatt-soat elektr energiyasi va 858 ming gigakaloriya issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Shu bilan birga, yiliga 35 million kubmetr tabiiy gaz iqtisod qilinadi. Endilikda poytaxtning Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur, Mirzo Ulugʻbek va Yakkasaroy tumanlarida joylashgan jami 1 ming 846 ta obyekt doimiy issiqlik energiyasi bilan taʼminlanadi. Ularning 1 ming 400 tasi aholi xonadoni, qolgan qismi esa ijtimoiy soha obyektlaridir. Shuningdek, 292 ming xonadonga elektr energiyasi barqaror yetkazib beriladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz